|
Sulfat kislota
|
Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 22,75 Kb. | | #235578 |
Sulfat kislota kimyo sanoatining muhim mahsuloti. Oʻgʻit tayyorlashda, metallurgiyada, neftni tozalashda, boʻyoqchilik sanoatida, sunʼiy tolalar, portlovchi moddalar, xlorid kislota olishda, qoʻrgʻoshinli akkumulyatorlarda elektrolit sifatida va boshqalarda ishlatiladi.
Sulfat kislotaning xossalari va uning amaliy ahamiyati
Fizikaviy xossalari. Sulfat kislota — og'ir, rangsiz moysimon suyuqlik. Juda gigroskopik. Namlikni yutib, ko'p miqdorda issiqlik chiqaradi, shu sababli suvni konsentrlangan kislotaga quyish yaramaydi — kislota sachrab ketadi. Suyultirish uchun sulfat kislotani oz-ozdan suvga quyish kerak..
Suvsiz sulfat kislota 70% ga qadar oltingugurt (VI) oksidni eritadi. Odatdagi temperaturada u uchuvchan emas va hidsiz. Qizdirilganda tarkibida 98,3% H2S0 4 bor eritma hosil bo‘lgunga qadar S03 ni ajratib chiqaradi. Suvsiz H2S04 elektr tokini deyarli o‘tkazmaydi.
Kimyoviy xossalari. Konsentrlangan sulfat kislota organik moddalardan — shakar, qog'oz, yog‘och, tola va hokazo suv elementlarini tortib olib, ularni ko'mirga aylantiradi, Bunda sulfat kislotaning gidratlari hosil boiadai. Shakarning ko‘mirlanishini ushbu tenglama bilan ifodalash mumkin:
C 12H 220 n + « H 2S 0 4 = 1 2 C + « H 2S 0 4 ‘ W H 20
Hosil bo‘lgan ko‘mir qisman kislota bilan reaksyaga kirishadi:
C+2H2S04=C02+2S02+2H20
Shu sababli savdoga chiqariladigan kislota unga tasodifan tushib qolgan va ko‘mirga aylangan chang hamda organik moddalar tufayli qo‘ng‘ir rangli bo'ladi.
Gazlarni quritish sulfat kislotaning suvni yutishiga asoslangan. Uchuvchan bo‘lmagan kuchli H ,S0 4 quruq tuzlardan boshqa kislotalarni siqib chiqaradi. Masalan:
NaN03+H2S04=NaHS04+HN03
Lekin, agar H2S0 4 tuzlarning eritmalariga qo'shilsa, u holda kislotalarni siqib chiqarmaydi.
Sulfat kislotaning juda muhim kimyoviy xossasi — uning metallarga munosabatidir. Suyultirilgan va konsentrlangan sulfat kislotalar metallar bilan turlicha reaksiyaga kirishadi.
Suyultirilgan sulfat kislota standart elektrod potensiallar qatorida vodoroddan oldinda joylashgan metallarni eritadi. Lekin qo‘rg‘oshin sirtida PbS04 pardasi hosil boiadi, u metallni kislota bilan yana reaksiyaga kirishishidan muhofaza qiladi. Standart elektrod potensiallar qatorida vodoroddan keyin turgan metallar suyultirilgan H2S0 4 bilan reaksiyaga kirishmaydi.
Konsentrlangan sulfat kislota odatdagi temperaturada ko'pchilik metallar bilan reaksiyaga kirishmaydi. Shu sababli suvsiz sulfat kislotani temir idishlarda saqlash va poiat sistemalarda tashish mumkin*. Lekin qizdirilganda konsentrlangan H2S04 deyarli barcha metallar bilan (Pt, Au va ba’zi boshqa metallardan tashqari,
reaksiyaga kirishadi). Bunda u oksidlovchilar sifatida ta’sir etadi, o‘zi esa odatda S 0 2 ga qadar qaytariladi. Bunda vodorod ajralib chiqmaydi, balki suv hosil boiadi. Masalan:
Cu+2H2S04=CuS04+S02+2H20
Sulfat kislotada kislotalarning barcha xossalari bor.
Sulfat kislotaning ahamiyati. Sulfat kislota anorganik kislotalar, ishqorlar, tuzlar, mineral o‘g‘itlar va xlor ishlab chiqaradigan asosiy kimyo sanoatining muhim mahsuloti hisoblanadi.
Turli-tuman maqsadlarda ishlatilishi jihatidan sulfat kislota kislotalar orasida birinchi o'rinda turadi. Uning eng ko‘p miqdori fosforli va azotli o‘g‘itlar olishga sarflanadi. Uchuvchan boimaganligi sababli sulfat kislotadan boshqa kislotalar — xlorid, ftorid, fosfat, sirka kislota va h.k olish uchun foydalaniladi. Uning anchagina miqdori neft mahsulotlarini — benzin, kerosin va surkov moylarini zararli qo'shimchalardan tozalashga sarflanadi. Mashinasozlikda sulfat kislota bilan metallarning sirtini qoplash (nikellash, xromlash va b.) oldidan oksidlardan tozalanadi. Sulfat kislota portlovchi moddalar, sun’iy tola, bo'yoqlar, plastmassalar va ko‘pgina boshqa moddalar ishlab chiqarishda ishlatiladi. U akkumulyatorlarga quyish uchun ham ishlatiladi. Qishloq xo‘jaligida sulfat kislotadan begona oilarga qarshi kurashda foydalaniladi.
Sulfat kislota ishlab chiqarishning deyarli barcha sohalarida ishlatiladi, deyish mumkin, «Texnikada sulfat kislota kabi ko‘p ishlatiladigan boshqa, sun’iy ravishda olinadigan moddani topish qiyin, — deb yozgan edi D.I.Mendeleyev «Основы химии» kitobida. — Texnikaviy faoliyat qayerda rivojlangan boisa, o‘sha yerda ko‘p sulfat kislota ishlatiladi».
Sulfat kislotaning xalq xo‘jaligidagi ahamiyatini shundan ham bilsa boiadi.
Issiqlik almashinish, issiqlik uzatish—issiqroq jismdan sovuqroq jismga issiqlik uzatilishi bilan bogʻliq boʻlgan oʻz-oʻzidan yuz beruvchi qaytmas jarayon; mikrozarralarning tartibsiz harakati bilan boglik boʻlgan, energiyasining bir jismdan ikkinchi jismga mikroskopik ish bajarmasdan uzatilishiga olib keluvchi jarayonlar majmui. I. a. issiklik oʻtkazuvchanlik, konveksiya va radiatsiya yoʻli bilan sodir boʻladi. Isituvchi sirt issiklik uzatuvchi sirt deb ataladi. I. a. da suyuqlik yoki gaz (bugʻ) ish muhiti hisoblanadi. I. a. nazariyasi energiyani uzatish haqidagi taʼlimotning bir qismi boʻlib, texnik termodinamika bilan birga issiklik texnikasining nazariy asosini tashkil qiladi. Bugʻ qozonlarida, bugʻ va gaz turbinalarida, pechlarda I. a. hodisasi roʻy beradi. Tabiatda uzluksiz I. a. yuz berib turadi. I. a. ning nazariy va amaliy masalalari issiqlik texnikasida oʻrganiladi. [1]
Issiqlik asosan 3 xil usulda tarqaladi:
1) Issiqlik oʻtkazuvchanlik
2) Konveksiya
3) Issiqlik nurlanish
|
| |