Shovqin va undan himoyalanish 1 Umumiy ma’lumotlar. Shovqinning inson organizmiga ta’siri




Download 1.15 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/8
Sana17.09.2022
Hajmi1.15 Mb.
#26038
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Shovqin Ochilov Axmad
Rashidov muhammadamin ATROF MUHIT, Kurs ishlari, a, b, a


Shovqin va undan himoyalanish
1
 
Umumiy ma’lumotlar. Shovqinning inson organizmiga ta’siri. Insonning mavjud beshta sezgi 
a’zosi ichida eshitish o‘ziga xos ahamiyat kasb etadi. Aynan eshitish orqali inson boshqa odamlar bilan 
muloqot qiladi, xavf-xatarni anglaydi va o‘z madaniyatini yuksaltiradi. Inson o‘zining eshitish sezgilari 
orqali toza tovushlarni, aralash tovushlarni va shovqinni farqlaydi. Toza tovush bir xil chastotadagi 
sinusoidal tebranishlardan iboratdir. 
Insonni o‘rab turgan muhitda turli xil tovushlar mavjud bo‘lib, ularni inson eshitish a’zosi 
yordamida eshitadi. Tovush fizik kattalik bo‘lib, faqat elastik muhitda (havo, suv, gaz va b.) tarqaladi, 
vakuum muhitida tovush tarqalmaydi. 
Aralash tovush bir necha toza tovushning yig‘indisidan iborat. Shovqin esa har xil chastota va 
tebranishdagi tovushlar aralashmasidir. 
1660 yili Robert Boyl (1627–1661yy) tovush tarqalishi uchun gazsimon suyuqlik yoki 
qattiq jism holatidagi muhit zarurligini isbotlaydi. Tovush tarqalishiga sabab bo„ladigan muhitga 
bog„liq holda shovqin mexanik va aerogidrodinamik ko„rinishda bo„ladi. 
Tovush intensivligining o„lchov birligi «Bel» qabul qilingan. U telefon yaratilishining 
asoschisi Aleksandr Greyama Bel (1847–1922y) sharafiga atalgan. Inson qulog„i bir xil 
bosimdagi, turli xil chastota va qattiqlikdagi tovushlarni eshita oladi. Tovush qattiqligi 
(gromkost) – «fon» bilan o„lchanadi. Bir fon – 1000 Gs chastotadagi va 1dB intensivlikdagi 
tovush qattiqligiga tengdir. 
Inson qulog„i 16 Gs.dan 20000 Gs.gacha bo„lgan tovush chastotalarini eshitish 
qobiliyatiga ega. Inson 800…4000 Gs chastotali tovushlarni yaxshi eshitadi, 16…100 Gs 
chastotali tovushlarni sezilarli darajada eshitadi. 
1861 yili anatomik olim Alfonso Korti (1822–1876y) insonning eshitish a‟zosi- quloqni 
tekshirib, uning ishlash tartibini o„rganib chiqqan. 
Shovqinning insonga ta‟sirini fiziologik baholash maqsadida, u past chastotali (300 
Gs.gacha), o„rta chastotali (300…800 Gs) va yuqori chastotali (800 Gs dan Yuqori) shovqinlarga 
ajratiladi. 
Inson xoh kunduzi, xoh tunda, ish vaqtida ham, dam olish vaqtida ham, uyquda ham 
ma‟lum darajadagi shovqin ta‟sirida bo„ladi. Masalan, barglarning shitirlashi 10-40 dB, soatning 
chiqillashi quloqdan 1 m uzoqlikda 25-35 dB, uxlayotgan odamning nafas olishi 25 dB atrofida, 
oddiy so„zlashuv vaqtida –50-60 dB, qattiq baqirib so„zlashganda –75 dB, 100 km/soat tezlikda 
harakatlanaetgan engil avtomobil-110 dB, reaktiv samolet-120-130 dB tovush intensivligidagi 
shovqin hosil qiladi. 
Insonni doimiy yuqori intensivlikdagi shovqin ta‟sirida bo„lishi uning sog„ligiga ta‟sir 
etadi, u tez charchaydi, psixologik reatsiya tezligi kamayadi, xotirasi susayadi. Shuningdek
shovqin insonning diqqatini bir joyga jamlashiga xalaqit qiladi, harakatning aniqligini va 
muvozanatini buzadi, tovush va yorug„lik signallarini qabul qilish qobiliyatini susaytiradi va 
natijada turli xil baxtsiz hodisalarni kelib chiqishiga sabab bo„ladi. Bundan tashqari shovqin qon 
bosimining oshishiga, ko„z qorachigining kengayishiga, oshqozon-ichak faoliyatining 
buzilishiga, yurak va tomir urishining tezlashiga, asab tizimining buzilishiga, uyqusizlik sodir 
bo„lishiga va eshitish qobiliyatining susayishiga ham olib keladi. Ayniqsa inson qulog„i 
eshitmaydigan shovqinlar, yani infratovushlar (tovush chastotasi 16-20 Gs dan kichik 
shovqinlar) va ultratovushlar (tovush chastotasi 20000 Gs.dan katta) inson sog„ligiga katta ta‟sir 
ko„rsatadi. 

Download 1.15 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8




Download 1.15 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Shovqin va undan himoyalanish 1 Umumiy ma’lumotlar. Shovqinning inson organizmiga ta’siri

Download 1.15 Mb.
Pdf ko'rish