• Suffix
  • Set Path
  • Enable
  • Exposure Ordering
  • 1xBlue+ 1xRed+1xBlue+ 1xRed
  • Start
  • Tasvir tiniqligini o’zgartirish.
  • Sequence ni tanlang (6-rasm). Autosave Filename




    Download 1.28 Mb.
    bet5/5
    Sana19.03.2017
    Hajmi1.28 Mb.
    #348
    1   2   3   4   5
    Sequence ni tanlang (6-rasm). Autosave Filename maydonida fayl nomini ko’rsating (faylning nomi sifatida manbaning nomi yoki tasvir turi olinishi mumkin). Agar Siz mavjud fayllarni dastur avtomatik tarzda yozishini xohlasangiz, Overwrite Files maydonini belgilang.

    Number maydonida ekspozitsiyalar sonini ko’rsating (kamida bir ekspozitsiya), Start at maydonida kiyingi ekspozitsiyaning tartib raqami ko’rsatiladi. Dastur qayta qo’shilganda ekspozitsiyaning tartib raqami avtomatik tarzda 001 etib qo’yiladi. Suffix maydonida - Setup bulimida o’rnatiluvchi va ekspozitsiyaning tartib raqamiga qo’shiluvchi – suffix ko’rsatiladi. Time maydoni ekspozitsiyaning dastlabki vaqti hisobini ko’rsating.

    Pastdan chapdagi burchakda kameraning ayni paytdagi holati ko’rsatiladigan statusli qatorlar keltiriladi. Ma’lumotlar saqlanuvchi direktoriyaga yo’l Set Path da ko’rsatiladi.

    Ekspozitsiya parametrlarini o’rnatish Setup bulimida amalgam oshiriladi. Ushbu tugmacha bosilsa ekranda oyna paydo bo’ladi (7-rasm), unda Siz kuzatish parametrlarini ko’rsatishingiz mumkin. Bir vaqtning o’zida bitta manba uchun kuzatishning 16 rejimini o’rnatish mumkin. Enable maydonini belgilang, Filter bulimidagi ro’yxatdan kerakli filtrni tanlang (dastur ishlayotganda – filtrlarni avtomatik tarzda almashtiradi) yoki tasvirning turini ko’rsating, Suffiks maydonida o’zingizning tasviringiz suffiksini yozing. Ekspozitsiya vaqtini (sekundlarda) Exposure bulimida ko’rsating. Olinuvchi tasvir ko’rsatkichlarini (1x1, 2x2, 4x4) Binning maydonida ko’rsating.





    6-rasm. Kuzatishlarni boshqarish paneli.
    Kuzatishlar uchun etarlicha kuzatish parametrlari tanlang. Dastur, Exposure Ordering bulimida ko’rsatilgan ikki turdagi kuzatishlarni farqlaydi. 1-tur “Group exposure by filter” taxmin qiladi-ki, dastur, har qaysi ko’rsatilgan filtr yoki tasvir parametrlari uchun navbatdagisini bajarishga o’tishdan avval tasvirlarni to’liq oladi. (m-n: Blue va Red filtrlari uchun 10 ta tasvir ko’rsatdingiz, u holda dastur quyidagi sxema ko’rinishida tasvirlarni oladi: 10xBlue+10xRed). “Change filter on each exposure” taxmin qiladi-ki: dastur filtrlarni almashtira borib har qaysi olingan ekspozitsiyadan kiyin kuzatishlar ketma-ketligini bajaradi. (m-n: 1xBlue+ 1xRed+1xBlue+ 1xRed… va h.k. Har qaysi filtr uchun 10 ekspozitsiya bo’yicha).

    Birinchi ekspozitsiyadan oldin va kiyingi ekspozitsiyalar oralig’ida kutish vaqti (vremya zaderjki) ni Delay first va Delay between maydonlarida o’rnatish mumkin. Kuzatishning barcha kerakli parametrlarini o’rnatib bo’lgach Ok tugmachasi bosiladi (oyna avtomatik tarzda yopiladi) faqat shundan kiyingina dastur kuzatishning ko’rsatilgan parametrlarini bajarishga tayyor bo’ladi. Kuzatishning barcha kerakli parametrlarini o’rnatilgach kuzatishniboshlash uchun Start tugmachasini bosish kerak. Stop tugmachasi orqali kuzatishni to’xtatish mumkin.

    Dastur ishlash jarayonida, dastur bajarayotgan funksiyalarni kuzatib boorish talab etiladi, agarda zarurat yuzaga kelsa o’rnatilgan parametrlarni o’zgartirish mumkin.
    7-rasm. Kuzatish parametrlarini o’rnatish oynasi.
    Tasvir tiniqligini o’zgartirish.

    Olingan tasvirning tiniqligini o’zgartirish Screen Stretch oynasidagi (8-rasm) qizil va yashil ko’rsatgichlarni siljitish orqali amalga oshiriladi. Shuningdek, ro’yxatdan kerakli parametrlarni tanlab, tasvir tiniqligini o’zgartishning avtomatik rejimini ham tanlash mumkin.





    8-rasm. Tasvir tiniqligini boshqarish oynasi.
    Dasturning ishlash jarayoni haqidagi to’liq ma’lumotlarni menyu ning asosiy paneli hisoblangan Help bulimidan topish mumkin.







    Download 1.28 Mb.
    1   2   3   4   5




    Download 1.28 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Sequence ni tanlang (6-rasm). Autosave Filename

    Download 1.28 Mb.