• - ovqatlanish va salomatlik uchun foydali bo‘lishi;
  • - aniq fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlarga va ularni aniqlashning uslublariga ega bo‘lishi kerak;
  • - tabiiy bo‘lishi kerak.
  • - antioksidantlar, β-karotin, C vitamini va E vitamini




    Download 166,35 Kb.
    bet3/19
    Sana04.12.2023
    Hajmi166,35 Kb.
    #111161
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
    Bog'liq
    4-ma\'ruza.

    - antioksidantlar, β-karotin, C vitamini va E vitamini;

    - probiotiklar (tirik mikroorganizmlar preparatlari);

    - prebiotiklar (foydali bakteriyalar uchun substrat sifatidagi oligosaxaridlar).


    Funksional ingredientlarga talablar

    Mahsulotlarga funksional xossalar beruvchi ingredientlar quyidagi talablarga javob berishi kerak:

    - ovqatlanish va salomatlik uchun foydali bo‘lishi;

    - foydali tomonlari ilmiy asoslangan bo‘lishi kerak;

    - ularning kunlik me’yorlari dietolog-vrachlar tomonidan ma’qullangan bo‘lishi kerak;

    - ular balanslangan ovqatlanish nuqtai-nazaridan xavfsiz bo‘lishi kerak;

    - aniq fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlarga va ularni aniqlashning uslublariga ega bo‘lishi kerak;

    - oziq-ovqat mahsulotlarining oziqaviy qiymatini kamaytirmasligi kerak;

    - og‘iz orqali (oddiy taom singari) iste’mol qilinishi kerak;

    - tabletkalar, kapsulalar, kukunlar singari dorilar shaklida ishlab chiqarilmasligi kerak;

    - tabiiy bo‘lishi kerak.


    Mineral elementlarning funksional vazifasi

    Me’yordagi ovqatlanish uchun zarur bo‘lgan noorganik moddalar ikki guruhga bo‘linadi: oziqada nisbatan katta miqdorlarda bo‘luvchi makroelementlar (kalsiy, magniy, kaliy, fosfor, oltingugurt, xlor, natriy) va konsentratsiyasi kichik bo‘lgan mikroelementlar (temir, yod, rux, mis, marganets, kobalt, xrom, molibden, nikel, vannadiy, selen, ftor, kremniy, germaniy, bor).

    Noorganik moddalar turli: suyaklar va tishlarning strukturaviy elementlari, qon va to‘qimalardagi suv-tuz balansini ta’minlashda elektrolitlar sifatida, fermentlar komponentlari sifatidagi funksiyalarni bajaradi.

    Ovqatlanish xarakteri ma’lum darajada kislotali-ishqorli muvozanat siljishiga ta’sir ko‘rsatadi. Mahsulotlar tarkibidagi kalsiy, natriy, kaliyning katta miqdori ularning ishqoriylik xususiyatlarini belgilab beradi (dukkaklilar, sabzavotlar, mevalar, rezavorlar, sut, sut mahsulotlari). Tarkibida sezilarli miqdorda oltingugurt, fosfor, xlor mavjud bo‘lgan go‘shtli va baliqli mahsulotlar, tuxum, non, yormalar, un kislotali komponentlar manbalari bo‘lib hisoblanadi.


    Download 166,35 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




    Download 166,35 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    - antioksidantlar, β-karotin, C vitamini va E vitamini

    Download 166,35 Kb.