• Yuldasheva Xurshida Timurovnaning 2022-2023 o‘quv yilida bajargan ILMIY TADQIQOT ISHLARI VA MAGISTRLIK DISSERTATSIYASI to‘g‘risida
  • 2022-2023 O‘QUV YILIDA BAJARILGAN ILMIY-TADQIQOT ISHLARINING QISQACHA MAZMUNI
  • “Elektron xabarlarda spamni aniqlash va tasniflash algoritmlari”
  • Ilmiy-tadqiqot ishi rahbari: PhD, dots.‎‎ O.R.Yusupov Hisobot topshiruvchi Yuldasheva X.T.
  • Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti




    Download 20.59 Kb.
    Sana26.06.2023
    Hajmi20.59 Kb.
    #75805
    Bog'liq
    I semestr ILMIY tadqiqot ish (4)
    3. Kompyuter tizimlari va tarmoqlari, Elektromagnit maydon energiya, Galiley va Eynshteynning nisbiylik tamoyili, iqtisodiyotda-matematik-modellashtirish, Fizikaviy jarayonlarni modellashtirish imkoniyatini beruvchi das, 2 маъруза Ахборот технологиялар ва уларнинг дидактик имкониятлари (2), Самостоятельная работа №3, (Упражнение) Future Continuous, 6, 9-mavzu. Kesh xotira.(97-110), QULMURODOVDURBEK, 1232sa1s1, 1232sa1s11, Ispaniya, BMI Nodir

    OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
    SHAROF RASHIDOV NOMIDAGI
    SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI
    Intellektual tizimlar va kompyuter texnologiyalar fakulteti
    Dasturiy injiniring kefedrasi
    70610701 - Sun’iy intellekt yo’nalishi
    I-bosqich magistranti
    Yuldasheva Xurshida Timurovnaning


    2022-2023 o‘quv yilida bajargan
    ILMIY TADQIQOT ISHLARI VA MAGISTRLIK DISSERTATSIYASI to‘g‘risida
    (I semestr uchun)
    H I S O B O T


    SAMARQAND – 2023
    UMUMIY MA’LUMOT
    Hisobot topshiruvchi 2023-yil mart oyidan boshlab Dasturiy injiniring kafedrasining magistranti sifatida ta’lim olmoqda.

    2022-2023 O‘QUV YILIDA BAJARILGAN ILMIY-TADQIQOT ISHLARINING QISQACHA MAZMUNI

    Magistrlik dissertatsiyasining mavzusini tanlash muhim vazifalarimizdan biri. Ilmiy tadqiqot metodologiyasi fanini o’rganish jarayonida biz dissertatsiya mavzusini tanlash, unga qo’yilgan talablarni o’rgandik. Ilmiy rahbarim Yusupov Ozod Rabbimovich o’qituvchimiz bilan o’zim qiziqqan sohalar, dasturlar bo’yicha bir necha marta suhbat qildik va o’rganilmagan jamiyatimizdagi muammolardan kelib chiqib mavzu tanladik va uni “Dasturıy ınjınırıng” kafedrasi 27-martdagi 8-son yig’ilishida muhokama qildik va tasdiqladik.


    O‘quv jarayonida mavzusi “Elektron xabarlarda spamni aniqlash va tasniflash algoritmlari” bo‘lgan ilmiy tadqiqot ishi yuzasidan quyidagi ishlar amalga oshirildi:

    1. Magistrlik dissertatsiyasining mavzusi tanlandi va kafedra tasdig‘idan o‘tkazildi; Mavzu bo’yicha amaliyotga bog’liq muammolarni o’rgandik.. Hozirgi kunda dunyo bo‘ylab barcha sohalarda axborot - kommunikatsiya texnologiyalarining o‘rni ortib bormoqda, ya’ni, avtomatlashgan informatsion texnologiyalar va kompyuter tizimlari sohalarda yechilishi kerak bo‘lgan masalalarni hal qilish uchun qulay vosita sifatida qo’llanilmoqda hamda tadbiq qilinmoqda. Bu esa IT texnologiyalarning yangidan-yangi yo’nalishlari paydo bo’lishiga zamin yaratmoqda. Bunday yo‘nalishlardan biri elektron xabarlardagi spamni aniqlash va tasniflash hisoblanadi. Elektron pochta va boshqa elektron xabar almashish platformalaridan keng foydalanish natijasida spam xabarlarga duch kelish katta muammo tug'dirmoqda. Ushbu nomaqbul va ko‘pincha zararli xabarlarning kirishi qutilarni buzish, foydalanuvchilarni aldash va xavfsizlikni buzish kabi muammolarni keltirib chiqaradi. Bunday muammolarni tizimli hal qilish bugungi kunda axborot - kommunikatsiya texnologiyalarining dolzarb muammolaridan hisoblanadi.

    2. Ilmiy tadqiqot metodologiyasi fanida ilmiy maqolalar, tezislar tayyorlash va ularni nashr etish tartibini o’rgandik. Magistrlik dissertatsiyasi mavzusiga aloqador o’zbek, rus, ingliz tilidagi maqolalar bilan tanishdik.

    3. 25.02.2023 sanada Samarqand davlat universiteti intellektual tizimlar va kompyuter texnologiyalari fakultetida “International Conference on Artificial Intelligence, Blockchain, Computing and Security (ICABCS-2023)” nomli onlayn xalqaro konferensiya o'tkazildi. Men ushbu onlayn xalqaro konferensiyada qatnashdim. Hindistonning va boshqa chet universitetlarning bir qancha professor – o’qituvchilarining ma’ruzalarini diqqat bilan tinglab, yangi bilimlarni o’rgandim.

    19.05.2023 sanada Sun’iy intellekt va axborot tizimlari, Dasturiy injiniring hamda Kompyuter ilmlari va texnologiyalari kafedrasining qo’shma seminarida qatnashdim. Seminarda ikki nafar talabgorlarning falsafa doktori (Phd) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiya ishlarining yetakchi tashkilot muhokamasida qatnashib, dissertatsiya mavzularini yangiligi, savol-javoblardagi fandagi yangiliklardan xabardor bo’ldim.

    1. Fakultetmizda bir qancha ilmiy to’garak va seminarlar tashkil etilgan Masalan Python va web (HTML, CSS, JS) ilovalarni yaratish kabi to’garak faoliyati bilan tanishdim.

    Xususan, fakultetimizning yangi ta’mirlangan binosida zamonaviy texnologiyalar asosida IT MARKAZ tashkil etilgan bo’lib, Robototexnika, Start-UP va loyihalarni yaratish, Sun’iy intellekt va dasturlash texnologiyalari, Grafik dizayn kabi bo’limlari tashkil etilgan bo’lib, har bir bo’lim bilan tanishib chiqdim.

    1. Tadqiqot obyekti va mavzusi tanlandi. Mavzu: “Elektron xabarlarda spamni aniqlash va tasniflash algoritmlari”

    2. Tadqiqot rejasi tuzilib, tanlangan mavzu bo‘yicha bibliografiya va axborot resurslar, kutubxona fondlari, internet va elektron resurlar bilan tanishildi. Mavzu bo‘yicha bibliografik ro‘yxat tuzildi.

    3. Ilmiy rahbarim Yusupov Ozod Rabimovich o’qituvchimiz bilan o’zim qiziqqan sohalar, dasturlar bo’yicha bir necha marta suhbat qildik va o’rganilmagan jamiyatimizdagi muammolardan kelib chiqib mavzu tanladik va uni “Dasturıy injinering” kafedrasi 27-martdagi 8-son yig’ilishida muhokama qildik va tasdiqladik. Mavzu: “Elektron xabarlarda spamni aniqlash va tasniflash algoritmlari”

    4. Tadqiqot tashkil etish bo’yicha reja ishlab chiqdik. Taqdiqot sohasida nazariy ma’lumotlar, turli adabiyotlar, maqolala va tezislarni o’rganish va dessertatsiya ishini nazariy qismini, maqolalarni yozib tugatish birinchi bosqich bo’lsa, ikkinchi bosqich yaratilayotgan web ilova uchun maxsus dasturlash tillarini o’rganish, uchinchi bosqich esa tanlangan soha muammosini yechuvchi ilova yaratishdan iborat.

    9. Axborot manbalari va hujjatlarini (adabiyot va elektron resurslar) ni chuqur o’rganish. Ixtisoslashtirilgan dasturiy vositalar fanida ilmiy maqolalar, tezislar tayyorlash va ularni nashr etish tartibini o’rgandik. Magistrlik dissertatsiyasi mavzusiga aloqador o’zbek, rus, ingliz tilidagi maqolalar bilan tanishdik. “Spam va unga qarshi kurash” o’quv qo’llanmalarini o’rganib kerakli ma’lumotlarni to’pladim.

    1. Hozirgi kunda dissertatsiyaning kirish qismi yozilmoqda.

    Ilmiy-tadqiqot ishi rahbari: PhD, dots.‎‎ O.R.Yusupov


    Hisobot topshiruvchi Yuldasheva X.T.
    Download 20.59 Kb.




    Download 20.59 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti

    Download 20.59 Kb.