• BO‘YICHA TAYANCH DOKTORANTURAGA KIRISH SINOVLARI UCHUN MUTAXASSISLIK FANLARIDAN DASTUR VA BAHOLASH MEZONI Samarqand – 2023
  • Annotatsiya
  • Sharof rashidov nomidagi




    Download 437,96 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/7
    Sana14.05.2024
    Hajmi437,96 Kb.
    #232208
      1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti



    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI 
    OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI 
     
    SHAROF RASHIDOV NOMIDAGI 
    SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI 
     
     
     
    19.00.05 – IJTIMOIY PSIXOLOGIYA. ETNOPSIXOLOGIYA
     
    IXTISOSLIGI 
    BO‘YICHA TAYANCH DOKTORANTURAGA KIRISH SINOVLARI 
    UCHUN MUTAXASSISLIK FANLARIDAN 
     
    DASTUR VA BAHOLASH MEZONI
     
    Samarqand – 2023 


    Annotatsiya: 
    Ushbu fan turli madaniy muhitlarda xulq-atvor va mentalitetning psixologik 
    jihatlarini o'rganadi. U ijtimoiy-madaniy farqlar kontekstida psixologik jarayonlarni 
    tushunish, tahlil qilish va tadqiq qilishga qaratilgan. 
    Etnopsixologiyani ijtimoiy psixologiya doirasida oʻrganish madaniyat va inson 
    psixikasining oʻzaro taʼsirini tahlil qilishni oʻz ichiga oladi. Ushbu fan madaniy, etnik 
    va ijtimoiy omillar shaxsning shakllanishiga, uning psixologik xususiyatlariga, 
    e'tiqodlariga, qadriyatlariga va xulq-atvor normalariga qanday ta'sir qilishini 
    tushunishga yordam beradi. 
    Ijtimoiy psixologiya doirasida etnopsixologiyaning maqsadi turli madaniy 
    kontekstlarda inson psixikasini tushunishga kompleks yondashuvni yaratishdan 
    iborat. U madaniyat va individual psixologik xususiyatlar o'rtasidagi munosabatlarni 
    o'rganish, inson ruhiyati va xatti-harakatlaridagi ijtimoiy, etnik va madaniy farqlarni 
    chuqur tushunishga yordam beradigan vositalarni taqdim etadi. 
     
     
     
    TUZUVCHILAR: 
    Qodirov O.S. 
    SamDU, Psixologiya kafedrasi mudiri 
    (PhD) 
    Shonazarov A. 
    SamDU, Psixologiya kafedrasi katta
    o‘qituvchisi (PhD) 
    Elmurodov U.Y. 
    SamDU, Psixologiya kafedrasi katta
    o‘qituvchisi (PhD) 
    Dastur 
    Psixologiya 
    va 
    ijtimoiy-siyosiy 
    fanlar 
    fakultetining 
    2023-yil __ avgustdagi № 01-sonli Kengash yig‘ilishida muhokama qilingan va 
    tasdiqlashga tavsiya etilgan. 


    KIRISH 
    19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya ixtisosligi – ijtimoiy 
    psixologiya metodini tushunish umumiy psixologiya va sotsiologiya predmetini 
    tushunishga bog‘liqligini o‘rganish, psixologiya va sotsiologik adabiyotlarda ijtimoiy 
    psixologiya predmetini birdek tushunish yo‘qligini tahlil qilish, ijtimoiy psixologiya 
    predmetiga nisbatan mavjud uch nuqtai nazarni o‘rganish, ijtimoiy psixologiyaning 
    boshqa fanlar, psixologiyaning boshqa turkumlari bilan munosabati, ijtimoiy 
    psixologiya predmeti tushunchasi, tarixni tanqidiy analiz qilish va chet ijtimoiy 
    psixologiyasidagi nazariyalarning, oqimlarning mohiyatini ochib berish, boshqaruv 
    psixologiyasiga oid bilimlar, kategoriyalar va tushunchalarni o‘zlashtira oladigan 
    malakali mutaxassislar tayѐrlash taʼlim tizimining negizi hisoblanadi.
    19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya ixtisosligining vazifasi – 
    ijtimoiy psixologiyaning predmeti, ijtimoiy psixologik qarasharning rivojlanish 
    tarixi, fanning metodologiyasi va metodlari, ijtimoiy psixologiyaning asosiy 
    yo‘nalishlari, ijtimoiy psixologiyada shaxs muammosi, muloqot psixologiyasini 
    o‘rganishdan iborat. 
    Ushbu maqsadga erishish uchun 
    ijtimoiy psixologiya fani bo‘yicha
    – ijtimoiy 
    psixologiyaga kirish, ijtimoiy psixologik g‘oyalar shakllanishi tarixi, ijtimoiy 
    psixologiya metodologiyasi va metodlari, ijtimoiy psixologiyaning asosiy 
    yo‘nalishlari, ijtimoiy psixologiyada shaxs muammosi, ijtimoiy va shaxslararo 
    munosabatlar, shaxslararo munosabatlar va ularning kechishi, shaxslararo 
    munosabatlarda shaxs agressivligi muammosi, muloqot psixologiyasi, ijtimoiy 
    psixologiyada guruhlar muammosi, kichik guruhlar psixologiyasi, olomon 
    psixologiyasi, guruh sharoitida zamonaviy o‘qitishning pedagogik va psixologik 
    texnologiyalari, ijtimoiy rol, shaxs ijtimoiylashuvi, ijtimoiy ustanovka, liderlik va 
    boshqaruv, tatbiqiy ijtimoiy psixologiya, 
    etnopsixologiyasi fani bo‘yicha
    – 
    etnopsixologiya fanining predmeti, vazifalari va metodlari, etnopsixologiya fanining 
    shakllanish tarixi, etnopsixologiya muammolarini o‘rganish bo‘yicha yaqin xorij 
    mamlakatlarida o‘tkazilgan tadqiqotlar, etnos va millat tushunchalarining qiyosiy 


    tahlili, etnos va shaxs, milliy xarakter va etnik identiklik, milliy psixika, etnik 
    ramzlar va madaniyat, etnik stereotiplar va ularning turlari, etnik o‘zaro 
    munosabatlarning xususiyatlari, etnik nizolar va etnosentrizm bo‘yicha bilimlarni 
    oshirish va ko‘nikma hosil qilishlari zarur. 
    19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya ixtisosligi bo‘yicha tayanch 
    doktoranturaga kiruvchi da’vogarlar uchun 2 ta ixtisoslik fanlari bo‘yicha: “Ijtimoiy 
    psixologiya”, “Etnopsixologiya” fanlaridan savollar bazasi shakllantirilgan. 
    Bu fanlar o‘z negizida qamrab olingan ma’lumotlar quyida batafsil keltirilgan. 



    Download 437,96 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7




    Download 437,96 Kb.
    Pdf ko'rish