• Yo‘l to‘shamalarini qurishni tashkil etish va qurish
  • 1 – rasm. Ko‘p qatlamli yo‘l to‘shamasida avtomobillarning g‘ildiraklaridan hosil bo‘ladigan kuchlanish: - vertikal kuchlanishlar 
  • epyurasi; 1 - qoplama; 2 - asos; 3 - asosning qo‘shimcha qatlami; 4 - to‘shama grunt; 5 - yo‘l to‘shamasidagi kuchlanish; 6 - bir jinsli gruntdagi kuchlanish.
  • 4 - bog‘lovchi materiallar bilan ishlov berilgan chaqiq tosh; 5 - chaqiq tosh; 6 - qum. Qoplama
  • Reja; Avtomobil g‘ildiragidan yo‘l to‘shamasiga ta’sir etuvchi kuchlar




    Download 0.67 Mb.
    bet1/4
    Sana07.04.2024
    Hajmi0.67 Mb.
    #190648
      1   2   3   4
    Bog'liq
    1404899844 54930
    ТЕСТ-3 КУРС, Va axborot texnologiyalari 5-sinf toshkent – 2020, formasevtik, 128-140, document, AMALIYOTDA KO\'P UCHRAYDIGAN MUHIM DISKRET VA UZLUKSIZ TAQSIMOTLAR VA NORMAL TAQSIMOTNING TADBIQLARI., Biologiya dars ishlanma, Aylanuvchi noinersial sanoq tizimlar Koriolis tezlanishi, Aylanuvchi inersiya kuchlari. Yer sirti bilan bog»langan noinersial koordinatalar, qani ol ukam, Abissial zona yotqiziqlari. , keraksiz, Презентация1, 2 modul, 5-маъруза

    Yo‘l to‘shamasi konstruksiyalari


    Reja;



    1. Avtomobil g‘ildiragidan yo‘l to‘shamasiga ta’sir etuvchi kuchlar

    2. Yo‘l to‘shamasi konstruksiyalari turlari

    3. Yo‘l to‘shamalarini qurishni tashkil etish va qurish

    Avtomobillarning yil bo‘yi harakatlanishini ta’minlash uchun yo‘lning qatnov qismida yo‘l to‘shamasi quriladi. Yo‘l poyi sirtiga iqlim omillariga va transport g‘ildiraklarining ta’siriga yaxshi qarshilik ko‘rsatadigan materiallardan yotqiziladi.
    Avtomobillar o‘tganida yo‘l to‘shamasida hosil bo‘ladigan kuchlanishlar chuqurlik ortgan sari so‘na boradi. Bu yo‘l tushamasini ko‘p qatlamli qilib loyihalashga imkon beradi.

    1 – rasm. Ko‘p qatlamli yo‘l to‘shamasida avtomobillarning g‘ildiraklaridan hosil bo‘ladigan kuchlanish:
    - vertikal kuchlanishlar z epyurasi; b - gorizontal kuchlanishlar x epyurasi; 1 - qoplama; 2 - asos; 3 - asosning qo‘shimcha qatlami; 4 - to‘shama grunt; 5 - yo‘l to‘shamasidagi kuchlanish; 6 - bir jinsli gruntdagi kuchlanish.

    Yo‘l to‘shamasida qo‘yidagi qatlamlar bo‘ladi:



    2 – rasm. Yo‘l to‘shama-sining konstruktiv qatlamlari:
    1 - sirtqi ishlov berilgan qatlam; 2 - mayda donli asfaltbeton ; 3 - yirik donli asfaltbeton ;
    4 - bog‘lovchi materiallar bilan ishlov berilgan chaqiq tosh; 5 - chaqiq tosh; 6 - qum.

    Qoplama – bu yo‘l to‘shamasining suv o‘tkazmaydigan eng yuqori qatlami bo‘lib, qimmatbaxo va mustaxkam tosh materiallar qorishmasidan tashkil topgan bo‘ladi. Qoplama tabiiy ta’sirlarga (quyosh, yomg‘ir, qor) va avtomobil g‘ildiragidan tushayotgan kuchlanishga bardosh bera oladigan bo‘lishi kerak.
    Qoplama yo‘lning eng zarur foydalanuv sifatlarini, ravonligini, g‘ildirakni qoplama bilan tishlashish sifatlarini ta’minlaydi.
    Asos – bu yo‘l qoplamasini qo‘tarib turuvchi qismi bo‘lib, tosh materiallardan va bog‘lovchi materiallar bilan mustaxkamlangan tuproqdan iborat bo‘ladi.
    Asos avtomobil g‘ildiraklaridan tushayotgan kuchlanishni qoplama orqali qabul qiladi va o‘zidan pastki qatlamlarga taqsimlaydi. Asos avtomobil g‘ildiragidan tushayotgan kuchlanishni to‘g‘ridan – to‘g‘ri qabul qilmaganligi uchun asos materiallarining mustaxkamligini qoplamasiga nisbatan kichikroq qilib olinsa maqsadga muvofiq bo‘ladi.
    Asos bir qancha qatlamlardan tashkil topishi mumkin.
    Asosning qo‘shimcha qatlami-namlanishga ustivor bo‘lgan materiallardan tashkil topgan bo‘lib yo‘l to‘shamasiga yer osti suvlarining ta’sirini kamaytirib turadi, shu bilan birga to‘shamaning muzlash chuqurliligini kamaytiradi, qisqacha qilib aytganda tekislovchi qatlam vazifasini o‘taydi.
    Yo‘l to‘shamasini foydalanuv sifatlari – xarakatning qulayligini va xisobiy tezlikni ta’minlab bera oladigan qoplama bilan aniqlanadi. Yo‘l qoplamasining quyidagi turlari mavjud:
    asfaltobeton qoplama – qoplamaning eng takomillashgan turi. Ularni mustaxkam asosga 1 va 2 qatlamli qilib quriladi. Asfaltbeton qorishmasi qo‘yidagi materiallardan tashkil topgan.
    Chaqiq tosh, qum, bitum, mineral kukuni.
    Asfaltbeton ularning tarkibidagi chaqiq tosh fraksiyasiga qarab yirik donali (40 – 20 mm gacha), mayda donali (20 – 15 mm gacha), qumli turlarga bo‘linadi (5 mm gacha).
    Sementbeton – katta monolit plitali va kuchlanishga yuqori qarshilikni o‘zida xosil qiladi. Ular aloxida 3 ÷ 4 va 6 ÷ 7 o‘lchamda 18 sm dan 24 sm gacha qalinlikdagi plitalardan quriladi.
    Plitalar bir biri bilan choklar bilan ajratiladi. Sementbeton qoplamalar yig‘ma va monolit xolda quriladi. Ko‘ndalang va bo‘ylama choklardan iborat bo‘ladi.


    Download 0.67 Mb.
      1   2   3   4




    Download 0.67 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Reja; Avtomobil g‘ildiragidan yo‘l to‘shamasiga ta’sir etuvchi kuchlar

    Download 0.67 Mb.