|
Shahrisabz filiali funksional ovqatlanish mahsulotlari texnologiyalari fanidan
|
bet | 17/19 | Sana | 04.12.2023 | Hajmi | 166,35 Kb. | | #111161 |
Bog'liq 4-ma\'ruza. Kremniy katta miqdorda xvosh ekstraktida, olmada, boshoqlilarda, butun yormada, dukkaklilarda, ildizmevalarda, kalla-pocha mahsulotlarida mavjud. Hayvon va o‘simlik mahsulotlaridagi kremniy, shu elementning tuproq va suvdagi miqdoriga bog‘liq. Germaniy (Ge). Sutkalik ehtiyoj – 1,5 mg. Germaniy birikmalari nuklein almashinuvida ishtirok etadi, to‘qimalarni kislorod bilan ta’minlanishini oshiradi, immun tizimini faollashtiradi, detoksikatsiyalovchi va o‘simtaga qarshi ta’sirga ega. Bir hujayrali organizmlar (bakteriyalar, achitqilar) germaniyni katta miqdorda to‘plash xossasiga ega. Achitqi hujayralaridan germaniyga ega biologik faol oziqaviy qo‘shimchalar tayyorlash mikroorganizmlarning shu xossasiga asoslangan. Germaniyning antioksidant xossalari C, E, vitaminlari va Q koeizimnikidan yuqori. Germaniy katta miqdorda ko‘plab dorivor o‘simliklarda uchraydi va hayot faoliyatini rostlaydi va o‘sishni kuchaytiradi. Bunday o‘simliklarga jenshen misol bo‘ladi. Bor (B). Sutkalik ehtiyoj – 1,7-3 mg. Bor B12 vitamini, nikotin kislotasi, biotin, pantoten kislotasi va riboflavinning mikrobiologik sintezini kuchaytiradi. Qalqonsimon bez gormonlari faolligini va ular orqali kalsiy, maniy, fosfor, D vitamini almashinuvini rostlaydi. Bor organizmda kalsiyning saqlanishini, xotirani mustahkamligini ta’minlaydi, qondagi estrogen va testosteron miqdorini oshiradi, siydikdagi oksalatlar miqdorini kamaytiradi, tosh hosil bo‘lishini oldini olida foydalaniladi. Bor, kalsiy, magniy va D vitamii osteoporozni oldini oladi. Pomidorda, olxo‘rida, nokda, olmada, shaftolida, uzumda, dukkaklilarda, yong‘oqda, urug‘larda, pivo va vinoda mavjud. Borning katta miqdori hayvon mahsulotlaridan jigarda (ot, qo‘y va mol jigarida), tovuq tuxumida uchraydi. Insonning u yoki bu turdagi makro- va mikroelementlarga bo‘lgan ehtiyojini qondirish uchun shu elementlarni o‘zida saqlovchi ananaviy o‘simlik va hayvon mahsulotlaridan foydalanish yoki qo‘shimcha tarzda turli noorganik tuzlar ko‘rinishidagi makro- va mikroelementlarga ega bo‘lgan oiqaviy qo‘shimchalarni va funksional ovqatlanish mahsulotlarini iste’mol qilish bilan amalga oshiriladi. Bunday qo‘shimchalarning o‘zlashtirilishini oshirish uchun noorganik mineral qo‘shimchalarni organik birikmalarga aylantirish usullari ishlab chiqilmoqda. Buning uchun mikroorganizmlarning (masalan achitqilarning) u yoki bu turlari yoki suv o‘tlari mineral tuzlar mavjud bo‘lgan muhitlarda etishtiriladi va ular tuzlarni hazm qiladi va ma’lum konsentratsiyalarda o‘zida to‘playdi. Bundan so‘ng mos anionlar yoki kationlar bilan boyitilgan mikroorganizmlar funksional qo‘shimcha sifatida foydalaniladi. U yoki bu turdagi mikroelement preparatining afzalligining asosiy mezoni eruvchanligi, turg‘unligi, ta’mi, hazm bo‘lishi, biologik funksionalligi, iqtisodiy maqsadga muvofiqligi hisoblanadi.
|
| |