Selen (Se). Sutkalik ehtiyoj – 55-200 mkg




Download 166,35 Kb.
bet15/19
Sana04.12.2023
Hajmi166,35 Kb.
#111161
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
4-ma\'ruza.

Selen (Se). Sutkalik ehtiyoj – 55-200 mkg.

Antioksidant xossalarga ega, antitanalar hosil bo‘lishini stimullaydi, eritrotsitlar hosil bo‘lishida ishtirok etadi, nasl qoldirish va jinsiy faollikni ta’minlaydi. Qalqonsimon bez funksiyasini faollashtiradi, qarish jarayonini sekinlashtiradi. Selen faolligi E vitamini ishtirokida ortadi.

Bu element tanqisligida teri, tirnoqlar (dermatit,ekzima, yalllig‘lanish kasallliklari, distrofiya), sochlar (soch to‘kilishi, sekin o‘sishi), immun tizimi (tez-tez shamollash, o‘simtalar osil bo‘lish xavfi), jigar (detoksikatsion funksiya, oqsillar sintezi buzilishi), yurak-qontomir tizimi (giperxolesterinimiya, miokard infarkti xavfi, miokard distrofiyasi, glutationperoksidaza tanqisligi), biriktiruvchi to‘qima (artrit, revmatoid kasalliklari), ko‘z (glaukoma, katarakta), reproduktiv funksiya (bepushtlik, spermatozoidlar harakatchanlangining buzilishi) aziyat chekadi. Selen foliy kislotasi va rux bilan birga umurtqasida nuqsoni bor bolalar tug‘ilishini oldini oladi, muddatidan oldin tug‘ruqlar ehtimolini kamaytiradi.

Antioksidant faolligi sababli selen organizmga katta miqdorda og‘ir metallar (smob, kadmiy, kumush, vismut, platina, talliy) tuzlari tushgnda detoksikatsiyalovchi ta’sirni namoyon qiladi.

Selen tanqisligida nafaqat ma’lum bo‘lgan virusli infeksiyalar yuzaga kelishi, balki yangi modifikatsiyadagi viruslarlarni yuzaga kelishi xavfi ham kuchayadi.

Ekologik noqulay sharoitda yashovchi kishilar, shu jumladan katta shaharlar aholisi, keksa yoshli kishilar, homiladorlikda, kambaal oilalar bolalarida, chekuvchilar qoni zardobida selen miqdori kamligi kuzatiladi. Ratsionda oqsil va yog‘lar miqdorining kamligi, jigar kasalliklari (gepatitda ham), toksik metallar (mishyak, simob, kadmiy, qo‘rg‘oshin, talliy), radiatsiya, ta’sirida, ichaklar disbakteriozida, alkogolizmda, suv va oziq-ovqat mahsulotlarida selen kamligi selen taqchilligiga olib keladi. Oddiy sharoitlarda bu element inson organizmiga hayvon va o‘simlik mahsulotlari bilan organik selen holida keladi. selen tanqisligini oldini olish uchun sutkalik ehtiyojning 25-50% ni tabiiy bioorganik selenga ega bo‘lgan oziqaviy qo‘shimchalarni iste’mol qilish hisobiga qondirish kerak.


Download 166,35 Kb.
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Download 166,35 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Selen (Se). Sutkalik ehtiyoj – 55-200 mkg

Download 166,35 Kb.