|
Shahrisabz filiali funksional ovqatlanish mahsulotlari texnologiyalari fanidan
|
bet | 10/19 | Sana | 04.12.2023 | Hajmi | 166,35 Kb. | | #111161 |
Bog'liq 4-ma\'ruza. Yodning optimal hazm bo‘lishi uchun oqsil, temir, rux, mis, A va E vitmainlarini etarli miqdorda iste’mol qilishi kerak. Yodning eng yaxshi va xavfsiz manbalari bo‘lib dengiz mahsulotlari, suv o‘tlari, xurmo, tuxum, sut mahsulotlari, yormalar (grechixa, tariq), kartoshka hisoblanadi. Organizmdagi yod tanqisligini bartaraf etish uchun tarkibida yod biotransformirlangan holatda bo‘lgan va organizm tomonidan yaxshi hazm bo‘ladigan “Yod aktiv” biologik faol oziqaviy qo‘shimchasini iste’mol qilish tavsiya etiladi. Bu qo‘shimchani iste’mol qilish yodning ortiqcha dozasiga olib kelmaydi, chunki “Yod aktiv” tabletkalari bolalar, katta yoshdagilar va homilador ayollar ehtiyojlarini hislbga olib ishlab chiqilgan. Bundan tashqari yod qalqonsimon bezga kelishdan oldin jigar fermentlari ta’sirida sut kazeinidan ozod bo‘lishi kerak. Rux (Zn). Sutkalik ehtiyoj – 12-50 mg. Bu kimyoviy element insonning barcha hujayralarining me’yorda faoliyat ko‘rsatishi uchun zarur hisoblanadi. Bu element 80 dan ortiq fermentlar tarkibida aniqlangan, prostata bezi, spermatozoidlarda, ko‘z to‘qimalarida ko‘p miqdorda uchraydi. Insulin, kortikotropin, somatotropin, gonadotropin gormonlari sintezi, A vitamini, to‘yinmagan yog‘ kislotalari metabolizmi, oqsillar sntezi uchun zarur. Uglevodlar va yog‘lar almashinuvida, mushaklar qisqarishi bilan bog‘liq bo‘lgan jarayonlarda, fosforning so‘rilishi va metabolizmida ishtirok etadi. Bu element tanqisligida teri holati (dermatit, ekzema, furunkulez, husunbuzarlar, trofik yazva), soch va tirnoqlar (soch to‘kilishi, sekin o‘sishi, tirnoqlardagi oq dog‘lar), shilliq qavati (yazva, eroziya, stomatit), markaziy asab tizimi (ishtaha pasayishi, xotira susayishi, bolalardagi rivojlanishning kechikishi), immun tizimi (immun tanqisligi, tez-tez shamollash), oshqozon osti bezi (insulin hosil bo‘lishi buzilishi), jigar, prostata (potensiya pasayishi, o‘qil bolalarda jinsiy rivojlanishning kechikishi, bepushtlik, tstosteron sintezi pasayishi, prostata adenomasi), yurak-qontomir tizimi (giperxolesterinemiya, me’yordagi qon bosimi, yurak ritmining buzilish) holati yomonlashadi. Rux A vitamini va foliy kislotasi ta’sirini ta’sinlovchi nuklein kislotasi metabolizmida ishtirok etuvchi fermentlar tarkibiga kiradi.
|
| |