• Mustaqil ishi. Qo’qon 2024
  • O’zbekiston davlat mustaqilligining e’lon qilinishi va uning tarixiy ahamiyati
  • Qo`qon unversiteti ‘’Maktabgacha ta`lim ‘’ yo`nalishi 23-guruh talabasi Xamzaliyeva Ro`zaxon Xamdamali qizining O’zbekistonning eng yangi tarixi fanidan




    Download 164.13 Kb.
    bet1/12
    Sana23.04.2024
    Hajmi164.13 Kb.
    #205127
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
    Bog'liq
    Xamzaliyeva Ro`zaxon Xamdamali qizining
    3 TTEE va XK 3 amaliy mashg ulot-compress1



    Qo`qon unversiteti ‘’Maktabgacha ta`lim ‘’ yo`nalishi
    1.23-guruh talabasi
    Xamzaliyeva Ro`zaxon Xamdamali qizining
    O’zbekistonning eng yangi tarixi fanidan
    O‘zbekistonda davlat mustaqilligining qo‘lga kiritilishi xuquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyati asoslarini barpo etish borasidagi islohotlar
    mavzusida tayyorlagan
    Mustaqil ishi.

    Qo’qon 2024

    Mavzu: O‘zbekistonda davlat mustaqilligining qo‘lga kiritilishi xuquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyati asoslarini barpo etish borasidagi islohotlar.




    Reja:

    1. O‘zbekiston davlat mustaqilligining e’lon qilinishi va uning tarixiy ahamiyati.

    2. O‘zbekiston Respublikasi davlat ramzlari va Konstitusiyasining qabul qilinishi.

    3. Siyosiy islohotlar. Huquqiy demokratik davlat asoslarining barpo etilishi.

    O’zbekiston davlat mustaqilligining e’lon qilinishi va uning tarixiy ahamiyati
    O’zbekiston mustaqil davlat. SSSR tanazzulga uchragach, O’zbekiston rahbariyati davlat mustaqilligini to’la o’z qo’liga olishga kirishdi. 1991 yil 25 avgustda O’zbekiston Prezidentining farmoni e’lon qilindi. Farmonga binoan Respublika ichki ishlar vazirligi va Davlat xavfsizligi qo’mitasi O’zbekiston SSRning qonuniy tasarrufiga olindi. Respublika hududida joylashgan SSSR ichki ishlar vazirligining ichki qo’shinlari bevosita O’zbekiston Prezidentiga bo’ysundirildi.
    Respublika ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik qo’mitasi, prokuraturasi va adliya organlari , shuningdek, respublika hududida joylashgan ichki qo’shinlar, Turkiston harbiy okrugi qismlari va qo’shilmalari partiyadan butunlay xalos qilindi.
    O’zbekiston Prezidenti Islom Karimov Oliy Kengash Rayosatiga juda qisqa muddatda respublikaning davlat mustaqilligi to’g’risidagi qonun loyihasini tayyorlash va uni Oliy Kengashning navbatdan tashqari sessiyasi muhokamasiga taqdim etishni taklif qildi. Oliy Kengash 1991 yil 26 avgust kuni O’zbekistonning davlat mustaqilligi to’g’risida qonun loyihasini tayyorlash haqida va 31 avgustda Oliy Kengashning navbatdan tashqari VI sessiyasini chaqirishga qaror qildi.
    1991 yil 28 avgust kuni O’zbekiston Kompartiyasi MQ va Markaziy nazorat komissiyasining qo’shma plenumi bo’lib o’tdi. Plenumda Prezident I.Karimovning
    SSSRda 19-21 avgust kunlari sodir bo’lgan fojiali voqealar va respublika partiya
    tashkilotlarining vazifalari to’g’risidagi axboroti tinglandi va muhokama qilindi.
    Respublika Kompartiyasining KPSS MQ bilan har qanday aloqalarni to’xtatishga,
    KPSSning barcha tuzilmalaridan chiqishga, uning markaziy organlaridagi o’z vakillarini chaqirib olishga qaror qildi.

    1991 yil 31 avgust kuni O’zbekiston Respublikasi Oliy Ken-gashining navbatdan tashqari tarixiy oltinchi sessiyasi bo’lib o’tdi. Sessiyada O’zbekiston Prezidenti I.Karimov nutq so’zlab, sobiq Ittifoqda so’ngi paytlarda yuz bergan ijtimoiy-siyosiy voqealarni, davlat to’ntarishiga urinish oqibatlarini tahlil qilib, ular O’zbekiston taqdiriga, xalqimiz tarixiga bevosita daxldor ekanligini har tomonlama asoslab berdi. Vaziyatdan kelib chiqqan holda, O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini e’lon qildi va uni mustaqillik to’g’risidagi qonun bilan mustahkamlashni taklif qildi



    Download 164.13 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Download 164.13 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Qo`qon unversiteti ‘’Maktabgacha ta`lim ‘’ yo`nalishi 23-guruh talabasi Xamzaliyeva Ro`zaxon Xamdamali qizining O’zbekistonning eng yangi tarixi fanidan

    Download 164.13 Kb.