• tasavvurga ega bo’lish lar i
  • Fan bo’yicha talabalarning bilim, ko’nikma va




    Download 0.59 Mb.
    bet5/74
    Sana22.12.2020
    Hajmi0.59 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74
    Fan bo’yicha talabalarning bilim, ko’nikma va

    malakalariga qo’yiladigan talablar

    “Pedagogika nazariyasi va tarixi” o’quv fanini o’rganish jarayonida bakalavrlar quyidagi pedagogik tushunchalar, ularning mohiyatiga oid nazariy bilimlarni puxta o’zlashtirishlari zarur: pedagogika, didaktika, tarbiya nazariyasi, tarbiya turlari, ta’lim menejmenti, uzluksiz ta’lim, uzluksiz ta’lim turlari, ta’lim ishtirokchilari, maxsus pedagogika, pedagogika tarixi, milliy pedagogik meros, jahon ta’lim tizimi.

    Shuningdek, talabalar:



    • fan metodologiyasi;

    • pedagogik antropologiya;

    • pedagogik jarayon mohiyati;

    • pedagogik faoliyat mazmuni;

    • pedagog shaxsida namoyon bo’lishi zarur bo’lgan sifatlar;

    • ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo’nalishlari;

    • ilmiy-pedagogik tadqiqot obyektlari va metodlari;

    • ta’limiy va tarbiyaviy tamoyillar;

    • an’anaviy va zamonaviy pedagogik ta’limotlar;

    • ta’lim va tarbiya shakllari, metodlari, vositalari;

    • ilg’or pedagogik texnologiyalar;

    • maxsus pedagogikaning asosiy yo’nalishlari;

    • milliy pedagogik meros va jahon ta’limi tajribasining yosh avlodni shakllantirishdagi ahamiyati;

    • komil inson, malakali mutaxassisni tayyorlash jarayonining o’ziga xos jihatlari to’g’risida tasavvurga ega bo’lishlari;

    • O’zbekiston Respublikasining ta’lim sohasidagi siyosati, kadrlar tayyorlash milliy modeli;

    • ta’lim va tarbiya jarayonlarining o’zaro birligi va aloqadorligi;

    • o’qitish va tarbiya qonuniyatlari;

    • ta’lim nazariyasi(didaktika)ning umumiy asoslari;

    • ta’lim turlari va bosqichlari;

    • ta’limni tashxis qilish;

    • tarbiya nazariyasining muhim tarkibiy elementlari;

    • oila, jamoa va muhitning shaxs tarbiyasidagi o’rni;

    • o’z-o’zini tarbiyalash va qayta tarbiyalash;

    • oila tarbiyasi va o’z-o’zini tarbiyalashning o’ziga xos xususiyatlari;

    • O’zbekiston Respublikasi uzluksiz ta’lim tizimi, uning muhim bosqichlari;

    • ta’limni boshqarish;

    • shaxsga ta’lim va tarbiya berish g’oyalarining shakllanish tarixi;

    • Sharq va G’arb mutafakkirlarining shaxs ta’limi, tarbiyasini tashkil etishga oid qarashlari;

    • tarbiya, maktab va pedagogik fikrning taraqqiy etish tarixi;

    • jahon ta’lim tizimi an’analaridan xabardor bo’lishlari;

    • ta’lim va tarbiya jarayonida milliy pedagogik meros namunalari, jahon ta’limi an’analaridan foydalanish;

    • pedagogik faoliyatni rejalashtirish;

    • kasbiy faoliyatni tashkil etishda ta’lim-tarbiyaning zamonaviy shakl, metod, vosita va texnologiyalarini qo’llash;

    • ta’lim oluvchilar faoliyatlarini nazorat qilish;

    • o’quvchilarning bilimlarini to’g’ri tashxis qilish va xolis baholash;

    • qobiliyatli, iqtidorli o’quvchilarni tanlay bilish, ularni rag’batlantirish, iste’dodlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlarini belgilash;

    • alohida o’quvchi, o’quvchilar jamoasi, ota-onalar bilan yakka tartibdava guruh bo’lib ishlash;

    • o’quvchilar jamoalarini boshqarish;

    • ta’lim va tarbiya jarayonlarini samarali tashkil etish;

    • oila va ta’lim muassasalari o’rtasida o’zaro hamkorlikni qaror toptirish;

    • pedagogik faoliyat mohiyatini yorituvchi ish hujjatlarini to’g’ri yuritish;

    • ta’lim menejmentini oqilona olib borish;

    • O’zbekiston Respublikasida pedagogika fanining rivojlanish istiqbollarini belgilash ko’nikma va malakalariga ega bo’lishilari lozim.



    Download 0.59 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74




    Download 0.59 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Fan bo’yicha talabalarning bilim, ko’nikma va

    Download 0.59 Mb.