|
Me’yordagi hayot faoliyati uchun nafaqat organizmga mineral moddalar doimiy kelib turishi, balki ularning nisbati ham to‘g‘ri bo‘lishi kerak
|
bet | 6/19 | Sana | 04.12.2023 | Hajmi | 166,35 Kb. | | #111161 |
Bog'liq 4-ma\'ruza. Me’yordagi hayot faoliyati uchun nafaqat organizmga mineral moddalar doimiy kelib turishi, balki ularning nisbati ham to‘g‘ri bo‘lishi kerak. Inson organizmiga kelayotgan kalsiy va magniyning nisbati 1:0,7 ga teng bo‘lishi kerak.Kalsiy miqdori yuqori bo‘lgan oziqa magniy so‘rilishini pasaytiradi. Magniyning o‘zlashtirilishiga organizmda magniyning antagonistlari hisoblangan shovul kislotasi, tanin va fitinlar qarshilik qiladi. Berilliy va marganets magniyning kuchli antogonistlari hisoblanadi. Sut va kazein magniyning ichaklardan so‘rilishiga qulay ta’sir ko‘rsatadi. Ma’lumotlarga ko‘ra rivojlangan mamlakatlarda istiqomat qiluvchi 80% aholi etarli miqdorda magniy iste’mol qilmaydi. Keksa va kam ta’minlangan kishilar ratsionida magniy miqdori etarli emas. Magniyning o‘zlashtirilishi A vitamini, kalsiy va fosfor ishtirokida ortadi. Hayvon mahsulotlaridan dengiz balig‘ida, o‘simliklardan – bug‘doy kepagi, kungaboqar mag‘zi, yong‘oqlarda magniy miqdori katta. Xususan yashil sabzavotlar xlorofilida magniy ko‘p. Suvning qattiqligi yuqori bo‘lgan hududlarda istiqomat qiluvchi kishilar magniyni etali miqdorda iste’mol qiladilar. Kaliy (K). Sutkalik ehtiyoj – 3000-5000 mg. Kaliy natriyning antagonisti hisoblanadi. Bu istalgan tirik hujayraning faoliyat ko‘rsatishi uchun zarur bo‘lgan hujayraichi kimyoviy elementi hisoblanadi. Kaliy natriy, xlorid va bikarbonat bilan birgalikda organizmdagi kislota-ishqor muvozanati va osmotik bosim uchun mas’ul hisoblanadi. Hujayra devorlarining me’yorda faoliyat ko‘rsatishini, teri sog‘lomligini, organizmdan suyuqlik chiqishini, miyani kislorod bilan yaxshi to‘yinishini ta’minlaydi, buyraklarni metabolitik shlaklar ajratib chiqarishini stimullaydi, allergik holatlarni engillashtiradi, mushaklar qisqarishi uchun zarur, asab impulslari o‘tkazilishida ishtirok etadi. kaliy yurak-qontomir tizimi me’yorda faoliyat ko‘rsatishi uchun juda muhim, yurak ritmini rostlaydi, insultlarning ayrim shakllarini, dipressiya, charchoq va asabiylikning oldini oladi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Me’yordagi hayot faoliyati uchun nafaqat organizmga mineral moddalar doimiy kelib turishi, balki ularning nisbati ham to‘g‘ri bo‘lishi kerak
|