Mavzu:
Dinamik sistemalarni
boshqarishda elementlarning o’rni
Reja:
1.Elementar zvenolar va ularning
xarakteristikalari
2. Inersiyasiz (proporsional, kuchaytiruvchi)
zveno.
3. Birinchi tartibli inersial (aperiodik) zveno.
Elementar zvenolar va ularning
xarakteristikalari
ABSlarining zvenolari har xil fizikaviy tabiatga, ishlash prinsipiga, konstruktiv
formaga hamda sxemalarga bo‘linishi mumkin. Lekin bu zvenolarning dinamik
xususiyatlarini o‘rganishda, tadqiq qilishda uning chiqishidagi hamda kirishidagi
kattaliklarni bog‘lovchi tenglama muhim rol o‘ynaydi.
Matematik ifodasi differensial tenglama bilan ifodalanadigan zvenolarga
dinamik zveno deyiladi.
Tipik dinamik zveno deb, tartibi ikkidan yuqori bo‘lmagan differensial
tenglama bilan ifodalanadigan zvenolarga aytiladi. Ularga asosan quyidagi zvenolar
kiradi:
1. Inersiyasiz (proporsional, kuchaytiruvchi) zveno.
2. Birinchi tartibli inersial (aperiodik) zveno.
3. Ideal integrallovchi zveno.
4. Ideal differensiallovchi zveno.
5. Tebranuvchi zveno.
6. Birinchi tartibli tezlatuvchi zveno.
7. Ikkinchi tartibli tezlatuvchi zveno.
Quyida shu zvenolarning vaqt hamda chastotali xarateristikalarini ko‘rib
chiqamiz.
Inersiyasiz (proporsional,
kuchaytiruvchi) zveno
Bu zvenoning umumiy
tenglamasi quyidagicha ifodalanadi:
y(t) = K* x(t) ,
bu yerda K – uzatish koeffisienti.
Bunday zvenoning chiqishidagi kattalik kirishidagi kattalikka nisbatan proporsional ravishda o‘zgaradi.
Bu zvenoga elektron kuchaytirgich, potensiometr, taxogenerator kabi elementlar misol bo‘la oladi
Birinchi tartibli inersial (aperiodik)
zveno
• Bu zvenoning tenglamasi qo‘yidagi ko‘rinishga ega.
|