• Darsning borishi
  • III. YANGI MAVZU BAYONI
  • V. Baholash: VI. Uyga vazifa
  • Sana: Sinf : 8 b mavzu




    Download 14.11 Kb.
    Sana11.02.2023
    Hajmi14.11 Kb.
    #41910
    Bog'liq
    12 Energetik pog‘onachalar
    16 Katta davr elementlarining atom tuzulishi, Elektronika va sxemalar ax-11-20 norqobilov lazizjon 3-mustaqil -www.hozir.org, Elektr uzatish liniyalari parametrlarining aylanma vektor diagra-fayllar.org, c da massivlar bilan ishlash, 2 Темы для ср (заочный)972, TTB 2-laboratoriya

    Sana:
    Sinf : 8 B

    Mavzu: Energetik pog‘onachalar.


    Darsning maqsadi :


    a)ta’limiy: O‘quvchilarga elektronlarning yadro atrofida
    hara katlanish qonuniyatlari, kvant sonlari, ko‘zga ko‘rinmas mikrool-
    amdagi harakatlanish qonuniyatlari haqidagi tushunchalarni etkazib,
    ularning bu boradagi bilimlarini kengaytirish.


    b)Tarbiyaviy: O’quvchilarga axloqiy, iqtisodiy tarbiya berish.


    s) Rivojlantiruvchi: O’quvchilarning fanga bo’lgan qiziqishlarini orttirish, dunyoqarashini kengaytirish.
    g) DTS – talablari.


    Dars turi: Yangi bilim berish
    Dars uslubi: Ananaviy
    Dars jihozi: Darslik, davriy sistema, ko’rgazmali qurollar, kadaskop, kompyuter.
    Darsning borishi :

    1. Tashkiliy qism

    Salomlashish, navbatchi axboroti, sinf tozaligini nazorat qilish, manaviyat daqiqasi, fan yangiliklari.


    II. Otgan mavzuni so’rash:

    Darsni munozarali o‘tkazish uchun quyidagi savollar berish


    maqsadga muvofiqdir:
    1) Elektronlar manfiy zaryadlangan bo‘lsa nima uchun musbat
    zaryadlangan yadroga tortilib, yopishib qolmaydi?
    2) Elektronlar yadro atrofida juda katta tezlik bilan aylanma hara-
    kat qilishi natijasida hosil bo‘lgan markazdan qochuvchi kuch tufayli, qarama-qarshi zaryadlarning bir-biridan itarilishi nati-
    jasida nima uchun yadrodan uzoqlashib, sochilib ketmaydi?
    III. YANGI MAVZU BAYONI
    Iqtidorli o‘quvchilar uchun magnit kvant soni va spin kvant sonlari
    haqida ham tushunchalar berish mumkin. Ushbu dars oldingi dars ning
    davomi bo‘lganligi uchun quyidagi savollar asosida, o‘quvchilarda mav-
    zuni o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish tavsiya etiladi.
    Yadro atrofida elektronlar qanday harakatlanadi? Albatta, tartibsiz,
    guruh-guruh bo‘lib emas. Elektronlar manfiy zaryadlangan zarrachalar
    bo‘lgani uchun bir-biridan iloji boricha uzoqda joylashishi kerak. Buni
    qanday izohlaysiz?
    O‘quvchilarning bu borada bildirgan fikrlari eshitiladi va o‘zaro
    munozara uyushtiriladi. Elektronlar yadro atrofida energetik pog‘onalarda harakatlanadi.
    Energetik pog‘onalar pog‘onachalarga, pog‘onachalar energetik
    yacheykalarga bo‘linadi.
    Elektronlarning harakati to‘rtta kvant soni bilan xarakterlanadi.
    1. Bosh kvant soni – n n=1, 2, 3, 4, 5, ·····
    K L M N O ·····
    Bosh kvant sonining qiymati qancha kichik bo‘lsa, ayni
    pog‘onachalardan elektronlarning yadro bilan bog‘lanish energiyasi
    qabul qilib n qiymati kattaroq bo‘lgan pog‘onacha ko‘chadi.
    Har qaysi energetik pog‘onadagi elektronlar soni 2n2 formula bilan
    topiladi.
    n=1 bo‘lganda : 2·12= 2 ta elektron
    n=2 bo‘lganda : 2·22= 8 ta elektron
    n=3 bo‘lganda : 2·32= 18 ta elektron
    n=4 bo‘lganda : 2·42= 32 ta elektron
    Orbital kvant soni energetik pog‘onachalardagi elektronlarning ener-
    giyasini yoki elektron «bulut»larning shaklini ifodalaydi. Orbital kvant
    sonining qiymati:
    0 dan n-1 gacha bo‘ladi.
    n=1 bo‘lganda l=0
    n=2 bo‘lganda l=0,1
    n=3 bo‘lganda l=0,1,2, va · · ·
    n va l orasidagi bog‘lanish.

    1. Tartib raqami 25 va 35 bo‘lgan elementlarning elektron formulalarini

    yozing. Bu elementlar qaysi elektron oilasiga mansub?

    1. Tartib raqami 17 va 26 bo‘lgan elementlarning elektron formulalarini

    yozing. Bu elementlar qaysi elektron oilasiga mansub?
    V. Baholash:
    VI. Uyga vazifa: 2-4 topshoriqlar.
    Download 14.11 Kb.




    Download 14.11 Kb.