• O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI ALISHER NAVOIY NOMIDAGI SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI
  • SAMARQAND - 201 2
  • Foydalanilgan adabiyotlar
  • Referat mavzu: turizm haqida tushunchalar va ularning paydo bo’lishi. Bajardi: Ruziqulov Ravshan




    Download 60.5 Kb.
    Sana02.01.2020
    Hajmi60.5 Kb.
    #8159
    TuriReferat



    SAMARQAND_DAVLAT_UNIVERSITETI'>O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI

    OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


    ALISHER NAVOIY NOMIDAGI

    SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI

    REFERAT

    MAVZU: TURIZM HAQIDA TUSHUNCHALAR VA ULARNING

    PAYDO BO’LISHI.

    Bajardi: Ruziqulov Ravshan



    Tekshirdi: Turaqulov Ibrohim

    SAMARQAND - 2012

    REJA:


    1.Fan to’g’risida umumiy tushuncha.

    2.Fanning maqsadi va vazifalari.

    3.Turizmning rivojlanish tarixi.

    4.Turizm turlari.

    Xulosa


    Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati


    Turizmda qo’llaniladigan turli xil jismoniy mashqlar, ularni tashkil qilishning shakl va usullari axolini, ayniqsa, o’quvchi yoshlarni jismoniy va ma’naviy kamolotini tarbiyalashda muhim omillaridan biri hisoblanadi. Shuning uchun hukumatimiz tomonidan qabul qilinayotgan «Jismoniy tarbiya va sport to’g’risida» (1992 y. 14 yanvar), «Ta’lim to’g’risida» (1997 y. 29 avgust), «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi » kabi chiqarilayotgan qonunlar yosh avlodni ma’naviy, jismoniy kamolotini oshirishga qaratilgan.

    Turizmning boshlang’ich tushunchalari, ya’ni turistik poxodlar, sayohatlar, turistik texnika, turistik taktika, turizmni o’rganish, turistik tayyorgarlik, sportcha chamalab topish va x.k.



    Turizm so’zi lotin tilidan olingan bo’lib, u aylana bo’ylab harakat qilish - degan ma’noni bildiradi. Keng ma’noda buni kishilarni xayotda harakatda bo’lishlari tushuniladi. Shuningdek, turizm «tur» (belgi) o’rnatish, ya’ni tog’ adirlar, uzoq masofalarga sayohat qilish, so’nggi manzilga belgi ko’yish yoki cho’qqiga chikqanligini bildirish uchun biron bir belgi (yozuv, byust, haykal va x,.k) qoldirishni bildiriladi.

    Turistik poxodlarda sportcha chamalab topish, voleybol, yengil atletika va xalq milliy o’yinlaridan keng foydalaniladi. Turizmning texnik tushunchalari poxodga tayyorgarlik shartlari, yuriщ, to’siqlardan o’tish, turistik jixrzlaridan foydalanish, turistik turmush sharoitlarini bilish va ulardan foydalanish keng tushuniladi. Turistik taktika tushunchasi esa kompas, karta, sxema va boshqa asboblar xamda tibbiy sharoit vositalari orqali turistik poxod, slyot, sayohatlarga qo’yiladigan maqsad va vazifalarga erishish, topshiriklarni ado etish demakdir.

    Turizm fanining maqsadi va vazifalari

    Turizm fani jismoniy tarbiyaning tarkibiy qismi xisoblanib, u ham yosh avlodni jismonan baquvvat, xar tomonlama yetuk kishilar etib tarbiyalashga qaratilgan.

    Turizm fani ilmiy, nazariy o’quv predmeti xisoblanadi. Chunki, turistik poxodlar, amaliy mashg’ulotlar, slyotlar turli musobaqalar jarayonida ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil qilishga asos yaratadi. Bunda turizm bilan shug’ullanuvchilarning jismoniy tayyorgarligi, ularning faolligi, fikr doiralari, xarakat malakalarining rivojlanish sharoitlari eksperement yo’li bilan o’rganiladi.

    Turizm fanining asosiy maksad va vazifalari qo’yidagilardan iborat:



    1. Bo’lajak mutaxasis kadrlarni turizmning forma va metodlari bilan qurollantirish;

    2. Oliy o’quv yurtlari, akademik lisey va kasb hunar kollejlari, umumta’lim maktablari, bolalar muassasalari, ishlab chiqarish korxonalari va mahallalarda turistik ish formalarini tashkil etish;

    3. Programmadagi barcha materiallarni qurollantirish;

    4. Nazariy, amaliy mashg’ulotlar va turistik poxodlarda talabalarni jismoniy chiniqtirish, turistik talablarni bajarishlar turizmning asosiy vazifalaridan xisoblanadi. Turizmning asosiy maqsadi:

    Sayr-sayohat yoshlarda Vatanga bo’lgan muhabbatni, mehnat sevarlikni, tabiatga ongli munosabatda bo’lishni va o’zaro hamkorlikni tarbiyalashda myhim omillardan biri xisoblanadi. Masalan: Yoshlarni tabiatimizning eng go’zal joylariga (tog’, qir, adir, tarixiy madaniy obidalar va x,k.) sayr - sayohatga yetaklasak, ular qalbida tabiatga, Vatanga va milliy qadriyatlarimizga bo’lgan tarbiyani shakllangiramiz.
    Turizmning tarbiyaviy sog’lomlashtirish va talimiy ahamiyati
    Tarbiya - yosh avlodni muayyan maqsad yo’lida har tomonlama o’stirish, uning mustaqillik ongini va xulq atvorini tarkib toptirish jarayonidir. Turizm jismoniy tarbiyaning ajralmas kismi sifatida sog’lomlashtirish va kompleks tarbiyani amalga oshirish vazifalarini bajaradi. Bu esa shaxsni har tomonlama kamol toptirishdan iborat.

    Turizm aqliy tarbiya taraqqiyotiga bevosita tasir ko’rsatadi.

    Yoshlarning geografiya, biologiya, tarix, geologiya, ekonomika va boshqa fanlar bo’yicha olgan bilim va malakalarini oshiradi. Sayohatlar jarayonida axloqiy irodaviy sifatlar, sof vijdonlik, uyushqoqlik, jasurlik, burchni his qilish, o’zaro yordam va o’rtoqlik his-tuyg’ulari sinovdan o’tadi va chiniqadi. O’kuv yurtlari va ishlab chiqarish mehnat jarayonlarida harakter, ishonch tushunchalari umumiy ma’noda shakllansa, turistik. sayohatlar jarayonida ular amalda sinaladi. Turistik faoliyatlar jarayonida mehnat malakasi xam shakllanadi. Masalan turistlar butun sayohat davomida yuk ko’tarish, turli to’siklardan o’tish, kechalari tunash uchun joy tayyorlash, ovqat pishirish uchun joy tayyorlash, ovqat pishirish uchun o’tin to’plash va xakazolar.

    Tegishli yuklarni (oziq-ovqat, palatka va x,k.) kutarish, palatkalar o’rnatish, navbatchilik qilish vazifalarini bajarishda ba’zi yoshlar o’ta yalqovlik qilishlari yoki ishni sifatsiz bajarib qo’yishlari mumkin. Turistik sayohat qonunlarida bularga aslo o’rin yo’q. Aksincha bunday xollarda faqat oddiy turistlargina emas, balki poxod rahbarlari ham faol ishtirok etishga majburdir. Demak, sayohatlarda tarbiyaviy ishlar asosiy o’rinni egallaydi. Bu esa poxod qatnashchilariga mehnatni sevish, birdamlik, o’zaro bir-birini hurmat qilish kabi xususiyatlarni mustaxdamlaydi.

    Haqiqatdan ham hozirgi yoshlarni har tomonlama kamol toptirishda o’kuv yurtlari, mexnat jamoalari, ota-onalarn butun jamoatchilik olib boradigan tarbiyaning barcha turlari va vositalari, shuningdek, turizm va barcha sport turlarining roli kattadir. Ko’pchilik mutaxassislarning ilmiy tekshirishlariga qaraganda, keyingi paytlarda faol harakatning kamayishi natijasida idora xodimlari, akliy mehnat kishilari va boshqa sohalardagi kishilarda yurak, qon-tomir kasalliklari, nafas olish organlarida xastaliklar mavjud bo’layottani sezilmoqda. Bu xastaliklarni oldini olish uchun shifokorlarimiz doimo faol xarakat qilish lozimligini uqtirmoqdalar. Bunday harakatning asosiysi turizm bilan shug’ullanishdir.

    Respublikamiz tabiati shunchalik go’zalki, u yurib charchamaydigan, ko’rib ko’z to’ymaydigan diyor. Chotqol, Chimyon, Shohimardon, Baxmal, Omonqo’ton tog’lari, Sirdaryo, Zarafshon vohalari dam olish, poxodlar uyushtirish, sog’liqni qayta tiklash va uni mustahhamligining sehrli davo vositalaridan hisoblanadi.


    Turizmning rivojlanish tarixi
    Turizmning insoniyat faoliyatida, oila turmush sharoiti va madaniyat xamda jismoniy kamolot yo’lidagi o’rni P.Ye.Passechniy, V.G.Fadeyev (1980 y), V.P. Morgunov (1978 y), I.P.Milonov (1969 y), K.I. Vaxliyev (1983 y), R. Abdumalikov, T. Xoldorov (1988 y) kabi bir qator olimlar va mutaxassislar tomonidan atroflicha o’rganilib chiqilgan. Ularning ta’kidlashlaricha, eramizdan oldingi VI asrlarda davlatlar, xalqlar o’rtasida savdo va madaniy aloqalar keng tarakkiy etgan. Shunga ko’ra, dastlabki sayohatchilar savdo ishlari bilan aloqador bo’lgan shaxslar ekanligi shubhasizdir. Ayniqsa, qadimgi Yunon, Arab davlatlari o’rtasida savdo-sotiq ishlari ancha rivojlanganligi bizga tarixdan ma’lum. "Tarix otasi" Gerodot birinchi sayyohlardan xisoblanadi. U o’zining tarixiy asarlarida qilgan sayohatlari to’g’risida eramizning 459 yilidayoq hikoya qilgan. Shuningdek, sayohatlarning shakllanishi va rivojlanishda qadimgi greklarning ham hissasi juda katta. Chunki, ular kadimgi Olimpiya o’yinlarini tomosha qilish maqsadida uzoq-uzoqlarda Olimp shaxarchasiga sayohat qilganlar. Bundan tashkari ular sog’likni "tiklash uchun "tilsimli davo" izlab tog’, vodiy o’lkalarini kezib chiqishgan. Tarixiy manbalarga qaraganda, hatto Aleksandr Makedonskiy ham O’rta Osiyoga umrni uzaytiruvchi, insonni qayta yoshartiruvchi "tilsimli suv" qidirib kelgan.

    Aristotel, Demokrat, Kvintilmon va boshqa mashxur faylasuflar o’z asarlarida tarbiya to’g’ririda gapirar ekanlar, odamlar, albatta, go’zal tabiat qo’ynida bo’lishlari, sayohat qilishlari zarurligini ta’kidlab o’tganlar.

    Turizm O’rta Osiyoda ham qadimdan mavjud bo’lgan. Qadimiy ajdodlarimizning daryo, ko’l sohillarida, cho’lu biyobonlarda sayr qilishi, tog’ cho’qkilariga chiqishi, ovchilik qilganlari haqida bizga ko’pgina tarixiy manbalar, xalq og’zaki ijodidan ma’lum.

    Chunonchi, Maxmud Koshg’ariyning "Devonu lug’otit turk" asari, Abu Ali ibn Sino, Umar Hayyom, Ro’dakiy, Firdavsiy, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur va ko’pgina boshqa allomalarning asarlari, shuningdek, "Alpomish", "Kuntug’mish", "Intizor", "Rustamxon", " Ravshan" va boshqa xalq og’zaki ijodi manbalarida turizmning ilk debochalari o’z aksini topgan.



    Alisher Navoiy sog’lom turmo’sh tarzini shakllantirish, kishi sog’ligini mustaxlamlash, dunyoqarashini kengaytirish, insoniy va axlokiy sifatlarini qaror toptirishda jismoniy mashqlar, o’yinlar turli harakatlar ayniqsa, sayohat qilish muhim ahamiyatga ega ekanligini aloxida ta’kidlab, jumladan, shunday yozadi: "Arzi soqin qaydovu sipexri davvor qayda, turobbi mutamakkin qaydavu, kavkabi sayyor qayda. Ul biri sukundin xeksorlar poyondozi bo’ldi. Va bu bori taxarrukdin sarafrozlar sarafrozi. (Tinch turgan yerning fazilati qayda, aylanuvchi osmonning afzalligi qayda. Bir joyda mahkam turgan tuproq qaydayu, sayr qilib yurgan yulduz qayda. O’lardan birinchisi harakatsiz turishidan xokisorlar oyog’i ostida, ikkinchisi esa xarakati tufayli yuqorilarning yuqorisi.) Cayohat ranju mashakqatga sabab, moya tovozu va adabdur. Sayohat (safar) kuron gudozu so’zdir va ul gudozu suv erning vujudi oltuniga iyor anduz (sayehat qilish ranju mashaqqatga sabab bo’lsa ham kamtarlik va adabning moyasi xisoblanadi. Sayohat quyishu yonishning o’chog’i va bu qo’yishu yonish er kishining vujud oltinining o’lchovi). Safar vodiysida musofir (safar qiluvchi) oyog’iga dardu balo tikoni ko’p sanchilur, va lekin ul tikondin maqsud guli ochilur. Yul emg’oki (mehnati) shiddatidan badani ko’p tovshalur (ya’ni ezilur) ammo ko’ngli buzug’lug’lari yosolur (ketur) va ruxi ko’zgusi safo (tozalik) olur. Va har kishilar mamlakat orayishini va har bir manzilni osoyishini safar ahlidan sur va musofirdan ko’r. Safar qilmog’an orom faroxatin qayda bilsun va g’urbat chekmog’an kon rifoqayyatin (baxt farovonligini) ne nav’ ma’lum qilsun. Daryoni sokin (tinch) dur suyidin yutsa bo’lurmi? Va rud (daryo) ki mutaxarrik (xarakat kdluvchi) zur sulol (suv) tarkin tutsa bo’lurmi? Taxarruk (xarakat) ahliga hayotdin olardur va jamulat xayli (qotgan narsalar) tiriklik nishonasidan bexabar".

    Shunday ekan, O’rta Osiyoda sayr - sayohat qadimdan rivojlanib, takomillashib kelmokda.



    O’zbekiston mustaqillikka erishgandan so’ng, sayohatni rivojlantirish borasida ko’pgina ishlar amalga oshirilmokda. Jumladan, tarixiy madaniy obidalarni qaytadan ta’mirlash, tabiat va ekologiyani asrash kabi chora tadbirlar, ayniqsa, "O’zbekturizm" (1992 yil) tashkilotining tashkil topishi, sayr-sayohatni rivojlantirish va takomillashtirish uchun dastur ishlab chikdi.


    Foydalanilgan adabiyotlar:


    1. O’zbekiston Respublikasining "Jismoniy tarbiya va sport to’g’risida", gi qonun. Toshkent 1992 yil.

    2. Ozbekiston Respublikasining "Talim to’grisida"gi qonuni. Toshkent 1997 yil

    3. R.A. Abdumalikov, T. Xoldorov "Turizm". Toshkent "O’kituvchi" 1988 yil

    4. Hasaniy M., S. Karimov "Navoyi davri tabobati" . Toshkent "Ibn Sino" nomli nashriyot 1991 yil 126-bet.

    5. M.A. Verba, SM. Golisin, V.M. Kulikov, Ye.G. Ryabov "Maktabda turizm" Toshkent "O’qituvchi" 1990 yil.


    Download 60.5 Kb.




    Download 60.5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Referat mavzu: turizm haqida tushunchalar va ularning paydo bo’lishi. Bajardi: Ruziqulov Ravshan

    Download 60.5 Kb.