|
Mavzu: Qand lavlagini yig’ishtirish, tashish va aniqlash usullari
|
bet | 1/2 | Sana | 11.06.2024 | Hajmi | 0,98 Mb. | | #262510 |
Bog'liq Qand lavlagi
Mavzu: Qand lavlagini yig’ishtirish,
tashish va aniqlash usullari
Reja:
Kirish
Ildizmevalilar haqida tushuncha
Qand lavlagi va uning saqlash texnologiyasi
Lavlagi hosili
Qand lavlagini yigʻishtirish jarayoni
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
Ildizmevalilar, ildizmevalar — isteʼmol qilinadigan qismi (mevasi) ildizda boʻladigan ekin (sabzavot)lar. Sershira ildizi, yaʼni ildizmevasi uchun ekiladi. Ildizida oziqa modda tuplaydigan o`simliklarga ildiz mevalilar deb aytiladi. Ildizmevalilarga quyidagi o`simliklar kiradi: qand lavlagi, xashaki lavlagi va osh
lavlagi, sabzi, bryukva va turneps. Bu o`simliklar tarkibida yengil xazm buladigan
oksil, uglevodlar va vitaminlar bor. Ildizmevalilar qand ishlab chikarishda va chorva mollari uchun ozika sifatida katta axamiyatga ega. Ildiz mevalilarni barglari xam chorva mollari uchun muxim axamiyatga ega, ularni barglari tuyimli bo`lib bargida vitaminlar kup buladi.
Ildizmevali o`simliklar guruhi Ildizmevalilar ichida Qand lavlagi sanoatda shakar olish maksadida eng muxim texnik ekinlardan xisoblanadi. Xashaki lavlagi chorva mollari uchun ozuqa sifatida axamiyatga ega. Sabzi juda kadimiy ekin bo`lib u asosan ozik-ovkat uchun ishlatilib kelingan, uning tarkibida karotin moddasi kup bulgan kimmat baxo yem xashak ekinlaridan biri xisoblanadi.
Ildizmevalilar ichida Qand lavlagi sanoatda shakar olish maqsadida eng muxim texnik ekinlardan xisoblanadi. Mamlakatimizda an'anaviy tarzda bu mahsulot qand lavlagidan tayyorlanadi. Shakar ishlab chiqarish katta miqdordagi xom ashyoni talab qiladi. Qand lavlagi, ildizmevalilarni boshqa vakillari singari, ikki yillik oʻsimlikdir. Normal sharoitlarda ikki yillik vegetasiya davrida rivojlanish siklini oʻtaydi.
Birinchi yili oziq moddalarni oʻzida toʻplagan, yer tagida yoʻgʻonlashgan ildizmeva va toʻpbarg hosil boʻladi. Bu davrning davomiyligi 150-170 kunni tashkil etadi. Ikkinchi yili tuproqqa oʻtkazilgan ildizmevadan barglar oʻsib chiqadi va shoxlanadigan qovirgʻali baland boʻyli (1,5 va undan ortiq) gul hosil qiluvchi poya paydo boʻladi. Oʻtkazilgan kundan to urugʻ etilgunigacha 100-125 kun oʻtadi. Ildizmevalar uchun quyidagi rivojlanish bosqichlari hosdir. Maysa chiqish bosqichi. Bu bosqichda, huddi boshqa oʻsimliklarda boʻlgani kabi, er yuzasida ildizmevalarning oʻsimtasi va urugʻpalla barglari hosil boʻladi. Maysalash fazasi 6-8 kun davom etadi, soʻngra urgʻpalla bargalari orasidagi markaziy kurtakdan chin burglar oʻsib chiqa boshlaydi. Har bir yangi barg yozning boshlarida 2-3 kundan soʻng, yozning oʻrtasida esa 1-2 kundan keyin paydo boʻladi. Butun vegetasiya davomida har bir qand lavlagi oʻsimligi 60-90 ta barg hosil qiladi. Rivojlanishining tezligi va barglarning quvvati koʻp miqdorda oʻsimlikni namlik, ozuqa moddalar bilan, ayniqsa azot bilan taominlanganligiga bogʻliq. Ildizmevani va ildiz tizimini oʻsishi, barglarni shakllanish bilan uzviy bogʻlangan. Qancha erta va koʻp barglar hosil boʻlsa, asosiy ildizni oʻsishi shuncha tez ketadi. Qand lavlagi bahorni va kuzni past haroratidan foydalanishga qobilyatli va nisbatan sovuqqa chidamli. Urugʻi 2-50C haroratda unib chiqishi mumkin, hayotchan maysalari esa 6-70C da paydo boʻladi. Biroq bunday haroratda urugʻ sekin unib chiqadi, maysalari esa 18-20 kunda paydo boʻladi. Harorat ortishi bilan, ekilgandan unib chiqishgacha boʻlgan davr qisqaradi: 10-12C haroratda 12-14 kun, 15-170C da esa 7-8 kunda unib chiqadi. Yoppasiga kuchli unib chiqishi yuqori hosil olishning asosiy shartidir. Fotosintez jarayoni va qand lavlagini oʻsishi 20-220C da eng yaxshi kichadi, biroq faol oʻsish va qand toʻplanish kuzgi 60C va undan past harorat boshlanguncha davom etadi. Qand lavlagi, uzun kun oʻsimligi boʻlib, yorugʻlikka talabchan. Quyosh yorugʻligining davomiyligi va jadalligi oʻsimlikning oʻsishi va rivojlanishini, ayniqsa qand toʻplashiga katta ta'sir koʻrsatadi. Yorugʻlik qancha yaxshi boʻlsa, uglevodlarni sintez jarayoni shuncha muvaffaqiyatli kechadi. Qand lavlagini qandliligi vegetasiyaning ikkinchi yarmida (avgust va sentabr) quyoshli kunlar soniga kuchli bogʻliq.
Ildizmeva hosildorligini yuqori boʻlishiga kuz-qish oylarida yogʻingarchilik tufayli tuproqning ostki qatlamlarida toʻplangan namlik katta rol oʻynaydi.
Qand lavlagining havoda namlikning etishmasligiga qarshi quyidagi xususiyatlari mavjud:
1. Oʻzida namni toʻplash darajasi yuqori ekanligi;
2. Vegetativ organlarida suvning tez harakati;
3. Barglar ustida nam havoning yupqa qatlami hosil boʻlishi;
Tuproqda namlikni etishmovchiligiga qarshi:
1. Erta toʻplangan nam zahiralaridan foydalanishi;
2. Barglardagi (ustki) ogʻizchalar orqali suvning bugʻlanishini qisqarishi kabi alohida xususiyatlarga ega.
Qand lavlagi tuproq unumdorligiga juda talabchan. Bu talabchanlik ayniqsa barg va ildizmeva rivojlanish davrlarida ortadi. Oʻsib rivojlanishning sekinlik bilan kechishi, hosildorlikning past boʻlishi asosan tuproqdagi azot, fosfor va kaliy elementlarining miqdoriga uzviy ravishda bogʻliqdir. Ma'lumotlarga qaraganda 1 t qand lavlagi ildizmeva hosili yaratish uchun tuproqdan 3.5-4 kg azot oʻzlashtiradi. Demak, 50 t ildizmeva hosil olish uchun 165-200 kg azot oʻgʻiti zarur. Qand lavlagini etishtirib olgandan keyin talab etiladigan yana bir muhim vazifa, etishtirilgan hosilni imkon boricha sifatli, isrofgarchiliklarga yoʻl qoʻymagan holda egʻishtirib olishdir. Bu esa egʻishtirilgandan keyin boʻladigan jarayonlarni osonlashtiradi. Qand lavlagini urugʻi sugʻorilmaydigan erlarda punktir usulda qator oralarini 45 sm, sugʻoriladigan erlarda 60 sm qilib ekiladi. Odatda gektaridan, 70-80 ming oʻsimlik etishtirilib, 200-500 sentner ildizmeva hosili egʻishtiriladi. Ildizmevalar qatorlarda bir – biridan 15-25 sm masofada joylashadi. Ildizmevalarni oʻrtasi asosan qatorlarni oʻq chiziqlari bilan mos keladi. Ildizmeva boshlarini yarmidan koʻprogʻi tuproq ustidan chiqib turadi, qolganlari esa dala satxida joylashgan boʻladi. Qand lavlagini oʻrtacha massasi 0,4-0,6 kg, diametri 50- 140 mm. Palagi umumiy hosilni 30-40% ni tashkil qiladi, barglarining uzunligi 140-600 mm. Kavlanmagan ildizmevani tuproqdan chiqarib olish uchun 300-600 N kuch talab etiladi va kovlangan ildizmevani tuproqdan chiqarib olish uchun esa 50-120 N kuch talab etiladi.
Lavlagi yigʻishtirib olish 50 kun davom etadi. Shu bilan birga, zavodlar yiliga o'rtacha 150 kun ishlaydi. Qand sanoatini xom ashyo bilan ta'minlash uchun lavlagi kagat (katta qoziq) deb ataladigan joyda saqlanadi.
|
| |