• Mavzu: 8-sinf kimyo darsligidagi Mendeleyev davriy qonuni va davriy jadvali Reja: Kimyoviy elementlar davriy qonuni kashf etilishi
  • Kimyoviy elementlar davriy qonuni kashf etilishi
  • Referat topshirdi: 3-kurs 210-21 guruh talabasi Eshonqulova Madina Qabul qildi: Abduvaliyeva Komila




    Download 455.99 Kb.
    bet1/3
    Sana04.04.2024
    Hajmi455.99 Kb.
    #187759
    TuriReferat
      1   2   3
    Bog'liq
    8-sinf Referat
    Ahmedov, Bayonnoma N3, big data, 4-amaliy ish, 3-mustaqil ish, 2, 1-ЛАБОРАТОЛРИЯ, BOSHLANG\'ICH MAKTABDA TA\'LIMDA INNOVATSION TARBIYA TEXNOLOGIYALARI, kelishik kategoriyasi, BOLALAR ADABIYOTI VA FOLKLOR, sevara, 4-labaratoriya elektron, 4-topshiriq Mat mantiq va diskret matematika, 3-topshiriq Mat mantiq va diskret matematika, 20 МАВЗУ

    Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika universiteti Tabiiy fanlar fakulteti Kimyo yo`nalishi maktabda kimyo o`qitish metodikasi fanidan


    REFERAT

    Topshirdi: 3-kurs 210-21 guruh talabasi Eshonqulova Madina


    Qabul qildi: Abduvaliyeva Komila

    Mavzu: 8-sinf kimyo darsligidagi Mendeleyev davriy qonuni va davriy jadvali
    Reja:

    1. Kimyoviy elementlar davriy qonuni kashf etilishi

    2. Mendeleyev davriy jadvalida elementlar joylashuv tartibi

    3. Davriy jadvaldagi davr va gruppalar


    Kimyoviy elementlar davriy qonuni kashf etilishi
    Davriy qonun 1868 yilda D. I. Mendeleyev tomonidan kashf etilgan bo’lib, uning klassik ta’rifi quyidagicha: “Kimyoviy elementlar va ular hosil qilgan birikmalarning shakl va xossalari elementlar atom og’irliklariga davriy ravishda bog’liqdir«. Davriy qonun kashf etilgan davrda hali atomning tarkibi va tuzilishi noma’lum edi. Shu sababli elementlarning asosiy tavsifi sifatida ularning atom massalari qabul qilingan.
    Lekin atom tuzilishi nazariyasi yaratilib, atomning tarkibi (yadro, proton, neytron, elektron) to’g’risida aniq ma’lumotlar yuzaga kelgandan so’ng davriy qonunga berilgan ta’rif o’rniga hozirgi zamon ta’rifi yuzaga keldi: “Kimyoviy elementlar va ular birikmalarining xossa va tuzilishlari element atomlari yadro zaryadlariga davriy ravishda bog’liqdir”. Davriy qonunning grafik tasviri sifatida kimyoviy elementlar jadvalini D. I. Mendeleyev 1870 yilda tuzgan.
    Davriy jadvalning yuzdan ortiq varianti mavjud bo’lib, bu sohada Lotar Meyeming xizmatlari ham katta. Hozirgi vaqtda davriy jadvalning “qisqa davrli varianti” va “uzun davrli variant”laridan foydalaniladi. Davriy jadval 7 ta davr (gorizontal qator) va 8 ta gruppa (ustun)dan iborat (“qisqa davrli variant”).

    Mendeleyevning oʻzi kashf etgan davriy qonun asosida tuzgan elementlar davriy sistemasi, davriy qonunning grafik ifodasi. Kimyoviy elementlar davriy sistemasi s. mavjud elementlarning hammasini bir butun qilib birlashtiradi, ular oʻrtasida obyektiv qonuniy aloqa borligini koʻrsatadi va hali maʼlum boʻlmagan elementlarni, ularning xossalarini oldindan aytishga imkon beradi.
    Mendeleyevgacha ham kimyoviy elementlarni sistemaga solishga urinib koʻrilgan (fransuz kimyogari J. Dyuma, nemis kimyogarlari I. Dyobereyner, L. Meyer, ingliz kimyogari U. Odling, amerikalik olim J. Nyulends va boshqalar).
    J. Nyulends 1863-yilda elementlarni atom ogʻirliklari ortib borishi tartibida ketma-ket joylashtirib, har qanday elementdan hisoblaganda sakkizinchi element birinchi elementning xossalarini, muzikadagi sakkizinchi notaga oʻxshash, maʼlum darajada takrorlashini topdi. Nyulends bu qonuniyatni „oktavalar krnuni“ deb atadi va unga asoslanib, oʻziga maʼlum elementlarni guruh (sakkizlik)larga boʻlishga urinib koʻrdi. 1864-yilda L. Meyer kimyoviy elementlarni valentliklariga qarab olti guruhga boʻldi. Shunday qilib, Mendeleyevdan oldin elementlarni kimyoviy oʻxshashliklari asosida guruhga boʻlishdan nariga oʻtilmadi. Bu olimlar har qaysi elementni boshqa elementlardan mutlakr ajralgan holda olib qarashdi. Mendeleyev, oʻzidan ilgari oʻtgan tadqiqotchilarning aksicha, elementlarning atom massasi qiymatlariga, fizik va kimyoviy xossalariga katta eʼtibor berdi. Mavjud elementlarni atom massasi ortib borishi tartibida joylashtirib, elementlarning xossalari va ularning birikmalari ham oʻsha tartibda asta-sekin oʻzgarib borishini va maʼlum xossalarning oʻzi elementlar qatorida davriy suratda, yaʼni bir necha elementdan keyin takrorlanishini aniqladi. Bu krnuniyat davriy qonunda oʻz ifodasini topdi. Mendeleyev davriy qonunni quyidagicha taʼrifladi: oddiy moddalar (elementlar)ning xossalari, shuningdek, elementlar birikmalarining shakl va xossalari elementlarning atom massasilariga davriy ravishda bogʻliq boʻladi. U barcha elementlar boʻysunadigan davriy qonunni toʻliq namoyon qildi va baʼzi elementlar (chunonchi: berilliy, lantan, indiy, titan, vanadiy, erbiy, seriy, uran, toriy)ning oʻsha vaqtda qabul qilingan atom massasini 1,5—2-marta oʻzgartirish, baʼzi elementlar (kobalt, tellur, argon)ning joylashish tartibini oʻzgartirish va nihoyat 11 elementning (fransiy, radiy, aktiniy, skandiy, galliy, germaniy, protaktiniy, poloniy, texnetsiy, reniy, astat) kashf qilinishi kerakligini oldindan aytib berdi.

    1869 yilda Mendeleyev davriy sistemaning birinchi variantini tuzdi. Bu sistemada u barcha elementlarni davrlarga boʻldi (u paytda 63 element maʼlum boʻlib, ular 19 ta gorizontal va 6 ta vertikal qatorga joylashtirilgan edi) va xossalari bir-biriga oʻxshagan, hosil qiladigan birikmalari oʻxshash boʻlgan elementlarni bir-birining ostiga tushadigan qilib, bu davrlarni birining ostiga ikkinchisini joylashtirish yoʻli bilan jadval tuzdi. Mendeleyev oʻsha vaqtda hali maʼlum boʻlmagan elementlar uchun bush joy qoldirdi va uch elementning (u bu elementlarni ekabariy, ekaalyuminiy, ekasitsiliy deb atadi) mavjudligini aytibgina qolmasdan, balki ularning xossalarini ham oldindan aytib berdi. Bu elementlar (galliy, skandiy, germaniy) keyinchalik kashf qilindi. Ularning xossalari Mendeleyev ba-shorat kilganiday boʻlib chiqdi. Bu variant uzun davrli variant hisoblanadi. 1871-yilda Kimyoviy elementlar davriy sistemasis. ning ikkinchi varianti eʼlon qilindi. Bu variantda uzaro oʻxshash elementlar vertikal qatorlarga joylashgan boʻlib,’ qisqa davrli variant hisoblanardi. Unda 8 ta vertikal, 10 ta gorizontal qator bor edi. Bu variantga asoslanib, Mendeleyev urangacha 11 ta elementning va urandan keyin bir nechta element kashf etilishini ba-shorat qildi. Mendeleyevning davriy qonuni tajribada tasdiklandi va kimyoning rivojlanishida katta rol uynadi. Davriy sistema jadvalining hozirgi koʻrinishi keyingi yillardagi kashfiyotlar va maʼlumotlar bilan toʻldirilgan.
    Ayni vaqtda davriy sistemaning 500 dan ortiq varianti chop etilgan. Ulardan eng keng tarqalgan shakllari quyidagilardir: 1) Mendeleyev taklif etgan davriy sistemaning kiska varianti (shu jadval keltirildi). 2) Kimyoviy elementlar davriy sistemasis.ning shveysariyalik kimyogar A. Verner tomonidan 1905-yilda takomillashtirilgan uzun varianti. 3) Daniyalik fizik N. Bor chop etgan (1921-yil) davriy sistemaning zinapoyasimon shakli. Soʻnggi yillarda koʻrinishi va amaliy jihatdan qulayligi sababli Kimyoviy elementlar davriy sistemasis.ning qisqa va uzun variantilari keng qo`llanadi.


    Download 455.99 Kb.
      1   2   3




    Download 455.99 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Referat topshirdi: 3-kurs 210-21 guruh talabasi Eshonqulova Madina Qabul qildi: Abduvaliyeva Komila

    Download 455.99 Kb.