|
Rivojlantirish vazirligi muhammad al xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti
|
bet | 1/6 | Sana | 19.03.2023 | Hajmi | 154.99 Kb. | | #46021 |
Bog'liq Mustaqil ish Kompyuter modellashtirish 2-ma`ruza, 1. O’qituvchi nutq madaniyati kasbiy pedagogik faoliyatning shar, “Ta’limda axborot texnologiyalari” fanidan testlar, seminar tarix-5, 11, BUXGALTERIYA HISOBI, 03 АСЛЎС ,VERAL TEST YN ishi , 3-ma\'ruza, Mavzu Qurilish materiallari sanoatida investitsion va innovatsi-fayllar.org, Mavzu Azot saqlovchi birikmalar asosida olindigan bo’yoqlar. So-kompy.info, Ochilov Sirojiddin (2), Umurtqasizlar zoologiyasi. Mavlonov O, Xurramov SH, 1Yangi O`zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika
AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARNI
RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL – XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
FARG‘ONA FILIALI
“Kompyuter injiniring” fakulteti
_____Kompyuter injiniring_____ yo‘nalishi
_614-19_ – guruh talabasi
____Axmadaliyev Ulug’bek_ ning
“Kompyuterli modellashtirish”
fanidan tayyorlagan
Mustaqil ta’lim ishi
Topshirdi: Axmadaliyev Ulug’bek
Qabul qildi: Abdukadirov.A.G
Farg‘ona 2023
Mavzu: Ekspertli tizimlar. Matematik paketlar.
Reja:
Expert tizimlar va ularning dasturiy ta’minoti
Matematik paketlar.
Matlab paketining asosiy xususiyatlari.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.
Ekspert tizimlardan foydalanish va ularni yaratish .
Ekspert tizimlar — bu sun'iy intellektning yorqin va tez rivojlanadigan sohalaridan biridir.
ETlar maslahat beradi, tahlil qiladi, sinflarga ajratadi va diagnoz qo'yadi. Ular odatda mutaxassis tomonidan ekspertiza o'tkazilib, yechiladigan masalalarga yo'naltirilgandir. Protsedura tahlil ishlatadigan mashina dasturlaridan farq qilib, ETlar deduktiv fikrlash asosida kichik predmet sohada masalani hal etadi, bu tizimlar ko'pgina hollarda yaxshi tuzilmagan va aniqlanmagan masalalarning yechimini topa olish bilan farqlanadi. Ular evristik qoidalar yordamida masalani aniq bo'lmagan qismlarini mantiqan to'ldirishadi, bu esa kerakli bilimlar yoki vaqt yetishmasligi bois butunlay tahlil qilib bo'lmaydigan tizimlarga juda ham to'g'ri keladi.
ETlarning afzal shundaki, ular bilimlarni to'play olish, uzoq vaqt saqlash, eskilarini yangilay olish kabi xususiyatlarga ega. Bu xususiyatlar ma'lum bir korxonada ma'lum vaqtgacha mutaxas-sislarsiz, nisbatan mustaqil ishlash imkoniyatini yaratadi. Bilimlarni to'plash, eng yaxshi va tekshirilgan yechimlarni qoilab, korxonada ishlayotgan mutaxassislarning malakasini oshirish imkonini beradi.
Sun'iy intellektning mashina sanoati va iqtisodda qo'llanishi ETlarga asoslangan. Ular yordamida mahsulot sifatini oshirish va vaqtni tejash, shuningdek ish unumi va mutaxassis malakasini oshirish yaxshi natijalar bermoqda. Mahsulot tizimlari uchta asosiy komponentlardan iborat:
•Bilim bazalari yoki qoidalar to'plami;
•Ishchi xotira;
•Chiqarish mexanizmi.
Bu tizimda biror masala yechilganda: bilimlar bazasida kerakli qoidalar to'planadi, muayyam masalaga taalluqli to'plangan bilimlar, qoidalar asosiy ishchi xotirasida ishlanadi va yangi qonun-qoidalar natija sifatida chiqarish mexanizmi orqali olinadi.
Odatda, logika masalalarini yechishda ikkita usul qo'llaniladi: birinchi usulda ishchi xotiralardagi boshlang'ich informatsiyani olish, boshqa yordamchi narsalardan foydalanib, qoidalarni qo'llash ishlari bajariladi. Bu usul to'g'ri zanjirli fikrlash deyiladi. Bilimlarga asoslangan tizimlar qo'llanilish sohasini bir nechta asosiy sinflarga guruhlash mumkin: Bular tibbiyot diagnostikasi, nazorat qilish va boshqarish, mexanika va elektr qurilmalar diagnostikasi, o'qitish va hokazo.
Tibbiyot diagnostikasi. Diagnostik tizimlar organizm faoliyati buzilishi va ularni keltirib chiqarish sabablari orasidagi bog'liqlikni topish uchun xizmat qiladi. MYCIN tizimi eng ko'p tarqalgan tizim hisoblanadi (u davolanayotgan odam miningit yoki bakterial infeksiyalar yuqtiril-ganda) diagnostika va kuzatuv olib borish uchun qo'llaniladi. Uning birinchi g'oyasi 1970-yillar o'rtalarida Stendford Universi -tetida ishlab chiqilgan edi. Ayni vaqtda bu tizim mutaxassis vrach kabi diagnoz qo'yish imkoniyatiga ega. U shuningdek, kengay-tirilgan bilimlar bazasiga ega. Bu esa uni tibbiyot sohasida qo'llash imkoniyatini yaratadi.
|
| |