|
Bugungi kunda selendan inson oziqasida selenli qo‘shimchalar ko‘rinishida foydalanish mutaxassislar e’tiborini jalb qilib kelmoqda
|
bet | 16/19 | Sana | 04.12.2023 | Hajmi | 166,35 Kb. | | #111161 |
Bog'liq 4-ma\'ruza. Bugungi kunda selendan inson oziqasida selenli qo‘shimchalar ko‘rinishida foydalanish mutaxassislar e’tiborini jalb qilib kelmoqda. Hayvon mahsulotlaridan baliq va tuxumda, o‘simlik mahsulotlaridan donli ekinlar (asosan bug‘doy), kokos, yong‘oqlar, pista selen miqdori ko‘proq.oqsil miqdori kam bo‘lgan ovqatni iste’mol qilganda selen tanqisligi yuzaga keladi. Baliq yog‘i, zig‘ir va makkajuxori singari to‘yinmagan o‘simlik yog‘laridan foydalanilganda selenga ehtiyoj ortadi. Ftor (F). Sutkalik ehtiyoj – 1,5-4,0 mg. Tabiiy sharoitarda ftor hayvonlar va o‘simliklar tomonidan kam o‘zlashtiriladigan kimyoviy element hisoblanadi. Mikroorganizmlar tomonidan organik birikmalarga transformatsiyalangandan so‘ng ftor biologik o‘zlashtiriladigan bo‘ladi. Ftorning organizmga fiziologik ta’sirining mohiyati magniy, kalsiy, nukleotidlar va boshqa fermentli sistemalarning aktivatorlari bilan kompleks birikmalar hosil qilishi hisoblanadi. Ftor nuklein (masalan, adenilatsiklaza) almashinuvida ishtirok etuvchi ko‘plab fermentlarni faollashtiradi. Ftor ionlari ayrim lipazalar, esteraza, enolazani ingibirlash xossasiga ega. Ftorning asosiy funksiyasi suyak to‘qimasi bilan ta’sirlashuvdan iborat bo‘lib, tish emalining shakllanishi uchun zarur hisoblanadi. Ftor tanqisligida tish kasalligi – karies, ortiqcha bo‘lganida tishlarning mo‘rtligi va emalning dog‘lanishi yuzaga keladi. Ftorning asosiy manbai ftorli suv, baliq, arpa, salat, shpinat, lavlagi, olma, choy hisoblanadi. Tabiiy suvdagi ftor konsentratsiyasi hududga qarab o‘zgarib turadi. Kremniy (Si). Sutkalik ehtiyoj – 20-40 mg. Biriktiruvchi to‘qima oqsillari kollageni sintezini ta’minlovchi reaksiyalarda, tolasimon to‘qimalar strukturasini zichlashda, ularga qayishqoqlik berishda ishtirok etadi. Kremniy teri, soch, tirnoq, suyaklar strukturasining shakllanishida ahamiyatga ega. Organizmga alyuminiy ionlarining salbiy ta’sirini bartaraf etadi yoki kamaytiradi, osteoporozni oldini oladi, immunitetga stimullovchi ta’sir ko‘rsatadi, to‘qimalar qarishini sekinlashtiradi. Suyak to‘qimasining shakllanishida kremniy magiy va ftor bilan ta’sirlashadi. Kremniy tanqisligi gipertoniya, yurakning ishemik kasalliklari yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Bugungi kunda selendan inson oziqasida selenli qo‘shimchalar ko‘rinishida foydalanish mutaxassislar e’tiborini jalb qilib kelmoqda
|