• Magniy (Mg). Sutkalik ehtiyoj 400-750 mg.
  • Quruq qaymoq, sut va pishloq, kunjit urug‘i va dukkaklar kalsiy manbalari bo‘lib hisoblanadi. Organizmga sutkasiga 0,5 g dan kam kalsiy kirishi osteoporoz yuzaga kelishi ehtimolini keskin oshiradi




    Download 166,35 Kb.
    bet5/19
    Sana04.12.2023
    Hajmi166,35 Kb.
    #111161
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
    Bog'liq
    4-ma\'ruza.

    Quruq qaymoq, sut va pishloq, kunjit urug‘i va dukkaklar kalsiy manbalari bo‘lib hisoblanadi. Organizmga sutkasiga 0,5 g dan kam kalsiy kirishi osteoporoz yuzaga kelishi ehtimolini keskin oshiradi.

    Barcha alkogolsiz ichimliklar fosforga boy bo‘lib, kalsiyning o‘zlashtirishiga to‘sqinlik qiladi, o‘sishning sekinlashtiradi, osteoporozga olib keladi.

    Boshoqlilardan ichaklarga kalsiyning so‘rilishi qiyinlashgan, chunki bu elementning asosiy qismi kalsiy-magniyli tuz fitinni hosil qilib, inozitolgeksafosfat bilan mustahkam bog‘langan.

    Magniy (Mg). Sutkalik ehtiyoj 400-750 mg.

    Katta yoshli kishi organizmida 20 g magniy bo‘ladi.

    300 tadan ortiq fermentlarning faoliyati magniyga bog‘liq. Bu darajada ferment reaksiyalariga va xususan energiya almashinishiga ta’sir qiluvchi boshqa kation mavjud emas. Magniy uglevod-oqsil, lipid almashinuvi, ATF energiyasini ajralishini rostlovchi fermentlarni faollashtiradi; nuklein kislotalar parchalanishini stimullaydi; asab to‘qimalari va mushaklar ishi uchun zarur bo‘lgan asab hujayralarini qo‘zg‘alishini pasaytiradi; tomirlarni kengaytirish ta’siriga ega. Magniy stressga qarshi element bo‘lib, migren xurujlarini engillashtiradi, zo‘riqishga qarshi kurashda yordam beradi, aktiv faoliyat olib borish uchun tetiklik va energiya beradi, yurak-qontomir tizimini mustahkamlaydi, buyraklarda kalsiy yig‘ilishini oldini oladi. Kalsiy bilan birgalikda magniy tabiiy trankvilizator singari ta’sir ko‘rsatadi, osteoporozni oldini oladi, tishlar salomatligini ta’minlydi, kaliy balansini me’yorlashtiradi, tarkibiga B (B1, B2, B6) guruhidagi vitaminlar kiruvchi fermentlar faoliyatini faollashtiradi.

    Surunkali magniy etishmovchiligida insonda hodan toyish va tushkunlik kuzatiladi. Magniyning kalsiy va xlor bilan birgalikdagi ta’siri arterial bosimni rostlashda sezilarli o‘rin tutadi. Ko‘plab biokimyoviy reaksiyalarda magniy rux bilan sinergid ta’sirlashadi.

    Magniy tanqisligi markaziy asab tizimi (magniy bosh miya po‘stlog‘idagi tormozlanish jarayonlarini rostlaydi), yurak va tomirlar (magniy tanqisligida yoki uning metabolizmi buzilganida yurak ritmi, qon tomirlari tonusi o‘zgaradi, spazmlar, gipertoniya sodir bo‘ladi), buyrak usti bezi faoliyati (funksiyasining buzilishi); suyak to‘qimasi (osteoporoz); siydik va safro ajratish tizimi (magniy ichaklar peristaltikasi va o‘t pufagi qisqarishini, o‘t ajralishini me’yorlashtiradi); qalqonsimon bez va oshqozonosti bezi, muskul to‘qimalari (magniy konsentratsiyasi past bo‘lganida oqsillar sintezi pasayadi, mitoxondriyalarda oksidlovchi fosforlanish va uglevodlarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri sekinlashadi); immun tizimi (magniy ionlari ishtirokida fagotsitoz jarayonlari faol amalga oshadi) funksiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Organizmda magniy etishmaganda qon plazmasida erkin xolesterin miqdori va aterogen lipoproteinlar konsentratsiyasi ortadi. Magniy jigardagi detoksikatsion jarayonlarda, biriktiruvchi to‘qimalar biosintezi uchun mas’ul bo‘lgan fibroblastlar funksiyasida muhim o‘rin tutadi.


    Download 166,35 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




    Download 166,35 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Quruq qaymoq, sut va pishloq, kunjit urug‘i va dukkaklar kalsiy manbalari bo‘lib hisoblanadi. Organizmga sutkasiga 0,5 g dan kam kalsiy kirishi osteoporoz yuzaga kelishi ehtimolini keskin oshiradi

    Download 166,35 Kb.