Sanepidqo'm laboratoriyalari laboranti (Sanitar-gigiyenik laboratoriya laboranti) mutaxassisligi bo‘yicha shakllantirilgan og‘zaki savollar ro‘yxati Ikkinchi malaka toifasi uchun




Download 44.79 Kb.
bet1/3
Sana05.11.2023
Hajmi44.79 Kb.
#94454
  1   2   3
Bog'liq
14labor-sanepidkom-sangig-uz
2 5334716451011953804, 4, 2, Bazalash asoslari, Презентация2, tasks, konstitutsiya, O, MIndset 1, 11-sinf betlik tayyor, Litosfera va undagi muommolar. Tuproq, uning ahamiyati va tirik organizmlar hayotidagi roli. xx, Mustaqil ish mavzulari (1), МТ MMT-2-гуруҳ (2), 2. Tug\'ilganlar soni-Jami

Sanepidqo'm laboratoriyalari laboranti (Sanitar-gigiyenik laboratoriya laboranti) mutaxassisligi bo‘yicha shakllantirilgan og‘zaki savollar ro‘yxati


Ikkinchi malaka toifasi uchun:



  1. Bolalar va o‘smirlar gigiyenasining vazifasi nimadan iborat.

  2. Bolalarning jismoniy rivojlanishini tekshirish va baholash.

  3. Tabiiy ovqatlanishga qanday mutloq moneliklar bor.

  4. Bolalar uchun tikilgan ustki, ichki kiyimlar gazlamalarini va poyafzallarni gigiyenik baholash.

  5. Yozgi dam olish muassasalari uchun ajratilgan yerlarga gigiyenik talablar.

  6. Umurtqa pog’onasining patologik qiyshayishi.

  7. Bolalar o‘ynash maydonchalarini tekshirib, baho berish.

  8. Kompyuter sinflaridagi mikroiqlim va yoritilganlikni o‘lchash tartibi qanday.

  9. Maktabgacha va maktab muassasalarida kundalik sanitariya nazoratini o‘tkazish.

  10. Sog‘lomlashtirish muassasalarida tibbiyot xonalarini jixozlash.

  11. Salomatlik indeksi to‘g‘risida ma’lumot bering.

  12. O‘pkaning tiriklik sig‘imini aniqlash.

  13. Bolalar va o‘smirlar gigiyenasi shifokorining asosiy vazifasi.

  14. Antropometrik ko‘rsatkichlar to‘g‘risida ma’lumot bering.

  15. Somatometrik belgilarni ayting, samatoskopik ko’rsatkichlar nima.

  16. Bolalar va o‘smirlarning ovqatlanishiga qo‘yilgan gigiyenik talablarga asosan o‘tkazilgan tekshirish dalolatnomasini yozish va tadbirlar ishlab chiqish.

  17. Antropometrik tekshiruv o‘tkazilish tartibi.

  18. Antropometrik tekshirish kunning qaysi qismida o‘tkazilsa maqsadga muvofiq bo‘lar edi.

  19. Ishchi xodimlar: o‘qituvchilar, tarbiyachilar, taom tayyorlovchi va boshqalarni tibbiy ko‘rikdan o‘tganligini va sanitariya ahvolini tekshirish.

  20. Oshxona ishchi xodimlari va ularning ishini gigiyenik nazorat qilish.

  21. O‘g‘il bolalarning biologik rivojlanishi qaysi ko‘rsatkichlar bo‘yicha baholanadi.

  22. Qiz bolaning biologik rivojlanishi qaysi ko‘rsatkichlar bo‘yicha baholanadi.

  23. Flyurozning patogenezida yetakchi omil qaysi almashinuvning buzilishi bilan ifodalanadi.

  24. Bolalik davrining bosqichlari.

  25. Bolalar va o‘smirlarning to‘g‘ri ovqatlanishi uchun haftalik taomnoma tuzish.

  26. O‘quvchilar o‘rtasida xronometraj kuzatuvlarini olib borish.

  27. O‘yinchoqlarni tayyorlash uchun ishlatiladigan hom -ashyo va materiallarga bo‘lgan gigiyenik talablarni tushuntirib bering.

  28. O‘yinchoqlar tuzilishiga qo‘yilgan gigiyenik talablar.

  29. O‘yinchoqlar tayyorlashda foydalaniladigan bo‘yoqlarga bo‘lgan gigiyenik talablar.

  30. Optik o‘yinchoqlarga bo‘lgan gigiyenik talablar.

  31. O‘yinchoqlarni laboratoriyada tekshiruv usulini tushuntirib bering.

  32. O‘yinchoqlardan chiqadigan shovqin darajasi va ularni o‘lchash uslubini ko‘rsating.

  33. BMlaridagi o‘yinchoqlar ustidan JSN o‘tkazish tartibini va uning gigiyenik talablari.

  34. Kiyimlar inson organizmi uchun ahamiyati.

  35. Bolalar kiyimlariga qo‘yiladigan gigiyenik talablar.

  36. Kiyim materiallariga bo‘lgan gigiyenik talablarni tushuntirib bering.

  37. Matolarning gigroskopiklikligi.

  38. Matoning bug‘ o‘tkazuvchanlik talablarini tushuntirib bering.

  39. Tayyor mahsulotlarning kaloriyasini, bakteriyalar bilan zararlanganligini, vitaminlar bilan sun’iy boyitilishini aniqlash uchun namuna olish.

  40. Tebranish kasalligining sabablari.

  41. Suv manbai oldidagi joyda radiometrik tekshiruvlar o‘tkazilishining tartibi qanday.

  42. Radiatsion gigiyena sohasidagi joriy sanitariya nazoratining asosiy vazifasi.

  43. Radiatsiyadan himoya qilishning optimal usuli.

  44. Radiatsion moddalar odam organizmiga tushish yo‘llari.

  45. Radiatsion kasalligining simptomlari.

  46. Radiatsiyaga ta’sirchan oziq ovqat maxsulotlariga qaysi maxsulotlar kiritiladi.

  47. Nurlanish qanday asbob bilan o‘lchanadi.

  48. Kompyuter bilan jadal ishlaganda har necha soatda tanaffus qilish kerak.

  49. Havodagi CO2 gazi qanday aniqlanadi.

  50. Havodagi CO2 gazini shprits yordamida qanday aniqlanadi.

  51. Havoni bakteriologik tekshirishda qanday usullar qo‘llaniladi.

  52. Issiqlik saqlash xususiyati nima va qanday usullarda aniqlanadi.

  53. Suv tarkibida yod moddasining kam bo‘lishi qanday kasalikni rivojlantiradi.

  54. Dozimetrik nazorat asboblari bilan ishlash.

  55. Bolalar va o‘smirlar muassasalaridagi oshxonalar va bufetlarni tekshirish.

  56. Psixofiziologik ishlab chiqarish zararlarini ayting.

  57. Havodagi CO2 gazining ahamiyati qanday.

  58. Havodagi CO2 gazini aniqlash usullari.

  59. Atmosfera havosini epidemiologik ahamiyati qanday.

  60. Maktab o‘quvchilarining dars jadvalini gigiyenik jihatdan baholash.

  61. Turar joylarning havo haroratini o‘lchash va tahlil qilish.

  62. Havoning yo‘nalish tezligini o‘lchash va tahlil qilish.

  63. Atmosfera bosimi, havo namligini o‘lchash va tahlil qilish.

  64. Suvdan kimyoviy va bakteriologik tekshirish uchun sinama olish uning organoleptik, fizik, kimyoviy xususiyatlarini tekshirish.

  65. Turar joyning sanitariya tekshiruv jadvalini to‘ldirish, oziq-ovqat mahsulotlaridan bakteriologik tekshirish uchun sinama olish.

  66. Sanitariya tekshiruv varaqasini to‘ldirish.

  67. Bolalar va o‘smirlarning zararli odatlarini, ularning salomatligiga ta’siri oldini olish chora tadbirlarini olib borish.

  68. Sanitariya maorif ishi bo‘yicha ma’ruza tayyorlash.

  69. SEO va JSKning kommunal gigiyena bo‘limining ish rejasini tuzishni.

  70. Rasmiy va hisobot hujjatlari bilan ishlash, dalolatnoma to‘ldirishni,ekologik muhit omillarini aniqlash.

  71. Havo harorati, namligi, harakat tezligi, atmosfera bosimini aniqlash.

  72. Termometrlarning turlari.

  73. Hisoblash jadvali yordamida havo namligini hisoblab topish.

  74. Simobli aneroid-barometrlar, barograf yordamida ishlash.

  75. Qaysi yoshdagi shaxslalarni ionlantiruvchi nurlanishlar bilan ishlashiga ruxsat berilmaydi.

  76. Havo radioaktivligini aniqlash maqsadida undan namuna olishning qanday usullari qo‘llaniladi.

  77. Ionlantiruvchi nurlanish manbalari bilan ishlovchi shaxslarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishda birinchi navbatda qaysi a’zolarini tekshiriladi.

  78. Rentgen xonalaridagi radiatsion nazoratga gigiyenik talablar.

  79. Qanday moddalar inson organizmiga radioaktiv moddalar tabiiy tushishiga sabab bo’ladi.

  80. Dinamometriya qanday o‘tkaziladi.

  81. Ultrabinafsha nurlar ta’sirida qanday kasalliklar kelib chiqadi.

  82. Ishning og‘irligi qanday kategoriyalarga bo‘linadi.

  83. Kasbiy anamnez qaysi hujjat asosida tuziladi.

  84. Davriy tibbiy ko‘riklarning asosiy maqsadi nimalardan iborat.

  85. Eshitish funksiyasini aniqlashda qanday tekshiruvlar olib boriladi.

  86. Ishchilarda nafas olish a’zolariga chang ta’siri nimalar bilan ifodalanadi.

  87. Palatalar havosi namligining asosiy turlarini ayting.

  88. Havoning namligini qanday turlarini bilasiz, qaysi moslamalar yordamida o‘lchanadi.

  89. Yuqori chastotali tebranishning qon tomirlariga ta’siri.

  90. Sanitariya statistika va dinamik kuzatish usullarini qo‘llash.

  91. Aholi turar joylarini sanitariya jihatdan tekshirish va hujjatlarini to‘ldirish.

  92. Madaniy-maishiy xizmat binolarini sanitariya jihatdan tekshirish va dalolatnomasini to‘ldirish.

  93. Mehnat gigiyenasi sohasida Davlat sanitariya nazoratining vazifasi va me’yoriy hujjatlari bilan ishlash.

  94. Kasbiy va kasbiy- yuqumli xastaliklarni va biologik omillarni ta’sirini bartaraf qilish.

  95. Yorug‘lik manbalarining turlari, yoritilishiga gigiyenik baho berishni.

  96. Xodimlarni shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish.

  97. Tabiiy yorug‘lik koeffisiyentini aniqlash.

  98. Shovqin darajasini aniqlash.

  99. Kasbiy zaharlanishning oldini olish maqsadida sanitariya-oqartuv ishlarini olib borish.

  100. Muntazam tibbiy ko‘rikdan o‘tishi lozim bo‘lgan ishchilarni aniqlash.

  101. Kasallanishni asosiy ko‘rsatkichlarini hisoblab chiqish, ularni ishonchliligini aniqlash va grafik tasvirini chizish.

  102. Changni miqdoriy aniqlash.

  103. Oziq- ovqat mahsulotlaridan sinamalar olish va hujjatlarni rasmiylashtirish.

  104. Go‘sht va go‘sht mahsulotlarini organoleptik, kimyoviy jihatdan tekshirish.

  105. Sut va sut mahsulotlarini organoleptik, kimyoviy jihatdan tekshirish.

  106. Un va non mahsulotlarini organoleptik, kimyoviy jihatdan tekshirish.

  107. Tayyor taomlar, yormalar analizi.

  108. Konserva mahsulotlari, alkogolsiz ichimliklar va osh ishlab chiqarish korxonalarida shovqin darajasini o‘lchash va natijalarni baholash.

  109. Shovqinni o‘lchash natijalariga sanitariya xulosasini berib, dalolatnoma to‘ldirish.

  110. Shovqin va tebranish manbai hisoblangan texnologik jarayonga hamda korxonalarni jihozlashga gigiyenik jihatdan baho berish.

  111. Shovqin, tebranish va ultratovushdan muhofaza qilish bo‘yicha tavsiyalar berish.

  112. Ekspress usuli yordamida havodagi zararli moddalarni aniqlash.

  113. Metall aerozollarni nefelometrik yo‘l bilan aniqlash.

  114. Laboratoriya analizi uchun havo sinamalarini olish.

  115. Kuchli ta’sir qiladigan moddalarni ishlatishda va saqlashda nazorat o‘tkazish.

  116. Ventilyasion qurilmalarni sanitariya jihatdan tekshirish va ventilyatsiya sistemasi ustidan sanitariya nazorati o‘rnatish va uning samaradorligiga baho berish.

  117. Korxona uchastkalaridagi ventilyatsiya sistemasiga gigiyenik jihatdan baho berish.

  118. Havodan sinama olish, suvli aspirator, elektroaspirator bilan ishlash.

  119. Havoni ifloslantiruvchi manbalarni sanitariya jihatidan tekshirish va dalolatnoma to‘ldirish.

  120. Suvdan sinama olish va dalolatnoma to‘ldirish, suvning organoleptik ko‘rsatkichlarini aniqlash.

  121. Biologik moddalarga sarf bo‘lgan kislorodni (BPK)aniqlash.

  122. Suvning koli-titri va koli-indeksini aniqlash.

  123. Tuproqni sinamaga olish, uning fizik xossalari va zaharli kimyoviy moddalarni aniqlashga tekshirishni.

  124. Tuproqning donadorligini va uning tarkibi.

  125. Vibratsiya (tebranish) harakatini ishchi tanasiga ta’siri.

  126. Kasallanishni asosiy ko‘rsatkichlarini hisoblab chiqish,ularni ishonchliligini aniqlash va grafik tasvirini chizish.

  127. Kasallanish ko‘rsatkichlarini mehnat sharoitlarining gigiyenik tavsifi bilan taqqoslab tahlil qilish.

  128. Ishlab chiqarish korxonalarida shikastlanishning oldini olish uchun tavsiyalar berish, sanitariya-maorif ishlarini olib boorish.

  129. Do‘kon, mayda chakana savdo do‘konlari, dehqon bozorlarini tekshirish.

  130. Ovqat mahsulotlarining saqlanishi, tarqatilishi va tashilishining sanitariya-gigiyena me’yor va qoidalariga rioya qilinayotganligiga baho berish.

  131. Savdo korxonalarida sanitariya-epidemiya xavfini tug‘diruvchi omillarni aniqlash.

  132. Dehqon bozoridagi veterinariya-sanitariya tekshirish laboratoriyasining gigiyenik laboratoriyadan farqini aniqlash.

  133. Sog‘lomlashtirish tadbirlarini olib borish uchun reja topshiriq tuzish, obyektlarni «pasportizasiya»dan o‘tkazish.

  134. Savdo korxonalarida ishlovchi xodimlarga sanitariya gigiyena qoidalarini o‘rgatish, jamoatchi sanitariya inspektorini tayyorlash.

  135. Zaharlanganlardan so‘rab chiqish, sxemasini tuzish.

  136. Ovqatdan zaharlanishning sababini aniqlash, ovqatdan zaharlanish sodir bo‘lganda oziq-ovqat korxonasini tekshirib, dalolatnoma tuzish.

  137. Ovqatdan zaharlanish xodisasi sodir bo‘lganda mahsulotdan namuna va surtmalar olish,dalolatnoma tuzish uchun material to‘plash, sanitariya statistika va dinamik kuzatish usullarini qo‘llash.

  138. Antropometrik tekshirish o‘tkazishga qoyiladigan talablar qanday.

  139. Qaysi kasb egalarida zaharlanish ehtimoli uchraydi.

  140. Mineral chang ta’sirida qaysi chang yetakchi bo‘ladi.

  141. Demografik ko‘rsatkichlarni hisoblash.

  142. Mehnatga yaroqsizlik varaqasini o‘rganish, nogironlikning sabablarini aniqlash.

  143. Tez tibbiy yordam, dispanserlar va stomatologik xizmat ko‘rsatish ishini tashkillashtirish.

  144. Ishlab chiqarish korxonalarida sog‘liqni saqlash punktlarini tashkil qilish.

  145. Sanitariya – oqartuv ishlarini olib borilishi. Sanitar vrachi va epidemiolog yordamchisining vazifalari.

  146. Qishloq xo‘jaligida o‘simliklar himoyasida qo‘llaniladigan kimyoviy moddalarni saqlash, qo‘llash, tashish tartibi.



Download 44.79 Kb.
  1   2   3




Download 44.79 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Sanepidqo'm laboratoriyalari laboranti (Sanitar-gigiyenik laboratoriya laboranti) mutaxassisligi bo‘yicha shakllantirilgan og‘zaki savollar ro‘yxati Ikkinchi malaka toifasi uchun

Download 44.79 Kb.