|
Shahrisabz filiali funksional ovqatlanish mahsulotlari texnologiyalari fanidan
|
bet | 1/19 | Sana | 04.12.2023 | Hajmi | 166,35 Kb. | | #111161 |
Bog'liq 4-ma\'ruza.
TOSHKENT KIMYO-TEXNOLOGIYA INSTITUTI
SHAHRISABZ FILIALI
FUNKSIONAL OVQATLANISH MAHSULOTLARI TEXNOLOGIYALARI FANIDAN
MA’RUZA MASHG’ULOT №4
MAVZU: FUNKSIONAL OVQATLANISHNING ASOSIY KATEGORIYALARI
REJA:
1. Ozuqaviy moddalarning klassifikatsiyasi.
2. Funksional ingredientlar
3. Mineral elementlarning funksional vazifasi
A.A.Pokrovskiy oziqani murakkab farmakologik effektlar manbai sifatida ko‘rib chiqqan. U oziqani tabiiy birikmalar majmuasi sifatida yuzaki ko‘rib chiqish ham uning kimyoviy tarkibining xilma xilligi va biologik ahamiyati to‘g‘risida shubha qoldirmasligi to‘g‘risida bayon etgan. Uning fikriga ko‘ra oziqa – bu tasavvur qilinganidan ko‘ra kengroq tushuncha. Bu yuz minglab (millionlab) moddalarning kompleksi bo‘lib, ularning har biri biologik faollikning ma’lum o‘lchoviga ega. Kelib chiqishi organik bo‘lgan asosiy moddalarga oqsillar, yog‘lar va uglevodlar kiradi. Noorganik moddalarga mineral moddalar va suv kiradi. Oziqaviy moddalarning tasnifi 3.1-rasmda keltirilgan. 3.1-rasmda keltirilgan sxemani tahlil qilish natijasida shuni xulosa qilish mumkinki, oziqaning asosiy komponentlari bo‘lib, qonga absorbsiyalanmaydigan, lekin molekulalarida kimyoviy bog‘langan nutrientlar – aminokislotalar, monosaxaridlar va yog‘ kislotalariga ega bo‘lgan oqsillar, murakkab lipidlar va polisaxaridlar hisoblanadi; oziqa tarkibiga, qonga to‘g‘ridan to‘g‘ri absorbsiyalanadigan nutrientlardan iborat bo‘lgan mineral moddalar va vitaminlar ham kirishi mumkin; oziqa tarkibida nooziq (noalimentar) moddalar, masalan ballast, ta’m va xushbo‘ylik beruvchi, rang hosil qiluvchi birikmalar hamda antialimentar omillar, mutagenlar, toksik moddalar ham mavjud bo‘lishi mumkin. Inson hayotining sifati ferment sistemalarining oziqaviy moddalar kimyoviy strukturalariga mosligiga bog‘liq bo‘ladi. Funksional ovqatlanish mahsulotlari tarkibiga kiruvchi funksional ingredientlar asosiy kategoriyani tashkil qiluvchi: oziqaviy tolalar, aminokislotalar, oqsillar, oligosaxaridlar, qand spirtlar, izoprenlar va vitaminlar, mineral moddalar va organik kislotalar, spirtlar, polito‘yinmagan yog‘ kislotalari, glikozidlar va xolinlar, bifidobakteriyalar va boshqa sut kislotasi bakteriyalar singari yuzlab nutrientlarni o‘z ichiga oladi.
|
| |