• Amaliyot bo‘yicha kafedraning topshirig‘i
  • Yo‘l poyini qurish to‘g‘risida ma’lumotlar. Yo‘l to‘shamalari asosini qurish. Asfaltbeton va sementbeton qoplamalarini qurish.
  • Asfaltbeton qorishmalarini tayyorlash zavodlari. Avtomobil yo’llarida harakat xavfsizligi.
  • Zbekiston respublikasi transport vazirligi toshkent davlat taransport universiteti




    Download 10.54 Mb.
    bet1/2
    Sana17.04.2024
    Hajmi10.54 Mb.
    #198475
      1   2
    Bog'liq
    YMAE amaliyot
    10, Kompyuter tarmoqlarining texnik vositalari. Kompyuter tarmoqlari, 1-10, AVTOMATIK BOSHARISH NAZARIYASI[1], uArm Controller 20190718, Kompyuter-zamonaviy-texnik, “KELISHILDI”, 1-ma\'ruza, Kiber huquq 11 ish Oybek, Mansurov Oybek 6 ish, 6. Qattiq jismning chiziqli kengayish koeffitsiyentini temperaturaga, psixalogiya 2, mta mustaqil ish, MTTM TAQDIMOT 2, Ijod sehri. Aziza

    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI TRANSPORT VAZIRLIGI
    TOSHKENT DAVLAT TARANSPORT UNIVERSITETI
    AVTOMOBIL YO’LLARI MUHANDISLIGI” FAKULTETI
    “AVTOMOBIL YOʻLLARINI EKSPLUATATSIYA QILISH” KAFEDRASI

    Amaliyot hisoboti


    BAJARDI: YMAE-1 GURUH TALABASI: Yusupaliyev Javohir .
    TEKSHIRDI: Isayev Jahongir.

    Mundarija:

    1. Amaliyot bo‘yicha kafedraning topshirig‘i:

    2. Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi qarashli yo‘l korxonalarining boshqarmalari, bo‘linmalarining strukturalari, ish yuritish tuzilmalari, yo‘l loyihalash bo‘limlari va tarkibini o‘rganish.

    3. Yo‘l poyini qurish to‘g‘risida ma’lumotlar.

    4. Yo‘l to‘shamalari asosini qurish.

    5. Asfaltbeton va sementbeton qoplamalarini qurish.

    6. Amaliyot o‘tayotgan korxonada olib borilayotgan ishlarda qatnashish.

    7. Asfaltbeton qorishmalarini tayyorlash zavodlari.

    8. Asfaltbeton qorishmalarini tayyorlash zavodlari.

    9. Avtomobil yo’llarida harakat xavfsizligi.

    10. Amaliyot o‘tayotgan korxonada olib borilayotgan ishlarda qatnashish.
    11. Avtomobil yo`llarini texnik hisobga olish (pasportlashtirish), ko’kalamzorlashtirish va amaliyotning umumiy xisobotini tayyorlash.


    Kirish
    O'zbekiston Respublikasining qonuni Avtomobil yo'llari to'g'risida Qonunchilik palatasi tomonidan 2007 yil 29 iyunda qabul qilinga Senat tomonidan 2007 yil 24 avgustda ma'qullangan.
    1-bob. Umumiy qoidalar
    1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
    Ushbu Qonunning maqsadi avtomobil` yo'llarini loyihalash, qurish, rekonstruktsiya qilish, ta'mirlash, saqlash va ulardan foydalanish sohasidagi (bundan buyon matnda avtomobil` yo'llari sohasidagi deb yuritiladi) munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
    2-modda. Avtomobil` yo'llari to'g'risidagi qonun hujjatlari
    Avtomobil` yo'llari to'g'risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
    Haq to'lanadigan avtomobil` yo'llari sohasidagi munosabatlar alohida qonun bilan tartibga solinadi.
    Agar O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O'zbekiston Respublikasining avtomobil` yo'llari to'g'risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo'lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo'llaniladi.
    3-modda. Asosiy tushunchalar
    Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo'llaniladi:
    avtomobil` yo'li — transport vositalari harakatlanishi uchun mo'ljallangan, ularning belgilangan tezlikda, og'irlikda, o'lchamlarda muttasil va xavfsiz harakatlanishini ta'minlaydigan muhandislik inshootlari majmuasi, shuningdek ushbu majmuani joylashtirish uchun berilgan yer uchastkalari va majmua ustidagi belgilangan doiradagi bo'shliq;avtomobil` yo'llaridan foydalanuvchilar — yo'l harakatining ishtirokchilari bo'lgan yoki ajratilgan mintaqa hamda yo'l bo'yi mintaqasi doiralarida belgilangan tartibda ruxsat etilgan faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslar;ajratilgan mintaqa — avtomobil` yo'li, uning tegishli konstruktiv elementlari va muhandislik inshootlari, shuningdek avtomobil` yo'lidan foydalanish uchun zarur bo'lgan binolar, inshootlarni joylashtirish, ihota va manzarali daraxtzorlar barpo etish uchun doimiy foydalanishga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda beriladigan yer uchastkasi;yo'l bo'yi mintaqasi — ajratilgan mintaqaga tutashgan, chegaralarida aholi xavfsizligini va transportning harakatlanish xavfsizligini ta'minlash uchun yerdan foydalanishning alohida shartlari belgilanadigan yer uchastkasi;xo'jaliklararo qishloq avtomobil` yo'llari — qishloq joylardan o'tadigan va xo'jaliklarni o'zaro bog'laydigan avtomobil` yo'llari. Xo'jaliklararo qishloq avtomobil` yo'llari, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo'lsa, mahalliy davlat hokimiyati organlari ixtiyorida bo'ladi.
    2-bob. Avtomobil` yo'llari sohasini boshqarish
    4-modda. Avtomobil` yo'llari sohasida davlat boshqaruvi
    Avtomobil` yo'llari sohasida davlat boshqaruvi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, umumiy foydalanishdagi avtomobil` yo'llari sohasidagi maxsus vakolatli organ (bundan buyon matnda maxsus vakolatli organ deb yuritiladi), shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
    5-modda. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining avtomobil` yo'llari sohasidagi vakolatlari
    O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
    avtomobil` yo'llari sohasidagi davlat dasturlarini tasdiqlaydi;davlat boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining avtomobil` yo'llari sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirib boradi;
    O'zbekiston Respublikasining umumiy foydalanishdagi avtomobil` yo'llari ro'yxatini tasdiqlaydi;avtomobil` yo'llari to'g'risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish tartibini belgilaydi;
    qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
    6-modda. Maxsus vakolatli organning vakolatlari
    Maxsus vakolatli organ:umumiy foydalanishdagi avtomobil` yo'llarini rivojlantirish davlat dasturlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
    avtomobil` yo'llari tarmoqlarini rivojlantirish va takomillashtirish istiqbollarini belgilaydi; avtomobil` yo'llari sohasida yagona texnika siyosatini olib boradi;
    umumiy foydalanishdagi avtomobil` yo'llarini loyihalash sohasidagi normalar va standartlarga rioya etilishini ta'minlaydi; umumiy foydalanishdagi avtomobil` yo'llarini qurish, rekonstruktsiya qilish, ta'mirlash va saqlash sifati ustidan nazoratni amalga oshiradi;umumiy foydalanishdagi avtomobil` yo'llari davlat kadastrini yuritadi;
    O'zbekiston Respublikasining umumiy foydalanishdagi avtomobil` yo'llari ro'yxati bo'yicha takliflar ishlab chiqadi va ularni O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
    avtomobil` yo'llari sohasida kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash ishlarini amalga oshiradi; qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-fevraldagi PF 4954-sonli "Yo'l xo'jaligini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Farmoniga hamdaO'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-fevraldagi PQ 2776-sonli "O'zbekiston Respublikasi Avtomobil yo'llari davlat qo'mitasi va O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yo'l jamg'armasi faoliyatlarini tashkil etish to'g'risida"gi Qaroriga asosan tashkil topgan.
    O'zbekiston Respublikasi Avtomobil yo'llari davlat qo'mitasi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Transport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" 2019-yil 1-fevraldagi PF-5647-son Farmoniga muvofiq O'zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo'llari qo'mitasi etib qayta nomlangan holda Transport vazirligi ixtiyoriga o'tkazilgan.
    Respublikada oxirgi yillarda amalga oshirilayotgan va mintaqalarning sanoat salohiyatini oshirishga, shaharlar va qishloq aholi punktlari qiyofasini tubdan o‘zgartirishga qaratilgan keng ko‘lamli ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar iqtisodiy aloqalar intensivligini oshirishning va mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishning muhim omili sifatida yo‘l-transport infratuzilmasini yanada jadal rivojlantirishni talab qiladi.
    Bu yo‘nalishda yirik infratuzilma obyektlarini qurish, zamonaviy avtomobil yo‘llari tarmog‘ini rivojlantirish, eng muhim tranzit transport yo‘llarini kompleks rekonstruksiya qilish va ta’mirlash bo‘yicha katta ishlar amalga oshirildi.

















    Avtomobil yo‘llari - hisobiy yuk va belgilangan tezlikda transport vositalarining uzluksiz, qulay va xavfsiz harakatlanishi uchun mo‘ljallangan muhandislik inshootlari majmuasi hisoblanadi. Bu majmuaga yo‘l poyi, yo‘l to‘shamasi, quvurlar, boshqa sun’iy inshootlar, yo‘l jihozlari va himoya inshootlari, avtoservis, yo‘l va avtotransport xizmati bino va inshootlari kiradi [9, 24, 25]. Yo‘l va yo‘l inshootlari elementlari va parametrlari holati ularning texnik darajasini va ekspluatastion holatini aniqlaydi. Avtomobil yo‘llarining texnik darajasini va ekspluatastion holatini talab darajasida bo‘lishini ta’minlash uchun yo‘llarni ta’mirlash va saqlash korxonalari tashkil etilgan. Avtomobil yo‘llarini ta’mirlash va saqlash korxonalarining yakuniy maqsadi - transport va yuk hajmining o‘sishiga muvofiq yo‘llarning texnik darajasi va ekspluatastion halatini qo‘llab quvvatlash va doimiy ravishda yaxshilash, natijada transport vositalarining samaradorligini oshirish, transport xarajatlarini kamaytirish hisoblanadi.


    Yo‘llarning texnik darajasini va ekspluatastion holatini murakkab tabiiy-iqlim sharoitida oshirish, yo‘llarning yuqori ish qobiliyatini ta’minlaydi. Buni faqat avtomobil yo‘llarini ta’mirlash va saqlashda zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash va yo‘llarni ekspluatastiya qilishning nazariy asoslarini va amaliy ilg‘or tajribalarni yaxshi bilish bilan amalga oshirish mumkin.
    Avtomobil yo‘llarini ta’mirlash va saqlash texnologiyalari fanining asosiy maqsadi quyidagilaridan iborat: talabalarni yo‘l va yo‘l inshootlarini samarali ta’mirlash va saqlash uslublari va zamonaviy texnologiyalari bilan tanishtirish, o‘rgatish va ularni mavjud avtomobil yo‘llari va yo‘l inshootlarini talab qilingan texnik darajasini va ekspluatastion holatini ta’minlash bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini shakllantirish, yo‘llarni ta’mirlashlararo davrini va xizmat muddatini ta’minlash. Avtomobil yo‘llarini ta’mirlash va saqlash texnologiyalari fanining asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi: avtomobil yo‘llarini ta’mirlash va saqlash bo‘yicha ishlarning amaliy ahamiyati, avtomobil yo‘llarini ta’mirlash va saqlash bo‘yicha ishlar tasnifi, yo‘llarni ta’mirlashlararo muddatini va xizmat muddatini ta’minlash, avtomobil yo‘llarini ta’mirlash va saqlash bo‘yicha tadbirlar tizimi va ularni rejalashtirish, avtomobil yo‘llarida ta’mirlash va saqlash texnologiyalarini rivojlanishi, avtomobil yo‘llarini ta’mirlash va saqlashda zamonaviy mexanizastiyani qo‘llash, murakkab sharoitda avtomobil yo‘llarini ta’mirlash va saqlash ishlarini tashkil etish, avtomobil yo‘llarini saqlash texnologiyalari, avtomobil yo‘llarini qish davrida saqlash texnologiyalari, avtomobil yo‘llarini ko‘kalamzorlashtirish texnologiyalari, avtomobil yo‘llarini joriy ta’mirlash texnologiyalari, avtomobil yo‘llarini mukammal ta’mirlash texnologiyalari, avtomobil yo‘llarini texnik hisobga olish va pasportlashtirish, avtomobil yo‘llarini ta’mirlash va saqlash ishlarini tashkil etish va ishlarni qabul qilish, avtmobil yo‘llarini ta’mirlash va saqlash ishlari bo‘yicha mablag‘lar sarfini hisoblash tamoyillari haqida talabalarning tushuncha va tassavurlarini shakllantirish [4, 26]. Avtomobil yo‘llarini ta’mirlash va saqlash bo‘yicha mavjud muammolar Respublika avtomobil yo‘llarining ko‘pgina qismi emirilgan, ta’mirlash va qayta tiklashga zarurat bor. Ko‘pgina avtomobil yo‘llari harakat bilan yuklangan, yo‘l holati nuqsonlari sabali yo‘l-transport hodisalari ko‘p sodir bo‘ladigan joylar mavjud. Avtomobil yo‘llarida ta’mirlash va saqlash ishlari hajmi talab darajasida emas. Adabiyotlarda keyingi yillarda “ta’mirlanmay qolgan yo‘llar” atamasi paydo bo‘ldi. Yo‘llarni moliyalashtirish sharoiti o‘zgardi. Oxirgi yillarda ta’mirlash ishlarini talab darajasida bajarilmayotganligi sababli avtomobil yo‘llarida “ta’mirlanmay qolgan yo‘llar” oshib bormoqda. Shuning uchun hozirgi vaqtda avtomobil yo‘llarida qulay va xavfsiz harakat sharoitini ta’minlash uchun birinchi darajali vazifa “ta’mirlanmay qolgan yo‘llar”ni bartaraf qilish va ta’mirlash va saqlashning samarali texnologiyalarini ishlab chiqish hisoblanadi. Ko‘pchilik ushbu avtomobil yo‘llari tuzilmasi [27] talablari asosida «B» hisobiy guruh (o‘qqa tushadigan yuk 60-70 kN) avtomobillariga loyihalanib qurilgan, lekin bugungi kunda ushbu yo‘llarda harakat jadalligining o‘sishi bilan oqim tarkibida «A» hisobiy guruh (o‘qqa tushadigan yuk 100-110 kN) avtomobillarining harakati kuzatilishi, yo‘l tuzilmasi ko‘taruvchanligi pastligidan ko‘plab buzilishlar sodir bo‘lishiga olib kelmoqda. Natijada mukammal ta’mirlashga bo‘lgan talab muddatidan [5, 28] oldinroq yuzaga kelmoqda. Bugungi kunda respublikada ta’mirlash ishlarining o‘z muddatida bajarilmasligi, qurilish materiallarining talabga javob bermasligi, zamonaviy texnologiyalarning etishmasligi, sohada malakali mutaxassislarga bo‘lgan talabning yuqoriligi va yo‘llarni saqlash ishlarining sifatsizligi kabi sabablar tufayli, “ta’mirlanmay qolgan yo‘llar” ko‘payib bormoqda va bu ko‘rsatkich umumiy foydalanishdagi yo‘l tarmog‘ining 59% ni tashkil qiladi [29]. Hozirgi avtomobil yo‘llarini ta’mirlash va saqlash ishlarini moliyalashtirish tizimi ushbu muammoni bartaraf qilishda talabga javob bermaydi. Chunki ajratilgan mablag‘lar haqiqiy sarf-xarajatlarga muvofiq kelmaydi. Avtomobil yo‘llarini ta’mirlash va saqlash ishlarini moliyalashtirish amaliy ko‘rsatkichini 1991 yilgiga nisbatan solishtirganda 29,7% ga kamayganligini ko‘rish mumkin.
    AVTOMOBIL YO‘LLARINI QURISH VA ULARDAN FOYDALANISHNI TASHKIL ETISHNI HAMDA
    SIFATINI NAZORAT QILISHNI TAKOMILLASHTIRISH TO‘G‘RISIDA (qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 7-iyuldagi 472-son qarori
    tahririda— O‘R QHT, 2017-y., 28-son, 649-modda)
    Oldingi tahrirga qarang.
    Avtomobil yo‘llarini qurish va ulardan foydalanishni samarali tashkil etish va sifatini nazorat qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
    (muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 7-iyuldagi 472-sonli qarori tahririda— O‘R QHT, 2017-y., 28-son, 649-modda)
    1. Quyidagilar:
    Oldingi tahrirga qarang. avtomobil yo‘llarini ta’mirlash va saqlash ishlari tasnifi 1-ilovaga muvofiq;
    (1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 7-iyuldagi 472-sonli qarori tahririda— O‘R QHT, 2017-y., 28-son, 649-modda)
    Oldingi tahrirga qarang.
    Avtomobil yo‘llarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash bo‘yicha bajarilgan ishlarning sifati ustidan nazorat qilish va ularni qabul qilib olish tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq.
    (1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 7-iyuldagi 472-sonli qarori tahririda— O‘R QHT, 2017-y., 28-son, 649-modda)
    Oldingi tahrirga qarang.
    2. O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi
    Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yo‘l-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi,
    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasi bilan birgalikda tasdiqlangan normativ hujjatlar talablari qat’iy ijro etilishini ta’minlasin.
    (2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 7-iyuldagi 472-sonli qarori
    tahririda— O‘R QHT, 2017-y., 28-son, 649-modda)
    Oldingi tahrirga qarang.
    21. Belgilansinki, O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi joriy yilning 1-martidan kechikmay Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasini boshqarish
    Kengashi bilan kelishgan holda: umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini mukammal ta’mirlash bo‘yicha har yilgi dasturlarni shakllantiradi va tasdiqlaydi; umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari bo‘yicha umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini joriy ta’mirlash parametrlarini tasdiqlaydi; xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llarini, shaharlar, shahar posyolkalari, qishloqlar va ovullar ko‘chalarini ta’mirlash bo‘yicha har yilgi dasturlarni tasdiqlaydi.
    (21-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 7-iyuldagi 472-sonli qaroriga asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2017-y., 28-son, 649-modda)
    3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining
    o‘rinbosarlari R.S. Azimov va N.M. Xanov zimmasiga yuklansin.
    Avtomobil yo‘llarini ta’mirlash va saqlash ishlari tasnifi
    (1-ilova nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 7-iyuldagi 472-sonli qarori
    tahririda— O‘R QHT, 2017-y., 28-son, 649-modda)
    I. Umumiy qoidalar
    Oldingi tahrirga qarang.
    1. Mazkur Tasnif umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini, umumiy foydalanishdagi xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llarini, shaharlar, shahar posyolkalari, qishloqlar va ovullar ko‘chalarini (keyingi o‘rinlarda “avtomobil yo‘llari” deb ataladi) ta’mirlash va saqlash ishlarining turlari va tarkibini belgilaydi. Ishlarning bu turlari va tarkibi mablag‘lardan foydalanish yo‘nalishlarini asoslash, avtomobil yo‘llari va ulardagi yo‘l inshootlarini ta’mirlash va saqlash xarajatlarini prognozlashtirish hamda yo‘l ishlarini tashkil etish uchun asosi hisoblanadi.
    (1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 7-iyuldagi 472-sonli qarori tahririda
    — O‘R QHT, 2017-y., 28-son, 649-modda)
    2. Avtomobil yo‘llarini ta’mirlash va saqlash ishlari quyidagi turlarga bo‘linadi: a) ta’mirlash bo‘yicha:mukammal ta’mirlash;
    Oldingi tahrirga qarang.
    (2-bandning “a” kichik bandi uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
    2011-yil 31-dekabrdagi 352-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2011-y., 52-son, 566-modda) joriy ta’mirlash; b) saqlash bo‘yicha: avtomobil yo‘lini saqlash; qishda saqlash; ko‘kalamzorlashtirish. 3. Avtomobil yo‘llarining umuman tarmog‘i bo‘yicha ta’mirlanishi kerak bo‘lgan avtomobil yo‘llarini ta’mirlash ishlari hajmi yo‘l ko‘tarmasi va qoplamasi xizmatining amaldagi ta’mirlashlararo muddatlari hisobga olingan holda yo‘llar va yo‘l inshootlarining holatini texnik tekshirish (tashxis va baholash) natijalari asosida belgilanadi. 4. U yoki bu turda ta’mirlanishi kerak bo‘lgan aniq bir yo‘l va avtomobil yo‘llari uchastkalari bo‘yicha ishlar hajmi hamda ularni bajarish muddatlari ta’mirlashning tegishli turlarini tayinlash uchun belgilangan mezonlar bilan birgalikda avtomobil yo‘llari va yo‘l inshootlarining amaldagi holatini taqqoslash yo‘li bilan aniqlanadi. Ta’mirlashning talab etiladigan turi, har bir avtomobil yo‘li va uning uchastkasini ta’mirlash bo‘yicha ishlar tarkibi va hajmi ularning amaldagi holatini texnik tekshirish (tashxis va baholash), muhandislik izlanishlari, sinovlar va tekshirishlar natijalari asosida ushbu holatni ta’mirlashning tegishli turini tayinlash mezonlari bilan qiyoslash imkonini beradigan hajmda belgilanadi. 5. Avtomobil yo‘llari va yo‘l inshootlarining balans qiymatiga kiritilgan binolar va qo‘shimcha inshootlarni, yo‘l xizmati binolarini va ishlab chiqarish bazasi inshootlarini ta’mirlash belgilangan tartibda ishlab chiqiladigan loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq alohida topshiriqlar bo‘yicha amalga oshiriladi.
    II. Asosiy terminlar va tariflar
    6. Mazkur Tasnifda quyidagi terminlar va ta’riflardan foydalanilgan:
    Oldingi tahrirga qarang. yo‘l inshootlari — avtomobil yo‘llarining konstruktiv elementlari hisoblangan inshootlar: yo‘lfoydalanish tashkilotining balansidagi sun’iy inshootla(ko‘priklar, yo‘l o‘tkazgichlar, estakadalar, quvurlar, tonnellar), himoya inshootlari (qordan himoya qiladigan daraxtzorlar, shovqindan va shamoldan himoya qiladigan qurilmalar, yo‘llarni qor ko‘chkilari, barxan qumlari, o‘pirilish, siljishdan himoya qiladigan qurilmalar), avtomobil yo‘llarini jihozlash elementlari (to‘xtash maydonchalari va yo‘lovchilar uchun pavilonlar, dam olish maydonchalari, avtomobillarning to‘xtashi va to‘xtab turishi uchun maxsus maydonchalar, I guruh to‘siqlar, yo‘naltiruvchi ustunchalar, tashqi yoritish), binolar va yordamchi inshootlar (yo‘l-ta’mirlash punktlari, ta’mirlovchining uyi, asfalt-beton sexlar, sementbeton sexlar, ishlab chiqarish bazalari), yo‘l-foydalanish tashkilotlari balansidagi (ta’mirlashfoydalanish korxonalari binolari): (6-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-avgustdagi 699-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.08.2018-y.,09/18/699/1818-son) avtomobil yo‘llarining iste’mol xossalari — avtomobil yo‘llarining foydalanuvchilarning manfaatlariga bevosita javob beradigan transport-foydalanish ko‘rsatkichlari majmui. Iste’mol xossalariga quyidagilar kiradi: harakatning tezligi, uzluksizligi, xavfsizligi va qulayligi, transport vositalarini o‘tkazish imkoniyati va harakatlanish darajasi, o‘qiga tushadigan og‘irligi, yuklamasi, umumiy massasi va gabaritlar bilan avtomobil yo‘llarida harakatlanish uchun ruxsat berilgan avtomobillar va avtopoyezdlarni o‘tkazish imkoniyati, ekologik xavfsizlik, estetik va boshqa xossalar; avtomobil yo‘llarini mukammal ta’mirlash — avtomobil yo‘llarining ishonchliligi va qulayligini ta’minlashga qaratilgan foydalanish ko‘rsatkichlarini yaxshilash maqsadida tiklashga oid ta’mirlash-qurilish ishlari majmui. Bunda yo‘l to‘shamasi va qoplamasi, yer ko‘tarmasi va yo‘l inshootlarining ish imkoniyatini tiklash va oshirish ishlari bajariladi, eskirgan konstruksiyalar va detallar almashtiriladi yoki ular mustahkamroq, chidamli va tejamli konstruksiyalar va detallar bilan almashtiriladi, zarur hollarda ta’mirlanayotgan avtomobil yo‘li uchun belgilangan toifaga to‘g‘ri keladigan normalar doirasidagi harakat jadalligi va avtomobillar o‘qiga tushadigan og‘irliklar o‘sib borishini hisobga olgan holda yo‘lning asosiy uzunligidagi yer ko‘tarmasini kengaytirmasdan avtomobil yo‘lining geometrik parametrlari (rejasi, bo‘ylama kesimi va shu kabilar) oshiriladi;
    Oldingi tahrirga qarang.
    (6-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 31-dekabrdagi 352-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2011-y., 52-son, 566-modda)
    Oldingi tahrirga qarang.
    avtomobil yo‘llarini joriy ta’mirlash — avtomobil yo‘llarining ayrim uchastkalari va elementlari ishonchliligi va qulayliligini ta’minlashga yo‘naltirilgan foydalanish ko‘rsatkichlarini yaxshilash maqsadidagi tiklash bo‘yicha kompleks ta’mirlash ishlari. Bunda eskirgan qoplamaniqisman qoplash, uning tekisligini va ilashish sifatlarini tiklash va yaxshilash, yo‘l qoplamasi, yer ko‘tarmasi, yo‘l inshootlari, avtomobil yo‘llarini jihozlash va obodonlashtirish, harakat xavfsizligini tashkil etish va ta’minlash elementlarining barcha buzilishlari va shikastlanishlarini bartaraf etish, shuningdek avtomobil yo‘lining butun uzunligida yil mobaynida amalga oshiriladigan avtomobil yo‘llari va yo‘l inshootlarining mayda shikastlanishlarining oldini olish va tuzatish yo‘li bilan amalga oshiriladigan foydalanish ko‘rsatkichlarini saqlash bo‘yicha kompleks ta’mirlash ishlari amalga oshiriladi. (6-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 31-dekabrdagi 352-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 52-son, 566-modda) avtomobil yo‘llarini saqlash — avtomobil yo‘llari va yo‘l inshootlari elementlarini soz holatda saqlash,shuningdek avtomobil yo‘lining butun uzunligida yil mobaynida bajariladigan avtomobil yo‘llari va yo‘l inshootlarining texnik qurilmalari ish rejimlari bo‘yicha kompleks ishlar, yo‘l, yo‘l inshootlari va ajratilgan mintaqaga qarash, doimiy ravishda paydo bo‘ladigan mayda shikastlanishlarning oldini olish va ularni bartaraf etish, harakat xavfsizligini tashkil etish va ta’minlash, shuningdek avtomobil yo‘llarini qishda saqlash va ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha kompleks ishlar; avtomobil yo‘llarini qishda saqlash — avtomobil yo‘llari va yo‘l inshootlari elementlarini soz holatda saqlash, shuningdek avtomobil yo‘lining butun uzunligida qish davri mobaynida bajariladigan avtomobil yo‘llari va yo‘l inshootlarining ish rejimlari bo‘yicha kompleks ishlar, avtomobil yo‘llarini qish davrida qor qatlamlari, uyumlari va ko‘chkilaridan himoya qilish, qordan tozalash, qishki sirpanchiq paydo bo‘lishining oldini olish va ularni bartaraf etish hamda muzgarchilikka qarshi kurashish bo‘yicha ishlar va tadbirlar; avtomobil yo‘llarini ko‘kalamzorlashtirish — ajratilgan mintaqada qor va qum uyumlaridan, shamol va suv eroziyasidan himoya qilish, avtomobil yo‘llarini estetik bezash uchun zarur bo‘lgan yo‘l tasmasida daraxtzorlar barpo etish va o‘t ekish ishlari hamda ko‘kalamzorlashtirish elementlarini parvarish qilish ishlari; texnik tekshirish — avtomobil yo‘llarining foydalanish sifatlarini, ta’mirlash maqsadga muvofiqligini aniqlash maqsadida avtomobil yo‘llari va yo‘l inshootlari elementlarini nazorat qilish, sinash, tahlil qilish va baholashni o‘z ichiga oladigan jarayon; avtomobil yo‘llarini texnik ko‘zdan kechirish — mavsumiy (bahor va kuz davrlari) o‘tkaziladi, uning natijalari bo‘yicha harakat xavfsizligini tashkil etish, avtomobil yo‘llarinini transportfoydalanish sifatlarini oshirish va uning geometrik elementlarini va yo‘l inshootlarini yaxshilash bilan bog‘liq bo‘lgan chora-tadbirlarning to‘liq ro‘yxati ishlab chiqiladi; avtomobil yo‘llari tashxisi — avtomobil yo‘llari holati bo‘yicha axborot to‘plash tizimida asosiy element hisoblanadi hamda ko‘rib chiqilayotgan davrda avtomobil yo‘llarining texnik holatini aniqlashni, muayyan davr o‘tgandan keyin avtomobil yo‘li qanday texnik holatda bo‘lishini prognozlashtirishni, avtomobil yo‘llaridagi u yoki bu nuqsonlar kelib chiqishining birlamchi sabablarini aniqlashni o‘z ichiga oladi.

    Avtomobil yo'li

    Avtomabil yo'llarini transport foydalanish ko'rsatkichini baholash uslubi


    Avtomobil yo'li - avtomobil transporti qatnoviga mo'ljallangan muhandislik inshooti. Avtomobil yo'li ahamiyatiga qarab xalqaro, davlat (respublika) va mahalliy ahamiyatga ega bo'lgan yo'llarga boʻlinadi. Xalqaro Avtomobil yoʻli ga mamlakatlarni, yirik sanoat markazlarini bog'lovchi va katta iqtisodiy ahamiyatga ega boʻlgan yoʻllar kiradi.
    Davlat ahamiyatidagi yo'llarga yirik sanoat markazlari, muhim temir yo'l stansiyalari, pristanlar va boshqa bilan bog'lovchi yo'llar, mahalliy yo'llarga esa viloyat, qishloq, jamoa xo'jaliklari yo'llari kiradi. Avtomobil yo'li muhandislik inshooti sifatida quyidagi elementlardan tashkil topadi: yer poyi ko'tarmasi; yo'l to'shamasi; qatnov qismi; yo'l cheti; sun'iy va chiziqli inshootlar va boshqa jihozlar. Avtomobil yo'li tabiiy yoki tuproq ko'tarmasi, asos va qoplamalardan iborat. Asos (o'rta qatlam) qum, shag'al, tosh, shlak va shahrik. materiallardan qilinadi. Avtomobil yo'lining ahamiyatiga qarab, quyidagi qoplama xillari ish- latiladi: a) yer sirtiga qumoq tuproq, shag'al sochilgan past navli qoplamalar; b) qoramoy shimdirilgan shag'al yoki may-dalangan tosh yotqizilgan qoplamalar; v) maydalangan tosh va shag'alga qoramoy aralashtirilgan yengil qoplamalar; g) asfalt-beton, sement- beton singari kapital qoplamalar.Yo'llarning ken-gligi avtomobillarning ikki va undan ortiq qator bo'lib yurishiga imkon beradi. Bir qatorniig kengligi 3 m gacha oli-nadi. Chekka yo'llarning eni 2 - 2,5 m bo'ladi. Harakat qulayligini ta'minlash maqsadida ba'zan yo'lning o'rtasi ma'lum kenglikda ko'kalamzorlashtiriladi. Avtomobil yo'li qurilishida sun'iy inshootlar (tonnellar, ko'priklar, tayanch devorlar, himoya yo'laklari) barpo etiladi. Avtomobil yo'lida suv o'tkazuvchi va drenaj qurilmalari bo'ladi. Harakat xavfsizligini ta'min-lash uchun yo'l belgilari, ko'rsatkichlar, himoya vositalari va transport oqimini boshqarish qurilmalari o'rnatiladi. Shuningdek, Avtomobil yo'lida texnika xizmati ko'rsatuvchi stansiyalar, yonilg'i stansiyalari va boshqa joylashadi.Jahon standartlari bo'yicha Avtomobil yo'lilari mamlakat umumiy transport tarmog'idagi ahamiyati va hisobiy harakat jadalli-giga ko'ra besh toifaga bo'linadi. Eng yuqori (1) toifadagi avtomobil yo'lida har ikkala yo'nalishda o'rtacha sutkalik harakat jadalligi 7000 dan ko'proq avtomobilga, hisobiy tezlik 150 km/so-atga, eng past toifadagi yo'lda harakat jadalligi sutkasiga 100 ga yaqin avtomobilga va hisobiy tezlik 60 km/so-atga mo'ljallanadi. Xalq xoʻjaligida avtomagistrallarning ahamiyati katta. Jahondagi Avtomobil yoʻlilarining umumiy uz. 20,8 mln. km (qattiq qoplamalilari 14 mln. km dan ortiq, 1990). Qattiq qoplamali Avtomobil yoʻli uzunligi (ming km) AQShda 6243 (1986), Buyuk Britaniyada 356, Fransiyada 741, Germaniyada 496, Yaponiyada 782, Hindistonda 759 (1990). 20-asr boshida O'zbekistonda 27 ming km yo'l bo'lib, asosan ot-arava, karvon va yo'lovchilarga mo'ljallangan, shundan faqat 2 ming km ga shag'al yotqizilgan edi. 1920-yilga qadar yo'l ishlari bilan munta-zam shug'ullanadigan davlat tashkiloti boʻlmagan. 1922-yil noyabrda Turkiston mahalliy transport boshqarmasi, 1925-yil iyunda viloyat yo'l boshqarmalari tashkil etildi. Boshqarmalar viloyat yo'l qurilishi va ulardan foydalanishga oid masalalar bilan shug'ullangan. 1932-yildan yo'l qurilishida bitum va shag'al aralashmasi keng qo'llanildi. 1928 - 32 yillarda respublikada birinchi bo'lib uz. 62 km boʻlgan qora qoplamali Buxoro - G'ijduvon - Qiziltepa yo'li, so'ngra Samarqand - Panjakent, Toshkent - Pskent - Murotali, Qo'qon - Sho'rsuv - Andijon - Kuyganyor va boshqa yo'llar qurildi. O'zbekistonda qurilgan Avtomobil yo'lilari xalqaro andozalar ta-lablariga to'liq javob bermagan.Respublika mustaqillikka erishganidan keyin O'zbekiston Respublikasining Prezidenti Islom Karimovning ichki va tashqi transport kommunikatsiyasi, jum-ladan avtomobil yo'llarini zamonaviy asosda rivojlantirish konsepsiyasiga binoan Ko'shni davlatlar va Jahon okea-niga chiqishni ta'minlaydigai eng qisqa va ishonchli transport yo'llarini bar-po etish, mavjud avtomobil yo'llarini xalqaro andozalarga moslash. yo'llarni saqlash va ta'mirlash, yangi barpo eti-layotgan sanoat markazlarini xalqaro magistrallar bilan bog'laydigan yo'llar qurilishi masalalariga e'tibor kuchaydi. 1992-yil 3-iyulda "Avtomobil yo'llari to'g'risida" O'zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilindi. 1993- yil fevralda O'zbekiston avtomobil yo'llarini qurish va undan foydalanish davlat-aksiyadorlik konserni ("O'zavtoyo'l") ish boshladi (1969 - 1993- yillarda vazirlik). Konsern tarkibida Qoraqalpog'iston Respublikasi va viloyatlar avtomobil yo'llari boshqarmalari, 154 tuman avtomobil yo'llari boshqarmalari, 512 yo'llarni asrash va ulardan foydalanish bo'limlari, "O'zyo'lloyiha" yo'l va inshootlar qurish, qayta qurish va ta'mirlash loyiha-qidiruv instituti, ko'prik temir-be-ton qurilmalari zavodi va boshqa korxonalar. Yo'l poyini qurish bo'yicha ish texnologiyasi va bajarish muddati Avtomobil yo'llarini qurishda bajariladigan yer ishlari, odatda, qurilayotgan yo'l uzunligi boʻyicha bir xil bo'lmaydi. Yer ishlarining hajmi ko'tarmaning balandligi va oʻymaning chuqurligiga qarab o'zgarib turadi. Yo'l poyining tuzilmasi ham bu tavsiflarga va bundan tashqari, grunt- gidrogeologik sharoitga qarab oʻzgaradi. Bularning hammasi, umuman olganda, ayrim texnologik jarayonlarni yoki texnologiyaning o'ziga xos farqlanishini belgilayd Ammo yoʻl poyini qurishda quyidagi ish tarkibi o'zgarmas hisoblanadi: tayyorgarlik ishlari, koʻtarmalarni qurish va o'ymalarni o'yishdagi asosiy ishla pardozlash ishlari. Tayyorgarlik ishlari - trassani tiklash, doimiy va vaqtinchalik foydalanish uchun yer yuzasini ajratish va mustahkamlash, ajratilgan yo'lakchani tozalash, ishni belgilash, suv olib ketuvchi ariq va drenajlarni qurishdan iborat.Asosiy ishlar - bularga o'ymani o'yish va ko'tarmani qurishdagi asosiy ishlar kiradi. Asosiy ishlar gruntlarni bo'shatish va kavlash,uni ko'tarma qurilayotgan joyga yoki yo'l qurilayotgan joydan tashqariga tashish qilish, gruntlarni yoyish va zichlash kabi boshqa texnologik jarayonlarni qamrab oladi. Pardozlash ishlari - yo'l poyi yuzasini tekislash, ko'tarma va oʻymaning yon qiyaliklarini va ariqlarni suv yuvmasligi uchun mustahkamlash, keyincha foydalanish uchun vaqtincha bir chekkaga chiqarib qo'yilgan o'simlik qatlami: tiklash.Murakkab yoki maxsus sharoitlarda, masalan, botqoqliklarda, togʻli hududlarda, abadiy muzlik sharoitlarida maxsus ishlar yoki texnologik jarayonlar bajariladi: torf olib tashlanadi, portlatish yo'li bilan tog' jinslari bo'shatiladi, to'suvchi qatlamchalar quriladi. Har bir ish turi uchun kam mehn va boshqa resurslar ishlatib, uzoq xizmat qiluvchi mustahkam turg'un yo'l poyini qurishni taminlovchi texnologiya bo'yicha qurilish ishlari bajarilishi kerak.Yer ishlari har xil mashinalar yordamida bajariladi, ishning kerakli sifatini ta'minlanishi uchun ularni shunday tanlash kerakki, har bir mashindan to'liq foydalanilsin. Bu esa ish unumdorligini oshishiga va ishning tannarxi kamayishiga olib keladi.Turli sharoit va texnologik jarayonlar uchun mashinalarni tanlash har xil variantlarning xisobi va texnik-iqtisodiy solishtirish asosida olib boriladi. Gruntlarni kavlash va tashish qilishda asosiy ishlar uchun: gruntlarni 100 m masofagacha surishda buldozerlar; tashish masofasi 100 m dan ortiq va yaxshi grunt sharoitida skreperlar; har qanday gruntni kavlashdan qo'llanadi. Transport vositalari tashish masofasi va o'tish sharoitiga bog'liq ravishda tanlanadi. Ekskavatorlar, ayrim hollarda boshqa mashinalar bilan birgalikda ishlatiladi, masalan, buldozerlar yoki skreperlar bilan. Juda mustahkam gruntlar portlatib yumshatiladi. Ekskavator bilan birgalikda o'ziyurar yuklagichlar ishlatiladi. Ular yengil gruntlarni mustaqil ravishda kavlaydi, mustahkam gruntlarda, ularni kavlash Ortadi ularni bajarish muddati hisobga olinadi. Katta hajmdagi kuzovli yoki gruntni cho'michli kuchli mashinalarni ishlatish ko'p samara beradi, ammo buning uchun ish hajmi ularning to'xtovsiz ishlashi uchun yetarli bo'lishi kerak.Mashinalarni tanlashda muqobil variant har xil variantlarning texni iqtisodiy ko'rsatkichlari: ishning narxi, energiya sarfi, bitta ishchiga to'g'ri keladigan ish hajmi va boshqalar asosida solishtirib aniqlanadi.Qurilayotgan avtomobil yo'lining har bir bo'lagini ketma-ket o'rganib yer uchun, bo'shatkichlar yoki buldozerlar ishlatiladi, yuklagichlar faqat Yer ishlarini bajarish jarayonida mashinalarni tanlashda ish hajmi va ishlarini bajarish usullari: joylardagi sharoitga bogʻliq holda berilgan yo'l bo'lagida yo'l poyi tuzilmasi; karyer va o'ymada gruntlarning joylashishi; joyning relyefi; mashinalar harakati uchun vaqtinchalik yo'lni qurish imkoniy va boshqalarga qarab belgilanadi. Har bir yo'l bo'lagi uchun belgilangan usulga mos ravishda yetakchi mashinaning varianti tanlanadi va har bir variant uchun asosiy texnik-iqtisodiy samara ko'rsatkichi hisoblanadi.Yer ishlarini yilning eng yaxshi sharoitli kunlarida, gruntlar muzlamaganda va namligi unchalik ko'p bo'lmaganda, ya'ni namlik ruxsat etilgan muqobil miqdordan oshmaganda bajarish kerak. Gruntli yo'llarda (zemlevoz yo'llari) mashinalarning harakatlanishi katta ahamiyatga ega. Bunda yilning yaxshi sharoitli kunlari, iqlimi mo'tadil bo'lgan tumanlarda, bahorgi- yozgi va ko'pincha kuzgi davri hisoblanadi. Aprel oxiridan oktyabrning uchinchi dekadasi boshigacha gruntlarning tabiiy namligi muqobil namlikka yaqin boʻladi, gilli gruntlar yer ishlari mashinasining ishchi qismiga yopishib qolmaydi, qumli gruntlar, aksincha, bir qancha bog'liqlikka ega, shuning uchu ish olib borishga yaxshi sharoit yaratilgan boʻladi. Bularning barchasi ish sifati va yo'l poyini qurishda ishtirok etuvchi mashinalarning kerakli ish unumdorligini ta'minlaydi. Bunday yaxshi sharoitli kunlarning boshlanish va tugallanish muddati har kerakli ma'lumotlar hisoblanadi. Yer ishlarini faqat bahorgi, yozgi va kuzgi davrlarda gina emas, qish oylarida ham bajarish mumkin, ammo bu, odatda, qo'shimcha material resurslari, qorni tozalash muzlagan gruntni bo'shatish, muzlashning oldini oli kabi tadbirlarni talab qiladi.gruntlar kam muzlaydigan, qor qoplamaydigan yoki kam qalinlikda qurg'oqchil tumanlarda, qish davri yer ishlarini bajarish uchun yaxshiroq,boʻladigan xil geografik sharoitli tumanlarda ishchi smenaning sonini hisoblash uchun Ayrim tumanlarda qishda ish sharoiti yaxshi hisoblanadi. Masalan, Masalan, botqoqlik tumanlarida yoz oylarida gruntli yo'llarda transport Qoyaning togʻ jinsli gruntlarni ishlashda muzlash amalda ahamiyatga ega chunki namlik miqdori katta boʻladi. Ayrim hollarda gruntlarning muzlashi musbat omil hisoblanadi va yer ishlarini bajarish uchun vaqtni tanlashda asosiy hal qiluvchi bo'lishi mumkin.mashinasini yurishi qiyin kechadi, ayrim hollarda mumkin bo'lmaydi, shuning uchun qishda yer ishlarini bajarish murakkab boʻlishiga qaramasdan, yechim ratsional yoki yagona bo'lishi mumkin.Bunday emas Odatda qish vaqtlarida mashinalar bo'sh turmasligi uchun yer ishlarining bir qismi bajariladi, bu, yozda transport vositalariga talab eng ko'p bo'lgan vaqtda gruntni tashishda ularning sonini kamaytirish imkonini beradi. Yo'l poyi, odatda, vaqtliroq bajariladi. Yo'l poyida xosil boʻladigan deformatsiyani tuzatish imkoni bo'lishi uchun, yo'l to'shamasini qurish, yer ishlaring bajarib boʻlgandan so'ng, bir yildan keyin amalga oshiriladi. Bu shart kapital turdagi qoplamali yo'llarni qurishda majburiy hisoblanadi. Yengillashtirilgan yoki o'tuvchi turdagi qoplamani qurishda, shuningdek, katta boʻlmagan ko'tarmalar va o'ymalarda yo'l to'shamasini yo'l poyi qurilgandan so'ng qurishga ruxsat beriladi. Bu holatda qurilishning umumiy muddati 2 yildan kam boʻladi va yer ishlarini olib borish uchun kerak vaqt yo'l to'shamasini qurish vaqtiga bogʻliq holda belgilanadi.
    41 .Yer ishlari va yo'l to'shamasini barobar olib borishda iqlim sharoiti yomonlashishi bilan yer ishlarining bajarilishi tasodifan ushlanib qolishi, ayri mashinalarning buzilib qatordan chiqishi kabiholatlar sababli ularning tayyor yoʻl poyi boʻlagi boʻlishi kerak. Tayyor yo'l poyi boʻlagini qiymati yo'l to'shamasini qurish jadalligiga va qurilishdagi boshqa aniq shartlarga bogʻliq orasida Yer ishlarini olib borish muddatini aniqlash bilan bogʻliq hisob ishlarini bajarishda bunday kutilmagan omillarni ko'zda tutish kerak. Qish vaqtlarida iqlim sharoiti, gruntning tasnifi, namligi va muzlashini hisobga olib yer ishlarini olib borishni muddati belgilanadi. Kalendar kunlar va ishchi smenaning soni, alohida qurilish olib boorish uchun yaxshi bo'lmagan davrni chiqarib tashlab, hisoblab aniqlanadi.




    Vazirlar Mahkamasining
    2006-yil 1-noyabrdagi 226-son qaroriga
    1-ILOVA
    Umumiy foydalaniladigan avtomobil yo‘llarini
    ta’mirlash va saqlash ishlari tasnifi
    Keyingi tahrirga qarang.
    I. Umumiy qoidalar
    1. Mazkur Tasnif umumiy foydalKeyingiOldingiqaroriga
    II. Asosiy terminlar va tariflar
    Oldingi avtomobil yo‘llarining iste’mol xossalari — avtomobil yo‘llarining foydalanuvchilarning manfaatlariga bevosita javob beradigan transport-foydalanish ko‘rsatkichlari majmui. Iste’mol xossalariga quyidagilar kiradi: harakatning tezligi, uzluksizligi, xavfsizligi va qulayligi, transport vositalarini o‘tkazish imkoniyati va harakatlanish darajasi, o‘qiga tushadigan og‘irligi, yuklamasi, umumiy massasi va gabaritlar bilan avtomobil yo‘llarida harakatlanish uchun ruxsat berilgan avtomobillar va avtopoyezdlarni o‘tkazish imkoniyati, ekologik xavfsizlik, estetik va boshqa xossalar;
    avtomobil yo‘llarini mukammal ta’mirlash — avtomobil yo‘llarining ishonchliligi va qulayligini ta’minlashga qaratilgan foydalanish ko‘rsatkichlarini yaxshilash maqsadida tiklashga oid ta’mirlash-qurilish ishlari majmui. Bunda yo‘l to‘shamasi va qoplamasi, yer ko‘tarmasi va yo‘l inshootlarining ish imkoniyatini tiklash va oshirish ishlari bajariladi, eskirgan konstruksiyalar va detallar almashtiriladi yoki ular mustahkamroq, chidamli va tejamli konstruksiyalar va detallar bilan almashtiriladi, zarur hollarda ta’mirlanayotgan avtomobil yo‘li uchun belgilangan toifaga to‘g‘ri keladigan normalar doirasidagi harakat jadalligi va avtomobillar o‘qiga tushadigan og‘irliklar o‘sib borishini hisobga olgan holda yo‘lning asosiy uzunligidagi yer ko‘tarmasini kengaytirmasdan avtomobil yo‘lining geometrik parametrlari (rejasi, bo‘ylama kesimi va shu kabilar) oshiriladi;
    Oldingi tahrirga qarang.
    (6-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 31-dekabrdagi 352-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2011-y., 52-son, 566-modda)
    Oldingi tahrirga qarang.
    avtomobil yo‘llarini joriy ta’mirlash — avtomobil yo‘llarining ayrim uchastkalari va elementlari ishonchliligi va qulayliligini ta’minlashga yo‘naltirilgan foydalanish ko‘rsatkichlarini yaxshilash maqsadidagi tiklash bo‘yicha kompleks ta’mirlash ishlari. Bunda eskirgan qoplamani qisman qoplash, uning tekisligini va ilashish sifatlarini tiklash va yaxshilash, yo‘l qoplamasi, yer ko‘tarmasi, yo‘l inshootlari, avtomobil yo‘llarini jihozlash va obodonlashtirish, harakat xavfsizligini tashkil etish va ta’minlash elementlarining barcha buzilishlari va shikastlanishlarini bartaraf etish, shuningdek avtomobil yo‘lining butun uzunligida yil mobaynida amalga oshiriladigan avtomobil yo‘llari va yo‘l inshootlarining mayda shikastlanishlarining oldini olish va tuzatish yo‘li bilan amalga oshiriladigan foydalanish ko‘rsatkichlarini saqlash bo‘yicha kompleks ta’mirlash ishlari amalga oshiriladi.
    (6-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 31-dekabrdagi 352-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 52-son, 566-modda) avtomobil yo‘llarini saqlash — avtomobil yo‘llari va yo‘l inshootlari elementlarini soz holatda saqlash, shuningdek avtomobil yo‘lining butun uzunligida yil mobaynida bajariladigan avtomobil yo‘llari va yo‘l inshootlarining texnik qurilmalari ish rejimlari bo‘yicha kompleks ishlar, yo‘l, yo‘l inshootlari va ajratilgan mintaqaga qarash, doimiy ravishda paydo bo‘ladigan mayda shikastlanishlarning oldini olish va ularni bartaraf etish, harakat xavfsizligini tashkil etish va ta’minlash, shuningdek avtomobil yo‘llarini qishda saqlash va ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha kompleks ishlar; avtomobil yo‘llarini qishda saqlash — avtomobil yo‘llari va yo‘l inshootlari elementlarini soz holatda saqlash, shuningdek avtomobil yo‘lining butun uzunligida qish davri mobaynida bajariladigan avtomobil yo‘llari va yo‘l inshootlarining ish rejimlari bo‘yicha kompleks ishlar, avtomobil yo‘llarini qish davrida qor qatlamlari, uyumlari va ko‘chkilaridan himoya qilish, qordan tozalash, qishki sirpanchiq paydo bo‘lishining oldini olish va ularni bartaraf etish hamda muzgarchilikka qarshi kurashish bo‘yicha ishlar va tadbirlar; avtomobil yo‘llarini ko‘kalamzorlashtirish — ajratilgan mintaqada qor va qum uyumlaridan, shamol va suv eroziyasidan himoya qilish, avtomobil yo‘llarini estetik bezash uchun zarur bo‘lgan yo‘l tasmasida daraxtzorlar barpo etish va o‘t ekish ishlari hamda ko‘kalamzorlashtirish elementlarini parvarish qilish ishlari; texnik tekshirish — avtomobil yo‘llarining foydalanish sifatlarini, ta’mirlash maqsadga muvofiqligini aniqlash maqsadida avtomobil yo‘llari va yo‘l inshootlari elementlarini nazorat qilish, sinash, tahlil qilish va baholashni o‘z ichiga oladigan jarayon; avtomobil yo‘llarini texnik ko‘zdan kechirish — mavsumiy (bahor va kuz davrlari) o‘tkaziladi, uning natijalari bo‘yicha harakat xavfsizligini tashkil etish, avtomobil yo‘llarining transport-foydalanish sifatlarini oshirish va uning geometrik elementlarini va yo‘l inshootlarini yaxshilash bilan bog‘liq bo‘lgan chora-tadbirlarning to‘liq ro‘yxati ishlab chiqiladi; avtomobil yo‘llari tashxisi — avtomobil yo‘llari holati bo‘yicha axborot to‘plash tizimida asosiy element hisoblanadi hamda ko‘rib chiqilayotgan davrda avtomobil yo‘llarining texnik holatini aniqlashni, muayyan davr o‘tgandan keyin avtomobil yo‘li qanday texnik holatda bo‘lishini prognozlashtirishni, avtomobil yo‘llaridagi u yoki bu nuqsonlar kelib chiqishining birlamchi sabablarini aniqlashni o‘z ichiga oladi.
    III. Avtomobil yo‘llari va yo‘l inshootlarini mukammal ta’mirlash
    7. Mukammal ta’mirlash belgilangan tartibda ishlab chiqilgan, davlat ekspertizasidan o‘tgan va tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq bajariladi, va, qoidaga ko‘ra, yo‘lning ta’mirlanayotgan uchastkasi butun uzunligida avtomobil yo‘lining barcha inshootlari va elementlari bo‘yicha kompleks tarzda amalga oshirilishi kerak.
    8. Mukammal ta’mirlashning vazifasi avtomobil yo‘lining eskirgan konstruktiv elementlari va detallarini to‘liq tiklash hamda almashtirish, shuningdek transport-foydalanish sifatlarini mazkur toifadagi avtomobil yo‘li uchun tegishli hisoblab chiqarilgan harakat jadalligida navbatdagi mukammal ta’mirlashgacha bo‘lgan davrdagi iste’mol xossalariga qo‘yiladigan normativ talablarni ta’minlashga imkon beradigan darajaga ko‘tarishdan iborat. Harakat jadalligi mazkur toifadagi yo‘l uchun belgilangan normadan oshib ketgan taqdirda avtomobil yo‘li yanada yuqori toifaga o‘tkazilib, rekonstruksiya qilinishi lozim.
    9. Texnik tekshirish natijalari bo‘yicha aniqlangan avtomobil yo‘llarining transport-foydalanish holati mukammal ta’mirlashni tayinlash uchun mezon hisoblanadi. Bunda yo‘l to‘shamasining mustahkamligi cheklangan qiymatgacha pasaygan bo‘ladi yoki avtomobil yo‘llari va yo‘l inshootlarining boshqa elementlari parametrlari va tavsiflari ortib ketgan harakat talablariga shu qadar javob bermaydiki, ularni saqlash ishlari vositasida ko‘rsatilgan talablarga muvofiq keladigan holatga keltirish mumkin bo‘lmaydi yoki bu iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq emas.
    Avtomobil yo‘llari hamda yo‘l inshootlarining alohida uchastkalari va elementlarini tegishlicha asoslagan holda tanlab mukammal ta’mirlashga yo‘l qo‘yiladi.
    Engib bo‘lmaydigan kuchga ega holatlar (tabiiy va texnogen xususiyatga ega bo‘lgan favqulodda vaziyatlar, harbiy tuzilmalarning qayta joylashtirilishi) natijasida buzilgan avtomobil yo‘llari va yo‘l inshootlarini mukammal ta’mirlashni belgilangan tartibda nuqsonlar qaydnomasi va ijro smetalari bo‘yicha bajarishga ruxsat beriladi.
    10. Mukammal ta’mirlash bo‘yicha xarajatlar tarkibiga, ta’mirlash ishlari xarajatlaridan tashqari, ta’mirlash o‘tkazilishi davrida ta’mirlanayotgan uchastkada joylashgan yo‘llar va yo‘l inshootlari elementlarini mukammal ta’mirlash ishlari hajmiga kiritilmagan saqlash xarajatlari kiritiladi.
    11. Avtomobil yo‘llari va yo‘l inshootlarini mukammal ta’mirlashga quyidagi ishlar tegishlidir:
    a) yer ko‘tarmasi va suv kyetkazish bo‘yicha: ayrim uchastkalardagi yer ko‘tarmasini uning geometrik parametrlarini ta’mirlanayotgan yo‘l uchun belgilangan toifaga to‘g‘ri keladigan normalargacha sozlash va tuzatish (bo‘ylama qiyaliklarni yumshatish, rejada va bo‘ylama kesimda ko‘rinishni ta’minlash, vertikal va gorizontal egri radiuslarni kattalashtirish, virajlar o‘rnatish), avtomobil yo‘lining ayrim uchastkalarini ta’mirlanayotgan avtomobil yo‘li umumiy uzunligining 25 foizigacha bo‘lgan doirada to‘g‘rilash, qabariqli, ko‘chki tushgan uchastkalarni qayta qurish, drenajlar, quritish zovurlari, qirg‘oqni himoya qiladigan va eroziyaga qarshi inshootlar, suv chiqarish quduqlari, yomg‘ir kanalizatsiyasi, izolatsiyalovchi yupqa qatlamlarni qurish va yer ko‘tarmasining chidamliligini ta’minlaydigan boshqa ishlarni bajarish;
    avtomobil yo‘llarining kesishish va tutashish joylarida yer ko‘tarmasi va suv kyetkazish tizimini qurish hamda bekatlar, dam olish maydonchalari, avtomobil to‘xtash joylari, yo‘lkalar, piyodalar va velosipedchilar yo‘lkalari, alohida kesib o‘tish joylari, chiqish yo‘llari, yo‘llarning qatnov qismidan tashqarida bo‘lgan yo‘l-ta’mirlash xizmati obyektlari va tarixiy joylarga borish yo‘llarini qurish; mukammal ta’mirlash bo‘yicha ishlarni ta’minlash uchun zarur bo‘lgan yerlarni doimiy yoki vaqtincha foydalanish uchun ajratish; yo‘llarni mukammal ta’mirlash ishlari hududidagi eski yo‘l bo‘laklarini yo‘qotish hamda yo‘l zonasidagi zaxira maydonlarni rekultivatsiya qilish;
    b) yo‘l to‘shamasi bo‘yicha: yo‘l to‘shamasini kengaytirish (bir tasmadan ortiq bo‘lmagan kenglikda) va yo‘l chetini ta’mirlanayotgan avtomobil yo‘lining toifasiga to‘g‘ri keladigan normalarga yetkazish, bo‘ylama va ko‘ndalang notekisliklarni tuzatgan, asosiga va qoplamasiga qo‘shimcha tekislovchi qatlam yotqizgan holda kuchaytirish (qalinlashtirish); asos sifatida mavjud yo‘l to‘shamalaridan foydalangan holda qoplamalarning yanada mukammallashgan turlarini qurish, eskirgan sement-beton va asfalt-beton qoplamalarni qayta qoplash, takomillashtirilgan qoplamalarning chetlari bo‘ylab mustahkamlovchi tasmalarni va bordyurlarni tiklash hamda qayta qurish; er ko‘tarmasini to‘g‘rilash va qayta qurish joylarida, kesishma va tutashmalarda, qayrilish maydonchalarida, yo‘lkalarda, piyodalar va velosipedchilar yo‘lkalarida, alohida kesib o‘tish joylarida, chiqish yo‘llarida, yo‘l-ta’mirlash xizmati obyektlariga borish yo‘llarida, ta’mirlanayotgan avtomobil yo‘llarining aylanib o‘tish joylarida yo‘l to‘shamalarini yangidan qurish;
    v) sun’iy inshootlar bo‘yicha: qatnov qismini to‘liq yoki qisman qayta qurish, kengaytirish va ko‘priklar hamda yo‘l o‘tkazgichlarning, ularning gabaritlari va hisoblab chiqilgan og‘irliklarini tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq ta’mirlanayotgan avtomobil yo‘li uchun belgilangan texnik toifaga to‘g‘ri keladigan normalarga yetkazgan holda kuchaytirish;
    Keyingi tahrirga qarang. nuqsonli yoki eskirib qolgan tayanchlar yoki oraliq qurilmalarning barchasini yoki bir qismini yangilariga to‘liq almashtirish, plitalarni kuchaytirgan holda ko‘prik ko‘tarmasi elementlarini almashtirish, suv o‘tkazish quvurlarini qayta qurish yoki almashtirish, barcha yoki bitta po‘lat-temir-beton (po‘lat) oraliq qurilmalardagi plitalar (to‘shama)ni almashtirish, ko‘prikosti gabaritini kesishadigan to‘siqning (avtomobil yo‘llari, temir yo‘llar) tegishli sinfi uchun talab qilinadigan kattalikkacha oshirish; taxlamdagi podfermenniklar va alohida bloklarni almashtirish, tayanchlar yuzasini torkretirlash, rigellar va ustunlar qismlarini tiklash, tayanchlarning ayrim elementlarini kuchaytirish, ko‘rik o‘tkazish va ta’mirlash uchun tayanchlar o‘rnatish; oraliq qurilmalarni ko‘targan holda tayanch qismlarni almashtirish yoki to‘g‘rilash; tirgak devorlari, ko‘chkiga qarshi galereyalar, ko‘tarmalarni qurish va ularni tiklash, mustahkamlovchi va tartibga solish inshootlarini qurish, himoya qurilmalarini (ko‘tarma g‘ov, shpor, dambalar va hokazolar) tiklash yoki qurish; qo‘shimcha ventilatsiya shtolnyalari va shaxtalarni qurish, shuningdek tonnellarning elektr yoritish, isitish, yong‘inni o‘chirish tizimlarini o‘rnatish, pardozlashni nazarda tutgan holda tonnellarni tiklash; mukammal ta’mirlangandan keyin pasport tuzgan holda ko‘prik inshootlarini tekshirish va sinash; oraliq qurilmalarning ayrim ko‘tarib turuvchi elementlarini kuchaytirish yoki almashtirish yoki ularga qo‘shimcha qilish;
    g) binolar va yordamchi inshootlar bo‘yicha: binolarning ichki tuzilishini o‘zgartirish va ta’mirlanayotgan binolar balans qiymatining 40 foizidan oshmaydigan ta’mirlash ishlarining ayrim turlarini bajarish;
    Keyingi tahrirga qarang. mavjud bino qiymatining 25%idan oshmagan holda yordamchi binolar va inshootlar (ustaxonalar, saroylar, omborlar, quduqlar, oshxonalar, bug‘ qozonxonasi, hovli maydonidagi muhandislik tarmoqlari, tozalash inshootlari) hamda obyekt atrofini obodonlashtirish devorlarini qurish;yo‘llarni ta’mirlash va saqlash ishlari uchun zarur bo‘lgan ishlab chiqarish binolari va yordamchi inshootlarni, vaqtinchalik inshootlarni ham kiritgan holda, vaqtinchalik bino va inshootlar uchun mo‘ljallangan smeta bahosi doirasida (bitum va emulsiyali bazalar, muzgarchilikka qarshi materiallarni saqlash va qayta ishlash bazalari, tosh maydalash va saralash bazalari, asfalt-beton va sement-beton qorishtirish qurilmalari, bazalari, trassaoldi konlarining bino va inshootlari, qurilish ashyolari omborlari, katta ko‘priklarni qo‘riqlash bazalari, yo‘l-ta’mirlash punktlari) qurish; avtomobil yo‘llarini mukammal ta’mirlash bo‘yicha ishlar qilinadigan joylarda yo‘l xizmati ishchilarini joylashtirish maqsadida vaqtinchalik bino va inshootlarga mo‘ljallangan mablag‘lar hisobidan ular keyinchalik yashaydigan doimiy turar joylarni qurish. Har yili vaqtinchalik bino va inshootlarga (vaqtinchalik o‘rniga doimiy turar joylarni qurishni hisobga olgan holda) sarflanadigan xarajatlar tegishli yo‘ldan foydalanish xizmat idorasi uchun belgilangan mukammal ta’mirlash bo‘yicha yillik ish hajmining 5%idan oshmasligi kerak. Joylardagi avtomobil yo‘llari davlat boshqaruvi organlari, zaruriyat bo‘lganda, ko‘rsatib o‘tilgan mablag‘larni jamlashlari hamda ulardan belgilangan tartibda yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan maqsadlarda foydalanishlari mumkin;
    d) avtomobil yo‘llarini jihozlash, harakat xavfsizligini tashkil etish va ta’minlash bo‘yicha: avtobus bekatlarida yangi to‘xtash va chiqib-tushish maydonchalari va avtopavilonlarni, harakat qatnashchilarining dam olishi uchun jihozlangan avtomobillarning to‘xtashi va to‘xtab turishi uchun mo‘ljallangan maydonchalarni, shuningdek piyodalar o‘tish joylarini (jumladan, turli sathlarda) qurish va mavjudlarini ta’mirlash; aholi punktlaridan o‘tadigan avtomobil yo‘llari uchastkalarida yo‘lkalar, shovqindan himoya qilish inshootlari va piyodalar (velosipedchilar) yo‘lkalari, transportlarni tekshirish chuqurlari, hojatxonalar va estakadalarni qurish; yangi to‘suvchi to‘siqlar, yo‘naltiruvchi moslamalar va yo‘l belgilarini o‘rnatish va mavjudlarini qayta o‘rnatish, yo‘llar mukammal ta’mirlangandan keyin butun avtomobil yo‘lida yoki uning uchastkalarida doimiy yotiq yo‘l belgilarini chizish; tezlikni o‘zgartirish tasmalari va ajratuvchi orolchalar, shuningdek tik ko‘tarilish joylarida sekin yuradigan transport uchun qo‘shimcha tasmalar va uzoq cho‘ziladigan nishabliklarda tutib turadigan avariyali kamgaklar o‘rnatish; bir va turli sathdagi mavjud kesishma va tutashmalarni takomillashtirib qayta qurish hamda yangilarini qurish, turli sathlardagi mavjud kesishma va tutashmalarda parametrlarni yaxshilash hamda qo‘shimcha virajlar, kirish va chiqish yo‘llarini qurish, avtomobil yo‘llarining ayrim uchastkalarida, ko‘priklar, yo‘l o‘tkazgichlar, tonnellarda elektr yoritish moslamalarini o‘rnatish, liniyali radio aloqasi va texnologik hamda signal berish-chaqirish aloqasining boshqa vositalarini, kabel tarmoqlarini o‘rnatish; avtomobil yo‘llarining avtomobil yo‘llari va temir yo‘llar bilan kesishgan joylarida harakatni tashkil etish va tartibga solishning yangi vositalarini o‘rnatish (montaj qilish) va mavjudlarini qayta o‘rnatish; masofadan turib boshqariladigan belgilarni va axborot almashib turiladigan tablolarni, svetoforlarni, avtomatika va telemexanika tizimlarini qo‘llagan holda yo‘llarning holati va harakat sharoitlari monitoringi, dispetcherlik va avtomatlashtirilgan harakatni boshqarish tizimlari uchun jihozlar va hisobga olish punktini qurish; qorni o‘lchash, suvni o‘lchash postlari va boshqa postlarni qurish.
    12. Mukammal ta’mirlash bo‘yicha boshqa ishlar: ta’mirlash ishlarini bajarish uchun tuproq zaxiralari va mahalliy tosh materiallari konlarini qidirish va o‘zlashtirish, kesib o‘tish yo‘llari, ishlab chiqarish bazalari va konlarga, elektr bilan ta’minlash uchun yuqori voltli elektr uzatish liniyalariga olib boradigan yo‘llarini, boshi berk temir yo‘llarini qurish; yo‘l-qurilish materiallarini vaqtincha saqlash uchun maydonchalar qurish, ta’mirlanayotgan uchastkalarni vaqtincha aylanib o‘tish yo‘llari qurish, shuningdek tabiiy ofatlar natijasida buzilgan avtomobil yo‘llari uchastkalarini aylanib o‘tish yo‘llarini tugatish, tabiatni muhofaza qilish tadbirlari, vaqtincha ajratilgan mintaqani rekultivatsiya qilish, ilgari konlar, zaxiralar, aylanib o‘tish yo‘llari, avtomobil yo‘llarining zarur bo‘lmagan uchastkalari, yo‘l inshootlari, ishlab chiqarish obyektlari va boshqalar uchun band qilingan yerlarni rekultivatsiya qilish; avtomobil yo‘llari va yo‘l inshootlarini mukammal ta’mirlashga loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlash, yer ajratish, imoratlarni buzish va dov-daraxtlar bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, shu jumladan ularni ekspertizadan o‘tkazish;


    Download 10.54 Mb.
      1   2




    Download 10.54 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Zbekiston respublikasi transport vazirligi toshkent davlat taransport universiteti

    Download 10.54 Mb.