Reja: Kirish Zamonaviy menejerga talablar




Download 36 Kb.
Sana23.04.2024
Hajmi36 Kb.
#205674
Bog'liq
menejment mustaqil ish
Baxtsiz hodisalarni tahlil etish va shikastlanishlar, kompleks-sonlar-mavzusini-o-qitishda-bumerang-texnologiyasi (1), Pisa test informatika 5-6-7 sinflar uchun, модул 1, Файзуллаев Ёдгоржон 2000, hjhjhgy, 111, 222, konstitutsiya uz, Taqdimoti boshlang’ich sinif o’quvchilari diqqatining ayrim xususiyatlari, dvigatel111, 1-dars, bayonnoma 31.03.2023, Baxromov M, ApplicationFile

MAVZU : ZAMONAVIY MENEJERGA QO’YILADIGAN TALABLAR
REJA:
- Kirish
1. Zamonaviy menejerga talablar
2. Zamonaviy menejer faoliyati
3. Modellashtirish
4. Zamonaviy rahbar sifatlari
- Xulosa
- Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish
Menejeming amaliy tomonlarini o‘rganishdan avval unga oid asosiy tushunchalar, usul va vositalami bilib olish maqsadga muvofiq bo'lib, ulaming barchasi rahbar (menejer)lik faoliyatining mohiyatini to‘g‘ri tushunishga va uni muvaffaqiyatli amalga oshirishga yordam beradi.


Menejment o‘zi nima? Menejer kim? - degan savollarga olimlar, mutaxassislar turlicha ta’riflar beradilar. Ba’zilar, menejment - boshqarish faoliyati bo‘yicha rahbar kadrlar tayyorlovchi fan deyishsa, ba’zilar, menejment - boshqaruv faoliyatida insonlami faollashtirish deya ta’rif berishadi. Ayrimlaming fikricha, «Menejment - bu tashkilotning orzu niyatlariga erishishidagi mehnat va moddiy resurslami aniq yo‘nalishda ishlatilishi evaziga erishiladigan rejalashtirish, tashkil qilish, tartibga solish (muvofiqlashtirish) va nazorat qilish jarayonidir». Bu jarayonda rahbar (menejer) va boshqariluvchi xodimlar (guruhlar) qatnashadi. Rahbarlik - bu menejeming boshqaruv faoliyatidir. Ingliz tilining fundamental Oksford lug‘atida «menejment» so‘ziga-«Insonlami o‘zaro munosabatlarda bo‘lish usullari, hokimiyat va boshqarish san’ati» deb ta’rif berilgan.

1.Zamonaviy menejerga talablar


Zamonaviy menejer. Hozirgi vaqtda tez rivojlanishni mo’ljallagan zamonaviy tashkilotlar uchun, innovatsiyani samarali joriy qilish, biznes rentabelligining ko’plab savollarini yechish bilan bog’liq hisoblanadi. Bu sohadagi yutuqlargaerishishning eng qulay yo’li tashkilot rahbarining uzluksiz istiqbolga erishish rejalarini amalga oshirish sharoitlarini ta’minlab berishi hisoblanadi. Ushbu ishlar bilan aynan tashkilot menejeri shug’ullanadi. Ilm-fan va ishlab chiqarishning innovatsiyaga aylanib borayotgan hozirgi globallashuv davrida boshqaruvning har qanday turi yoki tipidagi menejerlar, menejer novatorlarga aylanishini zamonamiz talab qilmoqda. Chunki kechagi yangi texnologiya o’z muddatini o’tamasdanoq bugunning eskisi hisoblanmoqda. Boshqaruvda marketing talablarining ham kuchayib borishi tashkilotlarda raqobatning ham kuchayishiga olib kelmoqda. Shu nuqtai–nazardan zamonaviy boshqaruvchiga bo’lgan talab faqat dinamik xususiyatlarga ega bo’lib boradi. Bu yo’nalishda Yevropa davlatlari, AQSH, Xitoy, Kanada, Yaponiya, Malayziya, Janubiy Koreya davlatlari oldinda bormoqda.
Bu yerda innovatsion menejer bilan hozirgacha tayyorlanayotgan va ishlayotgan menejerlar o’rtasidagi farqlar haqida savol tug’iladi. Hozirgi vaqt menejerlari ko’p hollarda o’zlari tanlagan texnologiyalarni va bu texnologiyalar bilan ishlovchilarning faoliyatlariga o’rgangan. Yangi texnologiyalar faqat tashvish va ortiqcha vaqtni olishiga qat’iy ishonchda bo’lgan tartibni qabul qilgan va bu tartibdan yangi bir tartibga o’tishni xoxlashmaydi. Bu usul ham to’g’ri bo’lishi mumkin. Lekin ijtimoiy-iqtisodiy sohaning barcha yo’nalishlaridagi ilg’or tajribalar va yangi texnologiyalar menejer yoki tashkilot rahbarining qanchalik ishbilarmonligidan, hohishi-e’tiboridan qat’iy nazar raqobatni keltirib chiqarmoqda. Biz hozirgi xaridorlar va iste’molchilar-ning yangi mahsulotlar va xizmatlarga bo’lgan talablari ham keskinlashgan, o’zgaruvchan zamonda yashamoqdamiz. Hatto, juda ko’p yillar davomida o’ziga ma’qul bo’lgan, faqat aynan shu tashkilotlarning mahsulotlari va xizmatlariga o’rgangan va xarid qilgan iste’molchilar ham, birinchi navbatda yangi mahsulot va xizmatlarni xarid qilmoqdalar.
Bu vaziyatda moddiy va nomoddiy mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi korxona rahbari yoki menejerlar albatta o’zlari kutmagan raqobatga duch kelmoqdalar. Menejer novator(yangi g’oyalar, yangi texnologiyalar bilan ishlovchi boshliq, rahbar) bir texnologiyaga va shu texnologiya- ning ishlab chiqarish sharoitlariga o’rgangan va bu texnologiyadan ajralgisi kelmagan ishchilarini yangi texnologiyalar tizimiga o’tishning afzalliklari va samaradorligiga ishontirishning uddasidan chiquvchi, ijodiy fikrlovchi, zamonaviy ilm-fan yutuqlaridan, axborotlaridan yaxshi xabardor, tashkilotchi va tashabbuskor rahbardir. Salohiyatli innovatsion menejerning dunyoqarashi va fikrlashi standartsiz, qolipsiz bo’lishi, ular boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish va qabul qilishda hatto kam sonli bo’lsa ham o’zlarining haq ekanligini ilmiy-texnika yutuqlariga, zamonaviy boshqaruv usullariga asoslanib isbotlab beradilar va g’olib bo’ladilar. Novatorlar o’zlarida qat’iy ishonch bo’lishi uchun doimo izlanishda bo’ladilar. Mutaxassisligi yoki ixtisosligidan tashqari Jahon taraqqiyotidagi yangi texnologiyalar bilan tanishib boradi. Menejer novatorlar murakkab muammolarga duch kelishini va bu vaziyatlardan chiqilmasa «chet»da qolib ketishini juda yaxshi anglab olgan. Shuningdek, ular o’zlarining tashkilot yoki korxona taqdiridagi o’rnini, mavqe’ini ham yaxshi anglab olgan.
Shunday qilib, har bir mutaxassisni, zamonaviy menejerni har taraflama baholash va tanlashning quyidagi to’rtta talablari asosida amalga oshirilishi to’g’ri deb topilmoqda:
1. Professional tayyorliligi.
2. Psixologik sifatlari.
3. Umumiy madaniy darajalari.
4. Umumiy ilmiy darajalari

1. Professional tayyorliligi. Bu guruhga kiruvchilar uchun asosiy talab bilimlarni egallash hisoblanadi. Menejerning novator bo’lishligi uchun u o’rganishi talab qilinadigan fanlarning xili ko’p. Bu fanlarni marketing elemetlariga muvofiqlashgan holatlarda quyidagi guruhlarga bo’lish mumkin:


- Product (mahsulot siyosati va mahsulotni ishlab chiqarish) – texnik fanlar, ishlab chiqarish texnologiyasi, huquqshunoslik va korxonaning iqtisodiyoti.
- Price (baho siyosati va samarali baho tashkillanishining nazorati) – makro va mikroiqtisodiyot, jahon iqtisodiyoti, oliy matematika, statistika), soliq huquqi, buxgalteriya hisobi.
- Place (bozor ulushini egallashdagi samaradorligi) – muzokaralarni olib borish texnikasi, merchendayzing.
- Promotion (sotuv tizimining samaradorligi) – sotsiologiya, psixologiya, nisbiylik nazariyasi va statistika.
2. Psixologik sifatlari. Menejer-innovator do’stona munosabatlar, ijtimoiy ishonchlilik, optimizm, tabiatsevar- lik, muloqotlarda topqirlilik va aqllilik, hissiyot va sezgi- larini bildirishda samimiyatlilik kabi jamlagan ijtimoiy- psixologik xususiyatlarga ega bo’lishi talab qilinadi.
Uning ijtimoiy-psixologik yetishganligi quyidagilarda ma’lum bo’ladi:
- O’zining odob-axloqi va bahosini namoyish etishda doimo egiluvchanlik tendentsiyalarini namoyish qilishi.
- O’zgaruvchan vaziyatlarni tezlikda anglab olishi;
- O’z-o’zidan yoki ichki sabablar natijasida kelib chiqqan fikr-mulohazalarini rivojlantirishi;
- Tabiiylik va oddiylik;
- O’zini qabul qilishining yuqori darajadaligi;
- Odamlar bilan muloqotlarda o’rinli va egiluvchanlik darajasi yuqoriligi;
- Ijodga moyilligi;
Shuningdek, menejer–innovator stressga barqarorligi va o’zining fikrlari, mulohazalarini faqat faktlarga asoslanib keltirishi bilan ajralib turishi lozim.
3. Umumiy madaniy darajasi. Shuni esda tutish kerakki, menejer o’ziga bo’ysunuvchilar o’rtasida sog’lom hayot tarzini tashviqot qiladi. Shuning uchun ham u ko’rinarli qiyofada bo’lishi kerak. Zamonaviy menejerda tashqi qiyofa jihatidan savlatlilik, sifatli va yengil, bir xil rangdagi ustki kiyim, aksessuarlar va boshq.. namoyon bo’lishi lozim. Unda faqat tashqi “ko’rinish” emas balki ichki “dunyosi” ham kengliklarni qamrab olgan bo’lishi, vaqti kelganda suhbatlarda yetakchi bo’lishi uchun erkin so’zlay olishga doimo tayyor bo’lishi kerak. Menejerning nutqi va yozuvlari savodli, asoslangan, yengil tushuniladigan bo’lishi lozim. Chunki hozirgi vaqtda har qanday yangilikni hamma ham to’liq tushuna olmaydi, savollar ko’p, shuningdek, tanqidlar ham ko’p bo’lishi mumkin. Menejerning faoliyati hamisha qonunchilik me’yorlariga asoslanganlikni talab qiladi. Shuning uchun ham u o’z fao- liyatining huquqshunosi ham bo’lishi, komp`yuter texnologiya- sini mukammal egalashi lozim.
4. Umumiy ilmiy darajasi. Menejer-innovator o’rga- nishi va bilishi kerak bo’lgan muhim va asosiy fanlarning o’rnini ko’rib chiqish mumkin:
- Falsafa: bu fanni o’zlashtirishdan olingan bilimlar voqe’lik va hodisalarni har tomonlama ko’rib chiqish, tahlil qilish imkoniyatlarini, sabab va oqibatlarning uzviyligini anglashni, mukammal tahlillar o’tkazishda fikrlash qobiliyatini oshiradi va mustahkamlaydi.
- Iqtisodiyot: bu fanni o’zlashtirish orqali menejer o’z tashkilotining bozor raqobatlariga chidamliligi darajala- rini va bozorda barqaror turish, bozordagi ulushini barqa- rorlashtirish rejalarini ishlab chiqadi.
- Psixologiya: odamlar bilan muloqot qilishning eng maqbul
variantlarini, xodimlarning motivlarini oldindan bilib olishga yordam beradi.
- Statistika: tashkilotning samarali faoliyatiga u yoki bu yangilikning ta’sirini
tahlil qilishga yordam beradi.
2. Zamonaviy menejer faoliyati
Hozirda ko`plab korxona va tashkilotlarda hatto ta`lim muassasalarida ham menejerlar faoliyat yuritmoqda. Menejer o`zi kim? Va korxona va tashkilotlarda uning ahamiyati va ro`li qanday? Korxona va tashkilotlar nega menejerga ehtiyoj sezadilar? Menejer – bu boshqaruv faoliyati bilan shug`ullanuvchi, maxsus bilimlarga ega, bozor sharoitida faoliyat yurituvchi , faoliyatning ba`zi turlari bo`yicha qaror qabul qilish vakolatiga ega xodimlardir.
Menejerning obrazi doimiy ravishda boyib boradi. Hozirgi vaqtga qadar menejmentning vatani bo'lgan AQShda ratsional turdagi menejerlar ustuvorlik qilgan, ular ko'proq muxandislik - iqtisodiy ko'nikmalarga va boshqaruvga yondashuvlarga ega bo'lganlar. Ammo hozirgi vaqtda endi yangi turdagi menejerlar paydo bo'ldilar, ular asta-sekin ishlab chiqarishdagi insoniy omillarni hisobga olish tomoniga yuz o'girmoqdalar. Buning ustiga, bu turli tumanliklar ishga doir xulqqa xos alomatlarni kasb etmoqdalar.
Buning ustiga, avvallari tashkilotni boshqarish uchun ushbu sohada mutaxassis bo'lish shart emas, boshqaruv texnologiyasi va texnikasini bilan, odamlar bilan ishlay olishlikning o'zi yetarli deb hisoblangan.
Hozirgi vaqtda ijtimoiy ishlab chiqarishni rivojlanishi natijasida bunday yondashuv tanqidga uchramoqda, chunki yollanma menejerlar o'zlarini ishlab chiqarish bilan tenglashtirmaydilar, firmaning maqsadlari ularning shaxsiy maqsadlariga aylanmaydi. Buning ustiga ularning biznes maktablardagi tayyorgarligi ko'pincha ishlab chiqarishning ehtiyojlariga mos kelmaydi, maktablarning bitiruvchilari uning sharoitlariga yomon moslashadilar. Shuning uchun Yevropa va Yaponiya kompaniyalarida, qoidaga ko'ra, boshqaruvchilarni chetdan taklif qilmaslik, ularni firmaning ichida "o'stirish" ishlatiladi. Shunga qaramasdan, bir qator davlatlar, ayniqsa AQSh kompaniyalarida hali ham kasbiy boshqaruvchini yollash amaliyoti keng tarqalgan.

Tadqiqotchilarning ma'lumotlariga ko'ra, zamonaviy rahbar faqat 15-20 % o'z sohasidagi mutaxassis bo'lishi kerak, u hammadan avval tashkilotchi, ruhshunos, sotsiolog bo'lishi kerakligi ta’kidlab o’tildi. Har qanday darajadagi zamonaviy menejerni oldiga butun bir qator talablar qo'yiladi. U quyidagi asosiy sifatlarga ega bo'lishi kerak:



  • zamonaviy tashkilotni boshqarish sohasidagi bilimlar va tajribaning mavjudligi;

  • nafaqat ma' muriy boshqarish, balki tadbirkorlik ko'nikmalariga ega bo'lish, bozordagi vaziyatni boshqarishni bilish, tashabbus ko'rsatish va firma resurslarini qo'llashning foydaliroq sohalarida faol qayta taqsimlash;

  • yuqori madaniyat, soflik, hamma narsada namuna bo'lish qobiliyati;

  • raqib firmalar faoliyati va harakatlarini tahlil qilishni bilish;

  • tashkilot resurslarini boshqarish qobiliyati va bilishi;

  • tashkilot ishini bashorat qilish va rejalashtirishni bilish; tashkilotni boshqarish va faoliyat yuritishning samaradorligini oshirish usullariga egalik qilish;

  • odamlar bilan ishlash, ularga ta'sir ko'rsatish qobiliyati va bilimi, buning uchun zarur bo'lgan dilkashlik, adolatlikka ega bo'lish, "insoniy munosabatlar"ni bilish;

  • o'zini o'zi va o'z vaqtini boshqarishni bilish;

  • masalalarni hal qilishda qat'iylik, g'ayratlilik, dinamiklik;

  • rasmiy va norasmiy tuzilmalarning o'zaro aloqasini hisobga olish bilan odamlar bilan munosabatlarni o'rnatishni bilish;

  • bilimlar va farosatlilik (tashkilotdagi aniq sharoitlarni bilish, ularda o'z yo'lini topa bilish, farosatli va topqir bo'lish);

  • o'z mamlakati va boshqa mamlakatlardagi, firma o'zining o'rinini kuchaytirish yoki ishlab qolishga intilayotgan bozorlardagi xo'jalik holatini rivojlanishi, talabning xususiyatlari, iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish choralari tendensiyalarini oldinda ko'ra olishni bilish kabi sifatlarga ega bo’lishi muhim ahamiyat kasb etadi.

Hozirki kunda o’zimizda menejerlar yuqoridagi sifatlar bilan birgalikda tashkilotlarda turli o`rinlarni egallay boshlashdi. Misol uchun, direktor, ish boshqaruvchi, mudir kabi o`rinlarni egallaydilar. Zamonaviy menejer quyidagi bilimlarga va xususiyatlarga ega bo`lishi kerak, avvalambor, har bir menejer tashabbuskor, innovatsion fikrlarga ega, tavakkalchilik qonunlarini bilishi lozim. Menejer turli bilimlar egasi bo`lishi lozim. Menejer matematika, sotsiologiya, matematik modellashtirish, iqtisodiyot, ingliz tili, rus tili, psixologiya kabi bilimlarni egallashi kerak. Menejer uchun masalaga aniq, to`g`ri yechim topishida matematik modellashtirish katta yordam beradi. Matematik modellashtirish XX asr o`rtalarida paydo bo`lgan.
3. Modellashtirish
Modellashtirish – bu masalani aniqlashtiruvchi, ortiqcha yoki ikkinchi darajali halaqit beruvchi mayda detallarni bartaraf etadi va boshqaruvchiga masalani aniq yechishda ko`maklashadi. Menejersiz tashkilotni tasavvur qilib bo`lmaydi. Menejerlar tashkilot yoki korxonada katta o`rin tutadilar.
Menejerlar tashkilotda quyidagi vazifalarni bajaradilar: tashkilotdagi alohida operatsiyalar o`rtasida aloqani o`rnatadilar, tashkilot yoki bo`limlarga rahbarlik qiladi, tashklotni strategiyasini ishlab chiqadilar , tashkilotning tashqi aloqalarini o`rnatishda asosiy ishtirokchi hisoblanadilar. Menejerlarning bajaradigan vazifalari turli tuman bo`lishiga qaramay, ular asosan uch vazifani bajaradilar. Bular quyidagilardir: tashkilotning asosiy vazifalarini belgilaydi, tashqi va ichki muhit haqida ishonchli va aniq ma`lumotlar to`playdilar, tashqi va ichki aloqa va munosabatlarni shakllantiradilar. Tashkilotning asosiy vazifalari – resurslarni
taqsimlash, ulardan to`g`ri foydalanish, xatoliklarni tuzatish, kamchiliklarni bartaraf etish, xodimlar o`rtasidagi mehnat taqsimotini to`g`ri belgilash, xodimlar o`rtasidagi munosabatlarni to`g`ri shakllantirish, ish surati oshib borishi uchun mehnat taqsimotini muvofiqlashtirish kabi asosiy vazifalarni bajaradilar.
Tashqi muhit – ya`ni raqobatchilar haqida aniq statistik ma`lumotlar to’playdilar va bu ma`lumotlardan foydalanib boshqa tashkilotlar foydalanayotgan usullardan optimalroq usulini ishlab chiqadilar, taklif qiladilar,
Ichki muhit haqida aniq ma`lumot – xodimlarnig samaradorligini tekshirish, ish jarayonidan og`ishlarni nazorat qilish, huquqbuzarliklar yoki ichki korrupsion holatlarni bartaraf etish kabi vazifalarni bajaradilar, rejalashtirilgan, tasdiqlangan usullardan qay darajada foydalanilganliklari haqida ma`lumot to`playdilar.
Tashqi aloqa – boshqa tashkilotlar bilan manfaatli aloqalar o`rnatishda, ular bilan shartnomalar tuzishda asosiy ishtirokchilardan biridir. Hozirda ta`lim muassasasini ham menejerlar boshqarishi lozimligi ta’kidlab o’tildi.Ta`lim sohasini shu vaqtlar mobaynida katta o`qituvchilar, matematika o`qituvchilari, huquq, tarix yoki informatika o`qituvchilari boshqarib kelishgan, ta`lim muassasasini ham maxsus boshqaruv bilimlari uning sir-asrorlarini chuqur o`rgangan menejerlar boshqarishi, ish vaqtining to`g`ri va samarali tashkil etilishiga, ortiqcha ma’muriy qog`ozbozlikka vaqt sarflamaslik va o`qituvchilarning ko`p vaqtini o`z ustida ishlashlari uchun sarflashlari kabi ko`plab imkoniyatlar yaratadilar.
Har bir kasb egasi o`z ustida ishlashi o`zini rivojlantirishi lozim. Agar kadr, xodim yoki rahbar o`z ustida ishlamas ekan, tashkilot yoki muassasada rivojlanish, ish suratlarining oshishi kabi ijobiy holatlar kuzatilmaydi. Boshliq yoki boshqaruvchi ham o`z ustida doim ishlashi va o`zini - o`zi rivojlantirishi lozim. Rahbar o`z ustida ishlamas ekan, u o`z ortidan xodimlarni olib borolmaydi, rahbar bilimlarga ega bo`lib ammo madaniyat va ma’rifatdan yiroq bo`lar ekan bu holatning natijasi ham ijobiy bo`lmaydi.
Rahbar avvalo, har bir xodim uchun o`rnak bo`la olishi lozim. U o`z tashkiloti yoki muassasasidagi xodimlar jamoasining ishonchini qozona olishi kerak. Rahbar nafaqat turli bilimlar balki nutq ravonligi, madaniyat, imidj jihatidan, ishga o`z vaqtida kelish kabi xususiyatlarini namoyon qilishi lozim.
Ko`pincha rahbarlar xodimlar bilan hurmatni haddan tashqari saqlashga harakat qiladilar. Masalan, xodimlar bilan suhbatda jiddiy qovog`i solingan holatda suhbatga kirishadilar, xodimlarni ruhlantirishda ham qattiqqo`llik bilan yondashadilar. Ammo doim ham bunday choralar ijobiy natijaga olib kelmaydi. Xodimga topshiriq berdingiz, ammo uning imkoniyatlarini cheklab qo`ydingiz, bunda xodim o`zida mavjud kuchli ta`sirga yoki yaxshiroq natija ko`rsatuvchi imkoniyatlardan ham foydalanishga qo`rqib qoladi va siz topshirgan vazifani talab darajasidasidan ancha past natija bilan sizga taqdim etadi. Aksincha, haddan tashqari liberallashuv ham shu kabi salbiy natijalarga olib keladi.
Yuqorida aytib o`tilganidek, psixologiya fani bunday holatlarda katta yordam beradi. Rahbar topshiriq berganda biroz liberal, uning natijasini olayotganda avtoritar ( qattiq qo`l), tashkilot uchun muhim bo`lgan qarorlarni qabul qilishda demokratik bo`lishi lozim.Bu bizning yuqoridagi fikrimizning yaqqol isboti deb aytsak noto’g’ri bo’lmaydi.
4. ZamOnaviy rahbar sifatlari
Persоnalni bоshqarishda rahbarlik uslubi tushunchasi rahbarning kоrxоna maqsadlariga erishish uchun o’ziga bo’ysunuvchi xоdimlar kuch-g’ayratlari, bilim va tajribasini ana shu maqsadlarga erishishga samarali yo’ialtirishga qaratilgan kundalik ish uslublarini anglatadi.
Rahbarning jamоaga ta’sir o’tkazishining turli vоsitalari mavjud. Ular qatоriga quyidagilar kiradi:

  • tashkiliy-rasmiy uslublar — rahbarning jamоada o’zini tutish qоidalari;

  • ijtimоiy-psixоlоgik uslublar — ma’naviy rag’batlantirish, sоg’lоm muhitni yaratish, xоdimlarda axlоqtamоyillariga muvоfiq yashash ehtiyojlarini rivоjlantirish. Ular bilvоsita bоshqaruvga ta’sir ko’rsatadi hamda ijtimоiy vоsitalar jamоada o’zarо munоsabatlar tizimi, zarur xislatlar, ijtimоiy ehtiyojlarni shakllantirish оmillaridan fоydalanishga asоslangan;

  • ma’muriy uslublar — rahbarning xоdimga o’zini jamоada tutishi axlоqtamоyillariga riоya etishini tushuntirish, rahbar-likda adоlat, insоnparvarlik, xоlislikka amal qilish. Ularga bevоsita ta’sir ko’rsatish xоsdir: har qanday me’yoriy hujjat albatta ijrо etilishi shart;

  • tarbiya uslublari — rahbar xоdimni muayyan xatti-harakatga (ishоntirish va majburlash) undaydi hamda uning faоliyati va xatti-harakatini bahоlaydi (mukоfоtlash va jazоlash).

  • Ishоntirish uslubi — rahbar xоdimlarda o’z vazifalarini samarali bajarish, ish jarayonida hamkasblari bilan ahil bo’lish axlоqiy sifatlarini shakllantiradi.

  • Ijrоga yo’naltirish uslubi- buyruqyoki iltimоs shaklida bo’lishi mumkin. Farmоyish berish rahbarning ish vоsitasi hisоblanadi. O’ziga bo’ysunuvchiga tоpshiriq berar ekan, u har gal buning uchun buyruq yoki iltimоs shaklini qo’llashdan ibоrat axlоqiy tanlоvga ro’para bo’ladi.

  • Rag’batlantirish uslubi- xоdimlar ish faоliyatini bahоlashda qo’llaniladi. Rahbarning o’ziga bo’ysunuvchilarni ishdagi muvaf-faqiyatlari uchun mukоfоtlash huquqi bоshqaruvning o’ziga xоs xususiyati bo’lib, xizmat munоsabatlarining tarkibiy qismi hisоblanadi.

  • Tanqid uslubi — rahbarning xоdim mehnati to’g’risida salbiy fikrlar bildirishi bilan bоg’liqdir. Xоdimni jazоlash tartibi amaldagi qоnunchilikbilan belgilanadi, huquqiy me’yorlar bilan muvоfiqlashtiriladi va tegishli jazо chоralari bilan amalga оshiriladi. Tanqid usulini samarali qo’llash uchun qatоr qоidalarga riоya etilishi lоzim:

Nutq so’zlashga bevоsita tayyorgarlik ko’rish nоtiqlik san’ati ko’nikmalarini hоsil qilishning muhim bоsqichi hisоblanadi.
Ko’pincha nоtiqda mazkur bоsqichga vaqt yetishmasligi yoki u o’z kuchiga оrtiqcha ishоnishi tufayli bunga unchalik e’tibоr berilmaydi. Shu munоsabat bilan shuni esda tutish kerakki, ko’pincha rahbar yoki mutaxassisning bilimi, tajribasi, malakasi, dunyoqarashi, madaniyati va bоshqa shaxsiy sifatlari haqida uning so’zlariga qarab xulоsa chiqariladi. Bu, o’z navbatida, o’z-o’zini namоyon qilish vоsitasi bo’lib xizmat qiladi.
Nutq so’zlash vaqtida o’zini tutish nutqning maqsadlariga erishishni, tayyorlagan nutqrejasini amalga оshirishni ta’minlashi (zarur bo’lganda unga tuzatish kiritishi), оg’zaki nutqning afzalliklaridan fоydalanishga imkоn berishi lоzim. Ayni vaqtda, nоtiqning xulq-atvоri (o’zini tutishi) axbоrоtni yaxlit idrоk etishga xalaqit bermasligi kerak. Ma’ruzachining оhangitabiiy bo’lishi, nutq muammоsiga va tinglоvchilar tarkibiga mоs kelishi zarur. Ana shundagina nutq marоqli chiqadi.

O‘zini o‘zi boshqarish bu rahbarning kundalik amaliyotda ishning zamonaviy usullaridan maqsadga muvofiq va izchil foydalanishini o‘z ichiga oluvchi shaxsiy ishini tashkil etish hamda uning o‘zini o‘zi rivojlantirishidir.


O‘zini o‘zi boshqarishning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:
— menejment tomonidan vaqtdan va o‘z imkoniyatlaridan ko'proq foydalanish;
— u o‘z sogligini saqlashi va mustahkamlashi;
— hayotning borishini ongli ravishda boshqarish;
~ ham ishdagi, ham shaxsiy hayotdagi tashqi holatlarni yengib o‘tish.
Turli masalalarni kundalik hal qilishda menejer turli vazifalarni bajaradi. O‘zini o‘zi boshqarishning bu jarayonini alohida vazifalar o‘rtasidagi aloqani ko‘rgazmali ravishda namoyon qiluvchi doira kabi berilishi mumkin.
Tashqi doirada quyidagi beshta vazifalar ma’lum:
1) vazifalarni qo‘yish;
2) rejalashtirish;
3) bo‘lg‘usi ishdagi ustuvorliklarni belgilash;
4) kun tartibini tuzish va mehnat jarayonini tashkil etish;
5) o‘zini o‘zi nazorat qilish va maqsadlarga tuzatishlar kiritish.
O‘zini o‘zi boshqarishning ichki doirasida birlashtiruvchi vazifa-axborotlar bilan ishlash joylashgan. Qolgan vazifalar ma’lum darajada uni atrofida aylanadilar, chunki axborot almashish o‘zini o‘zi boshqarish jarayonining barcha bosqichlarida zarurdir.

Xulosa
Fikrimizcha, menejment (boshqarish)-«o‘zga kishilar mehnati, intellekti va xatti-harakatlari motivlaridan foydalangan holda ko‘zlangan maqsadlarga erisha olishdir» degan mazmunda ta’riflansa maqsadga muvofiq bo‘ladi.


Boshqarishning soha yoki fan sifatida rivojlanishi quyidagi savollami o'rtaga ko‘ndalang qilib qo‘yadi: «nima uchun» va «nimaning oqibatida» tashkilotlar rivojlanib, ilgarilab ketadi yoki barbod boMadi? Bir qarashda muvaffaqiyatli bo‘lib ko‘ringan ishlar (faoliyatlar), aksincha bo‘lib chiqadi, chunki har doim ham yaroqli, barcha kishilar uchun va holatlar bo‘yicha bir xildagi yo‘l-yo‘riq hamda vositalaming bo‘lishi mumkin emas.
Ma’lumki, tashkilotlar, firma va kompaniyalar hamda muassasalaming barchasi tashkilot hisoblanib ularning muvaffaqiyati va barbod bo‘lish misollari bitta umumiy xususiyatga ega. Tashkilot esa menejerlar dunyosining asosini tashkil etadi va menejmentning mavjud bo‘lish shartidir.
Menejerlar boshqarish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi, ya’ni bo‘ysunuvchilarning bilimi, qobiliyatlari va xatti-harakatlari motivlaridan foydalangan holda tashkilotning oldiga qo‘yilgan maqsadlariga erishishni uddalay oladigan, odamlar va turli ijtimoiy guruhlar o‘rtasidagi ijtimoiy va iqtisodiy munosabatlami muvofiqlashtirishga, ularning mehnatini tashkilot maqsadlari sari yo‘naltirishga qodir, maxsus bilimlar majmuasi va tajribaga ega bo‘lgan yuqori malakali mutaxassislar toifasidir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:


1. Sh.M. Mirziyoyev «Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib intizom va shaxsiy javobgarlik - har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo’lishi kerak». Toshkent 2017 y. Mamlakatimizni 2016-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017-yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruza.
2. https://lex.uz/ru/docs/-4500926
3. Usmanov, A., & Абсаломов Т.Т., А. . (2020). Қайта тикланувчи энергия манбалари асосида инновацион ишлаб чиқаришни ташкил этиш
4. Usmanov, A. (2020). ЎЗБЕКИСТОН БЕТАКРОР ТУРИСТИК МАМЛАКАТ: ТАРИХИЙ ДАЛИЛЛАР, ИМКОНИЯТ ВА ИСТИҚБОЛ
5. N.Q.Yo’ldoshev, O.S.Qozoqov Menejment / T, “Fan” 2004.
Download 36 Kb.




Download 36 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Reja: Kirish Zamonaviy menejerga talablar

Download 36 Kb.