Qurilish fakulteti




Download 2.44 Mb.
bet4/31
Sana03.02.2021
Hajmi2.44 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
1.2Qurilish sharoitlari
Quriladigan yangi temir yo‘l uchastkasi B stantsiyasidan mavjud bo‘lgan temir yo‘lga ulanib, trassa uzunligi 38.31 km tashkil qiladi. Trassaning 16 kmda №1 raz’ezdi joylashishi rejalashtirilgan.

B stantsiyasining 0 km dan 38.31 km gacha suglenok, zohiradagi gruntlar ko‘tarma barpo etishga yaroqli. Trasa bo‘ylab gruntlar guruhi ekskovatorlar uchun I guruh.

Kichik sun’iy inshotlar uchastkaning PK80+00 da TBTBQ tirqishi 2.5*1.5m, PK 170+00da 2TBTBQ tirqishi 2*1.5m, PK 370+00da TBTBQ tirqishi 2.5*/1.5 m,li bo‘lgan quvurlar joylashgan.

Temir yo‘l izining yuqori qismi uzunligi 25m li R-65 relslar, temir beton shpallar iborat. Ballast qismining 0,2m ni qumli to‘shama, 0,25m ni yirik shag’alli qatlam tashkil etadi. Qumli ballast kareri stantsiya B dan 25 km uzoqlikda joylashgan. Yangi ochiladigan ballast kareri trassaning 12 km dan 18km uzoqlikda joylashgan. Karerdagi shag’alning hajmi 640 ming m3, qatlam qalinligi 6.4 m , qirqib olib tashlanadigan qatlam qalinligi 0.7 m. Bir kunda yetkazaladigan shag’alning hajmi 1450-1609 m3 gacha.

Raz’ezd stantsiya maydonining minimal uzunligi 1450m, oraliq stantsiya uzunligi -1650m bo‘lib, qabul qilish va yo‘natish yo‘llarning ko‘ndalang joylashishi qabul qilingan. Yo‘llar orasidagi masofa 5,3m, foydali uzunligi 1050m tashkil etadi.

Temir beton konstruktsiyalar zavodi st. B dan 12km masofada joylashgan. Kichik sun’iy inshootlar va quriladigan binolar uchun st. B yig’ma temir beton konstruktsiyalar poligoni quriladi. Poligonga qum st. B 1 km da joylashgan karerdan olinadi. Poligon uchun bug’ maxalliy qozonxonadan, siqilgan havo – ko‘chma kompressor yordamida yetkaziladi.

Elektr energiya Buxoro stantsiyasida joylashgan pasaytirish stantsiyasidan ta’minlanadi. Raz’ezdlarda ko‘chma elektr stantsiyalar joylashtirilgan bo‘ladi.Kichik sun’iy inshotlar quriladigan joylarga qurilish ash’yolari, temir beton konstruktsiyalari IV sinf trassa orqali, uzunligi bo‘yicha 30% da avtoyo‘l orqali, shuningdek qishloqlarora o‘tgan yo‘llar bo‘yicha olib boriladi.

Hujalik ichimlik suv mavjud skvajina, ariqlar va quduqlardan ta’minlanadi.





Download 2.44 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Download 2.44 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Qurilish fakulteti

Download 2.44 Mb.