• Fosfor (P). Sutkalik ehtiyoj – 1200-1600 mg.
  • Oltingugurt (S). Sutkalik ehtiyoj 850 mg.
  • Xlor (Cl). Sutkalik ehtiyoj – 5000 mg.
  • Jismoniy va ruhiy zo‘riqishda kaliy tanqisligi kuzatiladi. Qandli diabetda, diareyada, gipertoniyani davolashda siydik haydovchi preparatlardan foydalanishda katta miqdorda kaliy yo‘qotilishi yuzaga k




    Download 166,35 Kb.
    bet7/19
    Sana04.12.2023
    Hajmi166,35 Kb.
    #111161
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19
    Bog'liq
    4-ma\'ruza.

    Jismoniy va ruhiy zo‘riqishda kaliy tanqisligi kuzatiladi. Qandli diabetda, diareyada, gipertoniyani davolashda siydik haydovchi preparatlardan foydalanishda katta miqdorda kaliy yo‘qotilishi yuzaga keladi.

    Hayvon mahsulotlaridan sutda, go‘shtda, tovuq filesida, o‘simlik mahsulotlaridan avokado, o‘rik, petrushka, banan, pomidor sharbati, sitrus mevalari, kungaboqar mag‘zi, bodom va boshqa yong‘oqlarda kaliy ko‘p miqdorda uchraydi.

    Fosfor (P). Sutkalik ehtiyoj – 1200-1600 mg.

    Fosfor kalsiy almashinishi bilan bolangan, bosh miya, mushaklar, suyaklar faoliyatida muhim o‘rin tutadi, bir qator fermentlar, DNK va RNK strukturasiga kiradi, makronergetik birikmalarda (ADF va ATF) to‘planadi. Fosfor etishmasligi markaziy asab tizimi (fosfor tanqisligida aqliy zaiflik, holsizlik rivojlanadi), mushak tizimi (og‘riqlar, zaiflik), jigar (funksiyasining buzilishi), suyak to‘qimalari (fosfor tanqisligida osteoporoz rivojlanadi) faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Fosforsiz nikotin kislotasi o‘zlashtirilmaydi. Nikotin kislotasi asab kasalliklari va stresslarda ko‘p sarflanadi.

    Hayvon mahsulotlaridan baliqda, sut va go‘sht mahsulotlarida, o‘simlik mahsulotlaridan loviya va no‘xotda fosfor miqdori yuqori. Organizmga kalsiy va fosforning kirish nisbati 1:1,5 ga teng.

    Oltingugurt (S). Sutkalik ehtiyoj 850 mg.

    Barcha to‘qimalarda mavjud. Teri, mushaklar, soch va bug‘umlarda katta miqdorda mavjud. Aminokislotalar (sistein, sistin, metionin, taurin), B guruhidagi vitaminlar, insulin va kollagen tarkibiga kiradi. Radiatsiyaga, toksinlarga chidamlilikni oshiradi, DNK ni tiklanishiga yordam beradi. Hayvon mahsulotlaridan sut va go‘shtda oltingugurt miqdori yuqori.

    Xlor (Cl). Sutkalik ehtiyoj – 5000 mg.

    Xlor oshqozon shirasi tarkibiga kiradi, kaliy va natriy bilan birgalikda suv balansini, mushaklar va asab tizimi me’yoriy faoliyatini ta’minlaydi. Xlor tanqisligida diareya, mushaklar tonusining pasayishi, qayt qiish kuzatiladi. Xlorlangan suv ichuvchilar qatiq mahsulotlari hamda E vitamini iste’mol qilishlari kerak. Osh tuzi va dengiz mahsulotlari xlorning manbai hisoblanadi.


    Download 166,35 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19




    Download 166,35 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Jismoniy va ruhiy zo‘riqishda kaliy tanqisligi kuzatiladi. Qandli diabetda, diareyada, gipertoniyani davolashda siydik haydovchi preparatlardan foydalanishda katta miqdorda kaliy yo‘qotilishi yuzaga k

    Download 166,35 Kb.