• Elektr oʻtkazuvchanlik
  • Sanoat korxonalaridagi qurilmalarning tok o'tkazish qisimlari




    Download 47.5 Kb.
    bet1/2
    Sana15.12.2023
    Hajmi47.5 Kb.
    #119240
      1   2
    Bog'liq
    Sanoat korxonalaridagi qurilmalarning tok o
    Prip 742 u Saudxanova, file (5), elektr-energiyasi-tejamkorligi

    Sanoat korxonalaridagi qurilmalarning tok o'tkazish qisimlari
    Muallif F.I.O
    Annotatsiya: Ushbu maqolada sanoat korxonalaridagi va boshqa urulmalarning tok o‘tkazish qisimlari haqida ma’lumotlar keltirilgan.
    Kalit so‘zlar: elektr, o‘tkazuvchanlik, tok, kabel, yarimo‘tkazgich, fizik kattalik, izzolyatsiya, istemolchi, quvvat, moy
    Hozirgi zamon korxonalarida ishlab chiqarish jarayonlari o‘zining murakkab va ko‘p energiya qabul qiluvchi agregatlarining mavjudligi qolganlaridan farqidir. Sanoat korxonalarining elektr yuklamalari tayyorlanayotgan mahsulotlarining miqdori, texnologik jarayonning avtomatlashtirish darajasi hamda atrof-muhitni ifloslantirmaslikga qo‘yiladigan talablar, ishchi va xizmatchilarni ish sharoitlarini yaxshilash hamda muhofaza qilish bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘rsatgichlari orqali belgilanadi.
    Elektr oʻtkazuvchanlik — tashqi elektr maydon taʼsiri natijasida moddada elektr zaryadlarning koʻchish hodisasini ifodalaydigan tushuncha; jismning elektr tokini oʻtkazish xususiyati va bu xususiyatning miqdoran ifodalovchi fizik kattalik. Elektr tokini oʻtkazuvchi jismlarni oʻtkazgichlar deb ataladi. Oʻtkazgichlarda doimo erkin zaryad eltuvchilar — elektronlar hamda ionlar bor. Elektr oʻtkazuvchanlik miqdor jihatdan oʻtkazgichdagi elektr maydon kuchlanganligini bir birlik boʻlganda undan oʻtayotgan tok zichligi bilan aniqlash mumkin.
    Yarimoʻtkazgichlar va dielektriklarda elektronlarning zonalarda energetik sathlar boʻyicha joylashishi bir xil, lekin taqiqlangan zonaning kengliligi dielektriklarda kattaroq. Yarimoʻtkazgichlarda elektronlar issiqlik energiyasi hisobiga taqiqlangan zona orqali boʻsh zonaga oʻta oldi. Tra ortishi bilan bunday oʻtishlar ehtimoli ortadi. Oʻtgan elektronlar metallarda oʻtkazuvchanlik elektronlari turgan sharoitga oʻxshash boʻlgan sharoitda boʻladi hamda oʻtkazuvchanlikda qatnashadi. Dielektriklarda bunday natijaga ancha yuqori trada erishish mumkin desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Yarimoʻtkazgichlar va dielektriklarda temperatura koʻtarilsa elektr oʻtkazuvchanlik ortadi.
    Kabel mahsulotlari ishlatilishi bo‘yicha birqancha turlarga bo’linadi bular quyidagilardir:

    • havo elektr uzatkich yo‘llari va elektr transportida ishlatiladigan izolatsiyalanmagan simlar;

    • turg‘un va harakatdagi energiya iste’molchilarga mo‘ljallangan quvvat kabellari;

    • nazorat kabellari; montaj uchun simlar;

    • chulg'amlar uchun simlar;

    • xo‘jalik va qurilma simlari;

    • simli telefon aloqasi kabellari;

    • maxsus kabellar.

    Havo elektr uzatkich yo‘llari EUY da ishlatiladigan izolatsiyalanmagan simlarga katta mexanik yuklama, atmosfera yog‘ingarchiliklari va havo kislorodi ta’siri bevosita amalga oshadi. Bunday simlar po‘lataluminiy va aluminiydan tashkil topgan tarkibga ega. Po‘lat-aluminiy simlarning o‘rtasidan po‘lat simlar joylashtiriladi, uning atrofiga aluminiy simlar o'raladi. Simlar orasiga korroziyani amalga oshirmaydigan yani unga qarshi neytral qovushqoq modda kiritiladi. Elektr transportida ishlatiladigan simlar ko‘ndalang kesimi maxsus shakl berilgan mis va mis qotishmalaridan yasaladi.
    Kabel elektr uzatkich yo‘llaming afzailigiga keladign bo‘lsak:

    • ularda namlanishning yo'qligi;

    • egiluvchanligi va cho‘ziluvchanligi;

    • burilishlaiga chidamliligi;

    ichidagi tomirlaming siljimasligini taminlash maqsadida yetarli qattiqligi, sanoat energetikasida 6kV, 10kV, 30kV, 110kV, 132kV, 220kV, 275kV, 345kV, 380kV, 400kV, 500kV, 750 kV kuchlanishli kabellardan foydalanilmoqda. Kuch kabellari turg‘un iste’molchilarni elektr energiyasi bilan ta’minlashga mo‘ljallangan hissoblanib, ular yerosti handaqlari, yer osti kanallari, tunnellariga joylashtiriladi.
    Korxona ichida elektr energiyasini tarqatish uchun kabellar va tok o‘tkazgichlar, ba’zan havo elektr uzatkich yo‘llari ishlatiladi. Elektr ta’minoti tizimlarida 6 kV, 10 kV, 35 kV, 110 kV va 220 kV li kuch kabellaridan foydalaniladi. Kabelni mexanik zararlanishdan asrash uchun qobiq ustiga po‘lat tasmadan zirx yasaladi. Metall zirxni korroziyadan himoya qilish uchun ustiga bitum singdirilgan kabel qog‘ozi yoki to‘qima tasma o‘rash orqali uni muhofaza qilinadi. Kabel tomiri mis yoki aluminiydan yasaladi. Katta ko'ndalang kesimli kabel tomirining egiluvchanligini ta’minlash uchun tomirlar bir qancha simlardan tashkillanadi.
    Kabel izolatsiyasi komaund yoki moy shimdirilgan kabel qog‘ozi yoki polimer materialdan yasalishi kerak. Qog'oz tasmasining eni 12+32 mm, qalinligi 80+170 mkm va zichligi 0,78+1,1 t/m 3 bo‘ladi. Kuchlanishi 35 kV gacha kabelda moykanifol kompaundidan foydalaniladi. Moyga 15-30 % kanifol qo'shadigan bo‘lsak, uning quyushqoqligi ortadi hamda oqib ketishdan asraydi. Kabel tomiri qiziganda atrofida kichik o‘lchamli bo‘shliqlar paydo bo'lib, bo‘shliqdagi qism iyrazryadlar kabel elektr chidamligining kamayishiga olib kelishi aniqlangan. 110 kV va undan yuqori kuchlanishli kabellar bir tomirli yasaladi hamda, unda kam quyushqoqli moy qo'llaniladi va zichlangan qobiq ichiga bosim bilan ta’sir ko‘rsatiladi 6 kV va 10 kV kuchlanishlarda mis tomirli SBG va SBGV kabellari va aluminiy kabellardan foydalaniladi.


    Download 47.5 Kb.
      1   2




    Download 47.5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Sanoat korxonalaridagi qurilmalarning tok o'tkazish qisimlari

    Download 47.5 Kb.