• Ishlab chiqarish tannarxi. • Mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) tannarxi
  • Mahsulot tannarxini kamaytirish manbalari va omillari
  • Foydalanilgan adabiyotlkar: www.google.com http://kompy.info/iqtisodiyot-va-turizm-v2.htmlpage=9
  • Reja: Ishlab chiqarish zahiralari




    Download 1.44 Mb.
    Sana06.11.2023
    Hajmi1.44 Mb.
    #94833
    Bog'liq
    Korxonada maxsulot(xizmat,ish) tannarxini kamaytirish yo\'llari
    1-mavzu, foydali qazilmalarni boyitish, elektrotexnikadan 50ta test (Автосохраненный), qo\'rg\'oshin, o\'zgaruvchan tok, Korxonada maxsulot(xizmat,ish) tannarxini kamaytirish yo\'llari, Boshqaruv samaradorligi va uni oshirish yo’llari, topshiriq IL, Individual loyiha, Boshsahifa, imtihon 2021, 3. Fotoelektronika

    Mavzu:Korxonada maxsulot
    (xizmat ish) tanarxini kamaytirish yo'llari
    Bajardi:1bs-21met guruh talabasi Mirzayeva G.K
    Reja:
    • Ishlab chiqarish zahiralari.
    • Mahsulot tannarxini kamaytirish manbalari va omillari
    • Tannarx rejasi
    • Narx belgilash



    Ishlab chiqarish tannarxi.
    Mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) tannarxi - bu ishlab chiqarish jarayonida foydalaniladigan tabiiy resurslar, xom ashyo, materiallar, yoqilg'i, energiya, asosiy fondlar, mehnat resurslari, shuningdek, uni ishlab chiqarish va sotish uchun sarflangan boshqa xarajatlarning bahosi . Uning korxonada haqiqiy ta'rifi quyidagilar uchun zarur:
    - ishlab chiqarish tannarxiga alohida
    xarajatlar moddalarining ta'sir
    darajasini aniqlash;
    - ishning moliyaviy natijalarini to'g'ri aniqlash va
    shunga mos ravishda foydani soliqqa tortish.

    - marketing tadqiqotlari va uning asosida
    eng kam xarajat evaziga yangi mahsulot ishlab
    chiqarishni boshlash bo‘yicha qarorlar qabul qilish;
    • •
    - narxlash; - ishning moliyaviy natijalarini to'g'ri aniqlash va
    shunga mos ravishda foydani soliqqa tortish.
    Mahsulot tannarxini kamaytirish manbalari va omillari Mehnat unumdorligini oshirish, xomashyo va material, yoqilg’i va elektroenergetika xarajatlarini kamaytirish, xizmat ko’rsatish va boshqarish sarflarini qisqartirish, ishlab chiqarishdan tashqari, xarajatlarni tejash sanoat mahsuloti tannarxini pasaytirishning eng muhim manbalari hisoblanadi. Mehnat unumdorligini oshirish uchun yangi texnika, texnologiya jarayonlarini va ishlab chiqarishni o’stirish yoki tashkil etishning ilg’or usullarin ijoriy qilish orqali har bir mehnatchi tomonidan tayyorlanayotgan mahsulotni ko’paytirish kerak bo’ladi.
    Bu holda har bir mahsulot birligiga sarflanadigan ish haqi qisqaradi, ammo ishchining umumiy ish haqi esa ortib boradi. Mehnat unumdorligi ish haqiga nisbatan jadal o’sgandagina tannarx pasayadi. Mehnat unumdorligining o’sish mohiyati shundan iboratki, bunda mahsulot ishlab chiqarishga ketadigan jonli mehnat ulushi kamayadi, ilgari sarflangan mehnatning ulushi esa ortadi, biroq mahsulot birligi uchun ketadigan mehnat sarfi qisqaradi.
    Material, yoqilg’i va elektr energiya xarajatlarini kamaytirish uchun ularni tejab sarflash, qimmatbaho materiallarni arzon, Lekin yaxshi materiallar bilan almashtirish, ularni sotib olish va korxonaga keltirish bilan bog’liq bo’lgan sarflarni qisqartirish kerak bo’ladi. Xizmat ko’rsatish va boshqarish uchun ketadigan xarajatlarni qisqartirishga esa tarmoq va korxonalardagi ma’muriy boshqaruv apparatining sarflarini kamaytirish, asbob-uskuna, bino va inshootlarni saqlash, yoritish, isitish uchun ketadigan mablag’larni tejab-tergab sarflash orqali erishiladi. Unumsiz xarajatlarni (jarima to’lash, penya va hokazolar) tugatish mahsulot tannarxini pasaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
    Har bir korxonada mahsulot tannarxini pasaytirish darajasini hisoblash uchun eng avvalo undagi rezervlarni, ya’ni foydalanilmayotgan imkoniyatlarni aniqlash kerak. Ular ko’zga tashlanadigan, yuzaki, juda murakkab, ko’z ilg’amaydigan bo’lishi mumkin. Faqat chuqur, har taraflama iqtisodiy-texnik tahlildan keyin ularni aniqlash, topish mumkin bo’ladi.
    Rezervlar har xil belgilarga qarab guruhlarga ajratilishi mumkin. Ular eng avvalo to’planish joyiga qarab ichki ishlab chiqarish va tashqi rezervlarga ajraladi.
    Tashqi rezervlarga tarmoqlar bo’yicha rezervlar, regional (hududiy) va tabiiy-ekologik rezervlar kiradi.
    Rezervlar safarbar etilishi muddati bo’yicha joriy va istiqbolli rezervlarga ajraladi.
    Rezervlarni ishlab chiqarish jarayonlarining elementlari bo’yicha ham guruhlarga bo’lish mumkin. Bunday rezervlarga mehnat, moddiy va asosiy fondlardan foydalanish rezervlari kiradi.
    Korxona yoki tarmoq faoliyatini tahlil etish uchun rezervlarni ikkiga bo’lib ko’rish mumkin: - tashkiliy-texnikaviy rezervlar; - ijtimoiy-iqtisodiy rezervlar.
    Tannarx rejasi, ikki bosqichda ishlab chiqiladi. Birinchi bosqichda, eng avvalo, hisobot yilida rejalarning bajaralishi tahlil etiladi, mahsulot tannarxini pasaytirish, foyda va rentabellikni oshirish rezervlari aniqlanadi va aniqlangan rezervlardan foydalanish tadbirlari belgilanadi, reja loyihasi ishlab chiqiladi. Ikkinchi bosqichda esa rejaning uzil-kesil loyihasi ishlab chiqiladi va bu reja topshiriqlari korxona bo’limlariga etkaziladi.
    Mahsulot tannarxini rejalashtirish mehnat, moddiy va moliyaviy mablag’’lardan oqilona foydalanish asosida ishlab chiqarishning yuqori samaradorligiga erishishga qaratilgandir. Tannarx rejasi quyidagi bo’limlarni o’z ichiga oladi: 1. Mahsulot tannarxini pasaytirish rejasi; 2. Mahsulot tannarxini kalkulyasiya etish; 3. Ishlab chiqarish xarajatlari smetasi; 4. Tovar va sotiladigan mahsulot tannarxining hisobi.
    Narxlarning uchinchi vazifasi ikkinchisi bilan chambarchas bog’liq. Bu daromadlarnig taqsimlanishiir. Tovar ishlab chiqarish sharoitida xo’jalik faoliyati ishtirokchilari oladigan daromadlar ular o’z shaxsiy yoki ishlab chiqarish iste’mollarini ko’plab sotadigan yoki sotib oladigan tovarlar va xizmatlarning narxlariga bevosita bog’liq bo’ladi.
    Narxlarning to’rtinchi vazifasi alohida korxonalarga va xo’jalik sohalariga ishlab chiqarish omillarini taqsimlashdir.
    Narx siyosatini shakllantirish va narx darajasini hisoblash uslublari Narx bilan iste’molchilar o’rtasida juda chambarchas aloqadorlik mav­judki, uni iqtisodiy tamoyillar: talab qonuni, talabning narx ravonligi, bozor segmentasiyasi bilan izohlash mumkin. Talab qonuni iste’molchilar odatda qimmat narxlarga qaraganda arzon narxlarda ko’proq tovarlar sotib olishini ifodalaydi. Ammo har qanday tovar ham «narx-miqdor» aloqador­ligiga to’g’ri kelavermaydi. Ayrim mahsulotlarga talab shundayki, muayyan sharoitlarda yuqoriroq narxlar ko’proq tovar aylanmasi hajmini ta’min­laydi. Bunday tovarlar bozorning ayrim segmentlariga mo’ljallangan – bular qimmatbaho avtomobillar, kemalar, zeb-ziynat buyumlari, mo’yna va boshqalar.
    Raqobat narx siyosatida muhim barometr bo’lib xizmat qiladi. Korxonalarning narx siyosati narx belgilash maqsadlari va uslublariga bog’liq bo’lgan to’rt bozor tipini ajratish mumkin: sof raqobat, monopolistik raqobat, oligopolistik raqobat sof monopoliya. Asosan narxni o’zgartirish yo’li bilan talabga ta’sir ko’rsatish raqobatning narx bilan bog’liq usullarini yaratadi. Narx bilan bog’liq bo’lmagan raqobat usullarida firmalar o’z mahsulotining o’ziga xos xislat­lariga zo’r beradi, mahsulot sotish, tovarlar harkati, reklama, mahsulotni joylash, servis kabi marketing qismlariga katta e’tibor beradi.
    Bozorda narx uchta guruh omil natijasida shakllanadi: 1. Talab omillari (bozorda o’xshash tovarlar mavjudligi va ularga bo’lgan narxlar, bozorga kirish, xaridorlar daromadlari, xaridorni talablari, talabga yo’naltirilgan narx) 2. Xarajat omillari (ishlab chiqarish xarajatlari,
    marketing xarajatlari, foyda). 3. Raqobat omillari (tarmoqdagi firmalar soni,
    aynan o’xshash import tovarlari,
    Yangi mahsulotga narx belgilash eng jiddiy bosqichlardan biridir. YAngi mahsulotni ishlab chiqarish bilan bog’liq xarajatlar bozordagi talab darajasi, raqiblar harakati hali etarli darajada ma’lum emas.
    Narx belgilashning qiyinligi, muayyan darajada mahsulotning yangiligi darajasiga ham bog’liq. Bu daraja esa uchga bo’linadi: 1.eng yangi mahsulot; 2.texnikaviy ilg’or mahsulot; 3.original bo’lmagan (yangi taqlidiy) va o’rinbosar
    mahsulotlar.
    Bozor talabi hali noma’lum, shu sababli
    noyob mahsulotga narx belgilashda
    asosiy masala «Qaymog’ini olish» yoki
    «Kirib olish» siyosatini qabul
    qilishdan iboratdir.
    Foydalanilgan adabiyotlkar:
    www.google.com
    http://kompy.info/iqtisodiyot-va-turizm-v2.html?page=9
    Download 1.44 Mb.




    Download 1.44 Mb.