• 5.Foydanilgan adabiyotlar.
  • Sath o‘lchov asboblari juda ko‘p turli bo‘lib, ularning eng asosiylari sifatida qalqovichli, pyezometrik, mexanik, elektrik, radioaktiv va boshqa sath o‘lchagichlarni ko‘rsatish mumkin.
  • Suyuqlik sathini o'lchash Optik datchinlarni aniqlash Reja: Sath haqida tushincha




    Download 8.27 Kb.
    bet1/3
    Sana09.01.2024
    Hajmi8.27 Kb.
    #132715
      1   2   3
    Bog'liq
    Suyuqlik sathini o\'lchash Optik datchinlarni aniqlash Reja Sath-fayllar.org


    Suyuqlik sathini o'lchash Optik datchinlarni aniqlash Reja: Sath haqida tushincha

    Suyuqlik sathini o'lchash
    Optik datchinlarni aniqlash
    Reja:
    1.Sath haqida tushincha
    2. Suyuqlik sathini o’lchash asboblarining turlari.
    3. Sathini o’lchash asboblarining o’lchash chegarasi.
    4. Xulosa:
    5.Foydanilgan adabiyotlar.

    Sath deb texnologik apparatning ishchi muhit - suyuqlik yoki sochiluvchan jismlar bilan toidirilish balandligiga aytiladi. Ishchi muhit sathi texnologik parametr hisoblanib, bu parametr axborot texnologik apparatning ish rejimini nazorat qilish, ayrim hollarda ishlab chiqarish jarayonini boshqarish uchun zarurdir.
    Sath o‘lchov asboblari juda ko‘p turli bo‘lib, ularning eng asosiylari sifatida qalqovichli, pyezometrik, mexanik, elektrik, radioaktiv va boshqa sath o‘lchagichlarni ko‘rsatish mumkin.
    Sath o’lchagichlar ishlash prinsipi va o’zining to’zilishi jihatidan bir-birlaridan farq qiladi. Sath o’lchagichlarning xilma-xilligi sig’im chegaralarining ko’pligi, ishlatish sharoitlarining har xilligi va o’lchanayotgan moddalarning turlicha fizika kimyoviy xususiyatlari bilan tavsiflanadi. Masalan, suyuqlik sathini o’lchashga mo’ljallangan ko’pgina asboblar sochiluvchan moddalar sathini o’lchash uchun yaroqsiz, usti ochiq sig’imlarda ishlatiladigan asboblar esa yuqori bosimda ishlaydigan sig’imlar uchun yaroqsizdir.
    Suyuqlik sathini o‘lchashlaming umumiy nazariyasi metrologiyaning asosiy muammolari bo‘lib hisoblanadi. “O'lchash” tushunchasi ham falsafiy (anglash nazariyasida), ham maishiy (bir litr suvga qancha tuz zarur), ham tijoriy (o'lchangan miqdorga to‘lov qilish, masalan, elektr energiyasi uchun), ham texnik (mahsulot tayyorlashda kerak bo‘lgan komponentlaming o'lchami, vazni, parametrlari), ham ilmiy nuqtayi nazardan talqin qilinishi mumkin.Qaysi talqinda bo'lishidan qat’iy nazar, o'lchash natijasining aniqlik bilan hamohang bo'lishligi zarur talablardan biridir.
    Bu esa o‘z navbatida, olingan o'lchash natijalariga tayangan holda, qaror qabul qilishda yo'l qo'yilishi mumkin bo'lgan tavakkalchilikni (risk) ta’minlash uchun zurur hisoblanadi. Qaror qabul qilish esa o'z navbatida turli subyektlarning o'zaro kesishuvida amalga oshiriladi. O'lchash birliligini ta’minlash inson oldida asrlar osha o'ta muhim masala bo'lib kelgan, u hozir ham aktual, kelajakda ham shunday bo'lib qoladi, zero, vaqtga bog'liq tarzda talablar ham ortib bormoqda.
    Umuman olganda, o'lchash orqali haqiqiylikdan abstraksiyaga o'tish amalga oshiriladi, ya’ni, obyektlaming haqiqiy xossalari va holatlaridan ulaming xossalarini baholovchi kattaliklar va bu kattaliklaming qiymatlariga o'tish. Boshqacha qilib aytganda, borliqni anglash nuqtayi nazarida o'lchash - inson (yoki mashina) ongi tomonidan haqiqiylikni aks ettirish va qayta tiklash deb qaralishi mumkin

    Download 8.27 Kb.
      1   2   3




    Download 8.27 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Suyuqlik sathini o'lchash Optik datchinlarni aniqlash Reja: Sath haqida tushincha

    Download 8.27 Kb.