• Foydalanilgan adabiyotlar
  • Shahar yo`lovchi tashish transportining aholi yo`lovchilarga xizmat ko`rsatishdagi o`rni




    Download 4.41 Mb.
    bet7/7
    Sana06.05.2023
    Hajmi4.41 Mb.
    #57212
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    SHAHAR YOlovchi
    Microsoft Word dasturidagi barcha mashhur tugmalar kombinatsiyalari, KT 209 22 guruh talabasi Tursunov Aminjonning kimyo fanidan mustaqil, кирин2, yangi yuz 11, Кайд варакаси PhD азолари Qurbonov, хидирова 2, ХИДИРОВАГА, ХИДИРОВА, Учебное пособие новое, 2-mavzu. O‘zbek milliy xalq xunarmandchiligi turlari-fayllar.org, 8-mavzu. Taqdimotlarni tayyorlash texnologiyalari (1), DELLO USTIGA 777, gfgzsddddddddddddddddddddd, MIS ch1
    2.3.Shahar yo`lovchi tashish transportining aholi yo`lovchilarga xizmat ko`rsatishdagi o`rni
    O`zbekiston transport tizimida shahar yo`lovchi transport xizmati alohida o`rin tutadi. Respublika shaharlarida aholini belgilangan marshrutlarda tashiydigan jamoat transporti-abtobus, tramvay, trolleybus, yer osti transporti (metropoliten), yengil avtomobil transporti (taksi) xizmat ko`rsatadi. O`zbekistonda XX asr boshlariga qadar ot-ulov asosiy transport vositasi bo`lgan. 1901 yilda Toshkentda konka –tor temir yo`l izida otlar sudraydigan bir vagonli dastlabki shahar transporti, 1912 yilda 1-tramvay ishga tushirildi.
    Respublika shaharlarida aholi yo`lovchilarni belgilangan marshrutlarda tashiydigan jamoa ko`cha transporti-avtobus,tramvay, troleybus, yer osti transporti (metropoliten), yengil avtomobil transporti (taksi) xizmat ko`rsatadi. Shahar tashish transportining ibtidoiy turi 19- asrning ikkinchi yarmida yirik shaharlarda paydo bo`lgan ko`p sonli izvoshlar edi. 1901 yilda Toshkentda temir yo`l izida otlar sudraydigan bir vagonli dastlabki shahar transporti, 1912 yil birinchi tramvay ishga tushirildi. 1913 yil tramvay yo`li uzunligi 38 km ga yetkazildi. 68 tramvay vagoni qatnadi, 27 mln. yo`lovchi tashildi.
    1926 yili respublikada muntazam avtobuslar yordamida yo`lovchilar tashish boshlangan edi (dastlabki shaharlararo avtobuslar qatnovi 1906 yilda Farg`ona-Marg`ilon marshrutida yo`lga qo`yilgan edi). Ana shundan beri yo`lovchilar tashuvchi avtobuslar ham son, ham sifat jihatidan juda o`sib ketdi.
    O`zbekistonning qator shaharlarida, jumladan Toshkent (1947), Samarqand (1967), Olmaliq (1968), Farg`ona (1970), Andijon (1971), Namangan (1973), Buxoro (1987), Nukusda (1992) trolleybuslar qatnab turibdi.
    Umuman olganda respublikamiz poytaxti-Toshkent shahrida shahar yo`lovchi transport tizimi yaxshi rivojlangan. Poytaxtda “Toshshaharyo`lovchitrans” Davlat uyushmasiga qarashli 11 ta avtobus parki, 2 ta tramvay va 3 ta trolleybus deposi, 5 ta taksopark mavjud. 1977 yil Toshkentda metro qurilib ishga tushurildi. Hozirda metropolitenning 3 ta yo`nalishi (Chilonzor, O`zbekiston, Yunusobod) va 29 stansiyasi mavjud. Shahar bo`yicha sutkasiga qariyb 3 mln yo`lovchi tashilmoqda.
    Birinchi marotoba troleybus qatnovi1917 yil Toshkentda boshlandi. Undan keyingi yillarda Samarqand (1967), Olmaliq(1968), Farg`ona(1970), Andijon(1971), Namangan(1973), Buxoro(1987), Nukus(1992), Urganch(1997), Jizzax(1997) shaharlarida trolleybuslar qatnay boshladi.
    Trolleybuslar yo`llarining umumiy uzunligi 403 km(1998:Toshkent),shu jumladan Andijon(72,2),Buxoroda(30,7), Namanganda(65,5km), Nukusda(15km), Olmaliqda(53,2 km), Samarqandda (66,5 km), Farg`onada(56 km), Urganchda(5 km), Jizzaxda(14 km). Toshkent shahrining o`zida trolleybus yo`llarining uzunligi 295,5 km. 1997 yilda Xivaning 2500 yilligi nishonlash arafasida Urganch shahrida aeroport bilan temir yo`l vokzalini bog`layotgan trolleybus yo`li va 25 km li Urganch - Xiva trolleybus yo`li ishga tushirildi.
    Tramvay. Toshkent shahrida rivojlangan tramvay yo`llarining umumiy uzunligi 293,1 km 1995 yilda 25 ta marshrutda o`rtacha 293 tramvay (vagon)yo`lovchilarga xizmat ko`rsatadi. Toshkent shahrining o`zida tramvay va trolleybuslar bir kunda 1mln. dan ortiq yo`lovchilarga xizmat ko`rsatadi.
    Avtomobil. Yulovchilar uchun avtotransporti muhim o`rinda turadi. 85 ta shahar va shaharchalarda ichki shahar avtobus va yengil taksi qatnovi yo`lga qo`yilgan, shaharlarda 670 dan ortiq marshrutlar avtobuslar qatnaydi.
    Yo`lovchilar umumiy hajmining 70% dan ko`proq avtobus va yengil hamda mikro avtobus taksilarga to`g`ri keladi.
    Metropoliten. Yo`lovchilarga xizmat ko`rsatishda tobora katta ahamiyat kasb etmoqda. Respublika metro qurilishi Toshkent shah-rida 1972 yilda boshlandi. Uning uzunligi12,2 km bo`lgan «Sobir Raximov»-«Maksim Gorkiy» stansiyalarida birinchi navbati 1977 yil 6 noyabrda, 4,6 km li, ikkinchi navbati 1980 yil 18 avgustda ishga tushirildi. Toshkent metropolitenining ikkinchi yo`li «Mashinasoz»-«Beruniy» stansiyalari 1984-91 yillarda va to`rtinchi navbati bosqichma- bosqich foydalanishga topshirildi (uzunligi qariyib 15 km). Toshkent metropoliteni 3-yo`li markazi Yunus-obod dahasi bilan bog`laydi. Uzunligi 14 km bo`lgan bu yo`lda qurilish ishlari olib borilmoqda Metropolitenda sutkasiga o`rtacha 270 - 300 ming yo`lovchi tashiladi.
    Truboprovod transporti.
    O`zbkekistonda birinchi 20 km uzunlikdagi nefteprovod 1908 yil Chimyon neft konidan Vannovsk (hozirgi Oltiariq) neft qayta ishlash zavodiga tortilgan. Keyinchalik Farg`ona vodiysi, Surxondaryo viloyatida yangi neft konlarining ochilishi bilan transport jadal rivojlantirildi. Neft konlarida Farg`ona va Oltiariq neftini qayta ishlash zavodlarga umumiy uzunligi 228,5 km bo`lgan nefteprovodlar qurildi. Respublika janubida, Surxondaryo viloyatida 1947 yil Lalmikor, qumqo`rg`on va 1969 yil Amudaryo - Amu - Zang liniyalari qurildi (umumiy uzunligi 40 km). qashqadaryo viloyatida yangi neft konlari ochilgandan keyin 1977 yil g`arbiy Toshloq, qashqadaryo stansiyasi (3,3 km) Shimoliy o`rta buloq - Oltingugurt zavodi (72 km) nefteprovodlar ishga tushiriladi. 1994-97 yillarda uzunligi 100 km bo`lgan ko`k dumaloq - Buxoro neftini qayta ishlash zavodi nefteprovodi qurilib ishga tushirildi. Farg`ona neftini qayta ishlash zavodi xom ashyo bilan uzluksiz ta`minlashga xizmat qiladigan qamchiq dovoni orqali o`tadigan Xonobod - Angren nefteprovodining qurilishini loyihalash ishlari olib borilmoqda. Buxoro, qashqadaryo viloyatlarida ulkan gaz konlarining topilishi va ishga tushirilishi bilan O`zbekistonda gaz provod transporti rivoj topdi.

    Urbanizasiya jarayonining jadallashuvi, megapolis shaharlarning ko'payishi, aholi sonining o'sishi natijasida jamoat transportiga bo'lgan talab va ehtiyoj yil sayin oshib bormoqda. Bu esa, o'z navbatida, jamoat transporti xizmati sifatini oshirish, madaniyatini yuksaltirish, uni bugungi davr va sharoitga moslashtirishni taqozo etmoqda. Prezidentimiz soha mutasaddilari oldiga jamoat transportini tubdan isloh etish, mamlakatimizning tuman va shaharlarida jamoat transportini rivojlantirish, hududlarning unga bo'lgan ehtiyojini qondirish, transport infratuzilmasini tashkil etish, transport-logistika masalalariga ilmiy jihatdan yondashish, xususan, xorijiy tajribani o'rganish, sohaga zamonaviy kadrlarni tayyorlash va jalb etish vazifalarini qo'ydi. Ana shunday vazifalardan kelib chiqib, Toshkent davlat transport universiteti mutaxassislariga jamoat transportining bugungi holati, xalqaro tajriba, sohadagi mavjud muammolar, ularning echimiga ilmiy yondashuv, ta'lim dargohida malakali mutaxassislar tayyorlash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar xususidagi savollar bilan murojaat qildik.


    — Tahlillar bugungi kunda jamoat transportidan samarali foydalanish bilan bog'liq bir qator muammolar o'z ilmiy echimini kutayotganini ko'rsatmoqda. Jumladan, aholiga xizmat ko'rsatuvchi transport vositalari parkini yangilash va ulardan foydalanish darajasini oshirish, yo'lovchi tashish xarajatlari va avtomobillarni ishlatish ko'rsatkichlari o'rtasida oqilona mutanosiblik o'rnatish, jamoat transportidan foydalanish tariflarining asossiz o'sib ketishiga yo'l qo'ymaslik kabi muhim masalalar shular jumlasidandir.Respublikamiz hududi keng, aholi soni ortishi asnosida ular istiqomat qiluvchi katta-kichik punktlar soni ham tobora ko'payib boryapti. Oldimizda aholi punktlarini tuman va shahar markazlari bilan bog'lovchi yangi yo'nalishlar tashkil etish, yo'nalishlarda yo'lovchilar oqimi va ekspluatasiya sharoitiga mos harakat tarkibini shakllantirish kabi vazifalar turibdi. Shuningdek, yo'lovchilarga qulaylik yaratish, tashish va texnik xizmat ko'rsatish jarayonlarini qamrab oluvchi tezkor axborot tizimini shakllantirish, aholini belgilangan yo'nalishlarda yo'l infratuzilma ob'ektlari bilan ta'minlanganlik darajasini oshirish hamda yo'lovchi transporti xizmati ko'rsatuvchi korxonalar xodimlari malakasini oshirishni yanada takomillashtirish zarur.Transport universitetida mazkur muammolar echimiga qaratilgan ilmiy tadqiqot ishlari bazasi shakllantirilgan. Professor-o'qituvchilar va tadqiqotchilar tomonidan tizimli ilmiy ishlar amalga oshirilmoqda.Bugungi kunda ilg'or mamlakatlar tajribasidan kelib chiqib, yirik shaharlar va ularning aglomerasiyasi, chekka aholi punktlarini tuman markazlari bilan bog'lovchi jamoat transporti yo'nalishlarini ochishda davlat va xususiy sheriklik amaliyotini keng joriy etish lozim. Masalan, qishloqlar bilan tuman markazini bog'lovchi yo'nalishlarni ochishda harakatdagi tarkibni xarid qilish, yo'nalish bo'ylab bekatlar va boshqa infratuzilma ob'ektlarini ishga tushirish, ularni axborot ekranlari bilan jihozlashni kichik biznes vakillariga ma'lum bir imtiyozli shartlarda berish yo'lovchilarga o'z vaqtida va sifatli transport xizmati taqdim etishni ta'minlaydi.Bu borada bir guruh tajribali professor-o'qituvchilar tomonidan tayyorlanayotgan “Davlat va xususiy biznes sherikligi asosida tuman (shahar) jamoat transportini rivojlantirish dasturining raqamlashtirilgan modeli” mavzusidagi yirik loyiha yakuniga etay deb qoldi. Loyiha dasturiy ahamiyatga ega bo'lib, u respublikamizning barcha qishloqlari bilan tuman markazlari o'rtasida jamoat transporti faoliyatini yo'lga qo'yishni maqsad qilgan. Ushbu dasturni amalga oshirish asnosida to'liq xususiy kapitalni jalb etish orqali 1000 ga yaqin yangi yo'nalishlarni ochish va mavjudlarini optimallashtirish hisobiga 20 mingdan ortiq yangi ish o'rni tashkil etish imkoniyati paydo bo'ladi.
    Qishloqlarda jamoat transporti ahamiyatini oshirish hisobiga har bir yo'nalishga investorlarni jalb qilishga erishish mumkin. Yangi ochiladigan barcha yo'nalishda tashish jarayoni yagona elektron platformada, avtomatlashtirilgan tarzda tashkil etiladi. Yo'lovchilar uchun mobil` ilovalar, aqlli (smart) bekatlar, mahalliy operatorlarning o'zaro autsorsing, insorsing operasiyalarini tezkor amalga oshirish platformalari operatorlar faoliyati, xizmat ko'rsatish sifatini yaxshilaydi, baholash jarayonida korruptsiya va inson omili ta'sirini bartaraf qiladi. Eng muhimi, yo'lovchilarga kerakli hajmda, hamyonbop, kafolatlangan va sifatli transport xizmati ko'rsatishni ta'minlaydi.
    G'affor SAMATOV, Toshkent davlat transport universiteti kafedra mudiri, iqtisod fanlari doktori, professor:
    — Davlatimiz rahbari tomonidan Toshkent davlat transport universiteti faoliyatini sohadagi islohotlar bilan uyg'unlashtirish, professor-o'qituvchi va talabalarni bu jarayonga keng jalb etish bo'yicha ko'rsatma berilgani bu borada amalga oshiriladigan ishlarga yanada mas'uliyat bilan yondashishni talab etadi.
    Shu o'rinda sohaga malakali kadrlar tayyorlash masalasi xususida alohida to'xtalib o'tmoqchiman. Oliy o'quv yurtimizdagi “Transport logistikasi” kafedrasi bugungi kunda nafaqat universitet, balki respublika miqyosida ham yo'lovchi transporti logistikasi, shu jumladan, jamoat transporti faoliyatini tashkil etish yo'nalishida oliy ma'lumotli ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlovchi baza hisoblanadi.
    Universitetimizda joriy yilda “Logistika” ilmiy-o'quv markazini tashkil etish rejalashtirilgan. Markaz o'zining ilmiy va o'quv faoliyatida chet mamlakatlar va respublikamizdagi ilg'or logistika ilmiy maktablari, etakchi logistika kompaniyalarining ko'p yillik tajribasi va yutuqlariga tayanadi.
    Markaz tarkibida virtual logistika va raqamli texnologiyalar (alohida komp`yuterli sinf va dasturiy ta'minotlar), 3D logistika, yuk va yo'lovchi tashish jarayonida innovasion texnologiyalarni qo'llashni faollashtirish maqsadida laboratoriyalar tashkil etiladi. Markaz vositasida universitetning davlat va mahalliy hokimiyat hamda yirik xo'jalik boshqaruvi organlari bilan jamoat transporti infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan loyihalar ishlab chiqiladi. Yo'lovchi transporti logistika klasterlari va ekotizimlarini shakllantirish va boshqarish bo'yicha loyihalarni ishlab chiqish hamda ekspertizadan o'tkazish, yuk va yo'lovchi transporti faoliyati uchun axborot resurslarini yaratish va qo'llab-quvvatlash, transport logistikasini rivojlantirishga doir qonunchilik tashabbuslari bilan chiqish, transport logistikasida strategik qarorlarni qabul qilish uchun tashish tannarxi, tariflar, valyuta parametrlari o'zgarishiga moslashuvchan transport muhitini yaratish bo'yicha prognozlarni tayyorlash zimmamizdagi dolzarb vazifalardir.
    — Yirik shaharlarda transport oqimi yuqori bo'lishi hisobiga tirbandlik vujudga keladi. Bu esa avtobuslarning belgilangan qatnov jadvalidan chiqib ketishiga, harakat intervalining buzilishiga, bekatlarda yo'lovchilarning kutib qolishiga sabab bo'ladi.
    Bunday holatlarda, tabiiyki, rivojlangan mamlakatlar tajribasiga murojaat qilinadi. Muammolarning echimi sifatida hozirgi kunda rivojlangan davlatlarning yirik shaharlari, masalan, Kuritiba (Braziliya), Istanbul (Turkiya), Manxetten (AQSH) va boshqa shaharlarda “BRT” (Bus rapid transit — Tezyurar avtobus) tizimi keng qo'llanilmoqda.
    Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 16 martdagi qarorida Toshkent shahrining Farg'ona yo'li ko'chasida tezkor avtobus qatnovini tashkil etish maqsadida tajriba tariqasida maxsus yo'lak (BRT)ni amalga oshirish yuzasidan eng yaxshi takliflarni tanlab olish, 20 ta zamonaviy elektrobus va ularni quvvatlash uskunalarini xarid qilish belgilangan. Bunday tizimning qator afzallik jihatlari mavjud. Birinchidan, avtobus alohida yo'lda harakatlangani sababli tirband holat yuzaga kelmaydi, ikkinchidan, haydovchi yo'lkira to'plash uchun chalg'imaydi. Chunki yo'lkira oldindan amalga oshiriladi: yo'lovchi unga bekatdan turniket orqali chiqadi.
    “BRT” tizimini qo'llash jamoat transporti jozibadorligini, ish samaradorligi va ishonchliligini oshiradi, transport tirbandligi, shovqin, atrof-muhitga chiqariladigan zaharli gazlar miqdori, yonilg'i sarfini kamaytiradi.Ammo shuni aytib o'tish kerakki, “BRT” tizimini shaharning barcha ko'chalarida qo'llab bo'lmaydi. Mazkur tizimni qo'llashda yo'lning qatnov qismi kengligi, undagi transport vositalari harakati jadalligi, vujudga kelishi mumkin bo'lgan transport tirbandligi, yo'lovchilar oqimi kabi ko'rsatkich va omillar asos qilib olinadi. “BRT” tizimi yo'lovchilar, transport vositalari, piyodalar oqimi harakati yo'nalishi, jadalligi, tezligiga ta'sir ko'rsatadigan darajadagi yirik loyiha hisoblanadi. SHu bois, mazkur tizimni shahar hududining qolgan barcha jamoat transporti ishi bilan muvofiqlashtirish lozim. Bu, albatta, anchayin murakkab masala.Murakkabligi shundaki, yo'lovchilarning ham, transport vositalarining ham, piyodalarning ham harakat ko'rsatkichlariga (yo'nalishi, miqdori, tezligi va hokazo) yuzaga kelish mumkin bo'lgan turli ehtimolli holatlar o'z ta'sirini ko'rsatadi. Ya'ni, soddaroq qilib aytganda, keyingi bekatda avtobusga nechta yo'lovchi chiqmoqchi, ertaga qor yoki yomg'ir yog'sa, yo'nalishda yo'lovchilar oqimi qancha miqdorga oshadi yoki kamayadi, “Paxtakor” stadionida xalqaro darajadagi futbol musobaqasi o'tkazilishi qaysi yo'nalishlarda yo'lovchilar sonini oshiradi, qaysi yo'nalishlarda kamaytiradi, degan savollarga maxsus algoritm, hisoblash modeli asosida javob topiladi.Transport qatnovi muammolarini hal etishda zamonaviy texnologiyalar muhim o'rin tutadi. Ilgari jahon tajribasida megapolis shaharlarda har 10 yilda yo'lovchilar oqimi o'rganilar edi. Hozirgi kunda bunga deyarli hojat qolmadi. Chunki jamoat transporti uchun yagona to'lov kartalarining joriy etilishi mazkur muammoga echim bo'lmoqda. Ma'lumki, Toshkent shahrida jamoat transportining bir nechta turi uchun yagona to'lov kartasi joriy etilmoqda. Bu, o'z navbatida, yo'lovchilar oqimi, yo'nalishi, hajmi va boshqa ko'rsatkichlarni vaqt kesimida (onlayn) aniqlash imkonini yaratadi. Buning natijasida jamoat transporti ishini rejalashtirish osonlashadi.
    Mazkur tizim ishga to'liq tushganidan so'ng shaharni transport bilan yuklanganlik darajasini hududlar kesimida bir maromda taqsimlanishiga erishish, ya'ni yo'lovchilar oqimini boshqarish imkoniyati paydo bo'ladi. “Qizil”, “sariq”, “yashil” hududlar bo'yicha alohida tariflar joriy etish, yo'lkirani shaharning markaziy qismi uchun qimmatroq, markazdan chetlashgan sari arzonroq qilish mumkin.
    Ko'pchilik shahar va qishloqlarda yo'lovchi transporti qatnovini yaxshilash haqida so'z ketganda, albatta, velosipeddan foydalanish bo'yicha ham gapiriladi. Chunki u har tomonlama foydali va samarali transport vositasi sanaladi.
    Dunyodagi bir qator ilg'or mamlakatlarda jamoat transportini rivojlantirishda velotransport tizimi yo'lga qo'yilgan. Xorijdagi ana shu ilg'or velotransport infratuzilmasining rivojlanish tajribalarini tahlil qilish va ularni mamlakatimiz amaliyotida qo'llash dolzarb hisoblanadi.
    Muxtasar aytganda, jamoat transportini rivojlantirish keng qamrovli masala bo'lib, u bir vaqtning o'zida ham ilmiy, ham amaliy jihatdan yondashuvni talab etadi. Videoselektor yig'ilishida davlatimiz rahbari bergan ko'rsatma va chora-tadbirlarni tez va sifatli amalga oshirish yaxshi samara berishi, shubhasiz.

    Xulosa
    O`zbekiston Respublikasida umumiy foydalaniladigan yuk va yo`lovchi tashuvchi transportning barcha turi - temir yo`l, avtomobil, aviatsiya, shahar elektr transporti (tramvay, trolleybus, metropoliten), daryo, truboprovod, transport shuningdek umumiy foydalanilmaydigan (sanoat) transporti temiryo`l, avtomobil, tasmali transport, osma arqon transporti rivoj topgan. 1995 yili mamlakat yalpi ichki mahsulotining 8,4% transport tarmoqlariga to`g`ri keldi. Transport tarmoqlarida band bo`lgan ishchi xizmatchilarning o`rtacha yillik soni 298,3 ming kishini, jumladan temir yo`l transportida 58,4 ming , suv transportida 0,6 ming , avtomobil, shahar elektr transporti, yuk ortish va tushirish korxonalarida 239,3 ming kishini tashkil etdi. Respublika mustaqillikka erishgandan keyin transportning xalq xo`jaligiga va aholiga xizmat ko`rsatishi tubdan yaxshilandi va transport iqtisodi viloyatlarda va korxonalarda, xalq xo`jaligida katta yutuqlarga yerishildi.
    O`zbekistonda ilk transport vositalarining shakllanishi mavzusidagi masalasini yoritishning asosiy maqsadi. O`zbekiston Respublikasi mustaqil sharoitda transport va transport vositalarning tutgan o`rni naqadar muhim ekanligini talabalarga tushuntirish eng asosiy maqsadidan biri bo`lib hisoblanadi. O`zbekiston Respublikasining tabiiy-geografik sharoitining turli xilda bo`lganligi uning transport vositalarining harakat va turlarini belgilab bergan. O`zbekiston tabiiy-geografik sharoiti turli xilda bo`lganligi uning transport vositalarining harakati va turlarini belgilab bergan. ¢arb va Sharq o`rtasida joylashgan baland tog`liklar, bepayon sahro va dashtlar, cheklangan suv yo`llari, buyuk ipak yo`lini yuzaga keltirib uzoq davrlar davomida asosan karvon transporti vositasini kashf etib uzoq mamlakatlar bilan savdo aloqalari mustahkamlangan. Tadqiqotchilarning fikricha, mazkur karvon yo`li XXv asr mobaynida xalqaro aloqalarni mustahkamlashga xizmat qilib kelgan. Uning uzunligi 7 ming kilometrga yaqin bo`lib nihoyatda katta hududni qamrab olgan: bir qismi o`rta yer dengizi sohillaridagi qadimgi Rim va Yunonistondan Mesopatamiya orqali, ikkinchisi o`rta Osiyo va Dashti qipchoq usti bilan Xitoy va hindistonga yetib borgan. Bu davrda o`rta Sharqda hukmronlik qilgan kushon imperiyasi Rim podsholigi bilan aloqada bo`lgan va Sharq bilan Farb o`rtasida o`ziga xos «ko`prik» hisoblangan.
    O`zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin transportni xalq xo`jaligiga va aholiga xizmat ko`rsatishini tubdan yaxshilash va transport boshqarish tizimini takomillashtirish maqsadlarida «O`zbekiston havo yo`llari» milliy aviakompaniyasi (1992), «O`zbekiston avtomobil transporti» («UzAvtotrans») davlat aksiya-dorlik korporatsiyasi (1993), «O`zbekiston temir yo`llari» davlat aksiyadorlik kompaniyasi 1994 va boshqa idoralar tashkil etildi. Sanoat va qishloq xo`jaligida ishlab chiqarishning o`sishi keng miqyosidagi kapital qurilishi va transport moddiy texnika bazasining yuksalishi bilan yuk yo`lovchilar tashish hajmlari ham orta bordi. Umumiy foydalanishdagi sanoat transport turlari va yuk yo`lovchilarning asosiy qismini avtomobil transporti tashkil etadi (1995 yilda yuklarning 70% : 1819, 6 million yo`lovchi). Respublikada transport iqtisodiy viloyatlar va korxonalar, xalq xo`jaligi o`rtasida, shuningdek mamlakatlararo iqtisodiy aloqalarni taminlaydi.O`zbekistonda dastlabki transport vositalari.Aholi zich yashaydigan shahar va qishloqlar orasida ot-ulov qo`shilgan g`ildirakli transport yuradigan yo`llar ham o`tgan. Ular qizil tuproqli, qishda juda loy va botqoqli, yozda changi ko`kka ko`tariladigan ba`zan qumli, o`tish qiyin bo`ladigan yo`llar edi. Bunday yo`llarda qulay va moslashgan mahalliy transport, o`zbek aravasi qatnab turgan. Yuqorida aytilganidek, O`zbekistonda qadimdan asosan ikki xil arava ma`lum: birinchisi- ikkita katta g`ildirakli kashgar arava. Ikkinchisi- asosan markaziy viloyatlarda, Farg`ona va Zarafshon vodiylarida tarqalgan qo`qon arava. Birinchi xil aravalar, arxeologik va yozma manbalarga qaraganda, eng qadimiydir. Ikkinchisi o`ziga xos arava Xorazm vohasida bo`lib, va ular hozirgacha saqlangan. qadimiy Xitoy manbalarining xabar berishicha, butun o`rta Osiyo viloyatlaridan faqat Xorazmda savdogarlar o`z sayohatida foydalaniladigan bir ho`kiz qo`shilgan ko`p kegayli ikki katta g`ildirakli aravalar mavjud bo`lgan. Xorazm aravasining tugini (tegarchigi) qo`qon aravanikidan ancha keng va qalin, aravakash aravaning old qismiga o`rnatilgan zangi bo`sag`asida o`tirib boshqaradi. qo`qon aravada esa haydovchi aravaga qo`shilgan ot egarida joylashgan. Odam uzoq yo`lga ketadigan bo`lsa, aravalarga maxsus soyabon o`rnatilgan, yuk tashish (ayniqsa qovun-tarvuz) uchun turlangan katta savat moslashtirilgan. Aravalar unga qo`shilgan hayvon (ot, ho`kiz,eshak) ga qarab katta-kichik bo`lgan. Mayda-chuyda yuk tashish, dalaga o`g`it chiqarish uchun g`altak arava mavjud bo`lgan. Katta shahar va qishloqlarda aravakashlar maxsus uyushmalarga birikkanlar.Davlatlar o'rtasidagi transport aloqalarini rivojlantirish avvaldan xalqlarni birlashtirish, iqtisodiyotni rivojlantirish va madaniyatlarni o'zaro boyitish asosiy vositalaridan biri edi. Qadim zamonlardanoq transport yo'nalishlari davlat daromadlarining asosiy manbalaridan biri hisoblanadi. Vaqt o'tishi bilan transport hayotimizning ajralmas qismiga aylandi. Amaldagi narxlarda transport faoliyati bo'yicha bozor xizmatlari ko'rsatish tashishdan hamda transport turlari bo'yicha transport faoliyatini amalga oshirish bilan bog’liq bo'lgan boshqa faoliyatdan (yuklash va tushirish, transport-ekspeditorlik xizmatlari va b.) tushgan tushum summasi sifatida aniqlanadi. Avtomobil transportida yuklarni tashish bo'yicha bozor xizmatlari hajmiga o'z ehtiyojlari uchun (masalan, o'z mahsulotlarini (tovarlarini) o'zining chakana savdo tarmog’iga, ichki xo'jalik, ichki zavod, ichki ob'ekt va shunga o'xshash) etkazib berish bo'yicha xizmatlar hajmi qo'shilmaydi. Transport xizmatlari transportning barcha turlarida yuklar va yo'lovchilarni tashish faoliyati hamda tashish uchun yordamchi xizmat turlari, shu jumladan logistika xizmatlarini o'z ichiga oladi.

    Foydalanilgan adabiyotlar


    1



    Download 4.41 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 4.41 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Shahar yo`lovchi tashish transportining aholi yo`lovchilarga xizmat ko`rsatishdagi o`rni

    Download 4.41 Mb.