• Mikroelementlar.
  • Natriy (Na). Sutkalik ehtiyoj – 4000-6000 mg




    Download 166,35 Kb.
    bet8/19
    Sana04.12.2023
    Hajmi166,35 Kb.
    #111161
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19
    Bog'liq
    4-ma\'ruza.

    Natriy (Na). Sutkalik ehtiyoj – 4000-6000 mg.

    Natriy plazma kationlarining 90% dan ko‘proini tashkil qiladi. Qonning osmatik bosimini ta’minlaydi, suv almashinishida, ko‘plab biokimyoviy reaksiyalarda ishtirok etadi. Hujayralar membarana potensialini va asab va muskul to‘qimalarida qo‘zg‘alish jarayonlarini generatsiyalashni ta’minlash uchun zarur. Natriy tanqisligi bosh aylanishi, qorin bo‘shlig‘ida spazmlarga, bosh og‘rig‘iga, qon bosimi kamayishiga, muvozanatni yo‘qotishga olib keladi. Osh tuzini me’yoridan ortiq iste’mol qilish nafaqat qon bosimini ortishiga, balki bu kasallikni og‘ir kechishiga ham olib keladi. Natriyning asosiy manbai osh tuzi. Hayvon mahsulotlaridan sut va tuxumda, o‘simlik mahsulotlaridan sabzi, qovun, turshakda ko‘p uchraydi.

    Mikroelementlar.

    Temir (Fe). Sutkalik ehtiyoj 1-2 mg ga teng, lekin oziqaviy temirning 10-20% hazm bo‘lishini hisobga oladigan bo‘lsak, uning oziqa bilan iste’mol qilinadigan sutkalik miqdori 10-30 mg ga teng bo‘lishi kerak.

    Temir faqat shaklida so‘rilishi mumkin. Katta yoshli kishi organizmida taxminan 4 g temir mavjud bo‘lib, ko‘plab fermentlar – oksidlanish-qaytarilish jarayonlari, oqsillar (sitoxromlar, sitoxromoksidazalar) tarkibiga kiradi. Bu mikroelement gemoglabin (eritrotsitlar) va mioglobin (mushaklarning qizil pigmenti) shakllanishida muhim hisoblanadi. Temir mushak hujayralarining oksigenatsiyasini yaxshilaydi, immun tizimining rivojlanishi va faoliyat ko‘rsatishi uchun talab qilinadi, kasalliklarga qarshilikni oshiradi, charchoqning, semirishning oldini oladi, terining yaxshi tonusini qaytaradi, unga sog‘lom rang beradi. Qonda temir plazma oqsili transferrin bilan kompleks shaklida ko‘chiriladi, to‘qimalarda esa temir gidroksidi va fosfatiga ega oqsil kompleksidan iborat ferritin shaklida to‘planadi.

    Temir tanqisligi markaziy asab tizimida (bosh aylanishi, diqqatning pasayishi, bosh og‘rig‘i), muskul tizimida (chidamlilikning pasayishi, kuchsizlik), immun tizimida (tez-tez shamollash, immun tanqisligi), qon hosil bo‘lishi (anemi), yurak (almashinuv jarayonlari) buzilishlarga olib keladi.


    Download 166,35 Kb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19




    Download 166,35 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Natriy (Na). Sutkalik ehtiyoj – 4000-6000 mg

    Download 166,35 Kb.