• Quyida ayrim makro- va mikroeelemetlarning inson organizmi uchun fiziologik ahamiyatining qisqacha tavsifi keltirilgan.
  • Mineral moddalarning umumiy miqdori tana massasining 3-5% ni tashkil qiladi. Ularning oziq-ovqat mahsulotlaridagi miqdori uncha katta emas va 0,03-1,9% ga teng




    Download 166,35 Kb.
    bet4/19
    Sana04.12.2023
    Hajmi166,35 Kb.
    #111161
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
    Bog'liq
    4-ma\'ruza.

    Mineral moddalarning umumiy miqdori tana massasining 3-5% ni tashkil qiladi. Ularning oziq-ovqat mahsulotlaridagi miqdori uncha katta emas va 0,03-1,9% ga teng.

    Mineral elmentlarning etishmovchiligiga olib keluvchi sabablardan eng asosiylari sifatida to‘la qiymatli bo‘lmagan ovqatlanishni qayd etish mumkin. Masalan oziq-ovqat mahsulotlarida magniy tanqisligida, ya’ni ovqatlanishda yong‘oqlar, urug‘lar, donlar kam iste’mol qilinganda, yoki aksincha kolbasa mahsulotlari, konservalangan go‘sht mahsulotlarni ko‘p iste’mol qilishda organizmda shu kimyoviy elementning etishmasligidan darak beruvchi simptomlar yuzaga keladi. SHunga o‘xshash holatlar ichaklarida magniy so‘rilishi funksiyalari buzilgan kishilarda (masalan, disbakteriozda) yoki inson to‘qimalarining magniyga bo‘lgan ehtiyojining yuqoriligida (masalan, xronik stresslarda aldosteron gormoni ko‘p ishlab chiqarilganida, diabetda) ham kuzatilishi mumkin. Siydik haydovchi vositalar, antibiotiklar (gentamitsin), yurak uchun vositalar (digitalis) singari bir qator farmakologik preparatlarni uzoq vaqt qo‘llanilishi ham magniyning chiqarib yuborilishiga olib keladi. Organizmga katta miqdorda alyuminiy, berilliy, fosfatid ionlarining kirishi bilan asoslangan intoksikatsiya ham oziq-ovqat mahsulotlarida magniy etishmasligini keltirib chiqarishi mumkin.

    Quyida ayrim makro- va mikroeelemetlarning inson organizmi uchun fiziologik ahamiyatining qisqacha tavsifi keltirilgan.

    Makroelementlar

    Kalsiy (Ca). Sutkalik ehtiyoj – 800-150 mg.

    Suyak to‘qimalari va tishlarning asosiy elementi bo‘lib, bu erda kalsiy fosfat bilan erimaydigan kristall mineral – kalsiy gidroksilapatit hosil qiladi. Katta yoshdagi kishi organizmida kalsiyning umumiy miqdori 1,5 kg gacha etadi. Yiliga inson organizmidagi 20% kalsiy almashinib turadi. Skelet suyaklaridan kuniga 700-800 mg kalsiy chiqib ketadi va qaytib kiradi.

    Kalsiy antistress, antiallergik, antioksidant ta’sirlariga ega. Tishlar, suyaklar, tirnoqlarning me’yordagi strukturasini; yurakning me’yordagi ritmini ta’minlaydi; asabtizimining faoliyatini yashilaydi; temirning o‘zlashtirilishiga yordam beradi; hujayralarning saraton oldi holatidan saraton holatiga o‘tishining oldini oladi. Organizmda kalsiy miqdorining etarli bo‘lishi suyak to‘qimasida qo‘rg‘oshin to‘planishini oldini oladi. Organizmga kalsiy etishmovchiligi yuzaga kelganda yoki uning metabolizmi buzilganida suyak to‘qimasida (masalan, bu elementning suyaklardagi miqdori kamayishini tavsiflovchi osteoporoz yuzaga kelib, suyaklar mo‘rtlashuviga va sinishiga olib keladi), mushaklarda (og‘riqlar, titrashlar), qalqonsimon bezda (funksiyasining buzilishi), immun tizimida (allergiyaga moyillik, immunitetning pasayishi, jumladan o‘simtalarga qarshi kurashning pasayishi), qon hosil qilish tizimida (ivishning buzilishi) o‘zgarishlar yuzaga keladi. Kalsiy tanqisligi gipertonik inqirozlar, homiladorlikdagi toksikozlar, giperxolesterin yuzaga kelishiga sabab bo‘lishi mumkin.


    Download 166,35 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




    Download 166,35 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mineral moddalarning umumiy miqdori tana massasining 3-5% ni tashkil qiladi. Ularning oziq-ovqat mahsulotlaridagi miqdori uncha katta emas va 0,03-1,9% ga teng

    Download 166,35 Kb.