• 10-mustaqil ishi
  • 1. Mulohaza va uning qiymatlari
  • 10-mustaqil ishi




    Download 142.52 Kb.
    bet1/3
    Sana06.12.2022
    Hajmi142.52 Kb.
    #33351
      1   2   3
    Bog'liq
    Kompyuter tarmoqlarining texnik vositalari. Kompyuter tarmoqlari, 1-10, AVTOMATIK BOSHARISH NAZARIYASI[1], uArm Controller 20190718, Kompyuter-zamonaviy-texnik, “KELISHILDI”, 1-ma\'ruza, Kiber huquq 11 ish Oybek, Mansurov Oybek 6 ish, 6. Qattiq jismning chiziqli kengayish koeffitsiyentini temperaturaga, psixalogiya 2, mta mustaqil ish, MTTM TAQDIMOT 2, Ijod sehri. Aziza

    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA
    KAMUNIKATSIYALARNI RIVOJLANTIRISH
    VAZIRLIGI
    MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT
    TEXNOLOGIYALARI UNEVERSITETI QARSHI FILLIYALI

    “KI” FAKULTETI AKT-11-21 GURUX TALABASI


    O'RUNOV ASLIDDINNING DISKRIT TUZILMALARI FANIDAN

    10-mustaqil ishi

    TOPSHIRDI. O'runov.A
    QABUL QILDI. SOIPNAZAROV.J

    MAVZU: Predikatlar algebrasi, mulohazalar hisobi formulasi tushunchasi




    Reja:



    1. Mulohaza va uning qiymatlari.

    2. Mulohazalar ustida mantiqiy amallar (inkor, kon’yunksiya, diz’yunksiya, implikatsiya, ekvivalensiya).

    3. Predikatlar haqida tushuncha. Predikatlarda kvantorlarni qo’llanishi usullari.


    1. Mulohaza va uning qiymatlari. Matematik mantiqning boshlang‘ich tushunchalaridan biri mulohaza tushunchasidir. “Mulohaza” deganda biz rost yoki yolg‘onligi haqida fikr yuritishi mumkin bo‘lgan darak gapni tushunamiz. Har qanday mulohaza yo rost yoki yolg‘on bo‘ladi. Hech bir mulohaza bir vaqtning o‘zida ham rost ham yolg‘on bo‘la olmaydi. Masalan, “ ”, “ ”, “5 son tub son”, “1 son tub son”, “o‘g‘limning yoshi otasining yoshidan katta” mulohazalarining birinchisi – rost, ikkinchisi yolg‘on, uchinchisi – rost, 4 chi va 5 chilari esa yolg‘on mulohazalardir.
    So‘roq va undov gaplar mulohaza bo‘la olmaydi. Ta’riflar ham mulohaza bo‘la olmaydi. Masalan, “2 songa bo‘linuvchi son juft son deyiladi” degan ta’rif mulohaza bo‘la olmaydi. Ammo “agar butun son 2 ga bo‘linsa, u holda bu son juft son bo‘ladi” degan darak gap mulohaza bo‘ladi. Bu mulohaza – rost.
    Mulohazaning qiymati deganda biz uning rost yoki yolg‘onligini tushunamiz. Mulohazalar odatda lotin alifbosining bosh harflari (A, B, C, .... X, , ) bilan, ularning qiymatlari (“rost”, “yolg‘on”)ni R va Yo harflari bilan belgilaymiz. Bu yerda R – rost, Yo – yolg‘on. Shuningdek, ularni raqamlar bilan ham belgilash kiritilgan bo‘lib, rost mulohaza 1, yolg‘on mulohaza esa 0 bilan belgilanadi.
    Qismlarga ajratilmaydigan mulohazalar elementar mulohazalar deb aytiladi. Elementar mulohazalar yordamida undan murakkabroq mulohazalarni tuzish mumkin.
    Mulohazalar algebrasining logik amallari maxsus harflar va belgilar orqali berilganda quyidagicha o’qiladi:
    p va q
    p yoki q
    p emas
    p dan q kelib chiqadi
    p agar faqat va faqat agar q
    yolg’on
    rost.
    Agar mulohazalar o’rtasiga mantiq amallaridan qo’ysak, yangi mulohaza hosil bo’lib, bunday mulohazaga qo’shma mulohaza deyiladi. Mulohazalar algebrasida rost yoki yolg’on tushunchalari asosiy tushunchalardan hisoblanadi. Qo’shma mulohazaning rost yoki yolg’on ekanligini ta’rifdan kelib chiqqan holda jadval asosida ko’rish birmuncha qulaylik tug’diradi. Bunday jadvalga rostlik jadvali ham deyiladi.

    Download 142.52 Kb.
      1   2   3




    Download 142.52 Kb.