• Tayanch tushunchalar
  • 2. Sotsiometriya, referentometriya metodikalari
  • 1-mavzu. Shaxslararo munosabatlar psixodiagnostikasi reja




    Download 62,26 Kb.
    bet1/5
    Sana29.05.2024
    Hajmi62,26 Kb.
    #256438
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    1-mavzu. Shaxslararo munosabatlar psixodiagnostikasi reja



    1-MAVZU.SHAXSLARARO MUNOSABATLAR PSIXODIAGNOSTIKASI
    Reja:
    1. Shaxslararo munosabatlarning turlari va ularning o‘zaro ta`siriga xos xususiyatlar.
    2. Sotsiometriya, referentometriya metodikalari


    Maqsad:
    Talabalarda shaxslararo munosabatlar psixodiagnostikasi haqida tushuncha hosil qilish.
    Vazifa:
    Talabalarda shaxslararo munosabatlar psixodiagnostikasi haqida bilim, malaka, ko’nikma hosil qilish orqali mutaxassis sifatida shaxsini rivojlantirish.
    Tayanch tushunchalar:
    shaxslararo munosabat psixodiagnostikasi, sotsiometriya, referentometriya,”oila rasmi”, “Jil film “proektiv metodikalari.


    1. Shaxslararo munosabatlarning turlari va ularning o‘zaro ta`siriga xos xususiyatlar
    Munosabat – odamlar o’rtasidagi birgalikdagi faoliyat ehtiyojlaridan kelib chiqadigan bog’lanishlar rivojining ko’p qirrali jarayonidir.Munosabatning uch jihati farqlanadi: kommunikativ (axborot uzatish) , pertseptiv (o’zaro birgalikda idrok etish) , interaktiv (o’zaro birgalikda harakat qilish). Nutq – bu og’zaki kommunikatsiya, til yordamida munosabat qilish jarayonidir. Psixodiagnostikada shaxslararo munosabatlarni
    o’ rganish uchun turli metodikalar ishlab chiqilgan.Quyida ular bilan tanishamiz.
    2. Sotsiometriya, referentometriya metodikalari
    Sotsiometriya metodining asoschisi amerikalik psixolog D.J.Moreno hisoblanadi. Sotsiometriya yordamida guruhdagi shaxslararo munosabatlar aniqlanadi.
    Metodika o’tkazishdan maqsad: Metodika guruhdagi shaxslararo munosabatlarda simpatiya(yoqish) va antipatiya(yoqtirmaslik), guruhdagi jipslik, norasmiy munosabatlarni tadqiq qilishga mo’ljallangan. SHuningdek, metodika yordamida guruhdagi norasmiy liderlar, munosabatlarni va boshqa xususiyatlarni aniqlash mumkin.
    Metodika ikki xil shaklda o’tkaziladi. Birinchi shakli noparametrik tarzda metodikani o’tkazishda sinaluvchilarga o’z guruhidan tanlaydigan kishilarning soni chegaralab qo’yiladi. Sinaluvchining oldiga guruh a`zolarining ro’yxati qo’yilib, shu kishilarga o’ziga yoqish yoki yoqmaslik darajasiga qarab raqamlab chiqish taklif etiladi. Noparametrik metodikaning noqulaylik tomoni shundaki, guruh a`zolari soni 15-16 tadan oshgandan so’ng sotsiometrik tanlovlar sonini hisoblash qiyinlashib qoladi. Bunday vaziyatda kompYuterdan foydalanish maqsadga muvofiq. Noparametrik metodikaning yana bir noqulayligi, shaxs guruhidagi 20-25ta tengdoshlarini ob`ektiv ravishda baholashga, munosabatini bildirishga qisqa vaqt ichida qiynalib, tasodifiy tanlov bajarishi mumkin.
    Metodikaning ikkinchi shakli parametrik tarzdagi tanlovlar bo’lib, shaxsga o’zi faoliyat ko’rsatayotgan guruhdan 3-5 tagacha kishilarni tanlash taklif etiladi, ya`ni tanlov soni 3-5 ta kishi bilan chegaralanadi.
    Parametrik tarzdagi tanlovlar
    Tadqiqotchilarning fikricha, parametrik tarzdagi tanlovlar sodda, ishonchli bo’lib muhim tanlovlar sonini va qiymatlarini hisoblashlarini osonlashtiradi. Tanlovlar sonining chegaralanganligi (3-5 kishi) shaxsning talovlarga jiddiy e`tibor bilan yondashishiga sabab bo’ladi.
    Sotsiometriya tanlovlarini o’tkazishda eksperimentator tomonidan sinaluvchilarga beriladigan savollar mezonlarining ahamiyati katta. Bu mezonlar quyidagi shaklda bo’lishi mumkin.
    1. Guruhdagi tengdoshlaringizdan o’zingizga yoqqan uch kishini uyingizga mehmonga chaqirmoqchisiz. Siz ulardan qaysi birini birinchi o’rinda, qaysisini ikkinchi va qaysisini uchinchi o’rinda taklif etasiz?
    2. Sinf etakchisini saylash uchun, guruhda birinchi, ikkinchi, uchinchi o’rinda kimlarni taklif etasiz.
    Sotsiometriya metodikasini o’tkazish uchun sinaluvchilarga testni o’tkazish maqsadi qisqacha tushuntiriladi. Tanlovlarni birov bilan maslahatlashmasdan, mustaqil ravishda amalga oshirish talab qilinadi. Iloji boricha, har bir stolda bitta o’quvchi test savollariga javob yozishni ta`minlanishi zarur. Har bir o’quvchi to’ldirgan “sotsiometrik kartochkalar” asosida”sotsiometik matritsa to’ldiriladi.
    O’tkazish tartibi: kichikroq qog`ozga o’quvchining ismi va familiyasi yozilib, tagiga chiziladi. O’quvchiga: eng yaqin do’stlaringdan 3 tasining ismi va familiyasini ketma-ket shu qog`ozga yoz, birinchi o’ringa kimni qo’yasan, ikkinchi o’ringa kimni va hokazo deb aytiladi. Bu qog`ozlar to’planib natijalar umumlashtiriladi va sotsiometrik matritsa tuziladi.
    Sotsiometik matritsa





    Kimni tanlaydi

    Kimni tanlaydi




    1

    2

    3

    4

    5

    66

    7




    1

    Abdullaev

    x







    2




    1

    3




    2

    Baxodirov

    2

    x




    3




    1







    3

    Vaxobov

    2




    x







    1

    3




    4

    Do’stmuxamedov

    2




    3

    x




    1







    5

    Jo’raev




    2




    1

    x

    2







    6

    Xakimov




    1

    2







    x

    3







    Jami

    3

    2

    2

    3

    0

    5

    3




    Har xil statuslarni quyidagicha aniqlaymiz.


    O’rtachadan ikki barobar ko’p tanlov olsa –“Yulduzlar” hisoblanadi.
    St > m +2k = 6 ta
    O’rtachadan bir-bir yarim barobar ko’p tanlov olsa –“yoqimtoylar”
    St > m +1(1,5)k = 5-4 ta
    O’rtacha tanlov olgan = o’rtacha (+3)
    O’rtachadan 1 yoki 1,5 barabor kam tanlov olganlar “qabul qilinmaganlar”
    St > m -1(1,5)k = 1-2 ta
    Umuman tanlov olmaganlar “yakkalanib qolganlar” deyiladi.
    St > m -2k = 0 ta.
    Sotsiometrik tanlov jarayonida qog`ozning orqa tomoniga ”Sarvar sen nima uchun Sardorni tanlading” deb so’raladi va javobi yozib qo’yiladi. Bu tanlov motivlarini aniqlash jarayonidir.
    Sotsiogramma
    Guruhning ichidagi kichik guruhchalarni aniqlash, kichik guruhchalarda o’zaro munosabatlar (statuslar), lider va “yakkalanib qolganlarning” shaxslararo munosabatlarini yaqqolroq va aniq ko’rish uchun sotsiogrammadan foydalaniladi.
    Sotsiogramma –nishon
    Guruhda har bir o’quvchining o’rni, mavqei, boshqa tengdoshlar bilan munosabatlarini yanada yaqqolroq tasavvur etish uchun guruh a`zolarining tanlovlari ifoda etilgan sotsiogramma “karta monogramma” tuziladi.
    “Karta monogramma” guruh jurnali asosida tuzilib, har bir o’quvchining tengdoshlari bilan munosabatini ifoda etadi. Sotsiometriya metodikasining natijalari aniq, ishonchli bo’lishi uchun metodikani o’quv yilining o’rtalarida o’tkaziladi. Metodikani bir yilda bir necha marta o’tkaziladi va chiqqan natijalar umumlashtiriladi.

    Download 62,26 Kb.
      1   2   3   4   5




    Download 62,26 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-mavzu. Shaxslararo munosabatlar psixodiagnostikasi reja

    Download 62,26 Kb.