|
Shahrisabz filiali funksional ovqatlanish mahsulotlari texnologiyalari fanidan
|
bet | 9/19 | Sana | 04.12.2023 | Hajmi | 166,35 Kb. | | #111161 |
Bog'liq 4-ma\'ruza. Temir tanqislig dunkyoda keng tarqalgan kasallik hisoblanadi. Ayollarda ko‘pincha temir va kalsiy tanqisligi birgalikda kuzatiladi. Aspirin yoki indometatsin qabul qilishda organizmga qo‘shimcha temir kirishi talab qilinadi. Kofe va choyni xush ko‘ruvchilar ham ushbu elementni ko‘proq iste’mol qilish talab qilinadi., chunki choy va kofe temirning so‘rilishini sekinlashtiradi. Temirni to‘g‘ri o‘zlashtirilishi uchun oziqada mis ionlarining bo‘lishi talab qilinadi. Agar qo‘shimchalar tarkibida temir sulfat mavjud bo‘lsa, organizm E vitaminini yo‘qotadi. Homiladorlik vaqtida temirning ortiqcha bo‘lishi homilaga zarar ko‘rsatishi mumkin. Temir etarlicha iste’mol qilinmaganida kobaltning kuchli absorbsiyalanishi qayd etiladi. Noorganik temirni qo‘shimcha iste’mol qilish salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin, chunki ortiqcha temir yurak-qontomir kasalliklari, allergik kasalliklar rivojlanishiga olib keladi, ayrim immun effektor funksiyalarni ingibirlaydi. Ortiqcha temir asab tizimiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Temir yog‘ to‘qimasidan (30% gacha) o‘simlik to‘qimasiga qaraganda (10% gacha) yaxshiroq o‘zlashtiriladi. Inson uchun temirning eng yaxshi manbai mol go‘shti, tovuq va baliqdagi qora temir hisoblanadi. O‘simlik mahsulotlaridan dukkaklilarda, qo‘ziqorinda, olmada, olxo‘ri va shaftolida temir ko‘p uchraydi. Temir miqdorini organizmda roslashning eng yaxshi vositasi uni kletchatka bilan birgalikda iste’mol qilish hisoblanadi. Kletchatka ortiqcha temirni bog‘lab oladi va ichaklarning shilliq qavati yallig‘lanishiga sabab bo‘ladigan oksidlanish jarayonlarining oldini oladi. A va C vitaminlarini qabul qilish temirni o‘zlashtirilishiga yordam beradi. Yod (I). Sutkalik ehtiyoj – 100-200 mkg. Bu mikroelement qalqonsimon bez garmonlari hosil bo‘lishida ishtirok etadi. Yod tiroksin, triyodtironin tarkibiga kirib, yod atomlari elektronlar tashishning donor-akseptor funksiyasini bajaradi. Tireoid gormonlar 100 dan ortiq fermentlar sinteziga ta’sir ko‘rsatadi; hujayralar mitoxondriylari sonini, issiqlik hosil bo‘lishni; xolesterin almashinuvi, hujayralar o‘sishi va rivojlanishi, reproduktiv salomatlik sifatini; asab-mushak funksiyasini; teri, soch va tishlar o‘sishi va qayta tiklanishini; energiyaning qayta hosil bo‘lishi va moddalar almashinuvini rostlaydi. Yod natriy va kaliy ionlari konsentratsiyasiga ta’sir ko‘rsatib, suv-tuz almashinuvida ishtirok etadi. Yodning optimal miqdori immun va markaziy asab tizimi faoliyati uchun zarur hisoblanadi. Homilador ayollar organizmida yodning miqdori etarli bo‘lishi talab qilinadi, chunki bu elementning tanqisligi homilaning jismoniy va aqliy rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Ovqatlanishda karam, xren, salat, soya, raps singari yodning qalqonsimon bez hujayralariga trnsportlanishini bloklovchi tiotsianatlar, izotsianatlar birikmalariga ega mahsulotlardan foydalanish yodning hazm bo‘lishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
|
| |