|
Mis tanqisligi ortiqchasi singari xususan rux va selen miqdori taqchilligida yurak-qontomir patologiyasi yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi
|
bet | 12/19 | Sana | 04.12.2023 | Hajmi | 166,35 Kb. | | #111161 |
Bog'liq 4-ma\'ruza. Mis tanqisligi ortiqchasi singari xususan rux va selen miqdori taqchilligida yurak-qontomir patologiyasi yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi. Mis miqdori ortiqcha bo‘lganida talvasa va xavotir yuzaga keladi, rux miqdori kamayadi. Hayvon mahsulotlaridan jigar, boshqa kalla-pocha mahsulotlari, dengiz mahsulotlari, o‘simlik mahsulotlaridan yong‘oqlar, urug‘lar, dukkaklilar, bodring, kakao, achitqilar misning manbai hisoblanadi. Marganets (Mn). Sutkalik ehtiyoj – 2-9 mg. Uglevod va yog‘ almashinuvini rostlovchi ko‘plab fermentlar tarkibiga kiradi. Aminokislotlar, B va E vitaminlari metabolizmida, energiya va jinsiy gormonlar metabolizmida ishtirok etadi, antitanalar hosil bo‘lishini stimullaydi, insulin ta’sirini kuchaytiradi. Marganets muskullar refleksini, xotirani yaxshilaydi, jahldorlikni pasaytiradi. Marganets tayanch-harakatlanish tizimi, markaziy asab tizimi va jinsiy bezlar faoliyatni yaxshilashda ahamiyatga ega. Marganets ortiqcha temirning organizmga salbiy ta’sirini oldini oladi, qondagi xolesterol va triglitseridlar darajasini pasaytirishga yordam beradi. Marganets miqdori etishmaganda: teri, soch, tirnoqlar (pigmentatsiyaning buzilishi, soch va tirnoqlar o‘sishining sekinlashuvi), immun tizimi (astmaning yuzaga kelishi, yangi hosilalar yuzaga kelishi), biriktiruvchi to‘qima (artroz), reproduktiv funksiya (ayollarda erta klimaks, moyaklar disfunksiyasi, bepushtlik, homilaning noto‘g‘ri shakllanishi xavfi), markaziy asab tizimi (talvasa, bolalarda rivojlanishning sekinlashuvi, yuqori toliqish), suyak to‘qimasi (osteoporoz, harakatlanishda buzilishlar), oshqozonosti bezi (semirish, diabet xavfi) aziyat chekadi. Diabetni davolashda marganetsga boy giyohlar tavsiya qilinadi. Sut va go‘shtni yaxshi ko‘ruvchilarga ko‘proq marganets tavsiya etiladi. Suyak kasalliklari profilaktikasida va davolashda marganets ham kalsiy singari ahmiyatga ega. Hayvon mahsulotlaridan jigarda, buyrakda, o‘simlik mahsulotlaridan – bug‘doy uni, non va yormada marganets miqdori katta. Marganets rux va S vitamini bilan birgalikda yaxshi hazm bo‘ladi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Mis tanqisligi ortiqchasi singari xususan rux va selen miqdori taqchilligida yurak-qontomir patologiyasi yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi
|