|
Shahrisabz filiali funksional ovqatlanish mahsulotlari texnologiyalari fanidan
|
bet | 2/19 | Sana | 04.12.2023 | Hajmi | 166,35 Kb. | | #111161 |
Bog'liq 4-ma\'ruza. Rossiya meditsina fanlari akademiyasi ovqatlanish instituti bilan hamkorlikda aholining turli guruhlari uchun insonning salomatlik holati mezonlarini hisobga olmasdan amaldagi oziqa ratsionlaridagi turli vitaminlar, mineral moddalar, aminokislotalar, oziqaviy tolalar va boshqa nutrientlarning optimal me’yorlari ishlab chiqilgan va tavsiya etilgan. Bu bog‘liqlikdagi ko‘rsatkichlar qiymatlari aniq holatlar uchun o‘zgartirilishi mumkin. Ayrim aminokislotalar, mineral moddalar, vitaminlarga nisbatan alohida nutrientning zararli yoki foydali tomoni to‘g‘risida yagona fikr mavjud emas. Ayrim tavsiyalar reklama xarakteriga ega bo‘lib, xavfsizlik nuqtai-nazaridan qo‘shimcha tekirishni talab qiladi.
3.1-rasm. Oziqaviy moddalarning klassifikatsiyasi.
Barcha foydali oziqa mahsulotlari ularga funksional xossalar beruvchi ingredientlarga ega. D.Potterning fikrlariga ko‘ra bozorning bugungi kundagi rivojlanish bosqichida funksional ingredientlarning quyidagi asosiy turlaridan samarali foydalanilmoqda: - oziqaviy tolalar (eruvchan va erimaydigan); - vitaminlar (A, B, D guruhidagi va boshqalar); - mineral moddalar (kalsiy, temir); - polito‘yinmagan yog‘lar (o‘simlik yog‘lari, baliq yog‘i, ώ-3 va ώ-6 yog‘ kislotalari);
|
| |