|
Nikel (Ni). Sutkalik ehtiyoj – 100 mkg atrofida
|
bet | 14/19 | Sana | 04.12.2023 | Hajmi | 166,35 Kb. | | #111161 |
Bog'liq 4-ma\'ruza. Nikel (Ni). Sutkalik ehtiyoj – 100 mkg atrofida. Insonning barcha to‘qimalarida uchraydi. Nuklein kislotalar va oqsil hosil bo‘lishida va faoliyat ko‘rsatishida, prolaktin gormoni sintezini rostlashda ishtirok etadi. Nikel adrenalin antagonisti, insulinni, arginaza, kokarboksilaza, tripsin ferment tizimlarini faollashtiradi, yog‘lar, RNK va DNK almashinuvida ishtirok etadi. Nikel hayvon mahsulotlaridan go‘shtda, jigarda, tovuq tuxumida, o‘simlik mahsulotlaridan sabzavotlarda va yormalarda ko‘p uchraydi. Vanadiy (V). Sutkalik ehtiyoj – 20-30 mkg. Vanadiy tuzlari organizmda adrenalin, gidroksitirozin, gidroksitriptofan va boshqa gidroksil birikmalari oksidlanishi faol katalizatorlari hisoblanadi. Vodorod ko‘chirilishi tizimini bloklab, vanadiy organizmga gemostimullovchi ta’sir ko‘rsatadi. Vanadiy insulin almashinuvi buzilishidan aziyat chekuvchi kishilar uchun muhim oziqaviy mikroelement hisoblanadi. Bu kimyoviy element to‘qimalarning insulinga bo‘lgan sezuvchanligini tiklanishi hisobiga qon zardobidagi glyukoza miqdori pasayishi hisobiga organizmning insulin va boshqa gipoglikemik dorilarga ehtiyojini kamaytiradi. Vanadiyni xrom, rux, marganets, magniy, biotin, nikotin kislotasi bilan birga uglevodli oziqani iste’mol qilishni kamaytirish ikkinchi turdagi qandli diabetda dori vositalariga ehtiyojni kamaytirishi mumkin. Vanadiy uglevodlar almashinuvidan tashqari yog‘lar almashinuvida ishtirok etadi, xolesterin hosil bo‘lishini oldini oladi, qondagi lipidlar miqdorini kamaytiradi, kariesni oldini oladi, tishlarni minerallashuvi va ularni saqlanishini ta’minlaydi, serotin va boshqa biologik faol aminlar almashinuviga ta’sir ko‘rsatadi. Vanadiy hujayralar o‘sishi jarayonlarida, to‘qimalar differensirovkasi va tiklanishida ishtirok etadi. Vanadiyning ortiqcha miqdori asab kasalliklariga, depressiyaga, buyraklar funksiyasining buzilishiga olib kelishi mumkin. Turli ko‘katlarda (ukrop, petrushka, salat, yashil piyoz), kartoshkada, ertut va bodringda vanadiy ko‘p uchraydi. Vanadiy marganets va kaliy saqlovchi mahsulotlarda ko‘p uchraydi. YAngi mahsulotlarga nisbatan konservalangan mahsulotlarda vanadiy ko‘proq bo‘ladi.
|
| |