• Reja: Kirish
  • Reja: Kirish Qon tomirlaridan qon ketishi sabablari, turlari, vaqtincha to’xtatish usullari




    Download 206.82 Kb.
    bet1/7
    Sana03.03.2024
    Hajmi206.82 Kb.
    #165872
      1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    22-var 2-MI
    4-labaratoriya, 2 - Amaliy topshiriq , 1-ish Murodullo, Vizitka suvga, Beshariq tuman nazoratchi, 2-amaliy 22-var

    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
    RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VAZIRLIGI




    MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
    TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI

    “Energiya ta’minlash tizimlari” kafedrasi


    HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI


    fanidan


    Mustaqil ish

    Mavzu: Qon ketishi va uni vaqtincha to‘xtatish usullari.


    Bajardi:“Telekommunikatsiya texnologiyalari: teleradioeshittirish ta’lim yo‘nalishi
    050-20 guruh
    Xayrinov Bexruz

    Qabul qildi: Abdullayeva Surayyo


    Toshkent 2023

    Reja:

    Kirish

    1.Qon tomirlaridan qon ketishi sabablari, turlari, vaqtincha to’xtatish usullari.


    2. Qon ketishini to’xtatish usullari
    3. Arterial va venalar - Qon To'xtatish Uchun Bir Vaqtinchalik Yo'l
    Foydalanilgan adabiyotlar

    Kirish
    Shikastlangan qon tomirning belgilariga karab, arterial, venoz, kapillar va parenximatoz qon oqishi farq qilinadi. Ularning klinik belgilari birbiridan fark kiladi.
    Arterial qon ketishi bemor uchun og'ir kechadi. Bu holda tomir devorlaridan qon yurak urishiga moslanib, mahalliy ritm bilan tebranadi, kislorodga to'yingan bo'lganligi uchun, och qizil rangda bo'ladi.
    Arterial qon ketishining o'zo'zidan to'xtab qolishi kamdankam holda bo'lganligi uchun bemorni kisqa vaqt ichida kamqonlikka mubtalo qiladi yoki hayotini xavf ostiga qo'yadi.
    Vena qon tomirlaridan qon ketishi, arterial qon ketishidan rangi bilan farq kilib (oqayotgan qon rangi qoramtir bo'ladi), tomirda qon bosimi pastligi sababli sekin, tomchilab oqadi. Qonning bosim ostida uzluksiz vena tomiridan oqishi faqatgina tananing yirik tomirlari shikastlanganda ro'y berishi mumkin.
    Kapillar qon tomirlaridan qon ketishi ko'pincha aralash bo'lib, mayda arteriya va vena tomirlari shikastlanganda paydo bo'ladi.
    Parenximatoz qon oqishi parenximatoz organlar shikastlanganda ro'y beradi. Bunday organlarga — jigar, taloq, buyrak, o'pka va shunga o'xshash tana a'zolari kiradi. Bu qon okishi kapillarlardan qon ketishiga o'xshab ketadi, biroq o'zo'zidan to'xtab qolmaydi va ko'pincha jarrohlik usulini ko'llashni talab qiladi, chunki bu organlarda qon tomirlari devori organ stromalari bilan yopishgan holda bo'ladi. Shuning uchun qon uzluksiz oqadi. Qon oqishini keltirib chiqaruvchi sabablar kuyidagicha: a) tashqi ta'sir natijasida qon ketishi. Bu holda qon tomirlari shikastlanshl ta'sirida o'z butunligini yo'qotadi va qon oqishiga olib keladi; b) neyrotrofik o'zgarishlar ta'sirida qon ketishi. Uning sabablari qon tomirlari devori o'tkazuvchanligining oshib ketishi; organizm himoya kuchlarining pasayib ketishi natijasida buzilishi asosida ro'yobga keladi. Qon oqishining tashqi va ichki muhitga bog'liqligiga qarab tashqi, ichki va yashirin qon ketishi farq qilinadi.
    Tashqi qon oqishi qon teri sathidagi jarohat natijasida, tashqi muhit bilan bog'lik, bo'ladi. Ichki qon ketishida qon to'qimalarga, organlarga yig'ilib, quyilib qoladi, bu holat gemorragiya deb ataladi. Tana bo'shliqlariga qon yig'ilganda yig'ilgan qon shu bo'shliqlar nomi bilan ataladi:

    • haemoperitoneum — qorin bo'shlig'iga qon yig'ilishi:

    • haemothorax — ko'krak qafasi bo'shlig'iga qon yig'ilishi;

    • haemopericardium — perikard bo'shlig'iga qon quyilishi;

    • haemoartrosis — bo'g'im bo'shlig'iga qon yig'ilishi,

    • haemotometra — bachadon bo'shlig'iga qon yig'ilishi.

    Agar qon tana bo'shlig'idan ro'yobga kelsa, ular ham maxsus nom bilan yuritiladi:

    • epiataxis — burundan qon oqishi;

    • gastrorhagia — me'dadan qon oqishi;

    • haemoptoe, haemotysis — qon aralash balg'am tashlash;

    • haemotemesis — qon aralash qayt qilish;

    • haemoturia — siydik yo'llaridan qon oqishi;

    • menorrhagia, hypermenorrhagia — ayollarning ko'p hayz ko'rishi;

    • metrorhagia— ayollar tanosil organlaridan qon ketishi;

    • haemorroe— orqa teshikdan qon oqishi,

    • melaena— axlatning qora kelishi.



    Download 206.82 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7




    Download 206.82 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Reja: Kirish Qon tomirlaridan qon ketishi sabablari, turlari, vaqtincha to’xtatish usullari

    Download 206.82 Kb.