Sanepidqo'm laboratoriyalari laboranti (Sanitar-gigiyenik laboratoriya laboranti) mutaxassisligi bo‘yicha shakllantirilgan og‘zaki savollar ro‘yxati Ikkinchi malaka toifasi uchun




Download 44.79 Kb.
bet3/3
Sana05.11.2023
Hajmi44.79 Kb.
#94454
1   2   3
Bog'liq
14labor-sanepidkom-sangig-uz
2 5334716451011953804, 4, 2, Bazalash asoslari, Презентация2, tasks, konstitutsiya, O, MIndset 1, 11-sinf betlik tayyor, Litosfera va undagi muommolar. Tuproq, uning ahamiyati va tirik organizmlar hayotidagi roli. xx, Mustaqil ish mavzulari (1), МТ MMT-2-гуруҳ (2), 2. Tug\'ilganlar soni-Jami
Oliy malaka toifasi uchun:



  1. Kasb kasalliklariga chalingan bemorlarga kasallik varaqasini to‘ldirishda qanday hujjatlar talab qilinadi.

  2. Vrachlik mehnat ekspertizasi vazifallariga nimalar kiradi.

  3. Simobdan zaharlanishning og‘ir turida bemorlarda qanday holat kuzatiladi.

  4. Gigiyenada qaysi usullar yordamida tekshirishlar olib boradi.

  5. Suvning sifatini belgilovchi gigienik me‘yorlar qanday.

  6. Kattalarda, bolalarda suv qancha muddatda yangilanib turadi

  7. Kasbiy zararlar necha turga bo‘inadi.

  8. Suvning koli titri meyorda qancha bo‘ladi.

  9. Tomirlarning varikoz kengayish kasalligi qanday kasbdagi kishilarda uchraydi.

  10. Pnevmokoniozni o‘pka silidan ajralib turadigan klinik belgilari.

  11. Pestitsidlar bilan zaharlanganda shoshilinch yordam ko‘rsatish.

  12. Karbokoniozlar qanday rivojlanadi.

  13. Bemorlarni mehnatga layoqatliligini aniqlashda nimalar hisobga olinadi.

  14. Qo‘rg‘oshinli sanchiqni qaysi kasallik bilan taqqoslanadi.

  15. Fosfor organik birikmalar bilan zaharlanganda qaysi antidot qo‘llaniladi

  16. Vodoprovod suvida me‘yorda saprofit bakteriyalar soni qancha bo’lishi kerak.

  17. Xona havosida karbonat angidrid qancha bo‘lganda yoqimsiz hid paydo bo‘ladi.

  18. Terining yiringli kasalliklari qaysi kasb egalarida kuzatiladi.

  19. Kasbga oid egzemada bemorning shikoyatlari.

  20. Kasbi bilan bog‘liq bronxial astmada bemorga birinchi yordam ko‘rsating.

  21. Nur kasalligining klinik belgilariga nimalar kiradi.

  22. Elektromagnit manbaidagi yuqori chastotali nurlanish bilan ishlash natijasida ko‘zda qanday zaharlanish kuzatiladi.

  23. Bitsinozning asoratlari.

  24. Pestitsidlar bilan zaharlanganda ko‘zga tomiziladi.

  25. Qo‘rg‘oshindan zaharlanishda me’da-ichak sindromi.

  26. Qo‘rg‘oshin organizmga kirganda ko‘proq qaysi organda to‘planadi.

  27. Pnevmokoniozning birinchi bosqichida rentgenologik tekshiruvdagi o‘zgarishlar.

  28. Pnevmokoniozning ikkinchi bosqichida rentgenologik tekshiruvdagi o‘zgarishlar.

  29. Astma xurujlari mehnat faoliyatining qaysi davrida paydo bo‘ladi.

  30. Surunkali kasbiy zaharlanish kuzatilganda shoshilinch xabarnoma olgandan so‘ng yakunlovchi tashxis qo‘yguncha qancha vaqt davomida sababi aniqlanadi.

  31. Ish zonasi havosiga o‘tkir yo‘nalishli mexanizm ta’siriga ega zararli moddalarni tushish ehtimoli bo‘lganda namuna qancha muddat ichida olib boriladi.

  32. Metalokoniozni keltirib chiqaruvchi omillar.

  33. Kimyoviy ishlab chiqarish omillarining kumulyatsiyasi.

  34. Polinevrotik sindromda bemorlarga qo‘llaniladigan preparatlar.

  35. Simob ishlatadigan korxonalar havosida simobning ruxsat etilgan dozasi.

  36. Asab tizimiga ta’sir etuvchi qanday organik erituvchilarni bilasiz.

  37. Qon va qon hosil qiluvchi a’zolarga ta’sir etuvchi organik erituvchilarni ayting.

  38. MNS qo‘rg‘oshin bilan zaharlanganda qanday sindromlar faqrqlanadi

  39. Pallesteziometriya nima.

  40. Reovazagrafiyada nimalar aniqlanadi.

  41. Fosfororganik birikmalar bilan zaharlanganda bemorga birinchi yordam ko‘rsating.

  42. Qaysi ma’lumotlar asosida kasallanishning chuqurlashtirilgan tahlilini olib borish yaxshiroq.

  43. Infra qizil nur ta’sirida ko‘zda qanday kasallik rivojlanadi.

  44. Aerozollarning fibrogen ta’sirini xavfi asosan nimaga bog‘liq.

  45. Ko‘rsatilgan a’zolardan qaysi biri fibrogen changga eng ta’sir.

  46. Simob uzoq muddat organizmga kirishidan qanday kasallik yuzaga keladi.

  47. Qanday kimyoviy moddalarda material kumulyatsiya holati kuzatiladi.

  48. Kasbdan zaharlanish va kasb kasalliklarini tekshirishda qanday hujjat rasmiylashtiriladi.

  49. Sarkaidoz kasalligi necha bosqichda kechadi.

  50. Ishlab chiqarish korxonasida ish faoliyatini to‘xtatish haqidagi qaror qanday vaziyatlarda chiqariladi.

  51. O‘pka karsinomatozini tekshirish usullari.

  52. Ko‘z bilan bajariladigan ishlarda razryad qanday aniqlanadi.

  53. To‘g‘ri kolorametriya Salomatlikni ifodalovchi ko‘rsatkichlari.

  54. Bronxial astmaning infeksion allergik turi qanday rivojlanadi.

  55. Egzogen allergik alveolidlar qanday kasallik.

  56. Nafas olish tizimining zaharli kimyoviy omillar ta’siridan rivojlangan kasb kasalliklari.

  57. Organoleptik xossalaridan -suvning tiniqligini aniqlash tartibi qanday.

  58. Gavda vaziyatiga bog‘liq qanday kasb kasalliklarini bilasiz.

  59. Suvni ozonlash orqali zararsizlantirish.

  60. Oqava suvlarni mexanik tozalash qurilmalarini ayting.

  61. Ho‘randalardan bo‘shagan idish- tavoqlar yuvilish tartibi qanday.

  62. Tayyor ovqatni tarqatadigan hodimlarga qoyiladigan gigienik talablar.

  63. Tuproqning o‘z- o‘zidan tozalanish bosqichlarini ayting.

  64. Suyuq axlatlarni yig’ish va tashib ketish.

  65. Qattiq chiqindilarni olib ketish va zararsizlantirish usullari.

  66. Paxta tozalash zavodi yonidagi axolidan changlanish ko‘p bo‘lishi to‘g‘risida shikoyat tushdi. Mehnat gigiena vrachi (MGV) shu holat bo‘yicha olib boradigan ishlari.

  67. Ishlab chiqarish ob‘ektlariga yer maydoni ajratishda SEO va JSQ (DSNEM)ning qaysi mutaxasislari ishtirok etadi.

  68. Radio elektron ishlab chiqarish korxonasida davriy tibbiy ko‘rik o‘tkazilganda bir qancha ishchilarda uyqu buzilganligi, gipotoniya, bradikardiya, ko‘rish qobiliyatini pasayishi, kuzatiladi. Bu nimadan dalolat beradi va nima chora qilish lozim.

  69. Yig‘uv korxonasida elektr payvandlash ishlari olib borilishida ikki ishchi ko‘zining qattiq og‘rig‘iga, ko‘z yoshlanishiga, qizarishiga shikoyat qildilar. Bu qanday kasallanish sabablari.

  70. Ish smenasida shovqin darajasi 5 dBA gacha o‘zgarib tursa, qanday shovqin deyiladi.

  71. Ish joylarida tovush bosimi oktava yo‘llarida va dBA larda me‘yorlash qaysi shovqinga mansub.

  72. Ishlab chiqarishda shovqinni me‘yorlashda nimalar ko‘zda tutilgan.

  73. Ishchi zonasiga o‘tkir tasir mexanizmiga ega bo‘lgan zararli moddalar tushishi mumkin bo‘lgan holatda qancha sinama olinadi.

  74. Qichishtiruvchi qaysi gazlar bir daqiqada o‘lim chaqiradi.

  75. Zaxarlanishni sabablarini aniqlamasdan tez yordam xizmati vrachi «o‘tkir qo‘rg‘oshindan kasb zaxarlanish» diagnozini qo‘ydi. Shoshilinch xabarnoma SEO va JSK(DSENM)ga 1 sutkadan so‘ng yuborildi. Shu holatga baxo bering.

  76. Mehnat gigiyenasi vrachi surunkali kasbiy kasalliklar(zaxarlanish) to‘g‘risidagi yakuniy diagnoz qo‘yilganlik xabari olgan paytdan qancha vaqt davomida taftish olib borishi mumkin.

  77. Korxona loyixalash va qurilish ustidan ogoxlantiruvchi san nazorati o‘tkazishda asosan qanday xujjatlardan foydalaniladi.

  78. Kechki navbatchilikda kanop ishlab chiqaradigan zavodda ventilyasiya orqali tozalanmagan havo chiqarildi, mehnat gigiena vrachi qanday chora qo‘llash kerak.

  79. Sanitariya-himoya mintaqasida qanday inshoatlar qurish ta'qiqlanadi.

  80. Mehnat gigienasi vrachi ishlab chiqarish ob’yekti uchun er ajratish komissiyasi tarkibida qanday masalalarni hal etadi.

  81. Sanitar baktereologik tekshirish usuli orqali tuproqninig qaysi ko‘rsatkichlari aniqlanadi.

  82. Epidemiologik nuqtai nazardan qaysi mikroorganizm suvning havfsizligini ta'minlovchi ko‘rsatkichi hisoblanadi.

  83. Chiqindilarni vaqtincha saqlash joylariga qo‘yiladigan gigiyenik talablar.

  84. Kasalxonada har bir bemor uchun qancha umumiy maydon ajratiladi.

  85. Kasalxonaga ishga kirish uchun xodimlar qanday tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi.

  86. Sanitariya va maorif ishining usul va vositalari.

  87. Yoritilish qaysi uskanalarida aniqlanadi, ta’biy va sun’iy yoritilishni aniqlash.

  88. Bolalarning jismoniy rivojlanishini tekshirish va baholash.

  89. Turar joylarning havo haroratini o‘lchash va tahlil qilish.

  90. Havoning yo‘nalish tezligini o‘lchash va tahlil qilish.

  91. Atmosfera bosimi, havo namligini o‘lchash va tahlil qilish.

  92. Suvdan kimyoviy va bakteriologik tekshirish uchun sinama olish.

  93. Suvdan sinama olish va uning organoleptik, fizik, kimyoviy xususiyatlarini tekshirish.

  94. Turar joyning sanitariya jihatdan tekshirish kartasini to‘ldirish.

  95. Rasmiy va hisobot hujjatlari bilan ishlash, dalolatnoma to‘ldirish,ekologik muhit omillarini aniqlash.

  96. Havo harorati, namligi, harakat tezligi, atmosfera bosimini aniqlash.

  97. Hisoblash jadvali yordamida havo namligini hisoblab topish.

  98. Havodan sinama olish, havoni ifloslantiruvchi manbalarni sanitariya jihatidan tekshirish va dalolatnoma to‘ldirish.

  99. Tayyor mahsulotlarning kaloriyasini, bakteriyalar bilan zararlanganligini, vitaminlar bilan sun’iy boyitilishini aniqlash uchun namuna olish.

  100. Suvdan sinama olish va dalolatnoma to‘ldirish,suvning organoleptik ko‘rsatkichlarini aniqlash.

  101. Suvning koli-titr va koli-indeksini aniqlash.

  102. Tuproqni sinamaga olish, kimyoviy moddalarni aniqlashga tekshirish.

  103. Tuproqning donadorligini va undagi gijja tuxumlari soni, ichak tayoqchasi titrini aniqlash.

  104. Ishlab chiqarishdagi changni aniqlash.

  105. SEOM(SEO va JSK) ning radiologik laboratoriyalarida tekshiruv asboblari (dozimetrlar, radiometrlar) yordamida o’lchash ishini olib borish va natijalarini tahlil qilish.

  106. Changlanish darajasini aniqlash uchun havodan namuna olish, namunani aspiratsion usulda aniqlash.

  107. Ishlab chiqarish korxonalarida shovqin darajasini o‘lchash va natijalarni baholash.

  108. Ekspress usuli yordamida havodagi zararli moddalarni aniqlash.

  109. Metall aerozollarni nefelometrik yo‘l bilan aniqlash.

  110. Yorug‘lik koefisenti qanday aniqlanadi.

  111. Yuqori havo xarakati tezligi qaysi asbobolarda va qanday o‘lchanadi.

  112. Ish joyidagi yorug‘likni o‘lchash, o‘lchov natijalarini baholash va dalolatnoma tuzish, yorug‘likni yaxshilash uchun ko‘rsatma berish.

  113. Pestisidlarni saqlash, tarqatish va qo‘llash ustidan sanitariya nazorati o‘tkazish.

  114. Qurilish ishida mehnat hamda texnika xavfsizligi ustidan nazorat olib borish.

  115. Laboratoriya tekshiruv natijalarini hisobga olib, kasallanish va shikastlanish ko‘rsatkichlarini tahlil qilish.

  116. SEOM (SEO va JSK) ning bolalar va o‘smirlar gigiyenasi bo‘limi ish rejasi, hisobot hujjatlari va jurnallarini rasmiylashtirish.

  117. Bolalar va o‘smirlar muassasasini sanitariya-gigiyenik jihatdan tekshirish sxemasini tuzish.

  118. Bolalar va o‘smirlar muassasalarini (bog‘cha, maktab,lisey, kollej) sanitariya-gigiyenik jihatdan tekshirib,dalolatnoma to‘ldirish.

  119. Bolalar va o‘smirlar muassasalarida tibbiy ko‘rik o‘tkazishni tashkil etish.

  120. Bolalar o‘rtasida antropometrik va fiziometrik o‘lchash ishlarini bajarish.

  121. Jismoniy rivojlanish ko‘rsatkichlariga asosan baholash.

  122. Bolalar va o‘smirlar muassasalaridagi kun tartibini tahlil qilib, baholash.

  123. Maktab o‘quvchilarining dars jadvalini gigiyenik jihatdan baholash.

  124. Laborator tekshirish taxlillari yakuniga asosan dalolatnoma yozish va chora tadbirlarni belgilash.

  125. O‘quvchilar o‘rtasida xronometraj kuzatuvlarini olib borish.

  126. Bolalar muassasalarda jismoniy tarbiya darslarining tashkil qilinishini analiz qilish.

  127. Bolalar va o‘smirlar muassasalaridagi oshxonalar va bufetlarni tekshirish.

  128. Suvning yuqumli kasalliklar tarqalishidagi ro‘li.

  129. Oshxona ishchi xodimlari va ularning ishini gigiyenik nazorat qilish.

  130. Bolalar va o‘smirlarning to‘g‘ri ovqatlanishi uchun haftalik taomnoma tuzish.

  131. Havodagi CO2 gazi qanday aniqlanadi.

  132. Havoni bakteriologik tekshirishda qanday usullar qo’llaniladi.

  133. Bolalar va o‘smirlarning ovqatlanishiga qo‘yilgan gigiyenik talablarga asosan o‘tkazilgan tekshirish dalolatnomasini yozish va natijasiga ko‘ra tadbirlar ishlab chiqish.

  134. Bolalar va o‘smirlar muassasalarida tibbiy xizmatning tashkil qilinganligini tekshirish.

  135. Ishchi xodimlar: o‘qituvchilar, tarbiyachilar, taom tayyorlovchi va boshqalarni tibbiy ko‘rikdan o‘tganligini tekshirish.

  136. Tekshiriluvchi muassasalardan suv namunasini olish va laboratoriya tahlili uchun yo‘llanma yozib yuborish.

  137. Bolalar va o‘smirlar muassasalarida sanitariya epidemiologik tekshirish o‘tkazish va dalolatnoma yozib tavsiyalar berish.

  138. Bolalar va o‘smirlar muassasalarini jihozlash va mehnat ta’limini tashkil qilishga doir gigiyenik tekshirish o‘tkazish, baholash, dalolatnoma yozib,profilaktik tadbirlar ishlab chiqish.

  139. Kompyuter sinflaridagi mikroiqlim va yoritilganlikni o‘lchash.

  140. Yozgi dam olish muassasalari uchun ajratilgan yerlarga baho berish.

  141. Bolalar o‘ynash maydonchalarini tekshirib, baho berishni.

  142. Sanitariya epidemiologiya osoyishtalik markazining ovqatlanish gigiyenasi bo‘limining hujjatlari va ish rejasi.

  143. Davolovchi-profilaktik parhez taomlar, ovqat ratsioniga baho berish bo‘yicha menyu-taomnoma tuzish.

  144. To‘g‘ri ovqatlanishning ahamiyati bo‘yicha aholi o‘rtasida sanitariya–maorif ishlarini olib borish.

  145. Oziq-ovqat mahsulotlaridan namuna olish va laboratoriyaga tekshirishga olinganligi to‘g‘risida dalolatnoma to‘ldirish.

  146. Oziq-ovqat mahsulotlarini organoleptik, fizik-ximik xususiyatlarini tekshirish.

  147. Go‘sht, baliq, sut, sut mahsuloti, bankali konservalar, alkogolsiz ichimliklarning, organoleptik xususiyatini tekshirish uchun namuna olish.

  148. Ovqat mahsulotlarini tekshirish uchun namuna (go‘sht, kolbasa, non, sut, sut mahsuloti, konservalar) olish.

Download 44.79 Kb.
1   2   3




Download 44.79 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Sanepidqo'm laboratoriyalari laboranti (Sanitar-gigiyenik laboratoriya laboranti) mutaxassisligi bo‘yicha shakllantirilgan og‘zaki savollar ro‘yxati Ikkinchi malaka toifasi uchun

Download 44.79 Kb.