|
Kobalt (Co). Sutkalik ehtiyoj – 0,1-0,2 mg
|
bet | 13/19 | Sana | 04.12.2023 | Hajmi | 166,35 Kb. | | #111161 |
Bog'liq 4-ma\'ruza. Kobalt (Co). Sutkalik ehtiyoj – 0,1-0,2 mg. Kobalt B12 vitamini tarkibiga kiradi, uglevodlar va yog‘ kislotlari almashinuvida, foliy kislotasi vazifasini bajarishda ishtirok etadi. Kobalt ionlari arginazani, glitsilglitsindipeptidzani, fosfataza, katalazani faollashtiradi, suksindegidrogenaza, sitoxromoksidaza va ureaza faolligini sekinlashtiradi. Kobalt taqchilligi qon hosil bo‘lishi (B12 vitamini taqchilligi bilan bog‘liq bo‘lgan anemiya), teri (teri giperpigmentatsiyasi), jigar (yog‘ almashinuvi buzilishi), suyak to‘qimasi (osteodistrofiya), markaziy asab tizimi (xotiraning pasayishi) faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Hayvon mahsulotlaridan mol jigarida, sutda, tuxum sarig‘ida, o‘simlik mahsulotlaridan – karam, chesnok, lavlagi va dukkaklilarda kobalt miqdori katta. Xrom (Cr). Sutkalik ehtiyoj – 100-200 mkg. Faqat uch valentli xrom biologik faol. Bu element asosan uglevod almashinuvida va insulin hosil bo‘lishida ahamiyatli. Oziqa bilan xromni iste’mol qilish qandli diabet bilan og‘rigan bemorlarda tibbiy preparatlarga bo‘lgan ehtiyojni kamaytirishi mumkin. Xrom qalqonsimon bez funksiyasini, immun tizimi faoliyatini me’yorlashtiradi, aterosklerozni kamaytiradi, oqsillarni parchalanishdan asraydi. Sog‘lom odamlarda xromni oziqa bilan me’yorda iste’mol qilish qonda qand miqdorining me’yorda bo‘lishini ta’minlaydi, aterosklerozni, semirish, insult, gipertoniya, yo‘g‘on ichakning surunkali yallig‘lanish kasalliklarini, tana vaznining ortshini oldini oladi. Oziqa bilan etarli miqdorda xromni iste’mol qilish organizmning qarishini sekinlashtiradi, qon tomirlari elastikligini ta’minlaydi. Hayvon mahsulotlaridan mol jigarida, ustritsalarda, o‘simlik mahsulotlaridan kartoshkada, butun yormada, qo‘ziqorinda, arpada xrom ko‘p uchraydi. Ammo bu mahsulotlardagi xrom miqdori hudud tuprog‘idagi shu elementning miqdoriga bog‘liq bo‘ladi. Pivo achitqilarida xrom miqdori ko‘p bo‘ladi. Molibden (Mo). Sutkalik ehtiyoj – 150 mkg. Bu elementning inson uchun fiziologik ahamiyati ular molekulasi tarkibiga kiruvchi fermentlar bilan bog‘langan (bugungi kunda 14 ta shunday enzimlar ma’lum). Gemoglabin hosil bo‘lishiga, organizmda ftorni saqlab qolishga hamda jigarda temir metabolizmiga yordam beradi; kariesni oldini oladi, turli og‘riqlarni, shu jumladan bug‘imlar og‘rig‘ini engillashtiradi. Purinlar parchalanishida va siydik kislotasini chiqarilishida ishtirok etadi va shu sababli podagraning oldini oladi. Molibden almashinuvi ma’lum darajada hujayralariga oson kiruvchi ichaklar mikroflorasi faoliyati bilan bog‘liq. Molibden hayvon mahsulotlaridan go‘shtda, o‘simlik mahsulotlaridan no‘xotda, loviyada, sabzavotlarning yashil barglarida, boshoqlilar donlarida ko‘p uchraydi.
|
| |