• III.XULOSA IV.FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR KIRISH
  • 1.1. Avtomobil transportining shakllanishi
  • Shahar yo‘lovchi tashish transportini davlat tomonidan tartibga solish mundarija: I. Kirish asosiy qism




    Download 4.41 Mb.
    bet1/7
    Sana06.05.2023
    Hajmi4.41 Mb.
    #57212
      1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    SHAHAR YOlovchi
    Microsoft Word dasturidagi barcha mashhur tugmalar kombinatsiyalari, KT 209 22 guruh talabasi Tursunov Aminjonning kimyo fanidan mustaqil, кирин2, yangi yuz 11, Кайд варакаси PhD азолари Qurbonov, хидирова 2, ХИДИРОВАГА, ХИДИРОВА, Учебное пособие новое, 2-mavzu. O‘zbek milliy xalq xunarmandchiligi turlari-fayllar.org, 8-mavzu. Taqdimotlarni tayyorlash texnologiyalari (1), DELLO USTIGA 777, gfgzsddddddddddddddddddddd, MIS ch1


    SHAHAR YO‘LOVCHI TASHISH TRANSPORTINI DAVLAT TOMONIDAN TARTIBGA SOLISH
    Mundarija:
    I.KIRISH
    ASOSIY QISM
    1.1.Avtomobil transportining shakllanishi
    1.2. Yo‘lovchi avtоmоbil transpоrti tarkibi
    II. BOB
    2.1.Yo’lovchi tashish transporti haqida
    2.2. O’zbekistonda transport xizmatlarining rivojlanishi
    2.3.Shahar yo`lovchi tashish transportining aholi yo`lovchilarga xizmat ko`rsatishdagi o`rni.
    III.XULOSA
    IV.FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
    KIRISH
    Mamlakat transport tarmog`i temir yo`l, avtomobil, havo, quvurlar va daryo suv yo`llaridan iborat. Transportning barcha turlari yordamida respublikada har yili xalq xo`jaligi uchun zarur bo`ladigan turli-tuman yuklar va yo`lovchilar tashiladi. O`zbekistonda yiliga barcha transport turlari vositasida 715 mln tonnadan oshiq yuk va 3480 mln yo`lovchi tashilmoqda
    O`zbekiston quruqlik (temiryo'l, avtomobil transporti), suv (daryo), havo, quvur (neft va tabiiy gaz tashish) va elektron (elektr uzatish liniyalari) transportiga ega. 
    Yuk va yo'lovchi tashishda muayyan manzilga borgunicha transportning ikki, uch va, hatto, to'rt turidan foydalanishga to'g'ri keladi. Aytaylik, uzoq qishloqdan shahar, viloyat markaziga bormoqchi bo'lsak, uydan avtomobil bekatigacha ot-ulovda, so'ng temiryo'l vokzali yoki aeroportgacha avtomobilda va, nihoyat, poyezd yoki samolyotda ko'zlangan manzilga yetamiz. O'zbekistonda hozirgi zamon transportining (suv transportidan bo'lak) barcha turlaridan keng ko'lamda foydalanilmoqda. 
    Barcha transport turlari xizmat ko'rsatish jarayonining o'zaro aloqadorligi asosida transport majmuasini tashkil etadi. Har bir transport turiga mos yuk ortish-tushirish maydoni, harakat yo'nalishi, vokzal, aerodrom, stansiya, bekat hamda aloqa vositalari bo'ladi. 
    Temiryo'l, avtomobil yo'li qurishga ko'plab mablag' va vaqt kerak bo'ladi. Quvur transportiga esa minglab tonna quvur sarflanadi. Ammo suv, havo transporti yo'nalishi (trassa) ni oz mablag' evaziga yo'lga qo'yiladi. 
    Har qanday hududning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti va aholining hayot darajasini ko`tarishda transportning o`rni va mohiyati beqiyosdir. Transport moddiy ishlab chiqarishning muhim tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Uning rivojlanish darajasi mamlakat iqtisodiyotiga, unda ishlab chiqarish kuchlarining joylashish va rivojlanishiga bevosita ta`sir ko`rsatadi.
    Transport avvalo, ishlab chiqarish infratuzilmasi bo`lib, uning ishlab chiqarish xarajatlari va tovar narxiga ta`siri yuqoridir. Tarmoqning rivojlanishi tabiiy resurslarni o`zlashtirish, sanoat va agrar soha integratsiyasi chuqurlashishi hamda milliy xo`jalikning jahon bozoriga qo`shilishining shart-sharoitlarini yaxshilaydi. Transportning texnikaviy, savdo-sotiq va madaniy aloqalarda ham ahamiyati katta.
    Transport mamlakatimiz iqtisodiy rivojlanishida muhim shart-sharoit va omillardan biri hisoblanadi. Bu sohada (aloqa bilan birga) YAIMning 9,8 foizi yaratilmoqda, iqtisodiyotda band bo`lganlarning 1,5 foizi mehnat qilmoqda. Transport sohasining iqtisodiy ko`rsatkichlari keyingi yillarda birmuncha turg`un xarakterda bo`lib, bu sohadagi investitsion faollikning pasayishi, tarkibiy siljishlarning sekinlashishi, xususiylashtirish va tadbirkorlikning rivojlanish darajasi hamda umuman iqtisodiy o`sish sur`atlari va xorijiy investitsiyalarning jalb etilish darajasini pastligi bilan izohlanadi.
    Transport yo'lovchilarni va yuklarni tashish bilan mamlakat bo'ylab ham, jahon bo'ylab ham geografik mehnat taqsimotining chuqurlashuviga imkon yaratadi. U mamlakatlararo iqtisodiy, madaniy aloqalarning yuksalishida muhim rol o'ynaydi. 
    Yurtimiz jahon sivilizatsiyasining qadimiy davlatlaridan bo`lganini tarix darslaridan yaxshi bilamiz. Bunda o`sha vaqtda Yevropa bilan Osiyoni bog`lab turuvchi – Buyuk Ipak yo`li aynan bizning mamlakat hududidan o`tganligi alohida o`rin tutadi. 
    Temiryo'l, avtomobil yo'li qurishga ko'plab mablag' va vaqt kerak bo'ladi. Quvur transportiga esa minglab tonna quvur sarflanadi. Ammo suv, havo transporti yo'nalishi (trassa) ni oz mablag' evaziga yo'lga qo'yiladi. 
    Transport turlari ishchi kuchini band qilishi bo'yicha ham keskin farqlanadi. Yuk quvur, suv, temiryo'l transportlarida tashilganida sarf-xarajati avtomobil yoki havo transportida tashilgan yuk sarf-xarajatidan ancha kam bo'ladi. Neft yoki yog'och ortilgan ko'plab vagonlarni bitta lokomotiv tortib borayotganini kuzatgandirsiz? Yuzlab vagon tirkalgan o'sha poyezdni 2-3 kishigina boshqaradi.

    1.1. Avtomobil transportining shakllanishi


    O`zbekiston xalq xo`jaligi tasarrufida turli maqsadlarga mo`ljallangan 200 ming ga yaqin yuk avtomobillar xizmat ko`rsatadi. Respublikada fuqarolarning shaxsiy mulki bo`lgan 788,2 ming yengil avtomobillari bor.
    Respublikada transport tizimi temir yo`l, avtomobil yo`llari, zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan vokzallar, stansiyalar yuk omborlari, pristanlar, havo flotining yirik aerovokzallar va infra struktura bo`linmalarini qamraydigan murakkab xalq xo`jaligini tashkil etadi.
    Xalq xo`jaligining sanoat,qishloq xo`jaligi, qurilish, suv xo`jaligi, aloqa, savdo, sog`liqni saqlash. Komunal xo`jaligi, mada-niyat, mudofa va boshqa tarmoqlarida ixtisoslashgan yirik avto-transport korxonalari mavjud.
    1995 yilda Respublikada umumiy foydalaniladigan avtomobil transportida yo`lovchilar tashishga mo`ljallangan 14,7 avtobus, 5000 dan ko`proq yengil taksi mashinalari ishladi. Respublika bo`yicha 2892 avtobus marshrutlarida (jumladan 593 shahar, 1768 shahar atrofi, 532 shaharlararo) avtobuslar qatnadi. Avtobuslar bilan har kuni 5 millionga yaqin yo`lovchi tashiladi. Respublakada 27 ta avtovokzal, 120 ta avtostansiya xizmat ko`rsatadi. Faqat shahardagi avtobus qatnaydi. 1995 yili avtobuslar 1819,6 million yo`lovchi tashiladi.
    Avtomobil yo`llari.
    Yo`l xo`jaligi tarmoqlarida 34,5 ming ishchi va injener texnik xodim band. Respublikadagi avtomobil yo`llarining jami uzunligi 115 ming km ortiq. Umumiy foydalaniladigan avtomobil yo`llarining uzunligi 43,4 ming km. Jumladan 3243 km xalqaro, 18801 km davlat, 21939 km mahalliy ahamiyatga ega bo`lgan yo`ldir. Shuningdek Respublikada idoraga karashli yullar xam mavjud. 1992 yil 3 iyunda avtomobil yo`llari to`g`risida O`zbekiston Respublikasi qonuni qabul qilindi.
    1992 yil fevralda O`zbekiston avtomobil yo`llarini qurish va undan foydalanish davlat-aksiyadorlik konserni (o`zavtoyo`l) tuzilgan. Kotsern tarkibida qoraqalpog`iston Respublikasi viloyatlari avtomobil yo`llari boshqarmalari, 162 tuman avtomobil yo`llari boshqarmalari, 532 yo`llar asrash va ulardan foydalanish bo`limlari, «o`zyo`lloyiha» Respublika va yo`l inshoatlar qurish, qayta qurish va ta`mirlash bo`yicha loyiha qidiruv instituti, ko`prik temir- beton qurilmalari zavodi va boshqa korxonalari bor.
    XX asr boshlarida O`zbekistonda 27 ming km yo`l bo`lib. Asosan ot-arava, karvon va yo`lovchilarga mo`ljallangan shundan faqat 2ming km ga shag`al yotqizilgan edi.
    Respublika mustaqillikka erishgandan keyin mavjud avtomobil yo`llarini xalqaro andozalarga moslash, yo`llarni saqlash va ta`mirlash, yangi barpo etilayotgan sanoat viloyatlarini xalqaro magistrallar bilan bog`laydigan yo`llar qurilishi masalalariga e`tibor kuchaydi. Bu borada O`zbekiston Xitoy va Pokistonga chiqish imkoniyatini beruvchi Andijon-o`sh, Ergashtom-qashqar avtomobil yo`llarini ishga tushirishda (1997 yil 21 iyul) hind okeaniga imkon beradigan Termiz Xitoy-Karochi avtomobil yo`li qurilishida o`z ulishi bilan qatnashmoqda. Respublikaning o`zida Farg`ona vodiysi bilan Toshkent vohasini qamchik dovoni orqali bog`laydigan yirik avtomobil yo`li hamda qo`ng`irot-Denov avtomagistrali qurilishida jadal olib borilmoqda. Respublikada jami yo`llarning 95,6% ga qattiq qoplamalar yotqizilgan, jumladan sement-beton qoplamli yo`llar 0,8% (336 km), asfalt - beton qoplamli yo`llar 49,6%(21819 km), qora shag`alli va qora qoplamli yo`llar 40,6%(17769 km)ni tashkil etadi.
    O`zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy hayotida transport tizimining yana bir muhim qismi bo`lgan avtomobil transporti va avtomobil yo`llari ham o`rin tutadi. Milliy iqtisodiyotning avtomobil transportidan foydalanmaydigan birorta sohasi yo`q. Qisqa masofalarga yuk va yo`lovchilarni tashishda, zamonaviy transportning boshqa xillari mavjud bo`lmagan manzilgohlarda aholi va tashkilotlarga xizmat ko`rsatishda, ayniqsa transport uchun noqulay bo`lgan tog`li joylarda avtomobil transportining ahamiyati beqiyosdir.
    Mamlakat avtotransportining moddiy-texnik ba`zasi mustahkam-lanmoqda. Avtotransport parki xorijiy mamlakatlar (Germaniya, Janubiy Koreya)dan keltirilgan va vatanimizda ishlab chiqarilayotgan avtobuslar, yengil mashinalar hisobiga tobora yangilanib bormoqda. O`zbekiston avtomobil transportida qo`shni uzoq xorijiy davlatlar bilan bog`lanish istiqboli ochilmoqda. Mamlakatimiz O`rta Osiyo davlatlarining barchasi bilan xalqaro ahamiyatga molik bo`lgan yirik avtomagistrallar qurishda tashabbuskor bo`lib chiqmoqda yoki bevosita qatnashmoqda. Jumladan, u Xitoyga (va Tinch okeani mintaqasiga) chiqish imkoniyatini beruvchi "Andijon-O`sh-Ergashtom-Qashqar" avtomobil yo`li hamda Hind okeaniga chiqishga imkon beradigan "Termiz -Hirot-Karachi" avtomobil yo`li qurilishida va shu yo`nalishda mavjud bo`lgan yo`llarni qayta ta`mirlashda o`z ulushini qo`shish bilan qatnashmoqda. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti ta`kidlaganidek, "O`zbekiston Xitoy va Pokistonga olib boradigan Andijon-O`sh-Ergashtom-Qashqar, shuningdek, Buxoro-Seraxs-Mashhad-Tehron va Termiz-Hirot-Qandaxor-Karochi avtomobil yo`llarini qurish va qayta ta`mirlash ishlariga hissa qo`shgan holda qatnashishdan ham manfaatdor".1

    Download 4.41 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7




    Download 4.41 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Shahar yo‘lovchi tashish transportini davlat tomonidan tartibga solish mundarija: I. Kirish asosiy qism

    Download 4.41 Mb.