|
Samarqand viloyati xalq ta’limi boshqarmasi Samarqand xalq ta’limi bo’limi tasarrufidagi 36-umumiy o’rta ta’lim maktabi 7-“B” sinf
|
bet | 1/9 | Sana | 07.11.2022 | Hajmi | 493.61 Kb. | | #29278 |
Bog'liq 7-sinf sinf soati ish reja va konspekti MOTIVATSIYA, 4-dars-Трансформаторлар, Ku2g8ErFOiwCmzcjKvI8ZLu66w099HPio5mnUayK, LAPITAL QOIDASI, 1710497940
Samarqand viloyati xalq ta’limi boshqarmasi
Samarqand xalq ta’limi bo’limi tasarrufidagi
36-umumiy o’rta ta’lim maktabi 7-“B” sinf rahbari
RAVSHANOV ISLOMNING
2021-2022-o‘quv yili uchun
SINF SOATI REJALARI VA DARS ISHLANMALARI
Tushuntirish xati
Bolalarimizni birovlarning qo’liga berib qo’ymasdan, ularni o’zimiz tarbiyalashimiz lozim.
Shavkat Mirziyoyev
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalq ta’limi tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 5-sentyabrdagi PQ-3931-son qarori hamda Vazirlar Mahkamasining “Umumiy o‘rta ta’Iim muassasalarida “Tarbiya” fanini bosqichma- bosqich amaliyotga joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 6-iyuldagi 422-son qarorida belgilandi. 2021-2022-o‘quv yilidan boshlab 1-11-sinflarda haftaning juma kunidagi birinchi darsni sinf rahbarlari va tegishli mutahasisslar tomonidan “Sinf soati” sifatida o‘tilishi yo‘lga qo‘yildi. Ma’lumki, sinf rahbari o‘z sinfidagi o‘quvchilarning bevosita ta’lim-tarbiya jarayoni, ya’ni darslar davomida hamda darsdan keyingi faoliyatini nazorat qilishga mas’ul shaxs hisoblanadi.
Umumiy o`rta ta’lim muassasalarida sinf rahbari faoliyati O`zbekiston Respublikasining “Ta’lim to`g`risida”gi Qonuni, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ta’lim sohasidagi qarorlari, Xalq ta’limi vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan tegishli me’yoriy hujjatlar va Xalq ta’limi vazirligining 2020-yil 30-iyuldagi 180-sonli buyrug`i 2-ilovasi bilan tasdiqlangan“Ta’lim muassasalari sinf rahbari to`g`risida Nizom” asosida tashkil etildi.
Mazkur dastur va metodik qo’llanmayuqorida nomlari keltirilgan ta’limga oid huquqiy va me’yoriy hujjatlarga, shuningdek, umumiy o‘rta ta’limning uzluksizligi va izchilligiga, zamonaviy metodologiyalarga asoslangan.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Samarqand viloyati xalq ta’limi boshqarmasi Samarqand xalq ta’limi bo’limi tasarrufidagi 36-umumiy o’rta ta’lim maktabi 7-“B” sinf
|