|
Qurilish materiallari sanoati
|
bet | 1/4 | Sana | 04.06.2024 | Hajmi | 287,5 Kb. | | #260174 |
Bog'liq MATERIALLAR VA ULARNI ISHLAB CHIQARISH Qurilish materiallari sanoati milliy iqtisodiyotning deyarli barcha tarmoqlari bilan aloqadadir. Zavod va fabrikalar, uy-joylar, yo'llar hamda irrigatsiya inshootlarining ko'plab barpo etilishi bilan qurilishbop materiallarga talab ham ortib boraveradi. - Qurilish materiallari sanoati milliy iqtisodiyotning deyarli barcha tarmoqlari bilan aloqadadir. Zavod va fabrikalar, uy-joylar, yo'llar hamda irrigatsiya inshootlarining ko'plab barpo etilishi bilan qurilishbop materiallarga talab ham ortib boraveradi.
- Binokorlik uchun muhim bo'lgan sement Quvasoy, Ohangaron, Angren, Navoiy va Bekobod shaharlarida ishlab chiqarilmoqda. Ohangaron va Navoiy sement kombinatlari eng yirik kombinatlar hisoblanadi. Angren gilmoyasi negizida bezakbop oq sement ishlab chiqariladi. O'zbekiston chiroyli va pishiq marmarga boy. Yurtimizda topilgan 34 ta marmar konining 5 tasidan marmar qazib olinmoqda.
- G'ozg'on koni marmar zaxirasining ko'pligi, yuqori sifatliligi jihatidan jahondagi eng mashhur konlardan biridir. Undan qazib olingan marmar sobiq Ittifoq davrida boshqa mahsulotlar kabi Markazga tashib ketilardi. Moskva, Sankt-Peterburg shaharlaridagi metropolitenlarning ko'plab bekatlari va boshqa inshootlar G'ozg'on marmari bilan bezalgan.
- Toshkentdagi Alisher Navoiy nomidagi Opera va balet teatri, «Toshkent», «O'zbekiston», «Toshkent Palace» kabi mehmonxonalar, Toshkent metropoliteni hamda boshqa ko'pgina ulug'vor madaniy-maishiy binolar qurilishiga ham shu kon marmarlari ishlatilgan.
- Orkutsoy koni Toshkent shahridan 74 km shimoli sharqda joylashgan. Unda qora, oq va kulrang marmar uchraydi. Toshkent va G'azalkent marmar zavodlarida marmarga pardoz beriladi.
Qurilish materiallari sanoatiga ta`rif. - Qurilish materiallari sanoati boshqa tarmoqlarga nisbatan "oldinda" borishi kerak, zero usiz Yangi yerlar o`zlashtirilmaydi, korxona va tashkilotlar bunyod etilmaydi. O`zbekiston ko`p tarmoqli qurilish materiallari sanoatiga ega. Bu sanoatning xom ashyo resurslari respublikaning barcha mintaqalarida juda ko`p miqdorda uchraydi. Nometall xom ashyolardan-dala shpati, asbest, vollastanit, grafit, talk, abrazivlar, gips, sement xom ashyosi, kvars qumlari, g`isht xom ashyosining katta zahiralari mavjud. Jumladan, vollastanitning 50 ga yaqin, grafitning 15 dan ortiq, marmarning 20, grafitning 30 dan ortiq konlari topilgan.
|
| |