• Atrof-muhitni muhofaza qilish
  • Reja: Atrof-muhitni muhofaza qilish




    Download 46 Kb.
    bet1/2
    Sana08.11.2023
    Hajmi46 Kb.
    #95842
      1   2
    Bog'liq
    Elektra stansiyalarni ekalogiya ga tasiri referat
    Asosiy termodinamik holat parametrlari, siddiqov word, Baholash faoliyati to\'g\'risida, Маълумотларга дастлабки ишлов бериш фанидан 1-топшириқ, 1-SINF Tarbiya, kasbiy faoliyatda axborot Nuriddinov, ABN yangi sillabus 2023 2 uzb, test olimpiada saralaw, Neftni atmosferali haydash Kurs ishi, DEMIDOVICH ORGINALI, Percy Shelley his life and work, Fat man 2 3, Kabel turlari va ularning qo’llanishi, Tarmoq xavfsizligi

    Elektra stansiyalarni ekalogiyaga tasiri
    Reja:
    1. Atrof-muhitni muhofaza qilish
    2.Atrof-muxit muxofazasi bo`yicha O`zbekiston Respublikasi qonunlari va qarorlari
    3. Sanoatning turli tarmoqlarini zararli chiqindilar o`chog`i sifatida taxlili
    4. Inson hayotida mashinalarning yaratilishi.
    5. Atrof-muhitni zararlash vositalari.
    6. Havoni zararlanish muammolari.
    7. Ekologik vaziyatni muammolari.


    Atrof-muhitni muhofaza qilish


    Energetika – bu yuqori sur’atlarda rivojlanib borayotgan ishlab chiqarish tarmog‘idir. Sanoat taraqqiy etib borayotgan zamonaviy dunyomizni elektr energiyasiz tasavvur etib bo‘lmaydi, barcha ishlab chiqarish jarayonlari, shu jumladan, butun insoniyatning hayot ta’minoti elektr energiyasi hisobiga amalga oshirilmoqda. 
    “Issiqlik elektr stansiyalari” aksiyadorlik jamiyati O‘zbekiston Respublikasidagi elektr va issiqlik energiyasining eng yirik ishlab chiqaruvchisi va yetkazib beruvchisi hisoblanadi hamda iqtisodiyot tarmoqlari va aholining elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojini to‘liq ta’minlab kelmoqda. Bugungi kunda O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasining 85 foizidan ortig‘i “Issiqlik elektr stansiyalari” hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
    Tabiatni muhofaza etish faoliyati iqtisodiyotni boshqarishda muhim o‘rin egallaydi hamda korxonalar ishlab-chiqarish, iqtisodiy mexanizmining ajralmas tarkibiy qismi sifatida namoyon bo‘ladi. Ekologik nazorat tizimini tashkil etish har bir sanoat korxonasi oldida hal qilinishi lozim bo‘lgan eng muhim masalalar qatoriga kiradi.
    “Issiqlik elektr stansiyalari” aksiyadorlik jamiyatining tabiatni muhofaza etish faoliyati o‘z korxonalarining atrof-muhitga salbiy ta’sirini kamaytirish va oldini olish, issiqxona gazlarini chiqarishni qisqartirishga qaratilgan.

    “Issiqlik elektr stansiyalari” aksiyadorlik jamiyatining barcha korxonalari o‘z faoliyatida “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”, “Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risida», “Chiqindilar to‘g‘risida”, “Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida”, “Ekologik ekspertiza to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, shuningdek, atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari hamda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining amaldagi me’yoriy hujjatlariga amal qiladi. 


    Atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi ichki nazorat “Issiqlik elektr stansiyalari” aksiyadorlik jamiyatining Atrof-muhitga ta’sir etishni nazorat qilish bo‘limi tomonidan amalga oshiriladi. Bo‘lim faoliyatining asosiy maqsadi atrof-muhit va iqlim o‘zgarishiga elektr energiyasi ishlab chiqarish korxonalarining zararli ta’sirini kamaytirish bo‘yicha tadbirlarni tashkil etish, muvofiqlashtirish, ijrosini nazorat qilish va shu kabi vazifalarda ifodalanadi. 

    Atrof-muhitni muhofaza qilishning yillik rejalari:


    - tutun gazlarini atmosferaga zararli chiqarishlardan va ishlab chiqarish oqavalarini ifloslantiruvchi moddalardan tozalash bo‘yicha uskunalar ishlashining samaradorligini oshirish;
    - suv resurslaridan oqilona foydalanishni ta’minlash;
    - kul-shlak chiqindilari utilizatsiyasi ustidan nazoratni yuritish;
    - ishlab chiqarish chiqindilarini to‘plash joylarining xavfsiz ekologik holatini ta’minlash;
    - energiya ob’ektlari atrofida yashil ekinlar maydonlarini kengaytirish kabi issiqlik energetikasining ekologik muammolarini hal qilishni ko‘zda tutadi.
    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 11-noyabrdagi 820-sonli Tabiatni muhofaza qilishni ta’minlashning iqtisodiy mexanizmlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq “Issiqlik elektr stansiyalari” aksiyadorlik jamiyatining elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarish korxonalari atrof-muhitning ifloslantirilganligi uchun har choraklik kompensatsion to‘lovlarni amalga oshirishadi.
    So‘nggi yillarda investitsion dasturlar doirasida issiqlik elektr stansiyalarini rivojlantirish va modernizatsiya qilish bo‘yicha tabiatni muhofaza etish xarakteriga ega bo‘lgan salmoqli loyihalar amalga oshirilmoqdaki, ushbu loyihalar orqali energetika korxonalarining atrof-muhitga zararli ta’siri kamayishiga erishilmoqda.

    Bizni o`rab turgan muxit deganda, inson tomonidan yaratilgan «toza» tabiat va muxit yig`indisi - qayta ishlangan maydonlar, sunoiy bog`lar va xiyobonlar, suv bilan ta`minlangan cho`llar, alohida issiqlik rejimiga, mikroklimatga, turli organik va noorganik moddalarning yuqori darajada aylanishiga va boshqalarga ega bo`lgan yirik shaharlar tushuniladi.


    Ilmiy-texnika taraqqiyoti va ular bilan bog`liq bo`lgan insonning sanoatdagi ulkan ishlari dunyoda katta o`zgarishlar bo`lishiga, ya`ni yuqori darajadagi sanoat va qishloq ho`jaligi potentsiali, barcha ko`rinishdagi transportlarning keng rivojlanishi, katta er maydonlarini o`zlashtirishga, sunoiy klimat sistemasini yaratishga va boshqa muvaffaqiyatlarga olib keldi. Shuning bilan bir qatorda atrof-muhit holati birdaniga yomonlashadi. Atmosfera, suv xavzalari va er qatlamlarini qattiq, suyuq va gaz ko`rinishidagi chiqindilar bilan ifloslanishi qo`rqinchli darajaga etib kelmoqda, qayta ishlanmaydigan tabiiy resurslar – birinchi o`rinda foydali qazilmalar va tiniq suv miqdori kamayib bormoqda. Atrof-muxitni yanada yomonlashishi odamzod uchun O`ta yomon natijalarga olib kelishi mumkin. Shunga ko`ra, atrof-muxit muxofazasi xozirgi kundagi eng asosiy muammolardan biri bO`lib kelmoqda.
    Bu muammo sO`nggi yillarda yanada keskinlashdi. Ekologik xavfsizlik muammosi allaqachon milliy va mintaqaviy doiradan chiqib, butun insoniyatning muammosiga aylangan.
    Xozir, XXI-asr bO`sag`asida, fan-texnika taraqqiyoti jadal suroatlar bilan rivojlanib bormoqda. Bunday sharoitda inson tomonidan biosferaga ko`rsatilayotgan ta`sirni tartibga solish, ijtimoyi taraqqiyot bilan tabiiy muxitni saqlab qolishning o`zaro munosabatlarida muvozanatga erishish muammolari borgan sari dolzarb bo`lmoqda.
    Havo bo`shlig`ining ifloslanishi ham Respublikada ekologik xavfsizlikka solinayotgan taxdiddir.
    Mutaxassislarning ma`lumotlariga qaraganda, har yili respublikaning atmosfera havosiga 4 mln. tonnaga yakin zararli moddalar qo`shilmoqda.
    Shularning yarmi uglerod oksidiga to`g`ri keladi, 15% ni uglevodorod chiqindilari, 4% ini oltingugurt qO`sh oksidi, 9% ini azot oksidi, 8% ini qattiq moddalar tashkil etadi va 4% ga yaqini uziga xos O`tkir zaxarli moddalarga tO`g`ri keladi.
    Yuqorida sanab o`tilgan muammolarni echish, atrof-muxitni zararlanishini oldini olish va shu kabi masalalarni taxlil qilish ushbu fan oqimning asosiy vazifasidir. «Atrof-muxitni muxofazalovchi texnikalar» fani zararli chiqindilar, ularning ko`rinishlari, ximiyaviy tarkibi, fizik-ximiyaviy xossalari va zararli chiqindilarni ushlab qolish jarayonlari, kerakli qurilma va jihozlar qatori, ularning taxlili kabi masalalarni o`z ichiga oladi.

    Download 46 Kb.
      1   2




    Download 46 Kb.