Taqsimlovchi elektr tarmoqlarining holatlarini hisoblash




Download 5.39 Mb.
bet7/18
Sana24.03.2017
Hajmi5.39 Mb.
#1802
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18
4.3 Podstantsiyalarida transformatorlar tanlash va ular parametrlarini hisoblash

Transformatorlar tanlashda [A-1] yoki ushbu qo’llanmada keltirilgan 6.8 -jadvaldan foydalanish mumkin.

a) Kuchaytiruvchi podstantsiyalarda transformatorlar tanlash.

Tanlanadigan har bir transformatorning quvvati generator quvvatiga teng yoki bir pog’ona ortiq quvvat tanlab olinishi kerak. Chunki, tanlangan transformatorlar generator quvvatini to’liq o’ziga olishi kerak. Elektr stantsiyalarda odatda, “blok-generator-transformator” qo’llaniladi va shuning uchun kuchaytiruvchi podstantsiyalar transformatorlari soniga teng bo’ladi.

b) Pasaytiruvchi podstantsiya transformatorlarini tanlash.

Amaliyotda pasaytiruvchi podstantsiyalarda transformatorlarning soni ikkitadan iborat bo’ladi. Odatda, podstantsiyalarda bir xil quvvatli, cho’lg’amlarni ulanish guruhi bir xil bo’lgan transformatorlar o’rnatiladi. II va III – toifali podstantsiyalarda ikkita transformatorni o’rnatishda har bir transformatorning quvvati, ulardan birini avariyali o’chish ehtimolini hisobga olgan holda, PK tomonidagi yuklama quvvatining 70% ta’minlashi hisobga olinadi.

I – toifali elektr iste’molchilar uchun transformatorlar 100% zahira bilan tanlaniladi.

III – toifali podstantsiyalarda bitta transformator o’rnatishga ruxsat beriladi, qachonki, yuklama quvvati 10MVA va uni 24soat ichida almashtirish imkoniyati bo’lsa.



v) Avtotransformatorlarni tanlash.

Avtotransformatorlarni qo’llash - kam isrof va katta quvvat uzatish imkonini beradi, hamda iqtisodiy xarajatlarni kamaytiradi.

Shuni e’tiborga olish lozimki, avtotransformatorlar faqat bitta 100/100/50 nisbatda ishlaydigan qilib transformator ishlab chiqarish korxonasida tayyorlanadi va bu avtotransformatorlarning kuchaytirish rejimida ishlashini chegaralab qo’yadi.

Misol. Avtotransformatorni PK cho’lg’ami 6.8-jadvalda ko’rsatilganidek, YuK cho’lg’amining nominal quvvati 50% ga hisoblangan. Bunday holda generatorga 60MVA quvvatli avtotransformator tanlab bo’lmaydi. Unga 125MVA nominal quvvatli avtotransformator tanlash kerak bo’ladi. Bu esa, podstantsiya uchun iqtisodiy xarajatlarni oshib ketishiga sabab bo’ladi. Shuning uchun avtotransformatorlarni faqat pasaytiruvchi podstantsiyalarda qo’llash tavsiya etiladi. Avtotransformatorni nominal quvvati deganda, YuK cho’lg’ami orqali bera oladigan chegaraviy quvvati tushuniladi. Agar, PK tarmog’iga nominal quvvatining 50% yoki undan pastroq quvvat uzatilsa, bir vaqtda YuK tarmog’idan PK tarmog’iga:

So`k = Syu – Spk.

ga teng quvvat uzatilishi mumkin.



Download 5.39 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18




Download 5.39 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Taqsimlovchi elektr tarmoqlarining holatlarini hisoblash

Download 5.39 Mb.