O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
JIZZAX POLITEXNIKA INSTITUTI
Sirtqi bo’lim Yo’l muhandisligi yo’nalishi
4-Kurs 674-20 Guruh
Talabasi Zaripbayev Nurlibekning
Avtomobil yo’llarini qurish va rekonstruksiya qilish texnologiyalari Fanidan
REFERAT
Qabul qildi : Tovboyev.B
Jizzax-2024
Mavzu:
Sementbeton qoplamalari choklarini qurish texnologiyalari va innavatsion materiallari
Reja.
1. Sementbeton qoplamalar
2. Qoplamadagi yoriqlar
3. Ta’mirlash uchun sementbeton qorishmasi
Sementbeton qoplamalarni saqlashda yoriqlar va choklar, plitalar qirg’oqlari va chegaralari, alohida g’ovakliklar berkitiladi, mahalliy cho‘kish va alohida plitalardagi ko‘tarilib qolishlar bartaraf qilinib, qoplamadagi to‘kilish markazi bo‘lgan bo‘laklar qayta tiklanadi. Yoriqlar oldindan barmoqli freza yordamida qayta ishlanadi va tozalanib, shundan so‘ng to‘ldiriladi. Eni 5… 25 mm bo‘lgan yoriqlarni to‘ldirishda asosan tarkibi mahalliy sharoitga bog’liq ravishda tanlangan bitum mastikasi (shu jumladan rezinabitum) dan foydalaniladi. Buzilishlarni to‘ldirishda stementbeton yoki asfaltbeton (shu jumladan quyma) qorishmasi bilan, shuningdek yilning issiq vaqtlarida harorat +5 °S dan kam bo‘lmaganda suyuq shisha qorishmasidan foydalaniladi. Polimerbeton qorishmalari havo harorati +15 °S dan kam bo‘lmaganda qo‘llaniladi. Chuqurligi 5 sm gacha bo‘lgan buzilishlarni to‘ldirishda mayda donali (qumli) stementbeton qorishmasidan foydalaniladi; katta chuqurlikdagi buzilishlarni to‘ldirishda qumli yoki chaqiqtoshning yirikligi 20 mm gacha bo‘lgan chaqiqtoshli beton qorishmalaridan foydalaniladi. Ta’mirlash uchun stementbeton qorishmasini yotqizishdan oldin tayyorlangan yuzaga (10… 20 min avval) markasi 500 markadan kam bo‘lmagan plastiklashtirilgan stement kleyidan yupqa qatlam qilib suriladi. Yozgi davrda buzilishlarni ta’mirlash bilan bir vaqtda tizimli ravishda qatnov qismi tozalanadi, gidrofobizatsiya yo‘li bilan stementbeton qoplamasining yuzasidagi buzulishlardan himoyalash bo‘yicha oldini olish ishlarni amalga oshiriladi. Gidrofobizatsiya – bu yuzadagi g’ovakliklar, kapilyarlar va yoriqlarga suvni kirishini oldini olish bo‘lib buning natijasida avtomobil g’ildiragining qoplama bilan tishlashish sifati oshiriladi. Gidrofobizatsiya bo‘yicha ishlar amalga oshiriladigan vaqt davomida yo‘l bo‘lagi harakatlanish uchun yopiladi. Harakatni aylanma yo‘llarga yo‘naltirishning imkoni bo‘lmaganda qatnov qismining har ikki yarmi uchun navbatma-navbat gidrofobizatsiya ishlari bajariladi. Ishlar qoplamani yuvuvchi yoki supurib tozalovchi mashinalar bilan yaxshilab tozalangandan so‘ng bajariladi. Yuzani gidrofobizatsiya qilish bo‘yicha ishlar quruq ob-havoda, havoning harorati +5 °S dan kam bo‘lmaganda bajariladi. Ta’mirlangan yo‘l qoplamasi ustidan harakatlanishga ishlar tugatilganidan eng kamida 1 sutkadan so‘ng ruxsat beriladi. Kuzgi davrda asosiy e’tiborni yo‘l yoqasini yomon holatga kelib qolishdan saqlashga qaratiladi, chunki yo‘l yoqasining yomon holati natijasida yo‘l poyi o‘ta namlanadi va ko‘pchish boshlanishiga sharoit hosil bo‘ladi, qatnov qismi ifloslanadi va qoplama qirg’oqlari jadal tarzda buzula boshlaydi. O‘tuvchi va quyi turdagi qoplamali yo‘llarni saqlash. Qoplama ravonligini oshirish maqsadida (bahor va kuzgi davrdagi yomg’irdan so‘ng) va mineral material bir tekisda taqsimlanishi uchun yo‘l to‘shamasi yuzasi profillanadi, alohida o‘yiqlar, izlar va cho‘kishlar ta’mirlanadi. Dastlabki profillash erta bahorda (qor eriganidan so‘ng) amalga oshirilib, uning natijasida izlar yo‘qotiladi va ko‘ndalang kesim tekislanadi. Ikkinchi profillash bahorgi (nam) davrning ohirida yangi yuzaga kelgan deformastiyalarni yo‘qotish va qoplamani yakuniy tekislash uchun amalga oshiriladi. Yozgi davrda profillash yomg’irdan so‘ng zaruriyat tug’ilgandagina bajariladi. Kuzgi davrda qoplamaning qishki davrda izlar va ko‘ndalang to‘lqinlarsiz, tekis holatda ishlashini hisobga olib profillash amalga oshiriladi. Bahorgi davrda qatnov qismini loy va qor yoki muz qatlamlaridan tozalanadi. Yo‘lni qor va muzning asosiy massasi tozalanganidan so‘ng 3 – 5 kun davomida loy hali qotmasdan avtogreyder yoki buldozer bilan yrngil tozalanadiga holatda bo‘lganda qoplama tozalanadi.
Mavzu:
Avtomobil yo’llarini qurishda atrof muhit muhofazasini tashkil etish
Reja.
1. Avtomobil yo‘llarini qurish
2. Avtomobil yo‘llarini qurish usullarini
3. Yo‘l qurilishida iqtisodiy samaradorlik
Avtomobil yo‘llarini qurishda asosiy texnologik jarayonlar yo‘l poyini tayyorlash, zarur qurilish materiallarini qazib olish va tayyorlash va ularni tashish, suv o‘tkazgichlari, yo‘l to‘shamalari, o‘tish joylari va obodonlashtirish elementlarini kurish hisoblanadi. Inshootlarning ishonchli ishlashini ta’minlashning asosiy vazifalari yo‘llarni yozgi va qishda saqlash, yo‘lni belgilash, obodonlashtirish, inshootning barcha elementlarini ta’mirlash va rekonstrukstiya qilishdir. Avtomobil yo‘llari qurilishini kompleks mexanizastiyalash va avtomatlashtirish uchun mashinalar tizimiga ularning texnologik maqsadi bilan belgilanadigan beshta asosiy mashinalar guruhlari kiradi: yo‘l poyini qurish uchun; yo‘l to‘shamasi va qoplamalarni qurish uchun; suv o‘tkazgichlarni (quvurlar, ko‘priklar va boshqalar) qurish va qiyaliklarni mustaxkamlash uchun; yo‘l-qurilish materiallari qazib olish va tayyorlash uchun; texnologik transport.
Avtomobil yo‘llarini qurish texnologiyalarini rivojlantirishning boshqa muhim yo‘nalishlaridan yo‘l qurilish mashinalari ishchi organlariga ABT o‘rnatilganlaridan foydalanish hisobiga asosiy texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va kompleks mexanizastiyalash hisoblanadi. Bunday mashinalar ishlar yuqori sur’atini va sifatini ta’minlashi mumkin, bu esa yo‘l qurilishida iqtisodiy samaradorlik oshishiga olib keladi. Ishni ishlab chiqarish texnologiyasini o‘zgartirish va rivojlantirish orqali, shu jumladan ilg’or mashinalarni, samaraliroq materiallarni, sifatni nazorat qilishning aniq va samarali vositalarini ko‘llash orqali ishlarni ishlab chiqarish uchun eng tejamli variantni tanlashni asoslash mumkin. Masalan, kuzatuv tizimlaridan foydalanish ma’lum bir ehtimollik bilan avtomatlashtirilgan rejimda kerakli tenglikni ta’minlashga imkon beradi. Yo‘l qurilishi narxining pasayishiga mahalliy yo‘l-qurilish materiallari, sanoat chiqindilaridan keng foydalanish, ishlarni oqilona tashkil etish, yil davomida ishlaydigan texnologiyalarga bosqichma-bosqich o‘tish bilan qurilish mavsumini uzaytirish, qurilishning maqbul bosqichlari, yangi yuqori samarali materiallar va konstrukstiyalarni ko‘llash orqali erishiladi. Avtomobil yo‘llarini qurish usullarini yanada takomillashtirish bir qator muhim muammolarni hal qilish bilan bog’lik bo‘lib, ular orasida eng muhim quyidagi muammolarni ajratib ko‘rsatish mumkin: - gruntlarning qurilish va texnik xususiyatlarini baholash usullarini ishlab chikish va ularni stementli materiallar va sirt faol, gidrofobizastiyalash va boshqa kimyoviy moddalarning ko‘shimchalari bilan mustahkamlash, drenajlash, gruntni eroziyadan himoya qilish uchun turli xil geosintetik materiallardan foydalanish va xk.; - mineral materiallar (chaqiqtosh, shag’al), boshqan mahsulotlar (shlak va boshqalar) va sanoat chiqindilarining tuzilishini, mustahkamligini, korroziyaga chidamliligini o‘rganish, ularni qo‘llash, foydalanish va xususiyatlarini baholash usullarini takomillashtirish;
- polimer, sirt faol, tuzilish hosil qiluvchi va boshqa kimyoviy moddalar ko‘shilishi bilan organik biriktiruvchi moddalar (bitum, qatron, emulsiya, bitum o‘z ichiga olgan jinslar) xususiyatlarini o‘rganish; organik bog’lovchilarni ishlab chiqarish va ulardan foydalanish usullarini takomillashtirish; - turli xil aralashmalardan asfaltbeton qoplamalarini qurish texnologiyasini ularning texnologik xususiyatlarini hisobga olgan holda takomillashtirish, mamlakatning turli tumanlarida yo‘l qoplamalarida asfaltbetonning xususiyatlarini o‘rganish; - noorganik bog’lovchilarni, kimyoviy ko‘shimchalarni o‘rganish (sovuqqa chidamli, plastifikastiyalovchi va boshqalar), har xil ekspluatastion sharoitlarda yuqori xizmat muddati bo‘lgan yo‘l betonini yaratish; - uzluksiz mustahkamlanadigan stementbeton qoplamalari va asoslarini, shu jumladan zichlanadigan betonni qurish texnologiyasini ishlab chiqish; - har tomonlama mexanizastiyalash, avtomatlashtirish va ilg’or texnologiyalar asosida zamonaviy asfaltbeton va stementbeton zavodlari, bitum va emulsiya bazalari, tosh maydalash zavodlarini yaratish; - yo‘l ishlari sifatini boshqarish uchun yuqori aniqlikdagi va samarali elektron qurilmalarni yaratish.
Mavzu:
Yo’l poyi ustki yuzasini va yon bag’rini pardozlashda sifat nazorati
Reja.
1. Yo‘l poyi
2. Yo‘l poyini saqlash uchun bajarildigan ishlar
3. Yo‘l poyini yil fasllari davomida saqlashning asosiy vazifalari
Yo‘l poyi va yo‘l uchun ajratilgan mintaqani saqlash Yo‘l poyini saqlash uchun bajarildigan ishlar uning geometrik shaklini saqlashga, yo‘l poyining, yo‘l yoqasi va qiyaliklarining talab etiladigan mustahkamligini va turg’unligini ta’minlashga hamda suvni chetlatuvchi va suv o‘tkazuvchi konstrukstiyalarning doimiy ishchi holatda saqlashga yo‘naltiriladi. Asosiy e’tibor noqulay grunt va gidrogeologik sharoitga ega bo‘lgan, ko‘pchish mavjud bo‘lgan va rivojlangan, botqoqliklar va suniy sug’oriladigan sharoitida joylashgan yo‘l bo‘laklariga qaratilishi zarur. Yo‘l poyini yil fasllari davomida saqlashning asosiy vazifalari quyidagicha: bahor davrida – yo‘l poyining o‘ta namlangan gruntlaridan qor va grunt suvlarini chiqarib tashlash; yozgi davrda – yo‘l yoqasi, qiyaliklar va suvni chetlatish konstrukstiyalarini tozalash va ulardagi nuqsonlarni ta’mirlash bo‘yicha ishlar bajariladi; kuzgi davrda – yo‘l poyining atmosfera yog’inlari bilan o‘ta namlanishini oldini olish, ular ta’sirida yo‘l poyida yig’ilgan namlikning eng kichik qiymatta bo‘lishini ta’minlash. Erigan qor va muz suvlarini o‘tkazishni ta’minlash uchun novlar, qabul qiluvchu quduqlar, quvurlarning og’zi, drenajlar, drenajlarning qiyaliklardagi suv chiqadigan joylari va voronkalar, yon ariqlar va boshqa suvni chetlatish inshootlari qor va muzdan tozalanadi. Yon ariqlar avtogreyderning maxsus kyuvet tiklagichi yordamida butun kesimi bo‘yicha yoki qo‘l mexnati bilan eni 0,7 m, ariqning butun chuqurligi bo‘yicha qordan tozalanadi. Kichik ko‘priklar va quvurlarning tuyniklarini berkitib turgan to‘siqlar olib tashlanib, ko‘prik osti va quvur ichining eni bo‘yicha, uzunligi bo‘yicha esa suniy inshootdan yuqori va quyida 30 m masofada muz va qordan tozalanadi. Agar yo‘l yoqasida tezda tozalashning iloji bo‘lmagan darajada qor uyumi yig’ilgan bo‘lsa, ushbu qor uyimida yo‘lning uzunligi bo‘yicha har 30…50 m masofada eni 0,5…0,7 m qilib yo‘l yoqasining yuzasigacha qordan tozalanadi. Bu qor erishi natijasida hosil bo‘lgan suvning qatnov qismida to‘planishini oldini oladi va uning yo‘l yuzasidan tez oqib ketishini ta’minlaydi (3.1-rasm).
Qor erishi natijasida hosil bo‘ladigan suvni chetlatish sxemalari: a — yo‘l poyi va kyuvetlarni qordan to‘liq tozalash; b — kyuvet bo‘ylab qordan yo‘l ochish; v, g — qordan bo‘ylama va ko‘ndalang yo‘l ochish; 1 — qor uyumi; 2 — bo‘ylama ochilgan yo‘l; 3 — ko‘ndalang ochilgan yo‘lkacha. Bahorgi havoning isishi boshlanishi bilan yo‘lda ko‘pchish alomatlarini vaqtida aniqlash uchun puxta nazorat o‘rnatilishi zarur. Birinchi alomat – bo‘ylama va ko‘ndalang yoriqlar paydo bo‘lgan alohida joylar yuzaga kelishi. Ko‘pchishni oldini oladigan yoki uni ta’sirini maksimal kamaytiradigan muhim tadbir bu mustahkamlangan yo‘l yoqasida qurituvchi drenajlar qazish hissoblanadi. Eni 0,25…0,50 m va chuqurligi tagidagi qum qatlami bilan yo‘l to‘shamasi qalinligiga teng qilib, ko‘pchish mavjud yo‘l bo‘lagining har bir tomondan bir biridan 4…8 m masofada drenajlar qaziladi. Ularning quyi qismiga qiyalik tomonga 40…50 ‰ nishablik beriladi. Issiq havo uriladigan va quyosh nurining to‘g’ridan-to‘gri ta’siriga uchragan drenajlarning qiyaliklardagi ochiq joylari yo‘l poyida yig’ilgan muz suvlarni eritib ularni chetlatishga yordam beradi. Ko‘pchish alomatlari yuzaga kelganda qoplamani buzilishdan saqlash zarur. Buning uchun ko‘pchigan yo‘l bo‘lagida qoplama yuzasiga qozonxona shlakidan, muzlamaydigan quruq qumdan yoki shag’al qum aralashmasidan qalinligi 10... 15 sm bo‘lgan “yostiqcha” qilinadi. “Yostiqcha” ustiga yog’och qalqonlar yoki g’ildirak iziga qoplama yotqiziladi. Ko‘pchishga qarshi kurash yo‘l poyi to‘liq erib, qurigandan so‘ng to‘htatiladi. Qatnov qismiga to‘shalgan qalqonlar, shlak va qumlar tozalanib, yo‘l yoqasidan suvni chetlatish maqsadida qazilgan joylar to‘ldiriladi. Grunt quriganidan so‘ng qazilgan joylar shag’al yoki chaqiqtosh bilan to‘ldirilib me’yorlar talabi darajasigacha zichlanadi. Ko‘pchishga moyil yo‘l bo‘laklarida ko‘pchish sabablarini bartaraf qilish zarur. Aks holda keying yilda ko‘pchish yana yuzaga kelib yana oldini olish chora tadbirlariga zaruriyat tug’uladi. O‘ta namlangan gruntlardan suvni chetlatish uchun geotekstildan drenajlovchi filtr sifatida foydalanish mumkin, bunda yo‘l poyidagi va qudan qilinga asosdagi shimilgan suv ushbu filtr orqali qiyalikka chiqadi yoki yo‘l poyini quritadi Geotekstildan qilingan drenajlovchi filtrlar Filtrlar geotekstildan qobiq ko‘rinishida, diametric 15… 20 sm, uzunligi 1… 3 m, ichi geotekstil chiqindilari bilan zich qilib to‘ldirilgan ko‘rinishda bo‘ladi. Ular yo‘l to‘shamasining butun chuqurligi bo‘yicha qazilgan transheyalarga, filtrning bir tomonini qiyalikka chiqariladi va grunt bilan qoplanadi. Filtrlar orasidagi masofa 5… 10 m ni tashkil qiladi. Filtrlarni joylashtirish natijasida qoplamada yuzaga kelgan buzulish va deformastiyalar to‘girlanadi. Bahorning ohirida yo‘l poyidagi buzilishlar to‘g’irlanadi: o‘yilib ketgan joylar to‘ldiriladi, yo‘l yoqasining qirg’oqlari to‘g’irlanadi, o‘yma va ko‘tarmalar qiyaliklari yuvilib oqib tushgan gruntlardan tozalanadi, qiyaliklarning emirilgan va yuvilgan qismlari to‘ldirilib mustahkamlanadi. Yozgi davrda yo‘l yoqasi, qiyaliklar va suvni chetlatish tizimlarida qarov ishlari bajarilib, ulardagi kichik deformastiya va buzulishlar bartaraf etiladi: yo‘l yoqasi, ajratuvchi tasma va suvni chetlatish tizimlari axlat va begona jismlardan tozalanib, yovvoyi mayslar o‘riladi va butalar kesiladi. Suvni chetlatish tizimlarini yozgi saqlash ishlarini suvni chetlatuvchi ariqlarning alohida bo‘laklarini 5 ‰ dan kam bo‘lmagan nishablikni ta’minlagan holda tozalash, buzilishga uchlargan alohida bo‘laklar mustahkamligini tiklsh, drenaj konstrukstiyalarining quyi qismlarini tozalash va ta’mirlash ishlari tashkil etadi. Kuzgi davrda yo‘l poyinig keying yil bahor davrida o‘ta namlanishini oldini olish bo‘yicha ishlar amalga oshiriladi. Suvni chetlatuvchi ariqlar, suv o‘tkazuvchi konstrukstiyalar va drenajlarning quyi qismlarini bahorgi davrda eng yuqor o‘tkazuvchanlikka tayyorlash uchun tizimli ravishda begona jismlar va ahlatdan tozalanadi. Kichik ko‘priklar va quvurlar tuynuklari inshoot ichiga qor tushmasligi uchun qalqonlar bilan berkitiladi. Mustahkamlanmagan yo‘l yoqasida izlar va yig’ilgan suvlarni yo‘qotish uchun tekislash ishlari bajariladi. Avtogreyder yordamida qor yig’iladigan bo‘laklarda qiyaliklar va ariqlar yaxshilab to‘g’irlanadi. Agar yo‘l uchun ajratilgan mintaqada aylanma yoki vaqtinchalik yo‘llar bo‘lsa ularni davriy ravishda profillash yo‘li bilan ishchi holatda ushlab turish zarur.
Mavzu:
Yo’l poyi yon bag’rini mustaxkamlashning ilg’or usullari
Reja.
1. Yo‘l poyi
2. Yo‘l poyining mustaxkamligi
3.Yo‘l poyini saqlash uchun bajarildigan ishlar
Yo‘l poyi - yo‘l to‘shamasi qatlamlarini joylashtirish uchun asos bo‘lib xizmat qiladigan sun'iy inshootdir. Uni loyihalashda namunaviy tuzilmalardan, shuningdek, xususiy loyihalash usullaridan foydalaniladi. Joyning relyefi, geologiya, gidrogeologiya va iqlim sharoitlarini hisobga olib ishlab chiqilgan yo‘l poyining namunaviy tuzilmasi 2.1 va 2.2-rasmlarda keltirilgan [1]. Yo‘l poyi, noqulay sharoitlarda xususiy loyihaga asosan quriladi. Bunday sharoitlarga quyidagilar kiradi: balandligi 12 m dan katta ko‘tarmalar; chuqurligi 12 m dan katta o‘ymalar; ko‘tarma asosida bo‘sh gruntlar bo‘lsa; chuqurligi 4 m dan katta botqoqliklar; ko‘chkili tog‘ yonbag‘irlari; chuqur va qiyaligi katta jarlar; karst hodisasi, o‘ta sho‘rlangan gruntlar, sel oqimlari, tosh ag‘darmalari, qorli surilmalar va boshqalar.a-balandligi 2-3 m bo‘lgan yon rezervsiz ko‘tarma; b-balandligi 1,5 m bo‘lgan yon rezervli ko‘tarma; v-balandligi 2-3 m dan 6 m gacha bo‘lgan ko‘tarma; g-balandligi 6 m dan 12 m gacha bo‘lgan ko‘tarma; A-qurilayotgan yo‘l poyining kengligi; V-yo‘l mintaqasining kengligi; b-qatnov qismining kengligi; D-yo‘lga ajratilgan doimiy mintaqa chegarasi; V-yo‘lga ajratilgan vaqtinchalik mintaqa chegarasi; O’-o‘simlik gruntining tiklangan qatlamia-qor bosishi mumkin bo‘lgan yo‘l bo‘lagidagi chuqurligi 5 m gacha bo‘lgan o‘yma; b-chuqurligi 12 m gacha bo‘lgan qiyalik tokchasiz o‘yma; A-quriladigan yo‘l poyining kengligi; V-yo‘l polotnosining kengligi; b-qatnov qismi kengligi; D-yo‘lga ajratilgan doimiy mintaqa chegarasi; V-yo‘lga ajratilg vaqtinchalik mintaqa chegarasi; O’-o‘simlik gruntining tiklangan qatlami Keyingi yillarda yo‘l poyining mustahkamligini oshirish va ko‘tarmaning hajmini kamaytirish uchun armaturalangan yo‘l poyi tuzilmasi qo‘llanmoqda. Birinchi marotaba bunday ko‘tarmalar Fransiyada yon qiyalikni oshirish hisobiga yo‘l egallab turgan yer polosasini kamaytirish maqsadida qurilgan. Keyinchalik, bunday tuzilmalar kutilgan samaradan tashqari, gruntlarning elastiklik modulini 1,5 - 2 marotaba oshirishi ma'lum bo‘ldi. Armaturalash shisha tola yoki yupqa mato va mato bo‘lmagan sintetik materiallarni yo‘l o‘qiga perpendikulyar yotqizib amalga oshiriladi. Yo’l poyining mustahkamligini oshirishning samarali usullaridan biri uni qurishda mustahkamroq materialni qo‘llashdir. Gruntning mustahkamligini oshirishda faolligi kam bo’lgan turli qovushqoq materiallar (kul, maydalangan shlak, boksitli shlam va bosh.) dan foydalaniladi. Bo‘sh gruntlarning mustahkamligini boshqa grunt qo‘shib va donadorligi bo‘yicha muqobil aralashma tayyorlab ham oshirish mumkin. Gruntga biroz sement yoki ohak qo‘shilsa, uning suvga qarshiligi bir necha marotaba oshadi. Gruntni mustahkamligini oshirish uchun namligi va zichlashish darajasini o‘zgartirish ham mumkin. Yo‘l poyining mustahkamligi, ishlash sharoitiga ko’ra mos tuzilmasini tanlash, mustahkam bo‘lgan gruntlarni qo‘llash, uni namlanishdan yoki muzlashdan himoya qilish bilan ta'minlanadi. Uning mustahkamligi ko‘p hollarda texnologik ko‘rsatkichlarga, ulardan asosiysi-gruntlarning kerakli zichlash darajasini ta'minlashga bog‘liq bo‘ladi. Odatda, gruntlarning zichligi qancha yuqori bo‘lsa, mustahkamligi shuncha yuqori bo‘ladi (mos ravishda ma'lum namlikda). Yo‘l poyining mustahkamligi boshqa omillarga, xususan, har xil gruntlarning joylashishiga ham bog‘liq bo‘ladi. Mustahkamligi ko‘proq gruntlarni uni yuqori qismiga joylashtirish kerak. Yo‘l poyida gruntlar fizik holatiga qarab bir hil hajmiy og‘irlikda bo‘lishi lozim. Bu, asosan, gruntlarning zichligi va namligi bo‘yicha bir xilligi bilan belgilanadi. Yo‘l poyining bir xilligini oshirish ularning ishonchliligini oshirishga olib keladi. Ko‘tarma qurish uchun ishlatiladigan gruntlar to‘rtta asosiy guruhga bo‘linadi: tabiiy-butun yoki yoriqli massivini maydalash yo‘li bilan olinadigan qoyaning tog‘ jinslari; tabiiy sharoitda allyuvial va delyuvial yotqiziq shaklida yotuvchi yirik donali; qumli; gilli. Ular o‘z navbatida har bir guruh turi va alohida tavsifi bo‘yicha tasniflanadi. Yo‘l poyi uchun yaroqliligi jihatidan suv ta'sirida uzoq bo‘lgan qoyaning tog‘ gruntlari yoki jinslarining yumshashiga qarab quyidagi ifoda bo‘yicha bo‘lish qabul qilingan:
bu yerda: RB- suvga to‘yingan holatda siqilishga mustahkamlik chegarasi; RC- havoda, quruq holatda, siqilishga mustahkamlik chegarasi. Agar R>0,75 bo‘lsa, tog‘ jinsi suvda yumshamaydigan turiga, agar R<0,75 bo‘lsa - yumshaydigan turiga mansub bo‘ladi. Yirik donali va qumli gruntlar o‘z navbatida donadorlik tarkibiga ko’ra, gilli gruntlar esa SHNQ larga asosan donadorlik tarkibiga va plastikligiga ko’ra bo‘linadi. Gruntlarning alohida turlariga: il, iold gili, lyosslar, mergellar, trepel, talkli va bo‘r davri gillari, sho‘rlangan gruntlar va boshqa turlar kiradi. Ko‘tarmalarni qurish uchun, asosan, tabiiy omillar ta'sirida holati o‘zgarmaydigan yoki kam o‘zgaradigan gruntlarni qo‘llash maqsadga muvofiqdir, chunki yo‘l poyida ularning mustahkamligi va turg‘unligiga suv deyarli ta'sir qilmaydi. Bunday gruntlarga: yumshamaydigan tog‘ jinslari, yirik donali, qumli (mayda va changlidan tashqari), yengil va yirik supeslar ta'lluqlidir. Yo‘l poyini qurishda bunday gruntlarning miqdori chegaralanmaydi. Shuni ta’kidlash lozimki, gilli, mayda va changli gruntlar, yumshaydigan tog‘ jinslari, gruntlarning alohida turlaridan yo‘l poyini qurishda uchun foydalaniladi, ammo ularni qo‘llashda bir qancha cheklanishlarni hisobga olish kerak. Bunday gruntlarni qo‘llash ehtimolligi va maqsadga muvofiqligi joy sharoitiga va texnik-iqtisodiy solishtirishga bog‘liq ravishda aniqlanadi. Masalan, mergelli, slanetsli va yog‘li gillar, bo‘r davri talklari va trepellarini ko‘tarma qurish uchun yaxshi sharoit bo‘lgan, ya'ni quruq joylarda qo‘llash mumkin. Gidrogeologik sharoiti yaxshi bo‘lmagan, grunt suvlari sathi yuqori bo‘lgan yoki yuza suvlari uzoq muddat turadigan yo‘l bo‘laklarida: daryo poymasida, past qismida bunday gruntlardan faqat ko‘tarmaning yuqori qismi uchun foydalanish mumkin. Uzoq vaqt suv turadigan yoki bosadigan ko‘tarmaning pastki qismi uchun tog‘ jinslari yoki yirik donali gruntlar, yirik yoki o‘rta kattalikdagi qumlar, shuningdek, gil donalari og‘irligi bo‘yicha 6 % dan oshmaydigan yengil yirik supeslarni ham qo‘llash mumkin. Ko‘tarmalarni qurish uchun quyidagi gruntlar: gilli o‘ta sho‘rlangan; namligi ruxsat etilgandan ortiq gillar; gil yoki organik modda aralashmasi bo’lgan torf, gil, mayda qum va gilli gruntlar; katta miqdorda o‘simlik ildizi bo‘lgan yuqori qatlam tuproqlari; nam asosdagi ko‘tarmalar uchun va suv uzoq turib qolishi mumkin bo‘lgan yo‘l bo‘lagida talkli, pirofilinli gruntlar va trepellar; tarkibida me'yordan ortiq gips bo‘lganlardan foydalanmagan ma’qul. Tabiiy holda xosil bo‘luvchi gruntlardan tashqari, ko‘tarmalar uchun sa'noat chiqindilari: kul-shlak materiallari, tog‘-kon sa'noati chiqindilari va boshqalarni ham qo‘llash mumkin. Ko‘tarmalar o‘ymani o‘yishdan chiqqan, grunt karyerlaridan va yon rezervlardan olingan gruntlardan quriladi. Ko‘tarma uchun talab qilinadigan kerakli gruntlar hajmi:
VK - quriladigan ko‘tarmani hajmi, m3; Kl - nisbiy zichlashtirish koeffitsienti, uni quyidagi ifoda bilan aniqlash mumkin:b δK - ko‘tarmadagi (talab qilingan) grunt hajmi, g/sm3; δT - tabiiy holatdagi (karyerda, o‘ymada yoki rezervda) gruntning zichligi, g/sm3. Odatda, ko‘tarmalarni bir xil gruntlardan qurish lozim, zarur bo’lganda, har xil gruntlardan ham qurish mumkin bo‘ladi, ammo bu grunlarni alohida gorizontal shaklda yotqiziladi. Ko‘tarmaning yuqori qismiga (1,0-1,5m) yaxshi, mustahkamroq gruntlarni ishlatish kerak, chunki ko‘tarmaning bu qismi tabiiy omillar va transport vositalari ta'siriga ko‘proq uchraydi. Ko‘tarmaga tartibsiz gruntlarni to‘kish taqiqlanadi, chunki namlikning tarqalishi va iqlim omillari ta'sirida bunday gruntlar tarkibining fizik xossasi o‘zgarishi bir tekis bo‘lmaydi. Natijada gruntlar muzlab ko‘pchiganda ravonligi buziladi, eriganda yo‘l to‘shamasi asosida mustahkamligi tekis bo‘lmagan qatlam xosil bo‘ladi, bu o‘z navbatida ravonlikning kamayishiga yoki yo‘l to‘shamasining buzilishiga olib keladi. Ko‘tarmaning yuqori qatlamiga suv oqimi kelishini to‘xtatish uchun, uning ostki qismiga drenajlaydigan grunt to‘kishda grunt qatlamining qalinligi uning kapillyar ko‘tarilish balandligidan katta bo‘lishi kerak.
Mavzu:
Sovuq haroratli kunlarda yo’l poyini qurishning o’ziga xos tomonlari
Reja.
1. Sovuq haroratli kunlarda yo’l poyini qurish
2.Yo‘l poyi turg‘unligi ishlab chiqarish
Qishda o‘yma va quruq qumlarda, shag’al-galechnik va qoya-tog’ jinsarida rezervlar quriladi, bir yerga to’plangan rezervdan ko‘tarma yasaladi, gilli gruntlardan chuqurligi 3 m dan ortiq quruq o‘ymalar o‘yiladi, botqoqliklarda qumli gruntlardan ko‘tarma ko‘tariladi, torf kavlab olinadi, drenaj quriladi; shuningdek, ishlab chiqarishning shaxsiy loyihasiga muvofiq boshqa yer ishlarini qilish mumkin bo‘ladi. Qishki yer ishlarining alohida xususiyatiga havo haroratining salbiyligi, qor va muzlar kiradi. Qishki mavsumda, masalan, yer sharining shimoliy tomonlarida, Sibir va Uzoq Sharqning ko’pgina tumanlarida, qishda qurilish joyiga borishning yagona sharoiti yaratiladi. Qurilish ishlarining qishda emas, aksincha yozda oshadi. Bu tumanlarda qishda botqoqliklarda ko‘tarmalarni qurish va torflarni chiqarib tashash ishlari texnologik jihatdan osondir, torfni olib tashlamasdan vaqtinchalik yo‘llarni qurish qulay va karyer va qishda faoliyat ko‘rsatadigan boshqa ob'yektlarga vaqtinchalik o‘tish yo‘lini ta'minlash mumkin. Ko‘rsatilgan tumanlarda qishki ishlarni olib borish muhim hisoblanadi, chunki bunday viloyatlarda qish mavsumi uzoq davom etadi. Qishda ishlarni olib borishda quyidagi kamchiliklarga quch kelinadi: ishlashni gruntning muzlashi, grunt tarkibida muzlagan bo‘laklar bo‘lishib ishlashni qiyinlashtiradi; yer inshootlari asosini qor va muzdan tozalash; ishchilar uchun qishki kiyimning kerakligi; inson va texnikani ishlashi uchun normal sharoit yaratish, zaruriyati, suv-moyni isituvchi qurilmalar kerakligi. Bu esa kichik frontda mashinalarni bir yerga to’plash, ishni yuqori jadallikda bajarish; yer ishlarini iloji boricha uch smenada olib borishni taqozo qiladi. Bu holatlarda grunt muzlaguncha karyerni ishlash va ko‘tarmaga to‘kish, shuningdek, gruntni zichlashtirish ishlarini tugallash bo‘yicha hamma texnologik jarayonlarni bajarish lozim. Qish mavsumida yer ishlarini bajarish: qurilish mavsumini uzaytirish; yil davomida yo‘l-qurilish mashinalaridan to‘liq va bir tekis foydalanish; qurilishga doimiy ishlovchi malakali ishchilarni biriktirish; qurilishni tezlashtirish va sarf harajatlarni kamaytirish imkonini beradi. Qish mavsumida qurilish olib borishga mo‘ljallangan ko‘tarma qurish uchun yoz oylarida asos tayyorlanishi: o‘rmonlar qirqilib, to‘nkalari va xarsangtoshlar olinishi, tabiiy asos tekislanishi va zichlashtirilishi kerak. Keyinchalik ko‘tarmani qurishdan avval bu asos qor va muzdan yaxshilab tozalanadi. Agar muzlash chuqurligi 1,5 m dan katta tumanlarda ko‘p ko‘pchiydigan gruntlardan ko‘tarma qurilsa, ostki qatlamlar (1,2-1,5 m) qish boshlanguncha quriladi. Gruntli karyer va o‘ymalarni tayyorlash, havo harorati turg‘un manfiy bo‘lguncha amalga oshirilishi lozim. Bunday ishlarga daraxtlarni qo‘porish va butalarni qirqish, o‘tish yo‘llarini qurish, grunt muzlamasligi uchun o‘yma yoki karyer yuzasiga issiqlik o‘tkazmaydigan qatlam qurish yoki kimyoviy reagentdan foydalanish va boshqalar kiradi. Issiqlik o‘tkazmaydigan qatlamni qurishni texnologik va eng samarali turi ko‘pik holatidagi issiqlik o‘tkazmaydigan material-penopoliuretan quyishdir. Yuzalarni muzlashdan saqlash uchun chopib chiqish va omochlash, shuningdek qipiq, somon, torf, shlak bilan berkitish ishlarini olib borish mumkin. Odatda, bu materiallar, muzlashdan yaxshi saqlaydi va elektr yoki bug‘ bilan isitish yoki muzlagan gruntni portlatish yoki har xil bo‘shatgich bilan bo‘shatishga qaraganda ancha arzonga tushadi. Issiqlikdan saqlanadigan qatlam qalinligini hisoblash ishlari “Qish vaqtlarida ishni olib borish bo‘yicha qo‘llanma”ga asosan olib boriladi.
Qish vaqtida ko‘tarmani qoya-tosh va yirik donali gruntlardan, shuningdek changsiz qumlardan qurish mumkin. Namlik qulay namlikdan kam bo‘lganda gilli gruntlardan va changli qumlardan ham qurish mumkin. Yo‘l poyi turg‘unligi ishlab chiqarishda shaxsiy loyihaga asosan olib borilsa, namligi yuqori bo‘lgan gilli gruntlarni ham qullash mumkin. Bog‘langan gruntlarni erigan holda qo‘llash kerak (texnikani uch smenada ishlatib va o‘yma ustini issiqlik o‘tkazuvchi material bilan qoplab). Agar ko‘tarma tarkibida muzlagan grunt bo‘lagi bo‘lsa, o‘lchami va miqdori chegaralanib, ko‘tarmaga bir tekis yoyiladi. Bo‘laklarning umumiy soni ko‘tarma umumiy hajmining 30 % dan oshmasligi, ko‘tarmani panjarali katoklar, shibbalovchi mashinalar yoki plitalar bilan zichlashda bo‘laklar o‘lchami 30 sm dan oshmasligi, gruntlarni pnevmog‘ildirakli va tebratuvchi katoklar bilan zichlashda 15 sm dan katta bo‘lmasligi kerak. Bo‘laklar yon qiyalik yuzasiga 1 m dan kam masofada joylashmasligi kerak. Agar ko‘tarma tarkibida muzlagan grunt bo‘laklari bo‘lsa, ular eriganda 30 % ga cho‘kishini ko‘zda tutiladi. Gruntlarni muzlaguncha zichlashtirish zarur. Shuning uchun qish oylarida real iqlim sharoitidan kelib chiqib, tajribalar har bir ob'yektda o‘tkazib belgilanadi zichlashtirish tartibi. Gruntlarni yaxshilab zichlashtirish uchun og‘ir panjarali va kulochokli katoklar, shuningdek, og‘ir shibbalagichlardan foydalanish mumkin. Bu vositalar bilan qalin qatlamlar zichlashtiriladi; muzlagan bo‘laklar samarali maydalanadi; shibbalagichlar kichik qamrab olish masofasida yaxshi ishlaydi. Bir smena avval kavlanaytgan o‘yma yoki rezerv yuzasi qordan va muzdan tozalanadi, keyinchalik tozalanadigan maydon yuzasi yer texnikasining smenali ish unumdorligidan havoning mos haroratida aniqlanadi. Gruntni kavlash cho’michining o‘lchami 0,65 m3 bo‘lgan ekskavator bilan to‘xtovsiz olib boriladi; faqat kuchli qor yog‘ishda va shamolda to‘htatiladi va qor va muz to‘liq olib tashlangandan so‘ng qaytatdan boshlanadi. Qamrab olish masofasini uzunligi bunday gruntni harorati 2oS gacha kamayguncha zichlab olishga ulgurish hisobidan belgilanadi. Ko‘tarmaga grunt surilish tekisligi xosil bo‘lmasligi uchun gorizontal qatlam bilan yotqiziladi. Qatlam qalinligi amaldagi zichlashtiruvchi texnikaga bog‘liq. Agar gruntni muzlashdan saqlash tadbirlari ko‘rilmagan bo‘lsa yoki yetarlicha bo’lmasa, qish vaqtida yo‘l poyini qurishda muzlagan gruntni kavlashga to’g’ri keladi. Yuqori muzlagan qobiqni bo‘shatish uchun traktorli bo‘shatgichlar ishlatiladi, uning qalinligi kam bo‘lganda (0,1-0,2 m) buldozer ag’dargichiga montaj qilingan tishlardan foydalaniladi. Cho’michining sig‘imi 0,65-1,0 m3 bo‘lgan to‘g‘ri kurakli ekskavator bilan qalinligi 0,25-0,4 m bo‘lgan muzlagan gruntni dastlab bo‘shatmasdan kavlab bo‘lmaydi. Muzlash chuqurligi 0,4 m dan ko‘p bo‘lganda gruntni mexanik ravishda bo‘shatish (maydalash) uchun qoziq yoki shar shaklidagi 2,0-2,5 tli, ekskavator strelasiga osilgan urib yumshatuvchi qurilmalar yoki dizel-bolg‘a bilan bosiladigan qoziqsimon bo‘shatgichlar qo‘llanadi. Agar ob'yekt aholi yashash joyidan tashqarida joylashgan va ish hajmi kerakli darajada katta bo‘lsa, muzlagan gruntni bo‘shatish va kavlash portlatish yo‘li bilan ag’dargichga otib amalga oshiriladi. Muzlash chuqurligiga bog‘liq ravishda shpurli yoki skvajinali zaryadlar qo‘llanadi. Zaryadlarni to‘ldirish uchun qum, shlak yoki maydalangan muzlagan gruntdan foydalaniladi. Portlatib yumshatilgan grunt smena davomida, kuchli sovuqda (-20oS past) qayta muzlamasligi uchun 3-4 soat davomida tozalanadi.
|