• AXBOROTNI HIMOYALASHNING KRIPTOGRAFIK USULLARI
  • FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
  • So’ngi ilmiy tadqiqotlar nazariyasi respublika ilmiy-uslubiy jurnali




    Download 53.97 Kb.
    Sana31.10.2023
    Hajmi53.97 Kb.
    #91840
    Bog'liq
    Abdazimov Saidaminxo’dja Zoirxo’dja o’g’li
    Munozara to‘garagi xujjatlari, Mavzu Yevropa mutafakkirlari Platon, Dekart va Yumning falsafag, 71-МТТ logoped ro\'yxat 2023 fevral, Test .BSIO\' Nurova, , Самостоятельная 3 (2), Baholar varaqasi, BMI himoya, Kurs ishi xudoyqulov diyorbek 30-21, Qo\'lda yoyli payvandlash va uning turlari, erimaydigan elektrodlar, ma\'ruza 1 (2), portal.guldu.uz-ma`ruzalar kursi, 1 Savollarga javoblar


    SO’NGI ILMIY TADQIQOTLAR NAZARIYASI RESPUBLIKA ILMIY-USLUBIY JURNALI

    6-JILD 6-SON
    13.06.2023


    AXBOROTNI HIMOYALASHNING KRIPTOGRAFIK USULLARI




    Abdazimov Saidaminxo’dja Zoirxo’dja o’g’li
    (Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi axborot texnologiyalari kafedrasi o’qituvchisi)


    Annotatsiya: Axborotning himoyalashning aksariyat mexanizmlari asosini shifrlash tashkil etadi. Axborotni shifrlash deganda ochiq axborotni (dastlabki matnni) shifrlangan axborotga o’zgartirish (shifrlash) va aksincha (rasshifrovka qilish) jarayoni tushuniladi. Shifrlash jarayonida o‘rniga qo‘yish va o‘rin almashtirish akslantirishlarining kombinasiyalaridan birgalikda foydalanilsa, bunday shifrlash algoritmi kompozision shifrlash sinfiga kiradi. Shifrlash algoritmlari, kalitlardan foydalanish turlariga ko‘ra, simmetrik va nosimmetrik sinflarga bo‘linadi. Agar shifrlash va deshifrlash jarayonlari bir xil kalit bilan amalga oshirilsa, bunday shifrlash algoritmi simmetrik shifrlash algoritmi sinfiga kiradi.
    Kalit so`zlar: Kompozision shifrlash, algoritm, simmetrik, nosimmetrik, blokli shifrlash, alifboli shifrlash, shifr ma’lumot, ANSI kodi, ASCII kodi.
    Аннотация: Шифрование информации означает процесс преобразования простой информации (исходного текста) в зашифрованную информацию (шифрование) и наоборот (дешифрование).Когда в процессе шифрования используется комбинация замещения и отражения замещения, такой алгоритм шифрования относится к составному классу шифрования. Алгоритмы шифрования делятся на симметричные и асимметричные классы в зависимости от типа используемого ключа. Если процессы шифрования и дешифрования выполняются с одним и тем же ключом, такой алгоритм шифрования относится к классу симметричных алгоритмов шифрования.
    Ключевые слова: Составное шифрование, алгоритм, симметричное, асимметричное, блочное шифрование, алфавитное шифрование, шифрование информации, код ANSI, код ASCII.
    Keywords: Composite encryption, algorithm, symmetric, asymmetric, block encryption, alphabet encryption, encryption information, ANSI code, ASCII code.

    Ma‟lumotlarni kriptografik akslantirish jarayoni dasturiy va apparatli amalga oshirilishi mumkin. Apparatli ta‟minot qimmat, ammo u sermahsullik, oddiylik, himoyalanganlik kabi afzalliklarga ega. Dasturiy ta‟minot foydalanishga qulayligi uchun ko‟proq amaliy hisoblanadi. O„rniga qo„yishga asoslangan shifrlash algoritmlari, ularning asosini tashkil etuvchi akslantirishning bir qiymatli yoki ko„p qiymatligiga ko„ra, bir qiymatli va ko„p qiymatli sinflarga bo„linadi.


    Shifrlashda kalitlardan foydalanish qoidasiga ko„ra shifrlar simmetrik va nosimmetrik sinflarga bo„linishi ta‟kidlanib, agar shifrlash va deshifrlash jarayonlari

    mos ravishda maxfiy ma‟lumotni jo„natuvchi va qabul qilib oluvchi tomonidan bitta kalit bilan amalga oshirilsa, bunday algoritm simmetrik shifrlash sinfiga kirishi ta‟riflangan. Agar shifrlash jarayonida biror akslantirish orqali ochiq ma‟lumot alifbosi belgilari shifrma‟lumot alifbosi belgilariga almashtirilsa, bunday akslantirishga asoslangan shifrlash algoritmi o„rniga qo„yishga asoslangan shifrlash sinfiga kiradi.
    Agar shifrlash jarayonida biror akslantirish orqali ochiq ma‟lumot alifbosi belgilarining o„rinlari almashtirilsa, bunday shifrlash algoritmi o„rin almashtirishga asoslangan shifrlash sinfiga kiradi. O„rin almashtirishga asoslangan shifrlash algoritmlarida ochiq ma‟lumotni tashkil etuvchi alifbo belgilarining ma‟nosi shifrma‟lumotda ham o„zgarmasdan qoladi. O„rniga qo„yishga asoslangan shifrlash algoritmlarida shifrma‟lumotni tashkil etuvchi alifbo belgilari ma‟nosi ochiq ma‟lumotni tashkil etuvchi alifbo belgilarining ma‟nosi bilan bir xil bo„lmaydi.
    Shifrlash jarayonida o„rniga qo„yish va o„rin almashtirish akslantirishlarining kombinasiyalaridan birgalikda foydalanilsa, bunday shifrlash algoritmi kompozision shifrlash sinfiga kiradi. Umuman olganda, o„rniga qo„yishga asoslangan shifrlash algoritmlari akslantirishlarining matematik modellari ko„p qiymatli funksiyalar bilan ifodalansada, amalda bir qiymatli (teskarisi mavjud bo„lgan, qaytar) funksiyalar bilan ifodalanuvchi akslantirishlarni qo„llash qulaylik tug„diradi. Umumiy holda, o„rniga qo„yishga asoslangan shifrlash algoritmlari bir qiymatli va ko„p qiymatli shifrlash sinfiga bo„linadi. Bir qiymatli shifrlash algoritmlarida ochiq ma‟lumot alifbosi belgilarining har biriga shifrma‟lumot alifbosining bitta belgisi mos qo„yiladi. Ko„p qiymatli shifrlash algoritmlarida ochiq ma‟lumot alifbosi belgilarining har biriga shifrma‟lumot alifbosining ikkita yoki undan ortiq chekli sondagi belgilari mos qo„yiladi, ya‟ni ochiq ma‟lumot alifbosining biror xi belgisiga shifrma‟lumot alifbosining chekli
    {yi1, yi2 ,...,yit} to„plamdan olingan biror yij ,(1 j t) belgisi mos qo„yiladi.
    Shifrlash algoritmlari, kalitlardan foydalanish turlariga ko„ra, simmetrik va nosimmetrik sinflarga bo„linadi. Agar shifrlash va deshifrlash jarayonlari bir xil kalit bilan amalga oshirilsa, bunday shifrlash algoritmi simmetrik shifrlash algoritmi sinfiga kiradi. Agar shifrlash jarayoni biror k1 kalit bilan amalga oshirilib, deshifrlash jarayoni k2 ≠ k1 bo„lgan k2 kalit bilan amalga oshirilib, k1 kalitni bilgan holda k2 kalitni topish yechilishi murakkab bo„lgan masala bilan bog„liq bo„lsa, bunday shifrlash algoritmi nosimmetrik shifrlash algoritmi sinfiga taalluqli bo„ladi.
    Shifrlash jarayoni ochiq ma‟lumotni ifodalovchi elementar (masalan: bit, yarim bayt, besh bit, bayt) belgilarni shifrma‟lumotni ifodalovchi elementar belgilarga akslantirish asosida amalga oshirilsa, bunday shifrlash algoritmi oqimli (uzluksiz) shifrlash sinfiga kiradi.
    Shifrlash jarayoni ochiq ma‟lumot alifbosi belgilarining ikki va undan ortiq chekli sondagi birikmalarini shifrma‟lumot alifbosi belgilarining birikmalariga akslantirishga asoslangan bo„lsa, bunday shifrlash algoritmi blokli shifrlash sinfiga kiradi.
    Shifrlash jarayonida ochiq ma‟lumot alifbosining biror alohida olingan ai belgisi
    har doim shifrma‟lumot alifbosining biror fiksirlangan bj belgisiga almashtirilsa, bunday shifrlash algoritmi bir alifboli shifrlash sinfiga kiradi. Agar shifrlash jarayonining har xil bosqichlarida ochiq ma‟lumot alifbosining biror alohida olingan ai belgisi shifrma‟lumot alifbosining har xil bj , bl , ..., bt belgilariga almashtirilsa, bunday shifrlash algoritmi ko„p alifboli shifrlash sinfiga kiradi.
    Shifrlash jarayonida ochiq ma‟lumot alifbosi belgilari yoki alifbo belgilari birikmalari biror amal bajarish bilan shifrma‟lumot alifbosi belgilari yoki ularning birikmalariga almashtirilsa, bunday shifrlash algoritmi gammalashtirilgan shifrlash sinfiga kiradi.
    Quyida o„rniga qo„yish va o„rin almashtirishga asoslangan shifrlash algoritmlarining turkumlarining matematik asoslari alohida-alohida ko„rib chiqiladi.
    Oddiy o„rniga qo„yishga asoslangan shifrlash algoritmlarining jadvalli va analitik matematik modellari
    Shifrlash algoritmlari ochiq ma‟lumot alifbosi belgilarini shifrma‟lumot belgilariga akslantirishdan iborat ekanligi yuqorida ta‟kidlangan edi. Akslantirishlar funksiyalari (kalit deb ataluvchi noma‟lum) parametrga bog„liq holda: jadval va analitik (formulali) ifoda ko„rinishlarida berilishi mumkin. O„rniga qo„yishga asoslangan shifrlash algoritmlarining dastlabki namunalari bo„lgan tarixiy shifrlash algoritmlarining deyarli hammasi jadval ko„rinishida ifodalanadi. Ular haqidagi to„liq ma‟lumotlar [1] da mavjud. O„rniga qo„yishga asoslangan shifrlash algoritmlarining umumiy xususiyatini hisobga olib, bu sinfdagi algoritmlarni 4.1- jadval ko„rinishida quyidagicha ifodalash mumkin.
    4.1- jadval
    O„rniga qo„yishga asoslangan shifrlash algoritmlari

    Ochiq ma‟lumot alifbosi
    (kirillcha belgilar)

    A

    B





    Ya

    Shifrma‟lumot alifbosi
    (ikkilik sanoq tizimi



    x0 x0x0 x0 x0
    0 1 2 3 4



    x1 x1x1 x1 x1
    0 1 2 3 4







    x31 x31x31 x31 x31
    0 1 2 3 4

    belgilari)
















    Kirillcha alifbo belgilari soni 32 ta, shu 32 ta har xil belgilarni bitlar bilan ifodalash uchun besh bit kifoya, ya‟ni 25 = 32. Keltirilgan 4.1- jadvaldan foydalanib, kirillcha alifboda ifodalangan ochiq malumot belgilarini ularga mos keluvchi ikkilik sanoq tizimidagi besh bitlik belgilarga almashtirib shifrma‟lumot hosil qilinadi, ya‟ni xij {0;1}. Agarda, keltirilgan jadvalda ochiq ma‟lumot alifbosi belgilariga shifrma‟lumot alifbosining qanday besh bitlik belgilari mos qo„yilganligi noma‟lum bo„lsa, bu jadval kalit bo„lib, shifrma‟lumotdan ochiq ma‟lumotni tiklash masalasi murakkablashadi. Bunday shifrlash jarayonini ifodalovchi algoritm kalitlarining

    umumiy soni 32! bo„lib, ushbu 𝑛! ≈ (𝑛)2
    𝑒


    2𝜋𝑛 -

    Stirling formulasiga ko„ra quyidagicha 32! = (32 )32
    2.7


    2 · 3. 14 · 32 >

    (32 )32
    2.7
    2 · 2 · 32 > (32 )32


    2.7


    2 · 2 · 32 = 296 · 23 ·


    2 > 299

    hisoblanadi. Bunday holat esa kalitni bilmagan holda deshiflash jarayonini amalga oshirishni jiddiy murakkablashtiradi.


    Agarda ochiq ma‟lumot kompyuterdan foydalanilgan holda tuzilib, standart ASCII kodi alifbosi belgilaridan iborat bo„lib, shifrma‟lumot standart ASCII kodi alifbosi belgilarini birini boshqasi bilan almashtirishdan iborat bo„lgan o„rniga qo„yishga asoslangan shifrlash algoritmini qo„llash natijasida hosil qilingan bo„lsa, u holda shifrlash jarayoni asosini quyidagi o„rniga qo„yish almashtirish 4.2- jadvali tashkil etadi.
    4.2- jadval
    O„rniga qo„yish almashtirish (ASCII kodi alifbosi belgilari asosida) jadvali

    Ochiq ma‟lumot alifbosi (standart ASCII
    kodi belgilari)

    ASCI
    I



    ACII1









    ASCII255

    Shifr ma‟lumot
    alifbosi (ikkilik sanoq

    x0x0 … x0


    0 1 7

    x0x0 … x0


    0 1 7









    x255x255 x255
    0 1 7

    tizimi belgilari)










    Bu yerda xij Î {0;1} bo„lib, standart ASCII kodi alifbosi 256 ta har xil belgilarini bitlar bilan ifodalash uchun sakkiz bit kifoya, ya‟ni 28 = 256.
    Bu shifrlash jarayonini ifodalovchi algoritm kalitlarining umumiy soni 256! bo„lib,

    ushbu 𝑛! ≈ (𝑛)2
    𝑒


    2𝜋𝑛 Stirling formulasiga ko`ra quyidagicha

    256! = (


    256
    2. 7
    256
    ) √2 · 3. 14 · 256 > (
    256
    4
    256
    ) √2 · 2 · 256 > (
    4 · 26
    4
    256
    ) 2 · 2 · 28

    = 26·56 · 25 = 21541
    hisoblanadi. Bunday holat esa kalitni bilmagan holda deshifrlash jarayonini amalga oshirishni yetarli darajada murakkablashtiradi.
    Yuqorida keltirilgan jadvallar o„rniga qo„yishga asoslangan shifrlash algoritmlarining eng oddiy ko„rinishlari modelini ifodalaydi. Ya‟ni shifrlash jarayonida shifr qiymatlar deb ataluvchi ochiq ma‟lumot alifbosi belgilariga mos keluvchi shifrbelgilar deb ataluvchi shifrma‟lumot alifbosi belgilari o„zgarmaydi.
    Agarda ochiq ma‟lumot kompyuterdan foydalanilgan holda tuzilib, standart ASCII kodi alifbosi belgilarini kengaytirilgan kompyuter standart ANSI kodi alifbosi belgilaridan iborat bo„lib, shifrma‟lumot standart ANSI kodi alifbosi belgilarini birini boshqasi bilan almashtirishdan iborat bo„lgan o„rniga qo„yishga asoslangan shifrlash algoritmini qo„llash natijasida hosil qilingan bo„lsa, u holda shifrlash jarayoni asosini quyidagi o„rniga qo„yish almashtirish 4.3- jadvali tashkil etadi.
    4.3- jadval
    O„rniga qo„yish almashtirish (ANSI kodi alifbosi belgilari asosida) jadvali






    Oddiy o„rniga qo„yishga asoslangan shifrlash algoritmlarining analitik (formulali) ifodasini ikkita teng kuchli to„plamlar, ya‟ni elementlari soni teng bo„lgan to„plamlar, elementlari ustida o„rnatilgan o„zaro bir qiymatli akslantirishlardan (funksiyalardan) iborat deb tushunish mumkin. Bunday akslantirishlar har doim teskarisiga ega bo„ladi, ya‟ni o„zaro bir qiymatlilik xossasi akslantirishning teskarisi mavjudligining yetarlilik shartini ta‟minlaydi. O„zaro bir qiymatli funksiya odatda chiziqlilik xossasiga ega. Masalan, yuqorida keltirilgan jadvalli oddiy o„rniga qo„yishga asoslangan shifrlash algoritmlarining modellarini mos ravishda ularning ushbu ko„rinishdagi:
    f (xi ) = kxi + b(mod 32), i = 0,1,...,31;
    f (xj)=kxj+b(mod 256), j = 0,1,...,255; f(xl)=kxl+b(mod 232) , l = 0,1,...232 − 1; analitik (formulali) ifodalari bilan almashtirish mumkin, bu yerda k va b o„zgarmas sonlar. f (xi ) -funksiya chiziqsiz bo„lsa, u ko„p qiymatli bo„lib, uning teskarisini har doim ham analitik (formulali) ko„rinishda ifodalash imkoni mavjud bo„lavermay, umumiy ko„rinishda to„plamga tegishlilik ifodasiga ega bo„ladi:
    f -1 (y) Î{ xi xi, …, xi }.
    Bir qiymatli va ko„p qiymatli o„rniga qo„yishga asoslangan shifrlash algoritmlarining matematik modellari
    O„rniga qo„yishga asoslangan shifrlash algoritmlari, ularning asosini tashkil etuvchi akslantirishning bir qiymatli yoki ko„p qiymatligiga ko„ra, bir qiymatli va ko„p qiymatli sinflarga bo„linadi.
    Agar o„rniga qo„yishga asoslangan shifrlash algoritmida ochiq ma‟lumot alifbosi belgilarining har biriga shifrma‟lumot alifbosining bitta belgisi mos qo„yilsa, bunday algoritm bir qiymatli o„rniga qo„yishga asoslangan shifrlash algoritmi sinfiga kiradi. Ochiq ma‟lumot alifbosi belgilari x1 , x2 ,…, xN deb belgilansa, masalan, lotin alifbosi belgilari uchun N = 26, kirill alifbosi belgilari uchun N = 32 , standart ASCII kodi alifbosi belgilari uchun N = 256 va hokazo. Shifrma‟lumot alifbosi belgilari y1,y2,.., yM deb belgilansa, u holda bir qiymatlio„rniga qo„yishga asoslangan shifrlash algoritmining umumiy holdagi modeli 4.4- jadval ko„rinishda quyidagicha ifodalanadi:
    4.4- jadval
    O„rniga qo„yishga asoslangan shifrlash algoritmining umumiy modeli

    Ochiq ma‟lumot
    alifbosi belgilari

    x1

    x2





    xn

    Shifrma‟lumot
    alifbosi belgilari

    yi1

    yi2

    ..



    yiN

    Bu yerda yij Î{y1, y2 ,..., yM } . Bu yerda M soni N sonidan qancha katta bo„lsa, ya‟ni shifr belgilar to„plamining quvvati shifr qiymatlar to„plamining quvvatidan qancha katta bo„lsa, kalitlarni ifodalovchi mumkin bo„lgan barcha jadvallar soni shuncha ko„p bo„lib, bunday shifrlash algoritmining kriptobardoshliligi ortadi. Analitik ifodasining umumiy ko„rinishi ushbu chiziqli funksiyadan iborat: yij = kxj+ b(mod N) bo„lib, bu yerda j = 0,1,..., M - 1; i = 0,1,..., N -1.
    Misol sifatida quyidagi (2x26)-o„lchamli 4.5- jadvalni keltirish mumkin. 4.5- jadval
    (2x26) - o„lchamli jadval

    Ochiq ma‟lumot alifbosi (lotincha
    belgilar 26 ta)

    A

    B






    Z

    Shifrma‟lumot alifbosi (kirillcha
    belgilar 32 ta)

    I

    L

    ..



    U

    Ko„p qiymatli shifrlash algoritmlarida ochiq ma‟lumot alifbosi belgilarining har biriga shifrma‟lumot alifbosining ikki yoki undan ortiq chekli sondagi belgilari mos qo„yiladi, ya‟ni ochiq ma‟lumot alifbosining biror xi belgisiga shifrma‟lumot alifbosining chekli {yi1 , yi2 ,..., yit }Ì{y1 , y2 ,..., yM } to„plamidan olingan biror yij , (1 £ j £ t), belgisi mos qo„yiladi. Ko„p qiymatli o„rniga qo„yishga asoslangan shifrlash algoritmining umumiy holdagi modeli 4.6-jadval ko„rinishida quyidagicha ifodalanadi.
    4.6- jadval
    Ko„p qiymatli o„rniga qo„yishga asoslangan shifrlash algoritmining umumiy modeli

    Ochiq ma‟lumot alifbosi
    belgilari

    x1



    x2





    xN



    Shifrma‟lumot alifbosi belgilari

    {𝑦i1 ,
    1

    yi1 , … , yi1 }
    1 1
    = sh1

    {yi2 ,
    1

    yi2 , … , yi2 } = sh2
    1 1



    {yin,
    1

    yin, … , yin}
    1 1
    = shN

    Bu yerda: yid Î{y1 , y2 ,..., yM }. 4.6- jadvaldagi sh1, sh2,..., shN - to„plamlar teng quvvatli bo„llsa, ya‟ni elementlari soni teng bo„lsa, algoritm teng qiymatli o„rniga
    qo„yishga asoslangan shifrlash algoritmi bo„ladi, aks holda har xil qiymatli shifrlash algoritmi bo„ladi.
    Agar max{ y1, y2 ,..., yM }+1 = D bo„lsa, bu jadvalning analitik ifodasi:

    i
    y d = f (xd )(modD) shd bo„ladi, bu yerda f (·) - iror o„zgaruvchan parametrga
    l
    bog„liq yoki chiziqsizlik kabi ko„p qiymatlilik xossasiga ega bo„lgan funksiya,1£il£M, 1 £ d £ N.
    Misol sifatida quyidagi (2x32)-o„lchamli 4.7- jadvalni keltirish mumkin.
    4.7- jadval
    (2x32)-o„lchamli jadval



    Ochiq ma‟lumot alifbosi

    A

    B





    Ya




    (kirillcha belgilar)
















    Shifrma‟lumot alifbosi (standart
    ASCII kodi belgilari)

    *, d, n

    W, &, s, g





    14, !, /, j, a

    Ko„p qiymatli shifrlash algoritmlarining apparat-texnik va apparat-dasturiy ta‟minotlari nisbatan samarasiz bo„lganligi sababli amalda kam qo„llaniladi.
    O„rniga qo„yishga asoslangan shifrlash algoritmlari, ularning asosidagi akslantirishni shifrlash jarayonida bosqichma-bosqich o„zgarib turishiga ko„ra bir alifboli va ko„p alifboli shifrlash sinflariga bo„linadi.


    FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:





    1. Коробейников А.Г., Гатчин Ю.А. Математические основы криптологии. Учебное пособие. Санкт-Петербург-2004.

    2. Акбаров Д.Е. Ахборот хавфсизлигини таъминлашнинг криптографик усуллари ва уларнинг қўлланишлари. Тошкент. ”Ўзбекистон маркаси “, 2009.

    3. Защита информации. Малый тематический выпуск. ТИИЭР, 1988 г, №5.

    4. Саломова А. Криптография с открытым ключом. М.,1997.

    5. Хасанов П.Ф., Исаев Р.И., Хасанов Х.П., Назарова М.Х. Ахмедова О.П. Ахборотнинг криптографик муҳофазаси тарихи (Илмий криптография даври) // Aloqa dunyosi. – Тошкент, 2005, №2 (5).





    Download 53.97 Kb.




    Download 53.97 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    So’ngi ilmiy tadqiqotlar nazariyasi respublika ilmiy-uslubiy jurnali

    Download 53.97 Kb.