• Mis (Cu). Sutkalik ehtiyoj – 1-2 mg.
  • Shahrisabz filiali funksional ovqatlanish mahsulotlari texnologiyalari fanidan




    Download 166,35 Kb.
    bet11/19
    Sana04.12.2023
    Hajmi166,35 Kb.
    #111161
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19
    Bog'liq
    4-ma\'ruza.

    Rux ko‘z gavhari sariq tanasini oksidlanishdan himoya qiladi. YAralar bitishini tezlashtiradi, ta’m bilishni yo‘qotishni bartaraf etadi, prostata bezi muammolarini bartaraf etadi, o‘sish va aqliy faollikka yordam beradi, keratin va kollagen faolligini ta’minlaydi. Aholi orasida rux tanqisligi belgilari toboro keng tarqalib bomoqda. Bu tuproq tarkibida ruxning kamligi, stresslarda uning yo‘qotilishi hamda turli ksenobiotiklar ta’siri bilan bog‘langan. Hatto kalsiyga boy ovqatlarni iste’mol qilish ham rux tanqisligini keltirib chiqaradi.

    Ko‘p terlashda rux ko‘p yo‘qotiladi (3 mg gacha). B6 vitaminining katta dozalarini qabul qilishda oranizmga ko‘proq rux kirishi talab qilinadi. Qarishni sekinlashtirish uchun rux va marganetsga ega mahsulotlarni kombinatsiyalashgan holda iste’mol qilish talab qilinadi. Rux elementi mavjud qo‘shimchalarni iste’mol qilganda A vitaminini (β-karotin) iste’mol qilishni ko‘paytirish talab qilinadi. Qo‘shimcha tarzda ruxni qabul qilish mis, temir va marganets o‘zlashtirilishini kamaytiradi, bunday sharoitda organizmni ushbu elementlarning katta miqdori bilan ta’minlash talab qilinadi.

    Ruxning katta miqdori ustritsalarda, hayvonlarning ichki organlarida, tuxum va sutda uchraydi. Kam miqdorda qo‘ziqorinda, shpinatda, kungaboqar mag‘zida, bug‘doy murtagida, qovoq urug‘ida, pivo achitqilarida, maydalanmagan yormalarda uchraydi.

    Mis (Cu). Sutkalik ehtiyoj – 1-2 mg.

    Mis mushaklarning me’yorda qisqarishi uchun zarur, yallig‘lanishlarga qarshi xossalarga ega, erkin radikallar hosil bo‘lishini oldini oladi, ichki sekretsiya bezlariga (gipofiz, qalqonsimon bez, moyaklar) ta’sir ko‘rsatadi, kollagen va elastin sintezida ishtirok etadi. Mis ionlari rux ionlari bilan birga to‘yinmagan va to‘yingan yog‘ kislotalari almashinuvini rostlashda ishtirok etadi. Mis yurakning me’yorda faoliyat ko‘rsatishiga yordam beradi, xolesterin darajasini, mochevina kislotasi darajasini nazorat qiladi, suyaklarni va tomirlar biriktiruvchi-to‘qima karkasini mustahkamlaydi. Misning miqdori etarli bo‘lmaganida: teri (giperligmentatsiya yuzaga keladi), markaziy asab tizimi (yuqori qo‘zg‘aluvchalik, talvasa), immun tizimi (ko‘krak bezlari, o‘pkada begona to‘qimalar hosil bo‘ladi), oshqozon-ichak trakti (surunkali kolitlar), jigar, buyrak (sirroz, xoletsistit, tosh to‘planishi, pielonefrit), biriktiruvchi to‘qima (artrit, artroz, podagra, tromboflebit), endokren tizimi (tireotoksikoz), suyaklar (osteoporoz) aziyat chekadi.


    Download 166,35 Kb.
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19




    Download 166,35 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Shahrisabz filiali funksional ovqatlanish mahsulotlari texnologiyalari fanidan

    Download 166,35 Kb.